Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent
J YER OSTI SUMALAKLARI
Download 405.96 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer osti marvaridtari
- TABIAT MO JIZALAki
- G‘OR ONIKSI
- ASR MINERALI
J YER OSTI SUMALAKLARI Ko'pchilik yer osti qasrlarida har xil minerallardan, ba’zan esa muzlardan tarkib topgan ajoyib va go‘zal ko'rinishga ega bo'lgan turli shakllar uchraydi. Ularning qanday yo‘llar bilan paydo bo'lganligi sizni albatta, qiziqtirsa kerak? M a’lumki, yer osti qasrlarini kesib o ‘tgan yoriqlardan sizib kirgan suv, tog‘ jinslarini eritish jarayonida minerallashadi, qasrlar devor- lari va shiplaridan tomib turadi. Tomayotgan suv tomchilari bug'lanib, ularning tarkibidagi minerallar imoratlar tarnovlarida hosil bo'lgan sumalaklar kabi osilib tusha boshlaydi. Bu sumalaksimon tomchilar stalaktitlar (yunoncha stalaktos — tom chilab oqish so'zidan) deb ataladi. Ba’zan, yer osti qasrlarining shipi va devorlaridan tomayotgan suv tomchilari, ularning tubida to'plana boshlaydi. To'plangan suv bug'lanishi natijasida g'oming tog‘ jinslari tarkibidagi minerallar yuqoriga qarab o'sa boshlaydi. Bu shakl fanda stalagmitlar (yunoncha stalagma — tomchi so'zidan) deb nom olgan. Stalagmitlarning ko'rinishi turlicha bo'ladi. Yer osti qasrlarida ular minoralar, o'rmonlardagi daraxtzorlar, har xil hayvonlar, gul dastalari va boshqa shakllarga o'xshab o'sadi. Ko'pchilik g'orlarda Stalaktit va stalagmitlar yillar o'tishi bilan bir-birlari bilan tutashib, tik ustunlar — stalagnatlami hosil qiladi. Yer osti qasrlaridagi bu shakllar yiliga 17—35 sm gacha o'sadi. Stalaktit, Stalagmit va stalagnatlar Yer sharidagi ko'pchilik yer osti g'orlarida uchraydi. Ularning kattaligi, yoshi ham turlichadir. Chexiyadagi ba’zi bir yer osti qasrlari ichidagi stalagmitlar diametri 0,5 m, balandligi bir necha metr bo'lib. ularning yoshi 1250 yildan ziyodligi aniqlangan. AQSHdagi Karlsbad yer osti qasridagi balandligi 18,9 m va diametri 4,9 m li stalagmitning yoshi 60 min yil ekanligi ma’lum. Bu qasrda balandligi 21 m va diametri 5 m li, yoshi ham katta Stalagmit bor. Italiya va Fransiya chegarasidagi Margare tog'larida hosil bo'lgan g'orlardagi stalaktitlar balandligi 50—100 m ga yetadi. Avstriyadagi Katerlax g'orida 2000 dan ortiq Stalagmit bor. Yer osti marvaridtari 49 Ayrim yer osti qasrlari ichida havo harorati juda past bo'lib, tomayotgan suv tomchilari bug'lanmay, muzga aylanadi. Natijada bu g'orlardagi Stalaktit va Stalagmitlaming bir-biriga tutashishidan yirik muz ustun (stalagnat)lari hosil boMadi. Mashhur karstshunos va g'orshunos olim G.A.Maksimovichning ta’kidlashicha, 200 dan ortiq yer osti muz qasrlari bor ekan. Ulaming ichida eng kattasi Uraldagi Kungurg'oridir. Yozning issiq kunJarida g'oming ayrim zallaridagi muz shakllari erib, yo‘q bo'lib ketadi, qishda esa yana paydo boMadi. Samarqand Davlat universiteti dotsenti M.Abdujabborov Zarafshon togMarida ana shunday muz g‘orini topib, uni Nuriddin deb atagan. 0 ‘rta Osiyoning issiq iqlimli sharoitida muz g'oriarining mavjud bo‘lishi kishini ajablantiradi. Dengiz sathidan 2500 m balandlikda, qor chizig‘idan deyarli 1000 m pastda joylashgan bu g'orning umumiy uzunligi 45 m ga yetadi. Yoz faslida ham g'or ichida qor va muz saqlanib turadi. G'orga qor qish kunlari uning shipidagi teshiklardan tushadi. Erigan qor suvidan esa muzlar hosil boMadi. G'ordagi qor qoplamining qalinligi 1—5 m, uning ostida qalinligi 0,5—0,6 m li muzli qatlam joylashgan. G ‘or ichida qor va muzlardan tashkil topgan har xil shakldagi (konus, pichoq va hokazo) stalagmitlar hosil bo'lgan. 0 ‘rta Osiyodagi yana bir muzli yer osti qasri Zarafshon vodiysining yuqori qismida joylashgan Makshevat g'oridir. Bu g‘or dengiz sathidan 3000 m baland (Yer kurrasida eng balandda joylashgan g‘orlardan). U murakkab tuzilishga ega bo'lib, bir qancha yo'lak va zallandan iborat. Zaliaming osti va devoriari muz bilan qoplangan. G 'om i tekshirgan M. Hoshimovning fikricha, bu yerda muz paydo bo'lishining asosiy sababi — uning dengiz sathidan balandda joylashganligidir. Haqiqatan ham bu yerda qish fasli uzoq davom etadi, yog'ingarchilikning asosiy qismi qor shaklida tushadi, g'or ichkarisida havo harorati doim past. YER OSTI MARVARIDLARI Yer osti qasrlarida sumalaklardan tashqari g'or “marvaridlari” ham uchrab turadi. Asl marvarid qimmatbaho mineral bo'lib, asosan, dengizlardagi chig'anoqlar ichida vujudga keladi. Ko'rinishi va katta-kichikligi bir xil bo'lganligi sababli g'orlardagi bu hosilalarga g'orshunoslar “g'or marvaridi” deb
50 TABIAT MO JIZALAki nom berishgan. G'orlardagi kalsit mineralidan tashkil topgan marvaridlar ham shar va tuxum shaklida, och sariq rangli, diametri 0,5—1,5 sm bo'ladi, yuzasi g'adir-budir. Yer osti “marvaridlari”ni 1955-yilda Ural togMaridagi Qizil g‘ordai| G.A.Maksimovich topib o ‘rgangan. Bu “marvaridlar” Perm universitetining dinamik geologiya muzeyida saqlanadi. Fransiyaning Averon departamentidagi Gussun g'orining 100 m chuqurlikda hosil bo'lgan zalida bir necha kvadrat metr joyn( g‘or “marvaridlari” gilamdek qoplab olgan. Ulaming soni bir necha ming bolib, har xil ko'rinishda. 0 ‘rta Osiyoda 1700 dart ziyod g‘or tekshirilgan bo‘lsa-da, g‘or “marvaridlari” faqaf Turkmanistondagi Qorliq g'orlar guruhida topilgan.
Tinib-tinchimas suvning yaratuvchanlik faoliyati tufayli ayrinj g‘orlarda oynasimon marmar oniksi hosil bo'lgan. G ‘or oniksi (yunoncha onuks — timoq) asosan, Stalaktit, Stalagmit, stalagnat ko'rinishidagi kalsiy va aragonit yoki issiq suvdan ajralgan ohakdan tashkil topgan aragonitning qatlamli yotqiziqlaridir. Sof holda u marvarid yoki oppoq sutsimon ko'rinishga ega, tarkibida temir va nikel aralashmasi bo'lsa-qizg'ish, ko'kish, yashil, jigarrang tuslarga kiradi. Oniksning o'ziga xos xususiyati shundaki, uni oynadek silliqlash mumkin. Oniksning tashqi ko'rinishi juda chiroyli bo'lganligi sababli, odamlar undan turli nafis buyumlar tayyorlashgan. Ba’zi xalqlar oniksni muqaddas tosh deb hisoblaganlar. Oniksning ba’zi turlari shu qadar shafTofki, undan qadimda ko'zgu o'm ida ham foydalanganlar. Devon, deraza va eshiklari oniks bilan bezatilgan qadimgi xashamatli zallar juda yorug* b o 'lg an . S am arqand dagi G o 'ri A m ir m aqbarasi ichki devorlarining pastki va tepa qismlari, Parijdagi Katta opera teatrining asosiy zinapoyalarining yon tutqichlari, Moskva metrosining Kiyev vokzalidagi chiroyli ustunlar oniks bilan qoplangan. 0 ‘rtaosiyolik geolog, karstshunos va g*orshunoslar tomonidan g'orlami tekshirish davomida bir qancha g'orlarda oniks zaxiralari borligi ma’lum bo'ldi. Bulardan eng ahamiyatlilari Turkmaniston va 0 ‘zbekiston chegarasidagi K o'hitang tog'idagi Qorliq,
Ajinakamar, Ziyovuddin tog'idagi G'unjak, Tojikistonning Isfa- ra shahri yaqinidagi Xo‘jag‘or, Qirg'izistondagi Chuvay, Jiydali g'orlaridir. Yuqori yura davri ohaktoshlarida hosil bo'lgan va mahalliy aholi orasida Ajinakamar deb nom oigan oniksli g‘or, ayniqsa diqqatga sazovor. Uning ichidagi stalaktitlar, stalagmitlar va g‘or devorlarini qoplab oigan hosilalaming barchasi oniksdan iborat. Bu g'ordan olingan oniks namunalari mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan. Rangi, asosan, to‘q jigarrang va och sariq, qatlamlari turlicha bo'lgan ushbu oniksdan binolar va inshootlami bezatishda foydalanish mumkin. Qopqo'ton g‘ori devorlarining 150 m2 sahnini 60 sm qalinlikda egallagan oniksning amaliy ahamiyati kattadir. Bunday g'orlami muhofaza qilish va ulardagi oniksni qazib olishni nazorat ostiga olish, ulardan oqilona foydalanish zarur. Chunki, ular ming yillar davomida tabiat tomonidan yaratilgan noyob yodgorliklardir.
O'tkir qirrali billur toshlami ilk bor ko'rganda, ular dunyo bozorida, aynan shu kattalikdagi oltin quymasidan qimmat bo'lishiga ishongingiz kelmaydi. Ko'rinishidan go'yoki oddiy bir shisha parchasiga o'xshash kalsit minerali tabiatda juda kam uchraydi. Optikada foydalaniladigan bu mineral tabiiy polyarizator sifatida ham ma’lum. Kalsitning kristallari o'ziga xos shaklda bo‘- lib, sochilib, tarqoq ravishda kelayotgan nurlami o'zida jamlab, bitta qilib o'tkazish xususiyatiga ega. Uning tagiga o'rmalab kirgan chumoli shisha ostida ikkita boiib ko'rinadi. Qadimda bu mineralga island shpati deb nom berishgan. Chunki, u dastlab sanoatga yaroqli miqdorda Islandiyada topilgan edi. Hozirda u asr minerali deb ataladi. Bu noyob kristall (billur) fan va texnika sohalari uchun ajoyib imkoniyatlami ochib berdi. Billur nafaqat optika sohasida, balki elektronika, kibemetika, elektron hisoblash mashinalarida, ilmiy asboblar yasashda, optik kvant generatorlarida, suvosti va kosmik tadqiqotlarda ishlatilmoqda. Hozir bu mineral Janubiy Afrika, Meksika, Rossiya va boshqa davlatlarda qazib olinadi. 0 ‘zining nihoyatda “injiq’Migi tufayli u Asr minerali __________________________________________ 51 Download 405.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling