Tarbiyalash
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1274-Текст статьи-3232-1-10-20210420
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH Abdullayev Adbuqayum Abdulxayevich Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri dotsent Rezyume: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Tayanch so‘zlar: ma‘naviy-axloq, tarbiya, ta‘lim, xalq og‘zaki ijodi, ertak, maktabgacha ta‘lim, oila. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy kamolotida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganiladigan topishmoq, topishmoqli ertaklarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining hamkorligi yoritib beriladi. Topishmoq azaldan xalq pedagogikasining oliy namunasi hisoblanadi. Zero, xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri ham topishmoq hisoblanadi. Topishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, hammavaqt real zaminga asoslanadi. Unda atrofimizni o‘rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir topishmoq o‘ziga xos shakl va mazmunga ega bo‘lgan mustaqil bir asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati nihoyatda go‘zal obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi. Topishmoq aytish, asosan, bolalarning so‘z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi.Ular tarbiyalanuvchilarni ko‘proq narsa va buyumlarni, tabiat va uning hodisalarini idrok qilishga yordam beradi. MTM (maktabgacha ta’lim muassasasi)da maktabgacha yosh davrida bolalarga topishmoq aytish, uning javobini topish va xulosalar chiqarish bolalarni faqatgina o‘sha aytilayotgan tpishmoqning javobini topish uchun harakat qilishidagina emas, balki bolalar o‘rtasida bir- biriga mehr, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamjihat bo‘lib yashash kerakligi haqida fikrlar bildiriladi MTT (maktabgacha ta’lim tizimi)da xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda MTT pedagog-tarbiyachilar tomonidan bolalarni ma’naviy- axloqiy tarbiyasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati va yo‘nalishiga ko‘ra rejalashtirish va tashkil qilish funksiyalari quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi: maqsadi, vazifasi va shakliga ko‘ra turli mashg‘ulot va uchrashuv, suhbat jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish; modellashtirish, ya’ni tashkil qilinadigan pedagogik jarayonlarda tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda faolligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni oldindan belgilash; yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud vaziyatlarga ko‘ra tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajalarini nazorat qilish, ibrat, namuna ko‘rsatish, tahlil qilish va ob’ektiv baholash asosida rag‘batlantirish. MTTda bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda sanab o‘tilgan pedagogik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash uchun pedagogik yondashuvni tatbiq qilish zarur (1-chizma). 1 chizma. MTT va oilada xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirish mexanizmi Ushbu modelning amaliyotga tatbiq etilishi xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi deb izohlagan o‘z tadqiqot ishida D.A.Abdurahimova. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda falsafiy, milliy- ma’naviy, psixologik, pedagogik yondashuvning mazmun va mohiyatini anglashga erishiladi, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ijtimoiy omillarning ta’sirini hisobga olish hamda ma’naviy - axloqiy tarbiyani o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodi namunalariga tayanish zarur. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda oila, mahalla, MTT hamkorligi mexanizmini hayotga tatbiq etish o‘zining ijobiy samarasini berdi. Demak tarbiyalanuvchi shaxsining individualligi va noyobligini hisobga olgan holda ota-onalar va keng jamoatchilikning yoshlarni xalq og‘zaki ijodi PEDAGOGIK TIZIM MTT dagi MAShG‘ULOTLAR (ta’lim-tarbiya jarayonlari) MTT, OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI TARBIYAVIY MUNOSABATLAR JARAYONLARI Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling