Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Pedagogik kuzatish metodi –


Download 304.85 Kb.
bet6/48
Sana13.01.2023
Hajmi304.85 Kb.
#1090914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Majmua to\'liq

1 Pedagogik kuzatish metodi – ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya
ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilishi zarur bo‘lgan pedagogik muammoni aniqlash, uning yechimini topish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida , uzluksiz,izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilayotgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim –tarbiya sifatini oshirish o‘quvchi talaba shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyadi yanada oshadi.
Kuzatish natijalariga ko‘ra tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq tahlil qilinadi. Pedagogik kuzatishning samarasi
quyidagi shartlarga muvofiq ta’minlanadi:
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
xulosa chiqarishga shoshilmaslik 4
2 So‘roqlash metodi. Pedagogik diagnostikada so‘roqlash metodi qadim-qadimdan qo‘llanilib kelinadi. Ushbu metod deyarli o‘qish, o‘qitish , o‘rganish jarayoni boshlangandan buyon mavjud. Agar kuzatish metodida o‘quvchi talabaning axloqiy-ma’naviy tamoyillari, qiziqish, munosabati, fikrlash doirasi, hamkorlikka moyilligi o‘rganilsa, pedagogik diagnostikada so‘roqlash metodi o‘quvchi talabaning o‘zlashtirish va bilim sifati haqida ko‘proq axborot to‘plash imkoniyatini beradi.Shu bilan birgalikda u yoki bu shaxs to‘g‘risida ob’ektiv yoki sub’ektiv ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Axborotlarni olish, saqlash og‘zaki , yozma, standartlashtirilgan, yakka, juft va kichik guruhlarga bo‘lingan holda bir yoki bir necha bor so‘rash asosida to‘planadi va qayta ishlanadi.
3 Suhbat metodi- savol va javob shaklidagi dialogik xarakterga ega ta’lim metodi.
Pedagogik diagnostikada ushbu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlarining imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb qilishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida o‘quvchi- talabaning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bo‘lishiga erishish muhimdir. Buning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.

Download 304.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling