Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Download 304.85 Kb.
bet7/48
Sana13.01.2023
Hajmi304.85 Kb.
#1090914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
Majmua to\'liq

- maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmunini aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash ;
- suhbatni o‘tkazish joyi hamda vaqtini aniq belgilash;
-suhbat ishtirokchilari soni to‘g‘risida ma’lum to‘xtamga kelish;
- suhbatdosh to‘risida oldindan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
- suhbatdosh bilan samimiy va ochiq munosabatda bo‘lish;
-suhbatdoshingiz o‘zining fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
- savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
- olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilib borish;
4 Anketa metodi- (fr. “enquete” – surishtirish, ma’lumot olish, tekshirish)
– pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida dalillar to‘plash maqsadida qo‘llanilib, tizimli savollar yordamida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadigan metod.
Pedagogik diagnostikada ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida talabalar bilan muloqotni tashkil etishga qaratilgan. Anketa savollariga javoblar ko‘proq yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi:

  • ochiq turdagi savollar (o‘quvchi-talabalrning erkin va batafsil javob berishlari uchun imkon beradigan savollar)

  • yopiq turdagi savollar (o‘quvchi – talabalar “ha” yoki “yo‘q” “qisman” yoki“ijobiy” “salbiy” deb javob berishlari mumkin bo‘ladi.

Anketa metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:

  • savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;

  • savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;

  • savollar o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh, psixologik xususiyatlarini

  • inobatga olish asosida tuzilishi zarur;

  • javoblar to‘liq bo‘lishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak;

  • anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish

  • manbaiga aylanmasligi zarur;

  • javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. 5


Download 304.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling