Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik


Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana24.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1394486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Tanqidiy tahlil

Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy 
o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti 
barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx 
darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor 
vazifamizdir.  
Bosh vazirning barcha o‘rinbosarlari, iqtisodiyot vaziri G.Saidova, moliya 
vaziri B.Xo‘jayev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev va Davlat bojxona 
qo‘mitasi raisi M.Tohiriyni 2017-yil uchun belgilangan asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarga erishish borasida shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida 
yana 
bir 
bor 
ogohlantiraman.
Makroiqtisodiyot kompleksi rahbari R.Azimov, iqtisodiyot vaziri 
G.Saidova va moliya vaziri B.Xo‘jayevning joriy yil yakuni bo‘yicha 
Davlat byudjeti defitsiti prognoziga doir takliflariga qo‘shilib 
bo‘lmaslikni 
alohida 
ta’kidlamoqchiman.
 
Bu borada faqat byudjet profitsiti haqida so‘z borishi mumkin va zarur. 
Bu muhokama qilishni emas, balki so‘zsiz bajarishni talab etadigan 
strategik 
vazifadir.
Buning uchun joylarga chiqish, har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi 
imkoniyatini o‘rganish, moliyalashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq 
muammolarni hal etish, tadbirkorlarni ishontirish va ularga amaliy yordam 
berish – butun Makroiqtisodiyot kompleksi faoliyatidagi kundalik qoidaga 
aylanishi 
kerak.
Faqat shundagina natijaga erisha olamiz. Shu munosabat bilan hokimlar va 
ularning birinchi o‘rinbosarlari o‘z ish uslubi va dunyoqarashini tubdan 


o‘zgartirishi 
shart.
Har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar 
hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish 
bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subvensiyadan 
chiqarishni 
so‘zsiz 
ta’minlash 
kerak.
Bu yil boshqa hokimliklar va tegishli organlar uchun ham subvensiyadan 
qutilish masalasida sinov yili bo‘ladi. Buning uchun Makroiqtisodiyot 
kompleksi tarkibidagi vazirlik va idoralar har kuni, har haftada samarali va 
tinimsiz ish olib borishi kerak. Busiz natijaga erishib bo‘lmaydi.
Shuning uchun Makroiqtisodiyot kompleksi rahbari R.Azimov iqtisodiyotni 
boshqarish bo‘yicha hozirgi zamonaviy yangi tizimlar samaradorligiga quyi 
bo‘g‘indagi rahbarlarni ishontirishi, ularni shu asosda ishlashga o‘rgatishi, bu 
boradagi natija uchun javob berishi va uni kafolatlashi kerak.
Hurmatli 
do‘stlar!

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling