Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent
“KO‘ZYOSH” OQIZUVCHI QOYA
Download 405.96 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SULAYMON BARMOQLARINING “IZLARI”
- Sulaymon Huasining “¡z¡ ”, 23
- SULAYMON TIZZASINING “IZI”, SIRLI G‘OR, SHIFOBAXSH BULOQ, FARZAND ATO ETUVCHI TOSH
- Toe cfio qqisidagi “o/tin beshik " 25
- TOG* CHO‘QQISIDAGI “OLTIN BESHIK”
- “Qirqqiz” baqida arsons va haqiqat
“KO‘ZYOSH” OQIZUVCHI QOYA Janubiy Q ozog'istonning “ m o‘jizakor” buloq chiqqan Jilag'onota daryosi vodiysi haqidagi rivoyatlardan birida hikoya qilinishicha “Daqyonus (qadimgi Rim imperatori Diokletian ismining musulmon Sharqidagi nomi) zamonida (284—305- yillar) Qoratov tog* lari etaklarida bir boy suyukli xotini bilan yashagan ekan. Ular tinch, osoyishta hayot kechirishibdi. Lekin, afsuski, uzoq yillar farzand ko'rish baxti ularga nasib etmabdi. Nihoyat, boy orziqib kutgan kun kelibdi - uning xotini homilador bo'libdi, oy-kuni yetib, o‘g‘il ko‘ribdi. Boy katta to'y qilib, elga osh bcribdi. Lekin, qaysi ko'z bilan ko'rsinki, dunyoga kelgan chaqaloqning na beli, na oyog‘i, na qo'li bor ekan. Bola bamisoli sariyog' solinadigan meshga 0 ‘xshab, faqat onasini emishni-yu, yig'lashni bilarkan. Bu holatni ko'igan boy va uning xotini qattiq iztirob chekib, nima qilishlarini bilmay, xudodan bolani odam qiyofasiga keltirishni so'rab, iltijo qilar ekanlar. Ammo, bola hech o'zgarmay, asl holicha qolaveribdi, o'smabdi ham, odam qiyofasiga kirmabdi ham. Farzandining sog'ayib ketishiga ko‘zi yetmagan ota va ona, bolani Qoratovdagi Jilag'on- ota daryosi bo‘yiga olib borib tashlashibdi. Mo‘jizani ko‘ringki — bolani yeiga qo'yganlari zahoti, xudoning qudrati bilan u birdan toshga aylanibdi. Ota va ona esa karaxt holda uylariga qaytishibdi. Og'ir va zalvorli kunlar ketidan kunlar o'taveribdi. Chuqur qayg‘u va iztirobga botgan ona chiday olmay, bir kun Jilag'onota daryosi bo'yiga boribdi. Toshga aylangan bolasining oldiga yaqinlashishi bilan tosh ichidan qoM-oyoqli, chiroyli bola chiqibdi-da, onasiga ham qaramay daryo bo'yidagi buloqning yuqorisida joylashgan g'orga kirib, g'oyib boiibdi. Buni ko‘rgan bechora ona shu yerda qolib, bir necha kun davomida qon-qon ■ fio Q’osh "
oqizuvchi qoya 21 yig'labdi, dod-faryod chekibdi. Biroq, onasining shuncha nolalari va iztiroblaridan keyin ham bolasi g'ordan chiqmabdi. Mushti- par onaning holini ko'rgan butun borliq unga achinibdi, g'amiga sherik bo'libdi, qushlar motamsaro kuylami sayrab, uning yig'isiga jo'r bo'lishsa, tosh qoyadan shashqator “ko‘zyosh”lar shaklidagi suvlar jildirab oqib chiqa boshlabdi. Xullas, onaning shuncha azob chekishiga qaramay bolasi g'ordan chiqmabdi. Yig‘lab-yig‘lab, butunlay madori qolmagan va farzand g'amiga chiday olmagan bechora ona, shu joyda vafot etibdi. Bu voqeaning shohidi bo'lgan o'sha qoya haligacha ham “ko‘zyosh”larini to'xtata olmay, hamon jildirab yig'lamoqda”, deb hikoya qilinadi rivoyatda. Darhaqiqat, daryoning o‘ng qirg‘og‘ida, Jilag‘onota g‘origa qarama-qarshi tomonda daryodan tik ko'tarilgan baland qoya bor. Bu qoya ohaktoshlardan lashkil topgan. Toshqoya nihoyatda zich va qattiq bo'lishiga qaramay, undan doimo zilol suv tomchilari sizib chiqib turadi. Ayniqsa, erta bilan qoyaga quyosh nurlari tushib turganda uning orasidan chiqayotgan suv tomchilari ajoyib sirli manzara kashf etadi. Qoyadan oqayotgan va odamlarga sirli “ko‘zyosh”lar bo'lib ko‘ringan ushbu manzara, aholi orasida mazkur rivoyatning vujudga kelishiga asos bo'lgan. Xo'sh, bu qoya qanday hosil bo'lgan va u nega “ ko'zyosh” oqizib, yig'laydi? Bu hodisaning hech qanday siri yo'q. Qoya joylashgan hududdagi tog'jinslari sayyoramiz geologik tarixining devon va toshko'mir davri ohaktosh yotqiziqlaridan tashkil topgan. Bu tog‘ jinslari Yeming ichki kuchlari ta’sirida ko'tarilib, turli tomonlarga qarab burilgan. Hududdagi bu joy boshqa yerlarga nisbatan baland bo'lib, uni daryo chuqur o'ygan, natijada Jilag'onota darasini, uning tik yonbag‘rida esa rivoyatda keltirilgan qoyani hosil qilgan. Ichki va tashqi geologik kuchlar ta’sirida qoya- da turli tomonlarga yo‘na)gan yoriqlar paydo bo'lgan. Daryo yonbag'rining ustiga tushadigan yomg'ir va erigan qor suvlari yerostidan shimilib, qoya yoriqlariga kiradi va ulardan “ko'zyosh” shaklida miltillab, sizib chiqib turadi. Ko'rib turibsizki, ilm-fanni bilish har qanday jumboqni yechishga yordam berar ekan!
Farg'ona vodiysida Shohimardondek go'zal, rohatbaxsh joy topilmasa kerak. Qishloqning baland tepaligidagi shoir Hamza
22 TABIAT MO'JtZALARI Hakimzoda Niyoziyning qabridan chap tomonga yurilsa, yonbag‘irlari yam-yashil daraxtlar, maysazorlar orasida yashi- ringan va baland qoyalar bilan o'ralgan xushmanzara, havosi yoqimli va musafïo vodiy namoyon bo'ladi. Vodiyda bir qancha shifoxonalar va dam olish oromgohlari tashkil qilingan bo'lib, ularda yoz faslida O'zbekistonning turli viloyatlari va qo'shni davlatlardan kelgan kishilar dam oladilar va shifo topadilar. V odiydan daryo b o ‘ylab yuqoriga yurilsa, daraxtlar kamayib, tog' yonbag'irlarida tik qoyalar namoyon bo'ladi, vodiy ham torayib boradi. Undan sal yuqoriroq chiqilsa, shiddat bilan mavjlanib oqib kelayotgan zilol suvlar yo'qolib, daryo o'zanini, diametri 15-20 m ga yetadigan xarsangtoshlar to'sib qo'yganini ko'rasiz. Xarsangtoshlar orasidan chiqib turgan buloqlar qo'shilib, daryo vujudga kelishining guvohi bo'lasiz. Bundan ham yuqoriroq ko‘tarilishingiz bilan bilan daryo vodiysi kengayadi va qarshingizda moviy osmon gumbazi singari maftunkor tog' ko'li paydo bo'ladi. Mahalliy aholi bu ko'lni Qurbonko'l deb ataydi. Suvining nihoyatda tiniq va toza bo'lganli- gi hamda ko'k tusda tovlanishi bois, u Ko'kko‘1 nomi bilan ham ma’lum. Xo‘sh, daryo o'zani xarsangtoshlar bilan to'silishi va toshlar orasidan buloqlar oqib chiqishining sababi nimada ekan? Xalq rivoyatlarida, Shohimardonda, qachonlardir musulmonlar bilan birga g'ayridinlar ham yashagan ekan. Sulaymon payg'ambar kelib, bu yerda yashayotgan g'ayridinlami ham islom diniga o'tishga ko'ndirgan. Biroq, Sulaymon Shohimardondan ketishi bilan ular g'alayon ko'tarib, islom dinidan qaytishgan. Bundan xabar topgan Sulaymon juda g'azablangan va Shohimardonga qaytib kelib, g'ayridinlar ichadigan daryo o'zani yonbag'rini qulatib, daryoni bo'g'ib tashlagan. Buning oqibatida ular suvsiz qolib, juda qiynalishgan va Sulaymonga suvni ochib yuborishni iltimos qilib, yana islom diniga qaytishga va’da berganlar. Sulaymon ko'l qirg'og'iga kelib, daryoni to'sib turgan tabiiy to'g'onga qo'lini tiqqan. Uning barmoqlari to'g'onni teshib o'tgan. Natijada ko'l suvi teshiklar orqali to'g'on pastidan buloq bo'lib chiqib, daryo o'zaniga oqa boshlagan. Rivoyatda aytilishicha, Sulaymon barmoqlarining yo'g'onligi turlicha bo'lganligi uchun, to'g'on teshiklari ham turli kattalikda bo'lib, buloqlardan chiqayotgan suvning hajmi ham har xil bo'lgan. Sulaymon Huasining “¡z¡ ”, 23 Albatta, bu xalq tomonidan aytilgan rivoyatdir. Aslida esa daryoni to'sgan tabiiy to‘g‘on geologik kuchlar ta’siri natijasida vujudga kelgan. Ushbu to‘g‘on paydo bo'lgunga qadar daryoning shu joyi tik yonbag'irli chuqur dara ko'rinishida shakllangan. Ohaktosh yotqiziqlaridan hosil bo‘lgan daraning yonbag'iriaridagi yoriqlarga qor va yomg‘ir suvlari kirib, ularni asta-sekin kengayt
irgan hamda chuqurlashtirgan. Natijada, sodir bo'lgan zilzilalar vaqtida ohaktoshlar, diametri 15 m gacha bo'lgan xarsangtoshlarga bo'linib, daryo o'zaniga qulagan va uni to'sib qo'ygan. Shundan so‘ng to‘g‘on oldida aholi tomonidan Qur- bonko‘l deb nomlangan ko‘l vujudga kela boshlagan. Ko'lning suvi ko'paygach (bosimning ortishi natijasida), suv pastga oqish uchun yo'l axtara boshlagan va xarsangtoshlar orasidan yo'l to- pib, to'g'onning pastki qismidan buloq shaklida oqib chiqqan. Dengiz sathidan 1725 m balandlikda joylashgan Qurbonko‘1 o'zining go'zal manzarasi bilan mashhur. Uni hosil qilgan to'g'onning uzunligi I km ga yaqin, eni esa 160 m. To'g'onning ko'l sathidan balandligi 20—25 m. Qurbonko'lning uzunligi 866 m, eni o'rtacha 162 m (eng keng joyi 255 m) ni tashkil etadi. Hozirgi kunda Qurbonko‘1 atrofi va uning sohillari sayyohlaming sevimli dam olish maskanlaridan biriga aylangan. SULAYMON TIZZASINING “IZI”, SIRLI G‘OR, SHIFOBAXSH BULOQ, FARZAND ATO ETUVCHI TOSH Qirg'izistonning O'sh shahri yaqinida Taxti Sulaymon tog'i bor. Rivoyatlarga ko'ra, bu tog' tepasiga Sulaymon payg'ambar dafn qilingan ekan. Taxti Sulaymon tog'ining yonbag'irlarída o 'n q ir-ch o'n q ir joylar ko'p uchraydi. Din peshvolarining aytishicha, bu o'nqir-cho'nqir joylar Sulaymonning namoz o'qiyotganidagi tizzalarining o'mi ekan. Ilmiy jihatdan yondoshilsa Taxti Sulaymon tog'i, asosan, suvda oson eruvchan ohaktoshlardan tashkil topgan. Tog' yonbag'iriaridagi o'nqir-cho'nqiriar, buloq va g* orlar ohaktoshlaiga qish va bahor fasllarida yoqqan yomg'ir va qor suvlarining yoriqlarga tushishi va jinslami yuvib, asta-sekin kengaytirishi natijasida paydo bo'lgan. Shu bois, Taxti Sulaymon tog'idagi “tizza o'm i” shaklidagi o'nqir-cho'nqiriar siriga kelsak, ular tabiatdagi nurash hodisalari natijasidir. 24 TABIAT MO'JIZALARI M a’lumki. g‘or!ar bir necha ming, hatto million yillar davomida yuzaga keladi. Ulaming shakllanishida tog' jinslaridagi yoriqlar va ulaming suvdagi kimyoviy elementlar ta'sirida erislii katta ahamiyatga ega. G ‘orlar qadimda kishilar nazarida allaqan- day sirli tilsimotlar makoni sifatida aks etgan. Taxti Sulaymon tog'i atrofida joylashgan g'orlar bilan bog'liq afsonalar ham mavjud. Afsonalaming birida aytilishicha, 0 ‘sh shahrida katta bir eshon yashagan ekan. U jangda yaralanib, Taxti Sulaymon tog'idagi g'orlardan biriga yashirinibdi. Xudoning qudrati bilan o'sha tog' ichidagi g‘ordan ochilgan yo'l orqali eshon Makkaga yetib borgan emish. Afsonada tilga olingan ushbu Chiltonxona g'orining uzunligi 90 m. Taxti Sulaymon tog'ining yonbag'rida kichik buloq bor. Mahalliy aholi bu buloq suvini ko'z og'rig'i, bosh, qo‘l-oyoq kasalliklarini davolashda shifobaxsh deb ta’riflaydi. Aytishlari- cha, buloq suvi tekkan joyning dardi shu zahoti yengillashib, vaqt davomida butkul sog'ayib ketar ekan. Buloq suvining shi- fobaxshligini quyidagicha tushuntirish mumkin: suv tarkibida odam sog'lig'i uchun zarur bo'lgan turli foydali kimyoviy mod- dalar bor. Shu foydali moddalar tufayli buloq suvi sog'ayishga yordam berib, davolanish jarayonida bu suvga e’tiqod qo'ygan bemorlarga qo'shimcha ruhiy madad ham bag'ishlaydi, uning shifobaxshlik ta'sirini oshiradi. Taxti Sulaymon tog'idagi yana bir narsa borki — bu mashhur silliq toshdir. Mahalliy aholining aytishicha qornini bu toshga uch marta surkagan befarzand ayol albatta, farzand ko'rar emish! Shu bois (farzandli bo'lish maqsadida), ayollar unga qorinlarini surkay berganlaridan, tosh yeyilib, nihoyatda silliqlanib ketgan. Albatta, bu rivoyatlar va taomillar tabiatning slrli va g'aroyib bo'lib tuyulgan hodisalarini o'zicha izohlash va tushuntirish maqsadida kelib chiqqan. Shu yo'sinda xalqimizning nihoyatda boy fantaziyasi, tabiat ajoyibotlari va “sirli” hodisalami avliyolar, payg'ambarlar, g'ayri tabiiy kuchlar bilan bog'lashga moyil bo'lishiga qoyil qolish kerak.
Toshkent atrofidagi qishloqlardan birida “Taqyatosh” zi- yoratgohi joylashgan. Bu yerga Janubiy Qozog'iston va Toshkent
Toe ' cfio 'qqisidagi “o/tin beshik " 25 viloyatidan ziyoratchilar kelib turishadi. Ziyoratgohni “Taq-
tosh” deb nomlanishiga bu yerdagi tepaliklarning do'ppi (“taqya”) shaklidagi tuzilishi sabab bo'lgan. Agar hududning gcologik tuzilishiga murojaat qilsak, bu yerda bo‘r davri (taxminan 70 min yil awal) qum, qumtosh va ohaktoshlardan tashkil topgan turli qalinlikdagi tog* jinslari tarqalganini ko'ramiz. Tog* jinslari ko'p yillar davomida nuratuvchi omillar (suv, shamol, quyosh) ta’siriga bardosh berib kelgan. “Taqyatosh” ziyoratgohi joylashgan yerdan bir vaqtlar tezoqar suv o ‘tgan va tabiiy to‘g‘onga uchrab, uning uch-to‘rt joyidan ko‘ndalangiga yorib o'tib, o'z oqimini davom ettiigan. Vaqt o'tishi bilan suvning oqishi to'xtagan, shamol ishga tushib, bu yerdagi qum zarralarini uchirgan. Shamol uchira olmagan qattiqroq qumtosh va ohak- toshlar kam yemirilgan, ya’ni, bo'rtgan holda saqlanib qolgan. Bu hududga uzoqdan diqqat bilan qaralsa, relyefi haqiqatan ham “taqya” shaklini eslatadi (“taqyatosh” nomi shundan). TOG* CHO‘QQISIDAGI “OLTIN BESHIK” Farg'ona vodiysining janubidagi Turkiston tog'larida dengiz sathidan 4807 metr balandlikka ko'tarilgan bir cho'qqi bor. Bu cho‘qqi
0 ‘zining balandligi, abadiy qorlari bilan uzoqdan ko‘zga tashlanib turadi. Cho'qqining balandligi va unga chiqishning murakkabligi bois, mahalliy aholi o'rtasida quyidagi afsona tarqalgan: “ Farg'ona vodiysidagi bir davlat shohining qancha farzandi tug'ilmasin, chaqaloq tug‘ilganidan keyin uni biy (qora qurt) chaqib o'ldiravergan. Shoh bu baloni bartaraf qilish yoki uning oldini olishga qancha urinmasin, buning hech ilojini topa olmagan. Bir kuni vaziri davlat hududidagi tog'da hech bir mavjudot, hattoki hasharot ham chiqa olmaydigan baland cho'qqi borligini shohga ma’lum qiladi. Buni eshitgach, shoh darhol homilador malikani shu cho'qqiga olib chiqishlarini buyurgan. Shohning amri bajarilib, ma’lum vaqt o'tgach malikaning ko'zi yorib, o'g'il farzand ko'rgan. Shoh chaqaloqning beshigini oltindan yasatib, u katta bo'lgunga qadar shu cho'qqi ustida yashashni buyurgan. Malika yangi tug'ilgan farzandi va bir necha kanizaklari bilan cho'qqida yashay boshlagan. Maxsus tayinlangan kishilar ularga zarur kiyim-kechak va oziq-ovqatlami yetkazib turishgan.
26 TABIAT MO JIZALARI Shohning farzand ko'rgani haqidagi xabar hamma yoqqa tarqa- lib, biyga ham yetib borgan. Biy cho'qqining ustiga chiqib, bolani chaqib o'idirish payiga tushgan. Kunlardan bir kun ularga savatda uzum va boshqa mevalar olib bormoqchi bo‘lishadi. Bundan xa bar topgan biy hech kimga ko'rinmasdan uzum solingan savat ichiga tushib oladi. Savatni cho'qqiga olib borgach biy 0 ‘zining qora niyatiga yetib, bolani chaqib oMdiradi. OMgan bolani oltin beshigiga solib shu cho'qqining tepasiga qo'yishgan. Shundan keyin cho'qqi “oltin beshik" nomi bilan yuritilgan”, deb hikoya qilinadi afsonada. Aslida cho'qqining “oltin beshik” deb nomlanish sababi — kun botish vaqtida shafaqning oppoq qor bilan qoplangan ohaktosh qoyalardan aks etishi tufayli, cho'qqining uzoqdan oltinga o'xshab, yarqirab ko'rinib turishidadir. NAQQOSH TABIAT Siz sayohatga qiziqasizmi? Yelkangizda sayohatchining ajralmas do'sti bo'lgan sayyoh ryukzagini olib, tog'lam i kezganmisiz? Bu savolni berishimiz bejiz emas, albatta. Chunki, diyorimiz go'zalligi shunday sayohat damlarida namoyon bo'ladi. Bunday sayohatlarda o sm o n o 'p ar togMarni, qor bosgan cho'qqilami, toshdan-toshga shiddat bilan urilib oqayotgan daryolami, ko‘m-ko‘k vodiylami ko'rasiz, tabiatning go'zalligiga mahliyo boMasiz. Yer yuzining tuzilishida ham g'aroyib hodisalar ko'plab uchraydi. Sayohat vaqtida qo'ziqorinsimon va ustunsimon toshlar, tebranuvchi qoyalar, turli jonivorlar shaklini eslatuvchi tog' jismlariga duch kelishingiz mumkin. Bunday ko‘rinishlar juda ko'p uchraydi. Masalan, Misming Giarfeh vodiysida, Saksoniya Shveysariyasida shamol kuchi bilan vujudga kelgan tosh darvoza va qo'ziqorinsimon toshlar bor. Shimoliy Amerikadagi Kolorado vodiysida “XudolarbogM” deb atalgan joyda tog'jinslaridan xilma- xil shakllar paydo bo'lgan, bulardan eng g‘aroyibi tebranuvchi xarsangtoshdir. Shamollar ta’sirida qimirlaydigan Tandil toshi Argentinada ham bor. Tog* jinslaridan vujudga kelgan shakllar ichida “toshga aylangan odamlar” deb nomlangan va odam gavdasiga o'xshab ketadigan toshlar ham uchrab turadi. Sharqiy QozogMstondagi Jung'ariya Olatovining Dam daryosi bo'yida
Naqqosh labial 27 shamol ta’sirida vayronaga aylangan shahar ko'chalari, devorlari, minoralari, ustun va ayvonlami eslatib turuvchi shakllar vujudga kelgan. Shimoli-sharqiy Qozog‘istondagi Kalbin tog'ida “Oyoqli tosh” va “ Baqatosh” deb nomlangan xarsangtoshlar ma’Ium. Tabiat tom onidan yaratilgan bunday m o‘jizakor relyef shakllari O'zbekiston hududida ham uchraydi. “Qirqqiz” baqida arsons va haqiqat Turkiston.va Moiguzar tog*lari tutashgan xushmanzara joyda Zomin tog‘-o‘rmon davlat qo'riqxonasi joylashgan. Qo‘riqxonada yilning barcha fasllarida, yoz-u qishda, o'zining yam-yashil libosi bilan atrofdagi hududdan ajralib turuvchi archazoriar o‘sadi. Go'yoki tabiat o‘zining bor go‘zalligini shu yerga in’om etganday. Archazoriar orasidagi yolg‘iz so‘qmoqdan borar ekansiz, ko‘z oldingizda ajoyib manzara namoyon bo'ladi, ya’ni, xalq orasida “Qirqqiz qal’asi”, “Savat ko'targan kelinlar”, “ Kuyovtosh” , “Qirq go‘zal” nomlari bilan ma’Ium bo‘lgan tabiat yodgorliklariga duch kelasiz. Ushbu tabiat yodgorliklari vujudga kelgan hudud Guralash va Zomin massivlari (dengiz sathidan 2000-3200 m balandlikda) deb atalib, Zomin va Sangzor daryolari vodiylarida joylashgan. Bu hududda 40 ming gektar maydonni archazor, 500 gektarga yaqin maydonni yong'oqzor, 100 gektaiga yaqin maydonni bodomzor va pistazorlar egallaydi. Asosan, 10—12 m li archalar ichida bo'yi 15—20 m ga yetadigan archalar ham uchrab turadi. Archazorlarda na’matak, do‘lana, olcha, irg'ay va boshqa mevali daraxtlar o'sadi. Yowoyi hayvonlardan qo‘ng‘ir ayiq, qobon, sug‘ur, turli qushlar (kaklik, bedana, bulbul va boshqalar) yashaydi. Ushbu hududdan Guralash, Qizilto'rg'ay, G'aldirovut, Qoramozor, 0 ‘rikli, Ingichka kabi daryolar oqib o'tadi. Qizilto‘ig‘ay daryosining o‘ng tomonida, uning o'zanidan 300—700 m balandlikda joylashgan va tabiatning nodir yodgorliklaridan hisoblangan “Qirqqiz qal’asi” (maydoni 3 -4 gektar) bu yerda alohida o'rin egallaydi. Qal’aningjanubi-sharqida qiz tasviri haykal sifatida (balandligi 12 m, belining diametri 1 m, yerga tegib tuigan etagining diametri 2 m ga yaqin) ko‘tarilgan. B.Baxritdinov va A.SaidovIaming yozishicha, “Qirqqiz qal’asi” haqida turli rivoyatlar mavjud. Rivoyatlaming birida aytilishicha, qadimda shu yerda bo'lib o'tgan janglarda dushmanlaiga qarshi 28 TABIAT MO'JIZALARI erkaklar bilan birga ayollar ham qatnashgan. Shiddatli janglar- ning birida dushmanning qo'li baland kelayotganini ko'rgan qirq jangchi qiz, dushmanga asir tushmaslik uchun o'rmonzor ichiga chekinib, jangni shu yerda davom ettirgan. Jang tobora qizib, har bir qizning o‘zi bir necha dushmanga ro‘para bo'lgan. 0 ‘z vatani, ona yeri uchun jahd-u jadal birla jangga kirgan qizlar dushmanni dovdiratib qo‘yishgan. Ular zarbasiga bardosh bera olmagan dushman yengilib, qal’adan chekingan. Mard qizlarjangda guia ba qilgan joy Qizilto'risoy deb nom oigan. Mahalliy qariyalaming hikoya qilishicha, keyinchalik, bu qal’a toshga aylangan emish. Tarixdan ma’lumki, har bir rivoyat va afsona tagida oz bolsa da haqiqat yotadi, unda asi voqeaning birbo'lagini topish mumkin. Rivoyatda keltirílishicha, aholi qizlami palaxmon, qarsildoqlar bilan ta’minlab turgan. Shu atrofda Palaxmon qishlog'ining o'rnidagi ko‘hna xarobalar hozir ham saqlanib qolgan. Aholi esa qadimgi qishloq joylashgan havzani hozirgacha Palaxmonsoy havzasi deb ataydi. Yana birafsonaga ko‘ra, bu yerda “qadim zamonda qudratli, kuchlilikda tengi yo‘q, mag'rur bir shoh hukmronlik qilgan ekan. U sevikli malikasi uchun tog‘lar orasidagi eng go'zal joyda hashamatli qasr qurdirgan va dam olish uchun o'zi ham bu yeiga tez-tez kelib turgan. Kunlardan bir kun ko'ngilsiz voqea yuz beradi. Shohning bu yerga kelib turíshidan voqif bo'lgan dushman qo‘shini qasmi qurshab oladi. Shoh yonida kelgan soqchilarí, malika va qirq kanizak bilan o'zidan bir necha barobar katta bo'lgan dushman lashkari bilan mardonavor jang qiladi. Lekin, kuchlar teng emasdi. O'shanda dushmanga bas kela olmasligini tushungan shoh va malika “ Ey parvardigor, mag'lubiyat alamini torttirgandan ko'ra, bizni yaxshisi toshga aylantir” deb xudoga iltijo qiladilar. Ulaming iltijosi ijobat bo'lib, hammasi toshga aylanadi”. Albatta, tabiat yodgorligining go'zalligi, uning sirliligi xalq fantaziyasini yanada jo'sh urdirib, chiroyli va go'zal afsonaning kelib chiqishiga asos bo'lgan. Vatanimiz sarhadlarida turli davrlarda dushmanlar bilan jang qilib, o'z yurtini himoya qilgan jangchilar qatorida jangchi qizlaming bo'Iishi tarixdan ma’lum. Ulaming qahramonligi to'g'risida hikoya qiluvchi bunday afsona va rivoyatlaming kelib chiqishini inkor etmagan holda, bu yodgoriikning kelib chiqishiga Naqqosh tabiat 29 ilmiy jihatdan nazar tashlab ko‘raylik. Ushbu yodgorlik Yer tarixining paleogen davri oxirí va neogen davrida tashkil topgan va nurash jarayonlariga chidam li b o ‘lgan (to g‘ jinslari) konglomeratlardan hosil bo'lgan. Keyinchalik bu tog‘ jinslari yumshoq tog‘ jinslari bilan qoplangan. To'rtlamchi davrda sodir bo'lgan yangi tektonik harakatlar ta’sirida ular joylashgan hudud ko'tarilgan, oqibatda nurash va turli denudatsion jarayonlar natijasida yumshoq tog‘ jinslari yemirilib, ularning ostidagi ycmirilishga chidamli boMgan tog' jinslari ochilib qolgan hamda ularda qadimiy qal’aga o'xshash relyef shakllari vujudga kelgan. Ushbu qal’a ko'rinishidagi relyef shakli xalq orasida “Qirqqiz qal’asi” nomini oigan.
Download 405.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling