Taraqqiyot strategiyasi I. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish


III. MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YuQORI O‘SISH


Download 490.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana15.06.2023
Hajmi490.8 Kb.
#1484784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
9 mavzu

III. MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YuQORI O‘SISH 
SUR’ATLARINI TA’MINLASH
21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini 
ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar 


va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan 
oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun 
zamin yaratish. 
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyasiya darajasini 2023 yilgacha 
bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish. 
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish va 2023 yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 
uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash. 
Har bir tuman byudjetining kamida 5 foizini «Fuqarolar byudjeti» dasturi doirasida 
aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish. 
Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard 
AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash. 
24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda 
«Yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning 
energiya samaradorligini 20 foizga oshirish. 
2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 milliard 
kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish. 
2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish 
evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash. 
O‘zbekiston energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror 
ishlashini ta’minlash. 
Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini 
oshirish. 
Uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy soha ob’yektlari va boshqa sohalarda qayta 
tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish. 
Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha choralarni ko‘rish. 
Iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini bir birlik Yalpi 
ichki mahsulot hisobida 10 foizga qisqartirish. 

Download 490.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling