Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent


YER  OSTI  QASRLARI  (G‘ORLAR)


Download 405.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana14.07.2017
Hajmi405.96 Kb.
#11225
1   2   3   4   5   6

YER  OSTI  QASRLARI  (G‘ORLAR)

Tabiat  ko'rinishlari  o'zining  xilma-xilligi  bilan  odamni 

hayratda qoldiradi. Sayyoramizda baland tog‘lar, uzoq masofaga 

yastanib ketgan tekisliklar, tubi degiz sathidan ancha past bo'lgan 

chuqur botiqlar,  okeanlarda esa  nihoyatda chuqur,  kishi  tushib 

bo‘lmaydigan cho'kmalar, suvosti tog‘ tizmalari va boshqa relyef

3 8 __________________________________

TABIAT MO JIZALA*,


Yer osti qasríari (g'oriar)

39

shakllarí 

borligi  ma’Ium.  Ular ichida o'zining ajoyibotlari  bilan 

inson e’tiborini jalb etuvchi  inshootlar — yer osti bo'shliqlari va 

ulardagi  ajoyib  tabiiy  yer  osti  q asrlaridir.  Bu  yer  osti 

inshootlaming  inson  kira  oladiganlariga  g'oriar deyiladi.  Ko‘p 

hududlarda  kirib  bo'lm aydigan  g'o riar  ham  bor.  Bularni 

g'orshunos  olimlar  “ko'r  g'or’Mar  deb  atashadi.

Umuman  olganda  g'oriar,  yeming  eng  ustki  qatlamidagi 

bo'shliq  demakdir.  Lekin,  bo'shliqdan  bo'shliqning  farqi  bor. 

Masalan, qazilma boyliklar kavlab olinishi, hayvonlaming qazishi 

va boshqa sabablaiga ko'ra ham yer ostida bo'shliqlar hosil bo'lishi 

mumkin.  Bu  o'rinda  biz  tabiat  yaratuvchaníigi  bilan  hosil 

bo'ladigan,  g'oriar  deb  ataluvchi  yer  osti  bo'shliqlarí  haqida 

so'z  yuritamiz.

G 'oriar  sirliligi  va  mo'jizalarga  boyligi  bilan  qadim  za- 

monlardan  kishilami o'ziga maftun etib kelgan.  Biroq o'tmishda 

g'orlaming o'ziga  xos tabiati,  ular ichidagi  qorong'ulik,  zulmat 

va sukunat  kishilami cho'chitgan.  Shuning uchun bolsa kerak, 

tabiatning yer qa’rida hosil bo'lgan bu mo'jizasi  haqida ko'pdan 

ko'p afsona  va  rivoyatlar to'qilgan.  Ularda  hikoya qilinishicha, 

g'orlarda  afsonaviy  qahram onlar  yoki  tarki  dunyo  qilgan 

darveshlar,  dcvlar,  yirtqich  va  bahaybat  hayvonlar  yashagan, 

dur-u javohirlar  yashirilgan.  Ayrim  badiiy  asarlarda  esa g'oriar 

ta’qibdan qochganlarga, qaroqchi va yo'lto'sarlarga o'z boylik va 

qurol-aslahalarini  yashirish  uchun  maxfiy  joy  bo'lib  xizmat 

qilganligi to'g'risida bayon etiladi.

Ayniqsa, yunon mifologiyasida g'oriarga katta e’tiborberílgan. 

Afsonalarda aytilishicha, vafot etganlaming jonlari yer qa’ridan 

katta va chuqur g'oriarga tushar ekan.  Bu yerda yer osti dunyosi- 

ning xudosi Aida podshohligining, ya’ni, “arvohíarsharpasi”ning 

hukmroni yashagan.  Shu bilan biiga yunonlar o'zlarining asosiy 

xudosi Zevsni ham O'rta dengizdagi  Krit orolida tug'ilgan degan 

afsonani yaratganlar.

G 'orlardagi  tovush  effekti  ham  tabiatning  o'ziga  xos 

mo'jizalaridan  biridir.  Aslida  bu  hodisaning  siri  nimada? 

Mutaxassis  olimlaming  ta’kidlashicha,  g'orlaming  o'ziga  xos 

akustikasi  sababli,  bu  yerda  oqayotgan  yer  osti  suvlarning 

jildirashi  ham  yer qa’ridan  chiqayotgan  inson  tovushi  eflektini 

beradi.  Shuning  uchun  ham  qadimda  ba’zi  xalqlarda g'orlarda 

yashayotgan  turli  g'ayri-tabiiy  jonzotlar  to'g'risida  afsonalar


40

TAB!AT MO'JIZALARl

tarqalgan.  Masalan, yevropaliklar afsonalarida g'orlarda yashagan 

afsonaviy jonzotlar — metallami eritib, qayta ishlaydigan gnomlar 

(mitti odam!ar)ga ko‘p o ‘rin berilgan.  Sibirdagi buryatlar g'omi 

qo'rqinchli  xudo  —  “tog'lar  xo‘jayini”  yashaydigan  joy  deb 

hisoblaganlar  va  uni  qahridan  tushirish  uchun  g'orlar  atrofida' 

diniy  marosimlar o'tkazganlar.  Baykal  ko‘li  atrofida joylashgan 

Baydin  g'orida  ruh  bo'lganligi  uchun,  undan  chiqayotgan  suv 

turli dardlami davolash xususiyatiga ega deyishadi.  Ruhni xursand 

qilish  maqsadida suvga  kumush  tangalar tashlashadi.

Xitoyfikfarda g'orlar haqida afkina va rivoyat juda ko‘p. Ulardan 

birida aytilishicha, “Yunnan tog'larida (Yuan-Szyanchen shahriga] 

yaqin joyda)  Katta  Ajdarho  g‘ori joylashgan  bo'lib,  uning  ichij 

juda qorong'i va zax emish. G'oming devoriga zanglab ketgan qilich 

sanchilgan ekan. Mahalliy aholining tasawurida bu g'orda qadimda 

ajdarholar podshosi yashagan. Agar ajdarho  g'ordan chiqsa barcha 

ekinzorlardan  olinadigan  hosilni  yo‘q  qilib  yuboradigan  suv 

toshqini  sodir bo'lar ekan.  Danay  nomli  bir cho'pon  ajdarhoni 

o'ldirish  uchun  temirchidan  sehrli  qilich  yasab berishni  iltimos 

qilgan. Temirchi uning iltimosini bajargach,  Danay sehrli qilich 

bilan  qurollanib  ajdarhoni  jangga  chaqiribdi.  Ular  o'rtasida 

dahshatli jang  boshlanibdi.  Oxir-oqibat  Danay  ajdarhoni  yen- 

gib,  boshini  tanasidan judo  qilibdi.  Lekin,  Danay g'ordan  chi- 

qayotganida uning yo'lini to'sib turgan katta xarsangtoshga duch 

kelibdi.  0 ‘shanda u toshni  yo'lidan olib tashlash  uchun qilichi- 

ni  bor kuchi  bilan  xarsangtoshga sanchibdi.  Lekin,  xarsangtosh 

o‘z joyidan siljimabdi.  Oqibatda g'ordan chiqa olmagan  Danay, 

shu  yerda  qolib,  halok  bo'libdi.  Aytishlaricha,  bu  xarsangtosh 

ajdarhoning  toshga  aylangan  xotini  boMib,  shunday  tarzda 

Danaydan  erining  o'chini  olgan  ekan.  Har  yili  hosil  yig'ib 

olingach,  mahalliy  dehqonlar  g‘or  oldida  Danayga  o ‘z  min- 

natdorchiligini  bildirib,  uning  sharafiga  xalq  sayilini  o'tkazib 

keladilar.

0 ‘rta  Osiyodagi  ba’zi  bir  g'orlar  to'g'risida  ham  ajoyib  va 

g'aroyib  afsonalar  saqlangan.  Zarafshon  tog'  tizmasi  tarkibiga 

kirgan Qoratepa tog'ida (Qashqadaryo viloyatida) “Amir Temur” 

nomini  olgan  g'or  bor.  Mahalliy  aholi  orasida  bu  g'or  haqida 

tarqalgan  afsonada  aytilishicha,  “Amir  Temur  shiddatli  jang- 

lardan birida  mushkul ahvolga tushib qolgan.  O'z sarbozlari  bi­

lan  ushbu  g'or  atrofiga  chekinib,  ketidan  bostirib  kelayotgan



Yer osti qasrlari  (g'orlar)

41

ko‘p  sonli  dushman  qo'shinlaridan  yashirish  to ‘g‘risida  xudoga 



iltijo  qilgan  emish.  Shunda  tog*  yorilib,  g‘or  og‘zi  ochilibdi  va 

Amir Temur sarbozlari bilan unga kirib, g‘or ichidan yo‘l topib, 

S am a rq an d d ag i 

Shohi  Zinda 

m aq b arasi 

yonidan  chiqqan ekan. 

G'orning  bir  og‘zi  Amir  Temur  tug'ilgan  Tarag'ay  qishlog'ida 

bo'Isa,  ikkinchisi  Samarqanddagi  Shohi  Zinda majmuasi  ichida 

emish”.

O lim lar  to m o n id an   ushbu  g ‘o r  tek sh irilg an d a,  uning 



atrofidagi  tog1  jinslari  silur  davrining  ohaktoshlaridan  iborat 

ckanligi  va  ohaktoshlardagi  yoriqlar  orqali  suv  kirib  erishi  na- 

tijasida g‘or vujudga  kelganligi aniqlangan.

Yana  bir  rivoyatda  hikoya  qilinishicha,  “ Marv  (hozir 

Turkmanistondagi  Mari  shahridan  30  km  sharqda)  shahrini 

poytaxt  qilib  olgan  saljuqiylar  davlati  hukmdori  Sulton  Sanjar 

Moziy  Xorazm  shohining  qizi  To'rabekxonimga  oshiq  boMib, 

unga sovchi qo‘ygan ekan. Xorazm shohi sovchilarga rad javobini 

bergach,  g'azablangan  Sulton  Sanjar  lashkar  tortib,  Xorazmni 

suv  bilan  ta’minlaydigan  Amudaryoni  to‘sib qo‘yibdi.  Natijada 

daryo boshqa tomonga oqa boshlabdi.  Bu holatni ko'rgan Xorazm 

shohi Sulton Sanjardan daryoni ochib berish evaziga, unga qizini 

berishga rozi bo'libdi.  Daryoni ochish marosimi katta tantanaga 

aylanibdi.  Maqsadiga yetgach, taltayib ketgan Sulton Sanjar, mali- 

ka To'rabekxonim va boshqalar to'g'on  tepasiga kelishibdi.  Suv 

yo'li  ochilishi  bilanoq,  To'rabekxonim  bir  uchqur  otga  minib, 

ko'zdan  g'oyib  bo'libdi.  Malikaning  ketidan  quvib  ketgan  eng 

mohir  chavandozlar  ham  To'rabekxonimga  yeta  olishmabdi. 

Aldanib,  sharmanda  bo'lgan  Sulton  Sanjar  odamlar  yuziga 

qarashdan  uyalib,  yurtiga  qaytish  uchun  yer  osti  yoMini  ochib 

berishni xudoga yolvoribdi. Buni qarangki, xudoning qudrati bilan 

yer  yorilib,  Sulton  Sanjarni  o ‘z  bag'riga  olibdi.  Xorazm 

viloyatidagi  Pitnak  shahrining janubi-sharqida  haqiqatan  ham 

mavjud  bo'lgan  Sulton  Sanjar  g‘ori  shu  tariqa  hosil  bo'lgan 

emish”.

Janubiy QirgMzistondagi  Olay vodiysining shimoliy qismida 



Qorakovak degan joy yaqinida birg'orbor.  Xalq orasida bu g‘or 

“Zindon”  deb  nom  olgan.  Aytishlaricha,  o ‘tmishda  Olayning 

zolim hokimi o‘ziga bo'ysunmagan va yoqmagan odamlami qo‘l 

-eyog'ini  bog*lab shu g'orga tashlagan.  Unga  tashlangan  odam 

g'oming dahshatli  manzarasidan  aqldan  ozib,  o'lgan.


42

TABÍAT MO'JlZALARl

Pomir tog'Iaridagi  Rangko‘1 ko'li atrofida bir qancha g'orlar 

joylashgan.  Shu  yerdagi  Motatosh  g'ori  haqida  1898-yilda 

Toshkentda chop qilingan  “Turkestanskiye vedomosti” gazetasi 

(92-soni)da qiziqarti maqola e’lon qilingan.  Maqolada Motatosh 

g‘orida katta xazina borligi to‘g‘risidagi mish-mishlar haqida ftkr 

yuritilgan. Unda hikoya qilinishicha “cho'ponlarg'orga kirish uchun 

qancha  urinmasin,  buning  uddasidan  hech  chiqa  olishmagan. 

Bora-bora  xalq  orasida  bu  g‘or jinlar  makoni,  ular  shu  yerda 

yashirilgan bebaho xazinani qo'riqlaydi degan so'zlar tarqalgan”. 

Maqola davom ettirilib, unda “ 150 yil muqaddam bir boy qirg'iz 

ham  g‘orga  kirmoqchi  bo'ladi.  Lekin,  u  g‘orga  kirishi  bilanoq 

g‘ordan qo'rqinchli ovozlar chiqa boshlabdi.  Boy bu ovozlardan 

qo'rqib  pastga  yiqilib  tushib,  o'lgan.  Bu  voqeadan  biroz  vaqt 

0‘tgach yana bir kishi g'orga kirib, o‘z kuchini sinamoqchi bo'lgan. 

U qoyalarga tirmashib, g‘or tomon chiqa boshlagan. G'orga kirib, 

yarim yo'lni o'tgach,  uning ko'ziga sandiqlar va turli xil  narsalar 

va buyumlar ko'rinibdi.  Buyumlar orasida esa daxshatli bir qora 

jin  o‘tirgan  emish.  U  odam jinni  ko‘rib,  qo'rqqanidan  shosha- 

pisha  g'ordan  chiqib  qochibdi  va  baland  qoyadan  yiqilib, 

qovurg'alarini  sindiribdi.  Shundan  keyin  hech  kim  g'ordagi 

boyliklami  qo‘lga  kirítishga  ju r’at  qilmabdi.  Cho'ponlarning 

aytishicha,  g'orda juda  ko‘p  mol-dunyo borligini,  ular ba'zida 

qoyadan to'satdan tushgan qimmatbaho buyumlardan bilishgan. 

Bir marta ular ustiga g’ordan zarrín chopon va kumush chelakcha 

kelib  tushgan”.

Maqolada hikoya qilingan bu g‘or hozir Katta Rangko‘l g'ori 

deb ataladi. 20-asr boshiarída g‘omi tekshirishga urínishlar bo'lgan. 

0 ‘tgan asming o'rtalarida bu baland g‘oi^a birguruh alpinistlar 

chiqishga  muvafTaq  bo‘lishgan.  Ular g'orga  kirganida  bu  yerda 

burgutlar uyasini topganlar.  Burgutlarg'omi o‘ziga makon qilib, 

ko'p  yillar  shu  yerda  yashaganlar.  Masala  oydinlashib,  g‘or 

joylashgan qoya ostiga tushib turadigan  zar choponlar,  kumush 

buyumlar va qimmatbaho narsalar qayerdan  kelganligi  ravshan 

bo‘ldi.  Chunki,  burgutlarda  inlariga  turli-tuman  buyumlarni 

tashish  odati  bor.

G 'orlar  qadimda  ajdodlarimizning  dastlabki  makonlaridan 

birí  ekanligi  ko'pchilik  kitobxonlarga  ma’lum,  albatta.  Ibtidoiy 

davrdagi odamlar uy qurishni bilmaganlar. Shu sababli g'orlarda 

yashaganlar.  Ulardan  sovuq  va  yomg'ir,  yirtqich  hayvonlar,



v*r osti gasrlari (g'oriar)

43

dushman  qabilalaridan  saqlanish  uchun  ishonchli  boshpana 



sifatida foydalanishgan.

Umuman, 


insoniyat  tarixida  g'oriar  muhim  o'rin  tutadi. 

Shunga 


ko'ra insoniyat madaniyali ilk bor g'orlarda shakllangan 

desak, 


mubolag'a  bo'lmaydi.  Dastlabki  davrlarda  inson  o'z 

manzilgohlarini  g'orlarda  barpo  etgan.  Qadimgi  ibtidoiy 

haykaltaroshlik 

namunalari  va  ajdodlarimiz  tomonidan  g'oriar 

devorlariga chizilgan turli rasmlarbuningdalilidir.  Davrlar o'tishi 

bilan sirli tuyulgan g'orlarga har xil in’omlar, hatto qurbonliklar 

keltirishgan.  Ko'p  yerlarda,  shu  jum ladan,  O 'rta  Osiyo  va 

0

‘zbekistonda  ba’zi  g'oriar muqaddaslashtirilgan.



Yer  kurrasida  g'oriar  juda  keng  tarqalgan.  Ba’zi  mam- 

lakatlardagi  uzunligi  bir  necha  o'n  va  yuz  kilometrdan  ziyod 

g orlar  topib  o'rganilgan.  Masalan,  AQSHda  umumiy  uzunligi 

560  km  dan  ziyod  Mamont g'ori,  G'arbiy  Ukrainadagi  218  km 

li Optimik g'ori, G'arbiy Gruziyada chuqurligi  1823 m li  Kruber 

g'ori,  Fransiyada  chuqurligi  2733  m  li  Guflr-Mirolda-Lusyen 

Buklis  g'orlari  va  boshqalar  mavjud.  Uzun  va  chuqur  g'oriar 

O 'rta  Osiyo,  shu  jum ladan,  O 'zbekistonda  ham  topilgan. 

Shulardan uzunligi 46100 m dan ziyod boigan Qopqo‘ton g’ori 

majmuasiga kiruvchi g'oriar, chuqurligi  1000 m dan ziyod bo'lgan 

Kiyev g'ori  va boshqalami  misol  qilish  mumkin.

Tuzilishining  go'zalligi  bilan  e ’tibor  qozongan  yer  osti 

qasrlaridan  biri  Farg'ona vodiysidagi  Katta  Barit g'oridir.  G 'o r 

unchalik  katta  bo'lmasa-da  (uzunligi  60  m  ga  yaqin),  uning 

devorlarida chiroq nurlarida yarqirovchi barit va kalsit minerallari 

chiroyli manzara kashf etadi. O'zining go'zalligi, g'aroyibligi bilan 

kishini maflun etuvchi g'oriar Yer yuzida juda ko'p. Shujihatlari 

bois  ulami  tomosha  qilish  uchun  har  yili  minglab  sayyohlar 

keladi.  Hozirgi kunda sayyohlar kelib tanishishi mumkin bo'lgan 

g'orlarning  soni  200  ga  yaqin.  Ulardan  eng  mashhurlari: 

Ukrainadagi  Kiyevo-Pechorskaya lavra (I  yilda  1  mln 800 ming 

kishi),  Xitoydagi  Gulin  Rid  Fluyt  (930  ming  kishi),  Slo- 

veniyadagi  Postoynskaya  Yama  (800  ming  kishidan  ziyod), 

Polshadagi  Velichka  (700  ming  kishi) g'orlari  va  boshqalar.

G'orlarning hosil bo'lishi juda murakkab geologik jarayondir. 

Bu jarayon bilan karstshunoslik asosida vujudga kelgan speleologiya 

(yunoncha  spelaion-g'or  va  ...logiya—fan)  ya’ni,  g'orshunoslik 

fani  shug'ullanadi.  Bu  fan  g'orlarning  hosil  bo'lishi,  tuzilishi,



tarqalishi, iqlimi, o'simlik va hayvonot dunyosi, ular ichida vujudga 

kelgan turli  hosilalar,  umuman yer osti  landshaftlarini  o'rganadi.

0 ‘rta  Osiyo  karstshunos va g‘orshunoslari  tomonidan  1800 

dan  ziyod  g‘orlar  topib  o'rganilgan.  Shulardan  800  dan  ortig'i 

mamlakatimiz hududida joylashgan va ulaming katta qismi tabiat 

yodgorliklari qatoriga kiritilgan.



“KO*R”  G‘ORLAR

Tabiatda yer yuzasi bilan biron yo'lak orqali bog'lanmagan, 

ichiga  kirib  bo‘lmaydigan  “ko‘r”  g‘orlar  mavjudligini  yuqoridaj 

aytib o‘tgan edik.  Ular ham, suvda eruvchan tog' jinslarida hosil 

bo'lgan yer osti yoriqlaridan yuzaga keladi.  Bunday tog' jinslari 

tarqalgan  hududlarda  turli  qazilma  boyliklar  qazib  olishda, 

gidrotexnik  inshootlar  (sun’iy  to ‘g‘onlar)  barpo  etilishida, 

avtomobil  va  ternir  yo'llar,  tunnellar  o'tkazish,  yoki  burg'i: 

quduqlarini  qazish  vaqtida  ana  shunday  “ko'r”  g'orlarga  duchj 

kelinadi.  “ K o'r”  g'orlar  juda  katta  xavf  tug'dirishi  mumkin. 

Masalan,  Italiyadagi  Monte-Orso  tog'i  orqali  Rim—Neapol 

temir  yo'lini  qurish  uchun  tunnel  o'tkazishda  uzunligi  70  m, 

balandligi  12  m  li  “k o 'r”  g'orga  duch  kelinib,  tem ir  yo'l 

yo'nalishini o'zgartirishga majburbo'lishgan.  Italiyaning Antrev 

va Fransiyaning Shamoni-Monblan shaharlari o'rtasida avtomobil 

yo'li  qurish  uchun  Alp  tog'larining  Monblan  cho'qqisi  ostidan 

uzunligi  11,6  km  li tunnelni o'tkazish  mo'ljallangan edi.  Italiya 

tomonidan  endigina  370  m  masofada  tunnel  qazilganida  yer 

ostidan  300  1/sek  tezlikda  suv  chiqa  boshlagan.  Ishlar  davom 

ettirilib,  yana  130  m  qazilgach,  tunnel  ichida  o'pirilish  ro'y 

bergandan  keyin qurilish  ishlari  to'xtatilgan.

Suv  inshootlari  qurilishida ham  “ko'r”  g'orlar bilan  bog'liq 

ko'ngilsiz  voqealar  sodir  bo'lib  turadi.  Jumladan,  Ispaniyada, 

balandligi  72  m  keladigan  M onte  Xake  to 'g 'o n i  qurilib, 

suvombor  hosil qilingan. Biroq, unda suvni hech yig'a olishmagan. 

Chunki,  suvomboming  zamini  ohaktoshlardan  iborat  bo'lib, 

suv ohaktoshlardagi bo'shliqlaiga va yoriqlarga singib ketavergan. 

Bunday to'g'onlaming bora-bora o'z og'irligi ta’sirida cho'kishl 

fanga ma’lum.

Chirchiq daryosining yuqori oqimidagi  Xo'jakent daryosida 

Chorvoq to'g'oni barpo etilgan.  Bu yer ohaktoshlardan tuzilgan


-Ko‘r" g 'orlar

45

b o 'I ib,  olib  borilgan 



tekshiruv  natijalari  daryo  yonbag* irla rida 

katta-katta 

yer  osti  bo'shliqlari  borligi  aniqlangan.  Ushbu 

bo'shliqlar 

yumshoq,  tez yuvilib ketadigan qum,  gil bilan  to‘lib 

qolgan 

ekan.  Darvoqe, bunday bo‘shliqlar, barpo etilgan to‘g‘on 



uchun  katta  xavf  tug'dirishi  turgan  gap  edi.  Bu  bo'shliqlar 

mukammal 

o'rganilib,  qurilgan  to‘g‘onga  zarar  yetkazmasligi 

uchun 

tegishli  muhandislik choralari  ko‘rilgan.



Ba’zan,  “ko‘r”  g'orlarning  tepa  qismi  o‘pirilishi  tufayli, 

hangomali voqealar ham sodir bo'ladi. Shulardan biri Rossiyaning 

Perm o'lkasidagi Chusovoy shahri militsiya bo'limida ro‘y beigandi. 

"...  Kechqurun  uch-to‘rtta  mast  kishini  tergovchining  xonasiga 

qamab  qo'yishgan.  Ertalab  kayfi  tarqalgach,  ular  navbatchi 

militsioner  oldida  bundan  buyon  bu  la’nati  ichimlikni  og‘ziga 

olmasligi  to‘g‘risida  qasam  ichishdi.  Ulaming aytishlaricha,  yer 

qa’ridan  allaqanday  dahshatli,  gulduragan  ovozlar  eshitilgan 

ernish...  Bu  iblis  bo‘Isa  kerak  deyishadi  ular vahimaga  tushib,  u 

bizning gunohkor jonlarimizni olib, jahannamga ravona qilmoq- 

chi”.  Bir vaqt qo'shni maktab qorovuli ham navbatchi militsioner 

oldiga  kelib,  yer  ostida  allanim alar  gulduraganligini  aniq 

cshitganligini  aytdi.  Ammo,  bu  gaplarga  hech  kim  ishonmadi. 

Oradan  kunlar o'tdi.  Ba’zida  tergovchining o'ziga  ham  nimadir 

yer  qa’rida  gulduragandek  eshitilar,  xuddi  bo'sh  bochkani 

dumalatib  yuborgandek  tuyulardi.  Bayram  arafasida  militsiya 

boiimining hamma xonalari  muhrlandi.  Binoda  faqat  navbatchi 

militsioner qoldi. Tunggi soat 3 larda militsiya bo'limi boshlig'ining 

uyidagi  tclefon  birdan jiringlab qoldi:

-   Militsiya bo'limining navbatchisi axborot beradi.  Militsiya 

bo'limi  binosining  bir  qismi  cho‘kib  ketdi...

-   Qani  go'shakka  pufla-chi,  hazilllashdi  boshliq.  Lekin, 

navbatchi chindan ham shunday voqea sodir bo‘lganligini kuyib- 

pishib  uqtirardi.  Rahbar  militsiya  bo’limiga  yetib  keldi-yu, 

ko'zlariga  ishonmay,  angrayib  qoldi.  Ertasi  kuni  bu  yerga 

chaqirilgan  geologlar  bino  zaminida  ohaktosh  qatlamlarining 

darzlarida yer osti bo‘shlig‘i  vujudga  kelganligi, bu bo'shliqning 

shipi  militsiya  bolim i  binosining  og’irligini  ko'tarolmay  bino 

bilan  birga  qulab  tushganligini  tushuntirib  berdilar.  Qamab 

qo‘yi|gan tartibbuzarlar, shuningdek, maktab qorovuliga ana shu 

yer  osti  bo‘shlig‘ining  devor va  shiplardan  xarsangtoshlaming 

qulashi  tufayli  “sirli”  ovozlar eshitilgan  ekan.



46

TABIAT  MO'JIZALAR

Ikkinchi  hangomali  voqea  Rossiyaning  Kishert  shahr 

chekkasida  ro‘y  berdi.  Uy  bekasi  hovlining  etagida joylashgar 

hammomini  isitib  yuvinadi-da,  uyiga  qaytib,  qizini  yuvinishgi 

yuboradi. Ammo, bir lahzadan so'ng qizcha halloslagancha uygj 

kirib  kelib,  onasiga  hammom joyida  yo'qligini  aytadi.  Awaligj 

onasi: 

b

ema'ni



 haziJingni qo'y” 

debqizining gapiga ishonmaydi 

Keyin  hovliga chiqib qarasa,  ne  ko'z bilan  ko'rsinki,  haqiqatar 

ham hammom joyidan yo'qolib, uning o'mida ko'l paydo bo'libdi 

“ Bo'ri  qulog'i  ovda"  deganlaridek  bir  zumda  tumonat  odan 

yig‘ilibdi.  Kimdir  koMning  chuqurligini  o'lchab  ko'rishni  takli 

qilibdi.  Narvonni chuqurga tiqib ko'rishibdi,  lekin.  uning tubigj 

yetisholmabdi.  íkkita  narvonni  bir-biriga  bog'lab  ham  tíqil 

ko'rishibdi,  barí  bir  chuquming  tagiga  yetisholmabdi.  Shundi 

bu  yerga  yig‘ilganlar  cho‘kkan  joyning  chuqurligi  yeming  qo< 

markazigacha yetib borsa kerak, degan fikrga kelishibdi.

“ Ko‘r” g'orlar 0 ‘rta Osiyoning ba’zi hududlarida ma'danla 

qazib  olish  davrida  topilgan.  Bular  qatorida  Janubiy  Farg‘on¡ 

tog'laridagi  Haydarkon va Qadamjoy konlari ham bor.  Karstshuna 

olim Z. Sultonovning ma’lumotiga ko'ra, bu konlarda morfologil 

tuzilishi  har xil (qopchiqsimon, quvursimon va boshqa shaklda 

bo'lgan  50  dan  ortiq  “ko‘r”  g‘or aniqlangan.  Bu  g'orlar  katta 

kichikligi  bo'yicha  ham  turlicha:  diametri  3  m  dan  100  m  vi 

undan 


ziyod, balandligi 26— 60 

m ¡arorasida.

  Ushbu 


g'orhrn¡n¡ 

ichida  turli  va  ajoyib  ko'rinishdagi  har  xil  hosila  (stalaktit 

stalagmit,  stalagnat)  lar  uchraydi.  Shu  bois  ulami  geología 

“ Uzumli”,  “Sharli”,  “ Dada” va boshqa  nomlar bilan  atashgan 

Haqiqatan ham g'or ichidagi hosilalar xuddi tok ishkomida osilil 

turgan uzum boshlarini yoki soqqalami eslatadi.  Konlarda “ko'r 

g‘orlam¡ng mavjudligi tog‘ ishlarini olib borishni qiyinlashliradi 

Chunki,  ular  burg'ilash  paytida  qo'llaniladigan  suyuqliklam 

“yutib” yuboradi hamda ichiga burg‘ilash asboblari tushib ketadi

G‘ORLARNlNG  HOSIL  BO‘LISHI  VA 

GURUHLARI

G 'orlar kelib chiqishi jihatidan ikki guruhga: tabiiy va sun'i; 

g‘orlarga bo‘linadi. Tabiiy g‘orlar tog‘ jinslariga tabiiy jarayonla 

(suv,  shamol,  olov,  yemirilish,  o'pirílish  va  boshqalar)  ta’si 

etishi natijasida yer ostida hosil bo‘ladi.  Bular ichida eruvchi toj


jinslari 

(ohaktosh,  dolom it, 

gips, 

angidrit,  mergel,  marmar, 

turli  tuzlar)  ga  tabiiy  suvlarning  (yer  osti  va  yer  usti)  ta’siri 

natijasida 

hosil bo'lgan g‘orlar keng tarqalgan va ular fanda karst 

g‘orlari  deb  ataladi.  Boshqa  tog‘  jinslarida  (kvarsit,  bazalt, 

konglomerat, gil,  soz tuproq va boshqalar)  hosil bo'lgan g'orlar 

“psevdo"  yoki  “soxta”  g'orlar deb  yuritiladi.  Bu  ikki  xil  g'orlar 

u m um iy 

ko'rinishí jihatidan  bir-biriga juda  o'xshash  bo'lsa-da, 

hosil  bo'lish  jarayoni  jihatidan  farq  qiladi.  Bundan  tashqari, 

karst g‘orlari “soxta” g'orlarga qaraganda uzun va chuqur bo‘ladi. 

G 'o rla rn in g  

ichida  turli  kattalikdagi  zallar,  kishi  zo'rg'a  kira 

oladigan yo'laklar, odamni hayratga soluvchi hosilalar, daryolar, 

sharsharalar, 

ko'llar uchraydi.  Ular bir necha qavatli ham bo'lishi 

m um kin.

G'orlarning  tuzilishi,  hajmi,  qavatligi,  asosan,  ular  joy- 

lashgan hududlardagi tektonik harakatlaming turiga bog'liq. Agar 

g'orlar hosil bo'layotgan hududda uzoq vaqt tektonik ko'tarilish- 

lar sust bo'lsa yoki pasaya borsa, g'orlarda ko'ndalang  yo'nalish- 

dagi 


zallar va

 yo'laklar hosil  bo'ladi.  Mazkur hududda  tektonik 

harakatlar  faóllashib,  hudud  ko'tarilsa,  u  holda  g'orni  hosil 

qilayotgan  yer  osti  suvlari  tog'  jinslari ni  past  tomonga  qarab 

erita  boshlaydi  va  yemiradi.  Natijada,  quduqlarga  o'xshash  tik 

yo'nalishdagi  g'orlar hosil bo'ladi.

Tabiiy g'orlarning tuzilishi xilma-xildir.  Ulaming ayrimlarini 

kirish  qismi juda  tor,  ichi  esa  keng  bo'ladi  Ba’zilarining  kirish 

qismi  quduqlarga  o'xshab,  pastga  tushib  boradi.  M a’lum 

chuqurlikda ular o'z yo'nalishini o'zgartirib, gorizontal tuzilishga 

ega bo'lgan zallar va yo'laklar hosil qiladi.  Xullas,  tabiiy g'orlar 

o'zlarining  tuzilishi  bilan  sun’iy g'orlardan  ajralib  turadi.

Sun’iy g'orlar inson faoliyati natijasida bunyod etiladi.  Ular, 

asosan,  yer qa’ridan  foydaii  qazilmalar zaxiralarini  aniqlash  va 

ularni  qazib  olish  yoki  turli  gidrotexnik  inshootlar barpo  etish 

maqsadida tog' jinsíarining xususiyatlarini tekshirish ishlarini olib 

borish uchun qaziladi va shtolnya deb yuritiladi. Sun’iy g'orlarning 

uzunligi va diametri unchalik katta bo'lmaydi.

Inson  qo'li  bilan  yaratilgan g'or-qal’alari  va  ulardagi  uylar 

Xitoyda soz tuproqlarda hosil bo'lgan tepalaming tik yonbag'irlarida 

uchraydi.  Ulaming devoriari ohak bilan suvalgan.  Shu sababdan 

bu uylar o'z mustahkamligini  100 yillar davomida saqlab kelgan. 

Ispaniyadagi  Gaudiksa  shahri  yaqinida  hozir  ham  lo'lilar

n nrlaming hosil bolishi  va guruhlari

________________________  

47


48

TARIAT  MO JIZALARl

yashaydigan katta g'or-qishloq mavjud bo'lib, aholisi  10 mingdan 

ziyod. 0 ‘ziga xos bu yer osti qishlog‘ida do‘konlar,  mayxonalar, 

maktablar, hatto ibodatxona ham bor.



Download 405.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling