Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 304.85 Kb.
bet10/48
Sana13.01.2023
Hajmi304.85 Kb.
#1090914
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
Majmua to\'liq

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. G‘ulomov J.R, Umarova M.H, G‘ulomova N.B, Pedagogik diagnostika va korreksiya T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2018y, 128b

  2. Подласий И.П Педагогика: в 3-х кн –Москва: ВЛАДОС. 2013

  3. Talipova J. O Pedagogik kvalimetriya / o‘quv qo‘llanma – Toshkent 2016. 117 b

  4. Yo‘ldoshev J.G‘., Shirinov M.K., Ochilov F.I. Pedagogik diagnostika O‘quv-metod.qo‘ll. – 2014. – 96 b.

  5. Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. – Наманган: НамДУ, 2014. – 192-б.

  6. Pedagogika. Izohli lug‘at / O‘.Asqarova, M.Usmonboeva, X.Raxmatova, F.Ehsonova, F.Asqarova – Namangan: NamDU, 2014. – 192-b.

  7. Pedagogika. Izohli lug‘at / O‘.Asqarova, M.Usmonboeva, X.Raxmatova, F.Ehsonova, F.Asqarova.– Namangan: NamDU, 2014. – 14-b.

3- mavzu: Pedagogik diagnostikada o‘quvchilar yosh xususiyatlarining o‘ziga xosliklari
Reja:


  1. Maktab o‘quvchilarini pedagogik diagnostika qilish metodlari ularning turlari qo‘llanilishidagi asosiy talablari.

  2. Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korreksion ishlar tamoyillari va metodlari.

  3. Pedagogik diagnostikada bola rivojlanishining yosh xususiyatlari.




  1. Maktab o‘quvchilarini pedagogik diagnostika qilish metodlari ularning turlari qo‘llanilishidagi asosiy talablari.

Globallashuv sharoitida mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishni ifodalovchi ijtimoiy-pedagogik talab yangi tamoyillar bilan boyitilgan holda takomillashuvga erishib bormoqda. Agarda mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish talabi pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyoti tarixining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy sub’ektning estetik hissiyotlarga boy bo‘lishiga erishish negizida qondirilgan. Kishilik munosabatlari tarixining keyingi davrlarida shaxs faoliyatining o‘ziga xos orginal, juz’iy g‘oyalarga ega bo‘lishiga erishish bilan tavsiflangan.
Umumiy holda fiziologik va intellektual jihatdan turli yosh davrlari shaxsning muayyan darajada fikrlash qobiliyati, tafakkur darajasini ega bo‘lishini namoyon qiladi. Biroq, bu degani ma’lum intellektual rivojlanish darajasi ayni bir davrdagi yosh xususiyatlariga bog‘liq, degani emas. Ba’zi 5-6 yoshli bolaning xotirasi, nutqi, fikrlash qobiliyati, mantiqiy mulohazalari 30-40, hatto 50 yoshli kishining bu turdagi rivojlanish holatidan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu holat psixologiyada noyob qobiliyat, deb yuritiladi.
Masalan, buyuk mutafakkir, hazrati Alisher Navoiy 5 yoshida Farididdin Attorning “mantiq ut-tayr” asarini to‘la yod olgan bo‘lsa, rus she’riyatining dahosi Aleksandr Pushkin esa o‘z xotiralarida “ she’rlar yozishni va xuddi shu davrdan ularni chop ettirishni boshladim”, deb yozgan edi.
Shaxsning muayyan yosh davrlari tarbiyaning ma’lum darajasini ifodalaydi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchisi muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lsa ham hali ularda mehnat ko‘nikmalari yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Ammo u shu yoshda kattalar va tengdoshlari bilan ijobiy munosabatda bo‘lish, salomlashish, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish, o‘ziga yoqmagan holatlarni ayta olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Shaxsni tarbiyalash (yoki shaxsning tarbiyalanish) jarayoni umr bo‘yi davom etadi. Ammo, shaxsni tarbiyalashda “qiyin o‘tish davri” hisoblanadigan o‘smirlik davri alohida o‘rin tutadi. Aynan shu yosh davrida o‘quvchi shaxsida hayotiy maqsadlar, intilishlar, ijtimoiy qarashlar shakllanadi.
O‘smirlikning “qiyin yosh davri” bo‘lishi o‘quvchi organizmida kechadigan keskin fiziologik o‘zgarishlar va uning shaxsga psixologik ta’siri bilan bog‘liq. Shu sababli oilada, ta’lim muassasalarida o‘smir bilan ishlashga yanada jiddiy yondashishga e’tibor qaratiladi. Bunda o‘quvchi shaxsi, uning xatti-harakatlari va faoliyatiga nisbatan oqilona pedagogik talablarni qo‘yish, ularning izchil bo‘lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Har qanday pedagogik talab keskin taqiqlar va cheklovlardan xolis bo‘lishi lozim. Qolaversa, imkon qadar uning qo‘yilayotgan talabning o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi borasida fikrini bilish muhim. O‘quvchining fikri, o‘qituvchi, ota-onalar va mutaxassislarning yondashuvlari o‘zaro qiyosiy o‘rganilgan holda tarbiyaviy faoliyat rejalashtirilishi zarur. Tarbiya jarayonida imkon qadar har bir o‘quvchi uchun individual yondashuv bo‘lishi kerak. Zero, o‘quvchilar turlicha psixologik xarakter, fizologik imkoniyat (ayniqsa, mehnat ko‘nikma, malakalarini shakllantirishda inobatga olinadi), hayotiy maqsadlar, muayyan darajada ma’naviy-axloqiy fazilatlar, hayotiy tajribaga ega.

Download 304.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling