Tarbiyachi: Sog’misiz – omonmisiz, mashg’ulotga tayyormisiz? Bolalar


Download 27.72 Kb.
bet3/4
Sana18.03.2023
Hajmi27.72 Kb.
#1283076
1   2   3   4
Bog'liq
Kirish qism

Tarbiyachi: Bolajonlar Navro’z haqida she’r bilasizlarmi?
Muborak: Ilhomimga sarchashma o‘zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aymoqchiman,
Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.
shoxrux: Yana olam bo’ldi yashil, ser fusun,
Yana qizg’aldoqlar ochildi gul-gul.
Bu yilgi kuklaming o’zgacha butun,
Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing.
Ismoil: Bugun dalalarga qadalgan urug’ ,
InshaAlloh , rizq-u – barokat to’liq.
Ey umid o’lkasi, ertasi ulug’,
Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing.
Farangiz: Sumalak boshida kelinlar chechan,
Lutfida dunyo ishq, sirga aylangan.
Yomg’ir qibizini chaladi shuxchan,
Somonlar tilloga, durga aylanar.
Ulug’bek: Hayot abadiydir, hayot g’animat,
Dovul qoqar jarchi, bong urar Navro’z.
Nechog’ sehrgarsan ona tabiat,
Har bir hujrada yoqasan yulduz.
Farxod: Bir yon katta kurash,
Bir yon kop kari.
Askiya aytishuv o’lanlar bari,
Sevinch bag’ishlaydi keksayu-yoshga.
Navro’zjon bu yilgi kelishing boshqa.
Sunnat: Hademay qaldirg’och keladi qaytib,
O’rik shoxlarida bo’rtar dovuchcha .
Turnalar azaliy qo’shig’in aytib,
Sumalak pishadi tong otguncha.
Shaxzoda: Bugun Navro'z bayrami ,
Zo'r tantana, hamma shod.
Ona yurtga quvnaymiz,
Baxtiyormiz umrbod.
Kamron: Navro’z keldi yurtimga ,
Dalalarga shoshaylik .
Keling do’stlar, barchamiz,
Kuy qo’shiqlar kuylaylik .
Afro’z: Bugun shodiyona Navro'zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to'yi.
Assalom yangi kun, assalom bayram,
Senga atalgusi yuraklar kuyi.


Bilol: Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O‘z Tug‘ro, Bayrog‘ing, Yurtboshing bordir.
Maqsading, g‘ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.
Tarbiyachi: Endi bolajonlar dam olish mashqini qilib olamiz.
Shamol bo’lib esamiz ,
Qushlar bo’lib uchamiz.
Baliq bo’lib suzamiz ,
Tog’ cho’qqisin quchamiz .
Barakalla bolajonlar endi men sizlarga sumalak rivoyatini aytib beraman.

Download 27.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling