Pedagogik diagnostika asosida uzluksiz ta'lim tizimida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish
20/1-guruh talabasi
Ruziyeva Shaxlo
1. Uzluksiz ta’lim jarayonini pedagogik diagnostika qilish. 2. Tarbiyaviy ishlar tashkil etishning diagnostik o`ziga xosliklari. 3. Uzluksiz ta’lim jarayonida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish 4. Tashxis markazlarining bola tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyatini ko’rsаtib bеrish. 1. Uzluksiz ta’lim jarayonini pedagogik diagnostika qilish. 2. Tarbiyaviy ishlar tashkil etishning diagnostik o`ziga xosliklari. 3. Uzluksiz ta’lim jarayonida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish 4. Tashxis markazlarining bola tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyatini ko’rsаtib bеrish.
Reja:
XALQ TA'LIMI TIZIMI RESPUBLIKAMIZ IJTIMOIY-IQTISODIY
VA MADANIY RIVOJLANTIRISHDA USTUVOR SOHA
Xalq ta'limi tizimi deb muayyan mamlakatlar ichki va tashqi taraqqiyotiga tavsif beruychi hamda malum bir qoidalar asosida tashldl etilgan barcha ta'Iim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi.
O'zbekistonda Xalq ta'limi tizimi respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning ustuvor soh'asi hisoblanadi. Xalq ta'limi tizimi respublikamizning ilm borasidagi kuch-quv-vatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o'z mas'uliyatini anglaydi-gan erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko'zlaydi.
Xaiq ta'limi tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitu-tsiyasi va O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonunga muvofiq tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Respublikamiz Konstitutsiyasining 18 va 41- moddalarida ko'rsatil-ganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, bilim olish huquqiga egadirlar. Shuningdek, fuqarolarning bepul umumiy ta'lim olishi davlat tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning tekinligi, yoshlarga umumiy majburiy o'rta ta'lim berishni amalga oshirishni, o'qitishni hayot, unumli mehnat bilan bog'lash asosida rivojlantirish negizida izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |