Taqrizchilar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами
1-masala. Xo‗jalik xarajatlariga hisobot oyidagi summadan foydalanish
bo‗yicha vaziyatni ko‗rib chiqib va buxgalteriya hujjatlarini to‗ldiring hamda muomalalarni provodkalarda aks ettiring. Masalani bajarish uchun ma‘lumotlar. Korxona nomi: ―SSB‖ MChJ. Rekvizitlari: INN 263403122, X/R 20208000007050000201 O‗zsanoatqurulish bank ATB. Yuridik shaxs manzili: Toshkent sh., A.Temur 60- uy. ―SSB‖ MChJ Direktori O.Saidov. Bosh hisobchi S.Abdullaev. Kassir A.Sherov. Ko‗rib chiqilayotgan davr joriy yilning fevral oyi. ―SSB‖ MChJ ta‘minotchisi kassadan ehtiyot qismlarni xarid qilishga 90000 so‗m hisobdorlik summasi olgan. U kerakli ehtiyot qismlar (lentani aylantiruvchi rolik - donasi 16500 so‗mdan 4ta, metiri 2000 so‗mdan 10 metr lenta) xarid qilgan va kassaga avans hisobotini topshirgan. A.Alisherov ehtiyot qismlarni 76 omborga, hisobdorlik summasining qoldig‗ini ―SSB‖ MChJ kassasiga topshirgan. Quydagi hujjatlarni to‗ldirish topshiriladi: 10 fevral 10-sonli chiqim kassa orderi, 11 fevral 12-sonli avans hisoboti, 11 fevral 32-sonli yuk xati, 12 fevral 13-sonli kassa kirim orderi. Hisobdorlik summalardan xizmat safari xarajatlariga foydalanish bo‗yicha vaziyatni ko‗rib chiqish va kerakli hujjatlarni to‗ldirish lozim. ―SSB‖ MChJ ta‘minotchisi A.Alisherov direktorning 14 fevralidagi 7-sonli buyrug‗iga ko‗ra 15 fevraldan 7 kun muddatda Urgench shaxrida xizmat safarida bo‗lgan. A.Aliev xizmat safari uchun kassadan 2000 000 so‗m hisobdorlik summasi olgan va safardan qaytib kelishi bilan avans hisobotini topshirgan. Hisobot bo‗yicha xizmat safari xarajatlar: - mehmonxonada yashash kuniga 110 000 so‗m; - somolyot chiptasi borish-kelish uchun 850 000 so‗m; - kundalik xarajatlar jami 350 000 so‗m. Quydagi hujjatlarni to‗ldirish kerak: 14 fevral 6-sonli xizmat safari guvohnomasi, 14 fevral 12-sonli kassa chiqim orderi, 24 fevral 17-sonli avans hisoboti, 24 fevraldan 19-sonli kassa kirim orderi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling