Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent


Download 405.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.07.2017
Hajmi405.96 Kb.
#11225
1   2   3   4   5   6

“Kuyovtosh”

Molguzar  tog'ining  noyob  tabiat  yodgorliklaridan  biri 

“ Kuyovtosh”  deb  ataladi.  U  Guralash  soyining  quyi  oqimida, 

dengiz sathidan  1000 — 1900 m balandlikda joylashgan.  Bu yerdagi 

past va o‘rtacha balandlikdagi tog'lar, adirlar, keng daryo vodiylari 

va go'zal vohalar birlashib, chiroyli manzana hosil qiladi. Vodiytarda 

keng (200-800 m li) terrasalar vujudga kelgan. Geologik tuzilishiga 

ko'ra  hudud,  asosan,  to'rtlamchi  davming  yumshoq  g'ovak  va 

uvoq  tog1 jinslaridan  tashkil  topgan.  Daryolar o'zanlarida  qum 

aralash shag'al toshlar bilan biiga sellar ishi natijasida keltirilgan 

xarsangtoshlar  ham  uchraydi.  Biroq  qattiq  to g ‘  jinslari 

(ohaktoshlar,  dolomitlar,  marmarlar)  ko'p  tarqalmagan.

“ Kuyovtosh”  ustunsimon shaklga ega va Guralash soyining 

o 'n g   q irg 'o g 'id a g i  ikkinchi  terra sa sid a,  Q orashaqshaq 

qishlog'idan 4 -5  km sharqda hosil bo‘Igan.  Uning balandligi va 

diametri  10 m lar chamasida. “ Kuyovtosh” joylashgan hududning 

iqlimi  yumshoq,  yillik  yog'ingarchilik  miqdori  400—500  mm, 

o'rtacha yillik hanonat  10—11  daraja. Yoz oylarí salqin.  Buloq ko‘p. 

Daryolarda suv sarfi  ko‘payib,  sel jarayonlari boMib turadi.

“ Kuyovtosh”  to'g'risidagi  rivoyatlarga  ko‘ra,  “bir  yigit 

o'zining yo'qolib qolgan mahbubasini uzoq vaqt tinimsiz izlaydi. 

Biroq  qancha  urinmasin,  hech  topa  olmaydi.  Butkul  madori 

qolmagan  bechora  yigit  qahraton  qishda qorlar orasida  muzlab 

qoladi va toshga aylanadi”. Tadqiqotlaiga ko‘ra “ Kuyovtosh” tosh 

ustuni tog' jinslarining qotishmasidan tashkil topgan.  Ular orasida


30

TABIAT  MO JIZALARI

qum va ohaktoshlar, slanetslar uchraydi. Qotishma atrofidagi uvoq 

jinslar ycmirilib ketishi natijasida xalq orasida “ Kuyovtosh” deb 

nom  oigan,  ustun  shaklidagi  tabiat  yodgorligi  paydo  bo'lgan.



Qo'ytoshdagi  “toshqo'ylar”

Jizzax viioyatining Shimoliy Nurota tog‘ tizmasidagi Qo'ytosh 

tog‘i ham (eng baland joyi To‘ng‘izlitog‘,  1905 m) 0 ‘zbekistondagi 

afsonaviy  joylardan  biri.  Xalq  afsonasida  aytilishicha,  “qadim 

zamonlarda shu yerda bir poda qo‘ylar o'tlab yurganda xudoning 

qahriga uchrab, toshga aylangan emish”. Haqiqatan ham bu yerdagi 

xarsangtoshlar  uyumiga  uzoqdan  nazar  tashlansa,  ular  yoyilib 

yuigan  qo'y  podalarini  eslatadi.  Asi ida  Qokytosh  tog'i  qadimgi 

proterozoy va paleozoy davrlaríga mansub tog‘ jinslari (slanetslar, 

granitlar,  porfiritlar,  tuflar,  ohaktoshlar)dan  tashkil  topgan. 

Granitlar  nurash  jarayonida  darz  ketib,  qoyalar  xarsangtoshlar 

uyumlaríni  hosil  qilgan.  Xarsangtoshlar  tarkibidagi  minerallar 

yuqori  harorat,  yog‘in  va  shamollar  ta’sirida  yemirilib,  qo'yga 

o'xshab  ketuvchi  dumaloq  shaklni  oigan.  Shu  bois  bu  xar­

sangtoshlar xalq  orasida  “qo'ytosh”  nomi  bilan  atalib,  yuqorida 

keltirílgan afsonaning kelib chiqishiga sabab bo'lgan.



QO‘L  BILAN  YARATILGANDEK

Tog‘ va adirlarda tunnellar,  ko'priklar,  ravoqlar (arkalar) va 

usta tabiat qo‘li bilan “o‘matilgan” derazalami ko'rish mumkin. 

Yer  kurrasining  ohaktosh,  dolomit,  gips,  osh  tuzi  va  boshqa 

suvda eruvchan tog' jinslari tarqalgan joylarida tabiatning bunday 

mo'jizalarini  ko'p  uchratamiz.  Tabiiy  ko'priklaming  tarqalishi 

o'ziga  xos  tarzda  bo'lib,  ular  shimoliy  yarímsharda  ko'proq 

kuzatiladi.

Xo'sh, ona tabiat bu ko'priklami qay taríqa “loyihalashtiigan- 

u”,  qay  taríqa  “quigan”?!  Tabiatning  bunday  noyob  tuhfalari 

hozirgi davrda yer ichki kuchlari ta’sirida yuqoriga ko'tarilayotgan 

yoki qadimda bu jarayonni kechirgan hududlarda uchraydi.  Shu 

ko'tarilishlar tufayli relyef parchalangan, yer ostidagi bo'shliqlar 

uning  yuzasiga chiqib  qolgan.  Tomining qalinligi  100  m  gacha 

boMgan  yer  osti  bo'shliqlari  yuzasi,  shipidagi  o'pirilishlar 

natijasida ochilib qolgan.  Ulaming ba’zi joylari esa o'pirilmasdan



Soyob qoyalar

31

tabiiy tunnellar, ko'priklar,  ravoqlar ko'rinishini oigan.  Bu tabiiy 



qurilmalaming  uzunligi  70  -   100  m  dan  ortiq  b o isa  — tabiiy 

tunnellar  deb  ataladi,  qisqaroqlari  esa  tabiiy  ko'priklar  nomi 

bilan  m a’lum.  Shuningdek,  ko'priklarning  ensizlari  tabiiy 

ravoqlar deb  nomlanadi.  Ohaktoshlarning qalinligi  500  —  1000 

m bo'lgan tog*li hududlarda bunday o'pirilishlar sodir bo'lmaydi. 

Natijada,  yer  ostidagi  gorizontal  bo‘shliqlar  “ko‘r”  g‘orlar 

shaklida qolaveradi.

Tabiat  yaratgan  shunday  shakllardan  biri  bo'lgan  tun- 

nellarning  eng  uzuni  Hindixitoy  yarimorolida,  Laos  davlati 

hududida joylashgan. Nam-Xin-Bun nomi bilan dunyoda mashhur 

bo'lgan  bu  tunnelning  uzunligi  4  km  ni  tashkil  etadi.

Pireney  tog'lari  etaklarida  (Fransiyada),  uzunligi  400  m  li 

tabiiy tunnel  mavjud.  Uni Arizay daryosi kesib o'tadi. Arabiston 

yarimorolining Livan tog'laridagi dara tepasida tabiat tomonidan 

“qurilgan” ko'prik ustidan katta yo'l o'tgan. Kolumbiyadagi Karchi 

daryosi  ustiga  uzala  tushgan  tabiiy  ravoq  va  Santyago  hamda 

Mendosa  (Argentina)  shaharlari  o'rtasidagi  yo'lda  ko'prik 

vazifasini o'tovchi  ravoqlar “ Inklar ko'prigi”  nomi bilan olamga 

dong  taratgan.  Bunday  tabiat  mo'jizalari  AQSH,  Bolgariya, 

Ruminiya, Chexiya,  Kuba, Avstriya, Jazoir,  Estoniya va boshqa 

mamlakatlarda,  Rossiyaning Ural, Sibir mintaqalarida,  Kavkaz, 

Qrim va O'rta Osiyoda ham ko'plab uchraydi.

Rus gidrogeolog,  karstshunos,  g'orshunos olimi  G.A.Mak- 

simovning ma’lumotiga ko'ra, tabiiy ko'prik va ravoqlar Uralda, 

ayniqsa,  keng  tarqalgan.

So'nggi  yillarda  respublikamiz  yer  osti  bo'shliqlari  keng 

ko'lamda  o'rganilib,  ko'plab g'aroyib  relyef shakllari  ro'yxatga 

olinmoqda.  I.Otajonovning  ma  lumotlariga  ko'ra,  Piskom 

daryosining o'ng irmoqlari — Qo'rg'onsoy, Qoraqizsoy vodiylarida 

ravoqlar,  chap  irmog'i  —  Aksarsoy  vodiysida  esa  ikki  qavatli 

g'orda  vujudga  kelgan  tabiiy qo'sh  derazalar bor.  Qizilqumdagi 

Oqtog'da ham  bunday relyef shakllaridan biri — tabiiy derazani 

uchratish  mumkin.

NOYOB  QOYALAR

Yer yuzida  tabiat  yodgorliklarining vujudga  kelishida  yangi 

tektonik  harakatlar asosiy o'rinda ekanligini  yuqorida  ta’kidlab


32

TABIAT MOJIZALARf

o'tgan  edik.  Bu  harakatlar  ta’sirida  turli  yosh  va  tarkibli  tog' 

jinslari  yer  yuzasiga  chiqib  qolgan.  Tog‘ jinslarining  turli  shakl 

va  qiyofalarga  kirishiga  hamda  mo'jizakor tabiat  yodgorliklari- 

ga  aylanishiga  yer  yuzasida  sodir  bo'layotgan  tashqi  kuch- 

lar  (shamol,  yog'in-sochin.  issiq-sovuqning  almashinishi, 

gravitatsion  kuchlar)  ning  ta’siri  ham  kattadir.  Bunday  tabiat 

yodgorliklari sirasiga noyob qoyalami ham kiritish  mumkin. Tilga 

olingan qoyalardan bin Toshkent viloyatining Xo'jakent qishlog'i 

hududida,  Chirchiq  daryosining  chap  qirg'og'ida  joylashgan. 

Qoyaning chiroyli  manzarasi uzoqlardan  ko'zga tashlanadi. Qo- 

ya  toshko'm ir  davri  (taxminan  290  —  350  min  yil  aw al) 

ohaktoshlaridan  tashkil  topgan  va  yangi  tektonik  harakatlar 

natijasida yer yuzasiga chiqib qolgan.  Karst jarayonlari rivojlanishi 

natijasida  bu  yerda  turli  kattalikdagi  20  dan  ortiq  g'or  paydo 

bo'lgan. G ‘orlaming birida tosh davrida yashagan ibtidoiy odamlar 

manzilgohi  topilgan.  Ushbu  g'or  devorlarida  ular  tomonidan 

o'yib  ishlangan  rasmlar  saqlanib  qolgan.

Ajoyib manzarali noyob qoyalardan yana bin Jizzax viloyati 

hududida  Sangzor  daryosining  o'rta  oqimida  qad  ko‘targan> 

“Temur  darvozasi”dagi  qoyadir.  U  ham  toshko'mir  davrida 

ohaktoshlardan shakllangan.  Qoyaning nihoyatda ajoyib va sirli 

manzarasi bu yerdan o ‘tayotgan  har bir yo'lovchining e’tiborini 

o'ziga tortadi.



JANGCHI  QOYALAR 

Sug‘d  qoyasi

Iskandar  Maqduniy  qo'shinlarining  O'rta  Osiyoga  harbiy 

yurishi davrida mahatliy sug'd va sak qabilalari tomonidan qattiq 

qarshilikka uchragani to'g'risida tarixiy adabiyotlarda ma’lumotlar 

berilgan.  Makedoniyaliklarga,  ayniqsa,  Spitamen  va  uning 

lashkarlari tomonidan katta talafot yetkazilgan.  Iskandar qo'shin- 

lari  bilan  muvafTaqiyatli jang olib  borishda  Sug'd qo'shinlariga 

tog' qoyalarining yordami ham katta bo'lgan.

Antik  davr  tarixchilari  tog*  cho'qqilaridagi  tabiiy  himoya 

xususiyatiga ega bo'lgan qal’a va qo'rg'onlami qoya (yunoncha 

“petra”)  deb  ataganlar.  Arrian,  Kurtsiy  va  Strabonlar  yozib 

qoldiigan  manbalarda  (hoziigi  O'zbekiston  hududida)  bunday 

qoyalardan to'rttasining nomi (Sug'd qoyasi, Sizimitra, Arimaza


Jangchi qoyalar

33

va  Xoriyen  qoyalari)  keltirilgan.  Ammo  matnlar  tahlil  qilinib, 



tavsif 

va tafsilotlar solishtirib chiqilganda, so‘z ikki qal’a haqida 

borayotgani ma’lum bo'ldi.

Navtaka  yaqinidagi  tik  qoya  ustiga  (ehtimol  Hisor  tog‘ 

tizmalarining  Miroqi  shaharchasi  yaqinidagi  qismi) joylashgan 

va qalin qor uyumlari tufayli yaqiniga yo‘lab bo'lmaydigan birin- 

chi qal’a -  “Sug‘d qoyasi” bo‘lgan.  Iskandaming Sug'dga qilgan 

harbiy  yurishi  davrida  Sug'dning  obroMi  kishisi  va  qo‘zg‘olon 

rahbarlaridan biri bo'lgan Oksiartning xotini va farzandlari ham- 

da sug'dlarnirig katta qismi “Sug‘d qoyasi”da jon saqlagan ekan. 

Qish  faslining  seryog'in  kelganligi  qal’adagilarni  suv  bilan 

ta’minlagan,  makedoniyaliklami  esa  qal’aga  yaqinlashishlariga 

to'sqinlik qilgan.

Tarixchilaming  yozishicha  (miloddan  awalgi  328-327 

yillar),  qishni  Navtaka  viloyatida  o'tkazib,  Iskandar  o'zining 

mustahkamligi bilan ajralib turgan “Sug‘d qoyasi”ga yaqinlashadi. 

Iskandar qal’adagilarga  muzokara olib borishni  taklif etgan  va 

qoyani  top shirishsa,  ularni  om on  q o ld irish in i  aytgan. 

Qamaldagilar “qal’ani olish uchun qanotli askarlar izlab topish 

kerak”  deb,  laklifni  rad  etishgani  Iskandarning  g'azabini 

keltirgan.  Shunda  u  “ kimki  1-bo‘lib  qoyaga  chiqsa  12  talant, 

keyingilarga  ham  2,  3-mukofotlarni, eng oxirida chiqqan askar 

300  darik  olishini”  e’Ion  qilgan.  Tog'larga  chiqish  malakasiga 

ega  bo'lgan  300  ta  askarni jo'natgan.  Makedoniyaliklar tunda 

qal’a etagiga borib, chodir tortishda ishlatiladigan mixlami qorga 

tiqib,  ularga  kanop  arqonlar  bog'lab,  tong  otar-otmasda  tog‘ 

cho'qqisiga ko‘tarilganlar. Cho'qqiga ko'tarilishda 300 kishidan 

30 tasi  halok bo'lgan.  Ushbu qoyani zabt etish uchun  Iskandar 

harbiy makkorlikdan tortib barcha boshqa vositalarni  ham ishga 

solishiga to‘g‘ri  kelgan.



Xoriyen  qoyasi

Paretaka (“Tog'laro'lkasi”, hozirgi Surxondaryo viloyatining 

Boysun tog‘lari)dagi ikkinchi qal’a — “Xoriyen qoyasi” (o'rmon 

bilan qoplangan tog‘li joy bo'lib, o ‘mi  hali aniq belgilanmagan) 

tik  yonbag'irli  tog'da  joylashgan  ekan.  Yuqoriga  ustalik  bilan 

niqoblangan torso'qmoq yo‘l orqaligina chiqish mumkin bo'lgan. 

Qoyadan  tezoqar  soy  tushgan.  Bu  yerda  anchagina  hokimlar 

(yeparxlar) o‘mashib olishgan.  Ular orasida shu o'ikaning hokimi



34

TAB!AT MO'JIZALARt

Xoriyen  ham bolgan  (qal'a uning nomi  bilan atalgan).  Xoriyen 

boshchilik qal'a  himoyachilari  uzoq  muddatga  yetadigan  oziq- 

ovqat zaxirasini g'amlab, mudofaaga tayyor turishgan. Qal’aning 

balandligi  20  stadiy,  aylanasi  60  stadiyni  tashkil  qilgan. 

Qamaldagilar  kutm aganda  shaxsan  Iskandar  rahbarligida 

makedoniyaliklar qisqa muddat ichida handaqni mixlar yordamida 

bir-biriga  biriktirilgan  qarag‘ay  (archa)  yog'ochlari  bilan 

toldiradilar.  Qal'a  himoyachilari  dastawal  dushmanning  bu 

ishlariga  befarq  qarashgan,  biroq  makedon  qo'shinlari  ko'plab 

shotilar  yasab,  tog‘  tepasiga  chiqa  bosh-laganlarini  ko'flgach, 

ulaming  taslim  bo'lishdan  boshqa  iloji qolmagan.  Iskandar 500 

ta qalqonbardori bilan qoyaga ko'tarilib lining naqadar mustahkam 

ekanligiga  shohid  bolgan.  Iskandar  qal'a  va  uning  alrofldagi 

viloyatni  Xoriyen  ixtiyoriga qoldirib, o'zi  Baqtriyaga yo‘l oigan.

TEMUR  DARVOZASIMI  YOKI  TEMIR  DARVOZA?

Jizzax  viloyatida  Nurota  va  Molguzar tog'larini  bir-biridan 

ajratib turuvchi va “Temur darvozasi” deb nom oigan tog* yo'lagi 

bor.  U  "Temir qapig1” *  nomi  bilan  mashhur boigan.  Bundan 

tashqari yolakning "llono'tti”,  “Jizzax yo'li”, “Sangzor vodiysi” 

nomlari  ham  uchrab  turadi.

Toshkentdan  Samarqand,  Navoiy,  Buxoro,  Nukus,  Ur- 

ganch,  Xiva,  Termiz,  Qarshi  va  boshqa  shaharlarga  boruvchi 

yo‘l “Temur darvozasi” orqali o'tadi.  Daryo o'zanining bu qismida 

kengligi  100—400 m  li dara  hosil qilib oqadi.  Dara yonbag'irlari 

daryo  o'zanidan  tik  qoyalar  hosil  qilib  ko'tarilgan.  Bu  qoyalar 

Yer geologik tarixining toshko'mir davri ohaktoshlaridan tashkil 

topgan. Ohaktoshlar nurash ja rayon la riga bardosh bera olganligi 

sababli qoyalami  hosil  qilgan.

“Temur darvozasi” tektonik va erozion jarayonlar natijasida 

kelib  chiqqan.  Dara joylashgan  hududdan janubi-sharqdn  yirik 

tektonik (antiklinal) struktura o'tgan va yangi tektonik harukatlar 

ta'sirida  ko'tarilgan  (ko'tarilish  hozir ham  davom  etmoqda).

Shuni qayd qilish kerakki,  to'rtlamchi diivr boshida  Sangzor 

daryosi  Zarafshon  daryosining  bir  irmog'i  bo'lgan.

*TeMir qapig'  — qadimiy  tundyda  “Tem ir darvoza*’.


Temur darvozosimi yoki temir darvoza ?

35

Keyingi davrdagi kuchli nurash jarayonlari Sangzor daryosini 



Zarafshon daryosidan ajratib qo'ygan.  Daraning o‘ng yonbag'rida 

g'orvujudga kelgan.

Afsonalarda  aytilishicha,  “uzoq  0‘tmishda  bu  g'ordan  aj- 

darho  chiqib,  yo'lovchilarni  yutib  yuborar  ekan”.  Geograf 

M.A.Hoshimovningta’kidlashicha “Temur darvozasi” qadimdan 

ma’lum  bo'lgan.  U  haqda  qadimgi  yunon  olimi  Arrianning 

yozishicha, 

Iskandar  Maqduniy  (Zulqarnayn)  Sug'diyona 

poytaxti  Marokandani  bosib  olgandan  so‘ng,  Tanais  (hozirgi 

Sirdaryo)  tomon  yurish  qilgan.  Bu  yurishda  Iskandarning  30 

mingdan ziyod lashkari ushbu darvoza orqali o'tgan. Chunki, bu 

joy sharqqa borish  uchun juda qulay bo'lgan.  Biroq,  aynan  shu 

yerda  Iskandar  qo'shini  mahalliy  aholining  kuchli  qarshiligiga 

uchragan  va  uning  o'zi  ham,  0 ‘rta  Osiyo  davlatlariga  bostirib 

kirishi davomida ilk bor shu yerda yaralangan.

“Temur darvozasi”ni  nafaqat tabiat  yodgorligi,  balki  tarixiy 

obida  ham  deyishimizga  asos  bor.  C hunki,  uning  chap 

yonbag'ridagi  ohaktoshlarda  o'yib  bitilgan  arab  yozuvlari 

saqlangan. Yozuvlaming biri  1425-yilga laalluqli bo'lib, unda Mirzo 

Ulug'bekning Sharqqa qilgan yurishi va zafariari to'g'risida quyidagi 

so'zlar  bitilgan:  “ O llohning  irodasi  bilan  Ulug'  Sulton, 

podshohlar  va  xalqlarni  bo'ysundiruvchi,  Ollohning  Yerdagi 

soyasi...  Ulug'bek Ko'ragon  ... jetlar va mo‘g‘ullar tomoniga yurish 

qilgan,...  u tomondan 828-yil yangi oyda sog‘-salomat qaytgan”. 

2-yozuv  1571 -yilda  bitilgan  va Abdullaxonning  Darveshxon  va 

Boboxonlar bilan bo'lib o'tgan jangi va Abdullaxonning zafariari 

madh  etilgan.  Bu  yozuvlardan  tashqari  rus  tilida bitilgan  yozuv 

ham  bo'lib,  unda  “ Nikolay  II  1895-yilda  buyruq  bergan:  temir 

yo'l  bo'lsin”  deyilgan.

“Temur  darvozasi”  Zarafshon  va  Mirzacho'l  vodiylaridagi 

havo  bosimini  muvozanatlashtiruvchi  tabiiy  yo'lak  hamdir. 

Shuning  uchun  u  orqali  doimo,  Uono'tti  nomini  olgan  shamol 

esib turadi.  Bu shamol ayniqsa,  kuz va bahor oylarida kuchayib, 

bir  necha  kun  uzluksiz  davom  etadi.  Ba’zi  kunlari  shamolning 

tezligj 25 m/sek ga yetadi.

Surxondaryoning Boysuntog1 tizmasi g'arbida joylashgan yana 

bir  tor  dara  —  mashhur  tog'  yo'lagi  ham  qadimdan  “Temir 

qapig'” (“Temir darvoza”) nomi bilan ma’lum.  Bundan tashqari 

u  tojikcha  “ Darvozai  ohanin”  (“Temir  darvoza”)  deb  ham


36

TAB ¡AT MOJlZALARt

atalgan. Qadimda bu dara 2 tarixiy-madaniy o‘lka — Baqtriya va 

Sug'diyonani bog1 lab turgan.  Buyuk  ipak  yo'lining bir tarmog'i 

ham shu dara orqali o'tgan.  Bu haqda ispan elchisiRui Gonsales 

de  Klavixo safarnomasida  shunday satrlar keltirilgan:

“  ... Temir darvoza Temurbekning ixtiyorida va unga har yili 

kattadaromad keltiradi, chunki, kichik Hindistondan Samarqand 

podshohligiga va undan shimoldagi yerlarga yo'l olgan savdogarlar 

shu  yerlardan o‘tadi...”.  “ Buzgalaxona”  (tojikcha  “buzg'ola”  -  

tog*  echkisi,  kiyik)  nomi  bilan  ham  ma’lum  bo'lgan  bu  tog' 

darasi  bir  vaqtlar  temir  darvoza  bilan  to'silganligi  to'g'risida 

rivoyatlar bor.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida nomlari  keltirilgan  ikki tog* 

darasi  turli  tarixiy  davrlarda  mavjud  bo'lgan.  Ular  davlat  sar- 

hadlarini tashqi  dushman  hujumidan  himoya qilib,  mustahkam 

istehkom sifatida ham tan olingan.  Ushbu tabiiy qal’alar yonida 

tog' toshlaridan qo'shimcha istehkom va minoralar bunyod etilib

kirish  qismlariga  temir  darvozalar  qurilgan.  Ayniqsa,  bu  ishlar 

sohibqiron Amir Temur davrida avj olgani tufayli,  ular “Temur 

darvozasi”  nomi  bilan  ham  yuritilgan.



TOG'LARDAGI  SUPALAR

Geologik taraqqiyoti tarixida O'rta Osiyo tog'lari bir qancha 

yirik  voqealami  boshidan  kechirgan.  Paleozoy  davrida  tog'lar 

vujudga kelgan bo'Isa (kaledon, gersin burmalanishlari),  mezozoy 

davriga kelib, tog' paydo bo'lish jarayonlari susaygan yoki to'xtab 

qolgan.  Hosil bo'lgan tog'lar yemirilib,  ular o'm ida tekislangan 

yuzalar  (peneplenlar)  shakllana  boshlagan.  Bu  shakl  geo- 

morfologiya fanida denudatsion tckisliklar deb ataladi.

Neogen davridan hozir ham davom etayotgan  yangi tektonik 

harakatlar  (ko'tarilishlar)  boshlangan.  Bu  harakatlar  ta'sirida 

tekislangan  yuzalar turli  balandlikka  ko'tarilgan.  Masalan,  O'rta 

Osiyoning tekislik qismida uchraydigan tog'lar (Qoratov, Nuratog', 

Qoratepa)  500  —  600  m  dan  1000  —  1200  m  gacha,  Tyanshan 

tog'larida  2000  -   2500  m  dan  4000  m  gacha,  Pomir tog'larida 

esa  4000  —  4600  m  gacha  ko'tarilgan.  Mahalliy  aholi  bu 

ko'tarilishlaiga “sandiqlar”, “sirtlar”, “supalar” deb nom qo'ygan. 

Ulaming usti tekis yoki salgina to'lqinsimon,  yonbag'irlari, asosan, 

darasimon  daryolar  vodiysi  bilan  kesilgan  bo'lib,  o'zanidan  tik



Tehranuvchi xarsangtosh

37

ko'tarilgan.  Daryolar bilan  zich  va  chuqur  kesilgan  O'rta  Osiyo 



tog'lari  sharoitida  bunday  tekislangan  yuzalaming  mavjudligi, 

ulardan yaylov sifatida foydalanishga imkon beradi.

Piskom tizmasiningjanubi-sharqiy yonbag* irlanda joylashgan 

bir qancha  yuzalar  “katta  sandiq”,  “kichik sandiq”,  “bog‘  toi” 

nomlari bilan ataladi. Yoz faslida bu yerlarda chorva mollari boqi- 

ladi.  Bunday  tekis  joylar  Jizzax  viloyatida  ham  bor.  Ularni 

B.Bahritdinov va A.Saidovlar “ Molguzar supasi”  deb atashgan. 

“Supa”  Molguzar  tog‘ining  shimoli-sharqiy  qismida,  Zomin 

tog‘-o‘rmon qo'riqxonasi hududida joylashgan nihoyatda so‘lim 

va  orombaxsh  maskanlardan  biri.  “Supa”  atrofidagi joylardan 

ancha baland (dengiz sathidan balandligi 2000 -2500 m), yuzasi 

dcyarli  yassi,  tekis bo'lib,  sharqiy chcgarasi  Qashqasuv  havzasi, 

g'arbiy  chcgarasi  Xatirchi  dovonining  meridiani  bo‘ylab o‘tadi. 

Tabiati ham atrofdagi hududlardan farq qiladi. Yer yuzasiga chi- 

qib qolgan qadimgi tog‘ jinslari turli jarayonlar ta’sirida nuragan, 

yemirilgan  (shu  jumladan,  xarsangtoshlar,  qoyalar  ham  uch- 

raydi).  Karst jarayonlari  ta’sirida vujudga  kelgan  voronkasimon 

botiqlar bor.  Yuzasi  ko'plab  soylar  bilan  kesilgan.  “Supa”ning 

asosiy boyligi va go‘zalligi — uning geografik o‘mi, iqlimi, o’simlik 

va  hayvonot  dunyosidir.  Hududida  kamyob va  nodir hayvonlar 

(tog‘ echkisi, tog‘ qo‘yi, oq timoqli ayiq, qobon,  ko'plab sayroqi va 

yirtqich qushlar) yashaydi.  Bu yerda dam olish  uylari, davolash 

muassasalari  tashkil  etilgan.

TEBRANUVCHI  XARSANGTOSH

Janubiy Nurota tog'larining shimoli-g'arbiy qismidagi Oqtog4 

tizmasida  (Samarqand  va  Navoiy  viloyatlarida)  “Sangijumon” 

(aslida  tojikchada  “Sangijunbon”,  “sang”  — tosh,  “junbon”  -  

tebranuvchi),  ya’ni,  “tebranuvchi  tosh”  deb  nom  oigan  xar­

sangtosh  bor.  Bu  noyob  xarsangtosh  qadimgi  geologik  davrda 

Yer qa'ridan  ko‘tarilgan  magmatik jinslaridan  hosil bo'lgan.  Bu 

magmatik  jinslar  yer  qobig'ini  yorib  chiqa  olmasdan,  ma’lum 

chuqurliklarda  qotib  qolgan.  Yangi  tektonik  harakatlar  va 

denudatsion jarayonlar ta'si rida ular yer yuzasiga chiqib qolgan. 

Bu  xarsangtosh  shu  yerda  vujudga  kelgan  granit  uyumlarining 

yirik  bir  bo‘lagi.  (Jning  atrofida  ko'plab  katta  va  kichik  tosh 

parchalari  uchraydi.  Xarsangtoshning  og'irligi  taxminan  225  —


235 tonna, aylanasi  19 m, diametri 9 m, balandligi 6 m ga yaqin, 

Xarsangtoshga  chetdan  razm  solsangiz,  u  xuddi  “ko'zoynak’ 

taqqanga  (tanasidagi  2  ta  yirik  chuqurchalar tufayli)  o'xshaydi 

Xarsangtoshning tebranish xususiyati odamlami ko‘p vaqtlardar 

buyon qiziqtiríb kelgan  (u juda yengil tebranadi)..

“Sangijumon”  kabi  tebranuvchi  xarsangtoshlar  Zarafshoi 

tizmasining o'rta qismida borligi  ma’lum, shuningdek,  ular Yei 

kurrasining boshqa joylarida  (masalan,  Aigentinaning  Buenos- 

Ayres shahríga  yaqin joyida)  ham  uchraydi.

TABIAT YARATGAN  “GO'RISTONLAR”

Surxondaryo viloyatidagi  Kalif-Sherobod qatortepalarining 

janubi-g‘arbiy qismida (Oqtosh qishlog‘idan 400-600 m janubi- 

g‘arbda),  yuqori  bo‘r  davri  gillarida  qadimgi  musulm on 

go'ristonlarini eslatuvchi joy bor.  Bu yerda balandligi  1—2,5 m, 

poydevorining  diametri  0,5—4  m  bo'lgan  go'ristonlar  man- 

zarasini  eslatuvchi  do'nglar uchraydi.  Aslida  bo'r va  paleogen 

davri montmorillonit gillari, gips, karbonat va  qumtoshlardan 

tashkil topgan tog‘ jinslarining har biri o‘ziga xos relyef shakllari- 

ni keltirib chiqaigan.  Mutaxassislarga ma’lumki,  montmorillonit 

gillaming  asosiy xususiyati— namlanganda  bo'rtib  chiqishidir. 

Demak,  bu  hududdagi  go'ristonni  eslatuvchi  relyef shakllari 

ham  montmorillonit  gillarining  yer  yuzasiga  chiqib  qolgan 

qismidagi  yoriqlarga  yog'in-sochin  suvlarining  kirishi  natija- 

sida  (bo'rtib  chiqib)  hosil  bo'lgan.  Montmorillonit  gillarining 

bu xususiyatini e’tiborga olib,  1968-yilda geomorfologiya faniga 

“shishgan  relyef”  iborasi  kiritildi.  Bunday  yo‘l  bilan  kelib 

chiqqan  relyef shakllari  0 ‘rta  Osiyoning  boshqa  hududlarida, 

jumladan, Tyanshan tog'larining tog‘ oraliq botig‘ida aniqlanib, 

“go‘r  relyefi”  nomini  oigan.



Download 405.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling