Tarbiyachi: Sog’misiz – omonmisiz, mashg’ulotga tayyormisiz? Bolalar


Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar! Bahor fasli krib kelishi bilan qaysi shoiraning tavallud kunini nishonlaymiz. Bolalar


Download 27.72 Kb.
bet2/4
Sana18.03.2023
Hajmi27.72 Kb.
#1283076
1   2   3   4
Bog'liq
Kirish qism

Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar! Bahor fasli krib kelishi bilan qaysi shoiraning tavallud kunini nishonlaymiz.
Bolalar: 1-mart Zulfiya Isroilovaning tavallud kunini nishonlaymiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar, Zulfiyaxonim sherlaridan bilasizmi? Aytib bering!
Farxod: Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafya labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yerlarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
Qancha sevar eding, bag’rim bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak, hayot bergan kabi,
Ko’zlaringga surtib, o’parding uni.
Tarbiyachi: Barakalla! Yana qaysi bayramlarni nishonlaymiz?
Bolalar: 8-mart onajonlar bayramini nishonlaymiz.
Tarbiyachi: Onajonlar haqida she’r - maqol bilasizmi?
Bolalar: Ha
Tarbiyachi: Aytib beringchi.
Shaxnoza: Onajonimsiz,
Mehribonimsiz .
Boshimda doim ,
Soyabonimsiz .
Sunnat: Ona she’ri
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar! Bugun biz sizlar bilan “Navro’z” haqida suhbatlashamiz . Navro’z bayrami qanday bayram?
Bolalar: Navro’z bayrami yasharish, yangilanish, yangi yil bayrami.
Tarbiyachi: Navro’z bayramida nimalar pishiriladi?
Bolalar: Ko’k somsa, ko’k chuchvara, manti, sumalaklar pishiriladi.
Tarbiyachi: Sumalak nimadan tayyorlanishini bilasizmi? Men sizlarga sumakani qanday tayyorlanishini aytib beraman.
Jaydari qizil, qayroqi bug‘doy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. Zanglamaydigan idishga solinib, uch kun ivitib qo‘yiladi. Bug‘doy nish urgach, toza taxta (teshikchalar ochilgan faner) ustiga 1 — 1,5 sm qalinligida yorug‘roq, lekin quyosh nuri tushmaydigan joyga taxtaga yoyiladi va qar kuni ertalab suv sepib turiladi. Bug‘doy maysasi (ko‘k) igna bo‘yi bo‘lganda (3—4 kundan so‘ng) uni bo‘laklarga bo‘lib, taxtadan ajratib olinadi.
Ko‘k qiymalanadi yoki o‘g‘irda tuyiladi va ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokada suziladi. Shu tarika uch marta sharbat olinib, alohida idishlarda saqlanadi, 0,5 kg undirilgan bug‘doy uchun 2 kg bug‘doy uni, 1 kg paxta yog‘i kerak. Qozonda paxta yog‘i dog‘lanib sovitiladi. Yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi.

So‘ngra ikkinchi suzilgan sharbat quyiladi, bu ham qaynagach, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Tagiga olmasligi uchun krzonga yong‘okdek keladigan 15—20 ta silliq toshchalar va 10—12 dona yong‘oq yuvib solinadi va yog‘och kurakcha bilan beto‘xtov kovlab turiladi. Sumalak 10—12 soat qaynatiladi. Tayyor Sumalakning rangi och jigarrang , quyuq ataladek, mazasi shirin bo‘ladi. Sumalak yetilgach, qozonning olovi olinib, 5—6 soat dimlab qo‘yiladi.



Download 27.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling