Tarbiyachining nutq madaniyati


Download 277.92 Kb.
bet3/52
Sana01.03.2023
Hajmi277.92 Kb.
#1238462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Majmua Tarbiyachining nutq madaniyati

Tayanch tushunchalar:
Morfema - (yunoncha) lingvistikaga oid termin bo’lib, so’zning eng kichik ma`no anglatuvchi, boshqa ma`noli qismlarga bo’linmaydigan qismi (yoki bo’lagi) (o’zak morfema, affiksal morfema). Jargon - (fransuzcha) Biror ijtimoiy guruhning o’ziga xos va o’zigagina tushunarli bo’lgan, boshqalar tushunmaydigan yasama til. Uzus - Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo’lgan imkoniyatlarning foydalanib kelinayotgan qismi uzus deyiladi. Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigaya shartlarni ham tilning ichki normalarini ham o’z ichiga oladi.
1. So`zlashuv uslubi.
2. Rasmiy uslub.
3. Ilmiy uslub.
4. Publitsistik uslub.
5. Badiiy uslub.
6. Umumiy norma.
7. Adabiy norma.
8. Xulosa.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Nurmatov A. Tilni sistemali o`rganish va sintaksisning ayrim munozarali masalalari. -Toshkent: «O`zbek tili va adabiyoti" jurnali, 1998 yil, 5 —son.
2. A. Sodiqov va boshqalar. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 1981-yil.
3. Begmatov E., Boboyeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. -Toshkent, 1983- yil.
4. Qo`ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari.– Toshkent: O`qituvchi, 1992 yil.


2-Ma’ruza. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati tarixidan
REJA:
1.Nutq madaniyati haqidagi ta’limotning shakllanishi:
a)Qadimgi Gretsiya va Rimda nutq madaniyati masalalari.
b)Rossiya tarixida notiqlik san’atining rivoj topishi.
v)O’rta Osiyo madaniyati tarixida nutq madaniyatining o’ziga xos mavqei.
2.Notiqlik san’ati haqida.
3.Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.

Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo’yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi, notiqlikni san’at darajasiga ko’tardi. Yetuk inson bo’lishi uchun albatta, notiqlik san’atini egallash shart qilib qo’yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratildi. Uning TSitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotelь kabi nazariyotchilari yetishib chiqdi. Eramizning 335 -yilida Aristotelning «Ritorika» si yaratildi. Unda notiq oldiga quyidagilarni vazifa qilib qo’ydi:


*materialni har tomonlama tayyorlash;
*materialni joylashtirish rejasini belgilash;
*materialni o’zlashtirish, nutq qurilishini to’g’rilash;
*notiqning nutq materialini o’rganishi;
*materialni so’z bilan ifodalash;
*nutqni talaffuz qilish, ya’ni nutq jarayoni.
Bu talablar hozir ham o’z kuchini saqlab kelmoqda. O’sha davr sud notiqligida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi, notiqlik san’ati nazariyasiga ulkan hissa qo’shdi.

Download 277.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling