Taqdimot mavzusi: alla janri xususiyatlari va badiiyati
Download 7.53 Kb.
|
Taqdimot mavzusi alla janri xususiyatlari va badiiyati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Bolalarning xarakterlarini ochishda doimo tiniqlik va quvnoqlik tuyg’ularini teran ko’rsatishga xizmat qiluvchi epitetlarga murojaat qiladilar; shu niyatda qo’zichoq, qo’chqor, olqor, toychoq, saman, tayloq, bo’taloq, kiyik, serka, bulbul quralay, qizil gul obrazlarida farzandlari qiyofasiga xos fazilatlarni umumlashtirib e’zozlaydilar.O’zbek allalarini kompozitsion jihatdan 2 turga bo’lish mumkin: Voqeaband (syujetli) allalar. Bu xildagi allalar yagona syujetga ega, barcha bandlardagi poetik muddao bir silsilada markazlashgan hayotiy voqealarning biror epizodi natijasida vujudga kelgan kayfiyatlar tasviridan iborat bo’ladi. Ularda kompozitsiya puxta: ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya va yechim mavjud Bulbul sayrar yozina, alla-yo alla, Qulluq qush ovozina, alla-yo alla. Manim bulbul shu o’g’lim, alla-yo alla, Quloq qo’ysin ovozima, alla-yo alla, Bulbul kichkina qushdir, alla-yo alla, Sahar ovozi xushdir, alla-yo alla. Bermang bulbula ozor, alla-yo alla, Bulbul beozor qushdir, alla-yo alla. Bulbul sayrar chamanda, alla-yo alla, Shu bag’ri keng vatanda, alla-yo alla. Uni aslo cho’chitmang, alla-yo alla, Sayrasin shu chamanda, alla-yo alla. Bulbul uchar qo’limdan, alla-yo alla, Har kim qo’rqar o'limdan, alla-yo alla, Shu bulbulim sayrasa, alla-yo alla, O’lim qochar yo’limdan, alla-yo alla. Parokanda allalar. Ularning muhim xususiyati – yaxlit syujet asosida qurilmaganligi. Bu tipdagi allalarda har bir band o’zicha mustaqil, tugal motiv yo mazmunga ega. Lekin mustaqillik tashqi belgi, xolos. Chunki mazmun mantiqi, baribir bolaga qaratilganligi tufayli bir necha band yagona bir ipga tizilgan bo’ladi. Saharlar uyg’onarman, Turib sanga suyanarman. Suyanganim san o’zing, Rahm qil manga, qo’zim, Allo-o ,huy-e. Allo-allo, odingday-ay, Alvonijiy bodinan-ay, Onajoning o’rgilsun, Kokulingni torinan-ay, Allo-o, huy-e.Saharlar uyg’onarman, Turib sanga suyanarman. Suyanganim san o’zing, Rahm qil manga, qo’zim, Allo-o ,huy-e. Allo-allo, odingday-ay, Alvonijiy bodinan-ay, Onajoning o’rgilsun, Kokulingni torinan-ay, Allo-o, huy-e.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!Tuzuvchi:22.88-guruh talabasi Turg‘unova Cho‘lponoyhttp://fayllar.org Download 7.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling