Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish
“Tomchida hayot aksi” ijodiy ishlar ko’rik-tanlovi
Download 214.5 Kb.
|
Nuralieva O‘miya
“Tomchida hayot aksi” ijodiy ishlar ko’rik-tanlovi“Tomchida hayot aksi” ijodiy ishlar ko’rik-tanlovining maqsadi – o’quvchilarni tabiat bilan yaqindan munosabatda bo’lishlarini ta’minlash orqali ularda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otish. Quyidagi pedagogik vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilganligi tadbir samaradorligining ta’minlanishida asos bo’lib xizmat qildi: Ijodiy ishlar yo’nalishi (nasr, nazm, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, naqqoshlik, referat va hokazolar)ning turlicha bo’lishi. O’quvchilarning mustaqil mavzu va yo’nalishni belgilashdagi erkinlik va mustaqilliklarining ta’minlanganligi. O’quvchilarning suv va uning ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyati to’g’risidagi tasavvurlarini to’laqonli bayon etishlari uchun shart-sharoitning yaratilganligi. O’quvchilar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar muayyan yo’nalishlar bo’yicha maxsus hay’at tomonidan baholanadi. Hay’at tarkibiga musiqashunos, adabiyotshunos, ekolog, rassom va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar jalb etiladi. Tadbir jarayonida ijodiy ishlar g’oyaviy, badiiy hamda estetik talqiniga ko’ra munosib taqdirlanadi. Tadbirning tashkil etilishi, o’tkazilishi va yakunlari xususidagi muhokama jarayonida har bir bola tomonidan qat’iy amal qilinishi lozim bo’lgan qoidalar majmui ishlab chiqiladi. Ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: Ichimlik suvi miqdorining keskin kamayib borayotganligini doimo yodda tuting! O’z ehtiyojingizdan ortiqcha suvning sarf bo’lishiga yo’l qo’ymang. Jo’mragi ochiq qolgan suv qurilmasining jo’mragini yopib qo’ying. Tishingizni yuvayotgan vaqtingizda suv qurilmasidan uzluksiz ravishda suvning oqib turishiga yo’l qo’ymang. Tishni yuvishda stakanga suv quyib oling va undan foydalaning. Tishni tozalash jarayonida mazkur usulning qulayligini o’zingiz ham his etasiz. Nosozligi ma’lum bo’lgan suv inshootlari to’g’risida mas’ul idoralarga xabar bering. Ochiq suv havzalari (ariq, zovur, kanal, ko’l, soy va daryolar)dan to’g’ridan to’g’ri suv ichmang. Suvni qaynatilgandan so’ng iste’mol qiling! Suv havzalari ifloslanishining oldini oling! Suvga turli chiqindi hamda axlatlarni tashlamang. Suv havzasiga yaqin joyda transport vositalari (traktor, avtomashina hamda velosiped)ni yuvmang. Suvga mag’zavani to’kmang! SHahar sharoitida ichimlik suvi bilan ekin va ko’chatlarning sug’orilishining oldini oling. Bu maqsadda ikkilamchi suv manbalari (idishlarga yig’ilgan yomg’ir suvi)dan foydalanish mumkinligini unutmang. Ichimlik suvining maxsus idishlarda usti yopiq holda saqlanishiga e’tibor bering! Suvni ifloslantirayotgan tengdoshingizni bu harakatlardan to’xtating! 14.Yoshi kichik o’quvchilarga suvni ifloslantirmaslik zarurligini tushuntiring. Download 214.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling