Tarbiyachining nutq madaniyati
MA’RUZALAR UCHUN MATERIALLAR
Download 277.92 Kb.
|
Majmua Tarbiyachining nutq madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BO’LIM MUSTAQIL TA’LIM. III
- IV.BO’LIM ILOVALAR. 4.1. FAN DASTURI.
- TESTLAR . 4.5
- TALABALARNING BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI. 4.7
1-Ma’ruza: Adabiy norma va nutq madaniyati. Reja. 1. Nutq madaniyati tushunchasi. 2. Adabiy norma va nutq madaniyati. 3. Nutqiy faoliyat va nutqiy malaka. 1. Har bir sohaning o’z madaniyati bo’lgani singari nutqning ham o’z madaniyati bor, uni nutq madaniyati deb ataluvchi va bugungi kunda muhim vazifani bajarayotgan tilshunoslikning alohida bir sohasi mavjud. Nutq madaniyati to’grisida so’zlashdan oldin, nutq o’zi nima, uning tildan nima farqi bor? degan savollarga javob topishimiz kerak. Til va nugq bir-biriga bogliқ hodisalardir. Ularni bir biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo’ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bўlib, so’zning kishilar xotirasidagi obrazlari ruhiy material, nutq yaratish jarayonida qo’llaniladigan so’z shakllari, morfemalar, tovushlar moddik material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanigan bo’lsa, moddiy hodisaligi esa undagi tovushlardir. Nutq-bu til deb ataluvchi, o’ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldanfoydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda nomoyon bo’lishidir. Nutq harakatdagi til bo’lib, nutq a`zolarining harakati jarayonida paydo bo’ladi va so’z shakllari, erkin birikmalar, so’z tartibi va gaplardan tashkil topadi. Madaniy gapiripga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha ma`lum lingvistik normalar, etikaviy va estetikaviy talablar bilan aloqador bo’lgan tushunchadir. Demak, nutq madaniyati tushunchasi har bkr xalq tili va millat ma`naviyatini belgilovchi (ko’rsatuvchi) etikaviy va estetikaviy kategoriyadir. Hozirgi nutq madaniyati atamasi bilan yuritilayotgan hodisa va ilmiy muammo ancha keng mazmunga egadir. Nutq madaniyati faqatgina adabiy tilni ongli va maqsadga muvofiq , normalatga (uni qayta ishlash va boyitishga) qaratilgan harakatlargina emas, balki millatning umumiy madaniyatini ko’tarish, odamlarga ma`lum «til didi» («yaznkovoy vkus»)ni tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliyat hamdir. Nutq madaniyati atamasi hozirgi zamon tilshunoslik talqinida uch xil hodisaning nomidir: 1) madaniy nutqning, ya`ni nutqiy hodisaning nomi; 2) madaniy nutq tushunchasi bilan bog’liq va nutq madaniyati deb yurituvchi ilmiy muammoning nomi; 3) nutq madaniyati muammosini o’rganish bilan maxsus shug`ullanuvchi sohaning, tilshunoslik fani bo’limining nomi. Keltirilgan uchta hodisaning har biri o’z murakkab ko’rinishlariga, qirralariga ega, ularni bir-biri bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Yuqorida bayon etilgan barcha mulohazakor nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta`riflash tilshunosdikda ҳozir quyidagi ko’rinishlarga ega degan xulosaga kelish imkonini beradi: 1. Nutq madaniyati adabiy til rivojining o’ziga xos xususiyatlaridan biri. (Praga lingvistik maktabi). 2. Nutq madaniyati (til madaniyati) - bu adabyi til normalariniig shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo’lgan faoliyat, til rivojmga ongli aralashuvdir. (Praga lingvistik maktabi). 3. Nutq madaniyati tilni, uning qonun qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olishi mahoratidir. (A Guryevich. va b) 4. Nutq madaniyati kishilarni o’zaro to’liq va teran fikrlashishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir. (B.N. Golovin va b.). 5. Nutq madaniyati faqat to’g’ri nutqina emas, balki o’quvchilik hamda nutqiy chechanlik hamdir. (G.O. Vinokur va b.) 6. Nutq madaniyati til vositalaridan o’rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq so’zlash va yoza olish san`atidnr. (A.N. Yefimov). 7. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir. (D.E. Rozental.) 8.. Milliy o’ziga xosligi bilan ham ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir (M. Agafonova). Xulosa qilib aytish mumkinki, nutq madaniyati - shu tilni aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga bo’lgan munosabatdir. Til vakillarida bu noyob qurolning imkoniyatlariga munosabat, uni ishlatishdaga boshqa omillar: tafakkur, ong, borliq, turli vaziyat va holatlar, maqsadga bo’lgan munosabat qanchalik yuqori saviyada bo’lsa, nutq madaniyati ham yuqori saviyada bo’ladi, va aks holda, nutq madaniyati ham past saviyada bo’ladi. 2. Nutq madaniyati tog’risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda qo’llangan o’rinli yoki o’rinsiz so’zlarning qo’llanishi to’g’risida bahs boradi. Qo’llangan til birligini tog’ri, yoki notog’ri deyilganda, albatta ma`lum bir o’lchov (mezon)ga asoslyanganligi tayin. Mana shu o’lchov (mezon) tilshunoslikda adash TIL normasi deb yuritiladi. Har bir lahjaning, so’zlashuv tilining, adabiy tilning o’z normalari bo’llganidek, nutqning alohida ko’rinishlari bo’lgan argolar, jargonlar ham o’z normasiga ega. Xususiy normalarni quyidagicha ko’rsatilgan: 1. Dialektal norma. 2. So’zlashuv nutqi normasi. 3. Argolar, jargonlar normasi. 4. Adabiy til normasi (adabiy norma). Adabiy norma. Ma`lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o’sha hududda yashovchi aholi uchun istisnrsiv tushunarli bo’ladi, ya`ni aloqani yengil amalga oshuviga imkon beradi. Bu tilning normadan iboratligini ko’rsatadi. Norma -tilning yashash shaklidir. Adabiy norma uzusga asoslanadi, undan olinadi. Adabiy norma adabiy til birga tugiladi, badiiy adabiyning, Adabiy norma uzusdan olinganligi sababli hammaga tushunarli bo’ladi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotida ahamiyat kasb etadi. Jamiyat a`zolarini uyushtirishda, vazifalarga otlantirshda adabiy til, uning normalari uchun nihoyatda zarurdir. 1. Leksik-semantik normalar. 2. Talaffuz (orfoepik) normasi. 3. Yozuv (orfografik) normasi. 4. Fonetik norma. 5. Aktsentologik (urg’uni to’g’ri qo’llash) norma. 6. Grammatik norma (morfologik va siitaktik) 7. So’z yasash normalari 8. Imloviy norma 9. Uslubiy norma 10. Punktuatsyon norma Adabiy normaning o’zaki va yozma ko’rinishlari mavjud bo’lib, og‘zaki adabiy normaning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago’y xalq hoir-baxshilari katta hissa qo’shsalar yozma adabii normaning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib qoldiriladigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman olganda, adabiy til normasini o’rganish yangi hodisa emas soha deb tan olingunga qadar ham o’rganib kelingan. Adabiy til normasi, uning shakllanish, rivojlanish stabillashuv qonuniyatlari-nuqq madaniyati sohasining tekshirish ob`yekti hisoblanadi. Nutq madaniyati sohasining adabiy til normasiga yondashuvi-quiidagi xususiyatlari bilan grammatik munosabatda farq qiladi a) nutq madaniyati adabiy normadagi o’zgarib, buzilib turuvchi nutqiy nuqsonlarni yuzaga keltiruvchi xususiyatlarni topishi va ularni tuzatishga intilishi lozim. b) Nutq madaniyati adabiy til normasini doimiy rivojlanib, o’zgarib turuvchi hodisa sifatida tekshiridai va til normasi sistemasidagi yangi holatlarni o’zgarayotgan, o’zgargan holatlarni «o’lgan», iste`moldan chiqqan holatlarni hisobga olishi kerak. v) Nutq madaniyati til normasi sistemasidagi qarama-qarshi holatlarni belgilashi lozim hamda barcha yaruslari bo’yicha tekshirishi kerak. Nutq madaniyati adabiy- normani ma`lum maqsad bilan, aniqrog’i madaniy nutqning chegarasi va vositalarini aniqlash maqsadida o’rganadi. Shu sababli, nutq madaniyati sohasi adabiy til va uning normativ sistemasini baholaydi va nazorat qiladi. Nutq madaniyati sohasi adabiy tilga aktiv yondashadi, ya`ni adabiy til rivojiga ongli aralashadi. 4. Ma`lumki, tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. U jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladigan, faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo’ladigan ijtimoiy hodisadir. Jamiyat rivojlangani sari til ham shakllanib boradi. Demakki, shu tilda so’zlashuvchi millatnin ma`naviyati yuksalib, nutqiy malakasi ortib boradi. Aks holda til tanazzulga yuz tutadi. Bu esa nutqiy malakani so’nishiga, ma`naviyatini qashshoqlashishiga olib keladi. Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs alohida nutq egasi sanaladi. Lekin ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan nutqiy qurol - yagona shu jamiyatning tili hisoblanadi. Inson nutqiy faoliyatga adabiy til madaniyati qoidalarini mukammal bilgani holda mustaqil shug’ullanishi, ayniqsa, badiiy adabiyotlarni, gazeta va jurnallarni o’qish, radio va televidenieni tinglash orqali erishadi va tinimsiz shug’ullanishi natijasida. nutqiy malakaga ega bo’ladi. Adabiy til madaniyatini chuqur egallagan insongina nutq madaniyatiga ega bo’ladi. Adabiy til madaniyatini egallashda tilga bo’lgan e’tibor, unga chinakam muhabbat va hurmat muhim rol o’ynaydi. Adabiy til va normalarini shunchaki qiziqish va u bilan nomigagina shug’ullanish bilan egallab bo’lmaydi. Inson nutqiy faoliyati uch ko’rinishda namoyon bo’ladi. Bular – so’zlash, mutolaa va eshitish. So’zlash deyilganda so’zlovchining ma`lumot, maslahat berishi, buyurishi, o’ziga noma’lum bo’lgan narsalar haqida so’rashi tushuniladi. So’zlaganda so’zlovchining bilimi madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi. So’zlashning monologik va dialogik ko’rinishlari mavjud. Mutolaa qilish o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli yozma nutqda aks etgan voqea-hodisadan xabardor bo’ladi. O’rta maktabda ta`lim olayotgan yoshlarni ya`ni, jamiyatning yangi ijtimoiy kuchlarini yetishtirishda o’qituvchi mas`ul hisoblanadi. Jamiyat o’qituvchining qo’liga yosh avlodni, ya`ni o’z kelajagini ishonib topshiradi. Uning kamol topishida, o’qituvchining nutqi o’ta muhimdir. Demak, o’qituvchilik kasbi insonparvarlik, vataiparvarlik, yuksak madaniyatlilik bilan birga yuqori darajadagi nutqiy malakaga ham ega bo’lish kerakligini talab qiladi. Takrorlash-uchun savollar: 1. Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz? 2. Til madaniyati biladn nutq madaniyati qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 3. Adabiy norma nima? U nimaga asoslanadi? 4. Nutqiy malakaga qanday erishish mumkin.? Download 277.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling