Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan “Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf raxbarlarining pedagogik mahorati” mavzusidagi


Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar


Download 289.5 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1562924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IBRAGIMOV MIRZA

4. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar

So’nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda o’quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o’quv yurtining sinf rahbariga xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida o’quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar ko’yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib. Alohida sinf birlashib o’quv yurtini tashkil etadilar. Aloxida sinf jamoalari ko’lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o’quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan sinf rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma’suliyatidan kam emas. Shuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, maxoratli, yosh avlodni sevadigan o’qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.


Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o’quvchining o’qishga bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga bo’lgan layoqatini, yosh va ruxiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining bo’lg’usi xayoti rejalarini amalga oshirish, o’quvchilarning salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, o’z vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. Shuningdek, sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. Chunki, tashkilotchilik tushunchasining o’zi keng maxnoga ega. Maxsus bir maqsadni ko’zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarnitashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funktsiyasi bir necha elementlarga bog’liqdir:
A. O’tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Sinfda o’tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xaakterga ega bo’lib, ma’lum maqsadni ko’zlab o’tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiy ishlarni o’tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Sinf rahbari oldiga qo’yilgan maqsadga yetishish uchun o’z oldiga aniq vazifa qo’ya bilish lozim.
E. Sinf rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o’qituvchi va o’quvchilarning qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o’tazish o’rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini aniqlash lozim.
F. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to’g’ri taqsimlash, ishga boshqa o’qituvchilarni, ota-onalar, o’quvchilar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim.
Sinf rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi.
1. Har bir o’quvchini shaxs sifatida o’rganish.
2. O’quvchilarning sinfda tarbiyalashni tashkil etish.
3. Talablarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash.
4. Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish.
5. Fan o’qituvchilarining tarbiyaviy ishlarini (koordinatsiyalash) birlashtirish.
6. O’quvchilarning ota-onalari bilan ishlash.
7. Sinf rahbari fan o’qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko’p qirrali muhim vazifalarini bajaradi. SHuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik talablar qo’ygan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga ko’tarishda muhim rol o’ynaydi. Demak yuqoridagilarga tayangan holda sinf rahbarining faoliyatiga nisbatan qo’yilgan talablar quyidagilardan iborat..
1.Yuqori g’oyaviylik va onglilik.
2 Sinf rahbari katta obro’ga ehtiromga va hurmatga ega bo’lishi
3 Pedagogik mahorat
4 Madaniy qobiliyatning mavdudligi
5 Pedagogik odobga ega bo’lish
6 Yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromda bo’lish
7 Tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bulish
8 Tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo’lish
9 Sinf rahbari kasbini yuqoriga ko’tarish va mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega bo’lish.
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o'quvchining o'qishga bo'lgan havasi, e'tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-hunarga bo'lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o'quvchining bo'lg'usi hayoti rejalarini amalga oshirish, o'quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro'sini ko'tarish, o'z vaqtida ularga tegishli yordam ko'rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir.
Shuningdek, sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. Chunki, tashkilotchilik tushunchasining o'zi keng ma'noga ega. Maxsus bir maqsadni ko'zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarni tashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funksiyasi bir necha elementlarga bog'liqdir:
A. O'tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Sinfda o'tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy harakterga ega bo'lib, ma'lum maqsadni ko'zlab o'tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiyaviy ishlarni o'tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Sinf rahbari oldiga qo'yilgan maqsadga yetishish uchun o'z oldiga aniq vazifa qo'ya bilish lozim.
E. Sinf rahbari har bir tadbiriy choralarni amalga oshirishda o'qituvchi va o'quvchilarning qobiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma'lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o'tazish o'rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini aniqlash lozim.
F. Ma'lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to'g'ri taqsimlash, ishga boshqa o'qituvchilarni, ota-onalar, o'quvchilar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim.
Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o'rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o'rtasida g'oyat murakkab bog'liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto strategik maqsadlari) bor. O'quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib bo'lmaydi.
Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g'oyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bog'liq.
Sinf rahbari o'zining g'oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona ideologiya va yomon xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining axloqiy obro'si g'oyat darajada yuqori bo'lishi ham bu o'rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega bo'ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma'naviy qiyofasi o'quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta'sir ko'rsatadi. Sinf rahbari uchun kasbiy malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishning o'zi yetarli emas. O'z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta'sir o'tkazadi.
Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Chunki tarbiyachilik talanti juda ko'p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko'ngil qo'yish bolalarga bo'lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo'lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo'shilsa ishda muvaffaqiyat ta'minlanishi tabiiydir.
Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tashkil qilib borish zarur. Ular uzviy birlikni tashkil etadi, bir - biriga bog'liq bo'ladi va alohida tarzda amalga oshirilmaydi. Maqsadni amalga oshirish usuli - bo'lajak natijadir. Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo'yish uchun amaliy asos hisoblanadi. Tajribada ma'lum darajada qo'llanilgan har qanday vosita natija beradi, hatto biror sababga ko'ra maqsad aniq ifodalanmagan bo'lsa ham natija beravermaydi.
Tajribada mavjud bo'lgan pedagogik vositalarning ikkitasini ko'rib chiqamiz.

Download 289.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling