Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Psixalogik-pedagogik konsiliumning maqsadi


Download 304.85 Kb.
bet9/48
Sana13.01.2023
Hajmi304.85 Kb.
#1090914
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
Majmua to\'liq

Psixalogik-pedagogik konsiliumning maqsadi: O‘quvchi-talabani psixalogik jihatdan mukammal o‘rganish va tahlil qilish uning psixik rivojlanganlik darajasini, shaxsiy sifatlarini xarakterini tempramentini, o‘qishdagi va oiladagi sharoitini, sog‘ligini, o‘quv guruhidagi mavqeyini, tengdoshlari orasidagi tutgan o‘rnini o‘rganish va o‘quvchiga uning ota-onasiga, pedagoglarga yordam berish.Pedagogik psixalogik konsilium faqatgina tarbiyasi og‘ir o‘smirlar uchungina emas, balki individual psixalogik xususiyatlariga ko‘ra oilasida, o‘quv guruhida yoki o‘zining ichki qiyinchiliklariga uchragan o‘smirlar uchun ham foydalidir.O‘smirlarning psixik rivojlanish qonuniyatlari, ularga ta’sir qiluvchi sabablarni o‘rganish oilada va ta’lim-tarbiya jarayonida to‘g‘ri yo‘l tutish imkonini beradi.
Pedagogik konsiliumda psixologning vazifasi: o‘quvchi intelektual taraqqiyotini baholashda o‘qituvchilarga har xil tomondan yondashuvga yordamlashishdan iborat.
Nazorat uchun savollar:
1 Pedagogik diagnostika tushunchasi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2 Korreksiya so‘zi qnday ma’noni anglatadi va pedagogikada qanday ahamiyati bor?
3Tarbiyalanganlik tushunchasiga ta’rif bering?
4 Rag‘batlantiruvchi baho qanday baho?
5 Boshlang‘ich diagnostika nima?
6 Pedagogik-psixalogik diagnostika kursining asosiy vazifalarini sanab bering?
7 Shaxsni tarbiyalashda pedagogik diagnostikaning o‘rni qanday?
8 Kuzatuv metodi haqida ma’lumot bering?
9 So‘roqlash va suhbat metodlarining o‘xshash va farqli jihatlari qanday?
10 Anketa metodi haqida ma’lumot bering?
11 Intervyu metodi bu qanday metod?
12 Ta’lim muassasalari hujjatlarini tahlil qilish metodi haqida ma’lumot bering?
13 Konsilium tushunchasi haqida ma’lumot bering?
14 Pedagogik-psixalogik konsiliumning maqsadi qanday?
Mustaqil ta’lim

  1. Testlashtirish: turlari, metodi va unga qo‘yiladigan asosiy talablar

  2. Anketalashtirish: turlari, metodi va unga qo‘yiladigan asosiy talablar

  3. Suhbat metodi: turlari, metodi va unga qo‘yiladigan asosiy talablar

  4. Pedagogik kuzatish metodi: turlari, metodi va unga qo‘yiladigan asosiy talablar

  5. Satsiometriya metodi: turlari, metodi va unga qo‘yiladigan asosiy talablar


Download 304.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling