Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish
“Atrof-muhit va inson salomatligi” mavzusidagi amaliy tashviqot
Download 214.5 Kb.
|
Nuralieva O‘miya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vazifalar
“Atrof-muhit va inson salomatligi” mavzusidagi amaliy tashviqotTadbir maqsadi – tabiiy muhitning inson hayotidagi o’rni, atrof-muhit ifloslanishining inson salomatligiga ko’rsatadigan salbiy ta’siri, ushbu holatning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida o’quvchilarga ma’lumotlar berish hamda ularda atrof-muhit tozaligi va o’z salomatligini saqlash ko’nikmalarini hosil qilish. Asosiy vazifalar:Tabiiy muhitning inson hayotidagi o’rni va roli to’g’risida o’quvchilarga ma’lumotlar berish. Atrof-muhitning ifloslanishini ta’minlovchi sub’ektiv omillar (insonlar tomonidan sodir etilayotgan xatti-harakatlar) mohiyatini o’quvchilarga tushuntirish. O’quvchilarda atrof-muhit ifloslanishining inson salomatligiga ko’rsatadigan salbiy ta’sirini ko’rgazmali (amaliy) ravishda namoyish etish orhali muayyan tushunchalarni hosil qilish. O’quvchilarni ekomuhit ifloslanishining oldini olish, shuningdek, inson salomatligini saqlashga qo’yiladigan ekologik va gigienik talablar mohiyatidan xabardor etish. O’quvchilarda ekotizim barharorligi va o’z salomatliklarini saqlash ko’nikmalarini hosil qilish. Tadbirning amalga oshirish jarayonida qo’llanilgan jihoz (material)lar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin; toza va ifloslangan suv, tuproq namunalari, suv, havo va tuproq ifloslanishining inson salomatligiga yetkazuvchi salbiy ta’sirini aks ettiruvchi plakatlar, atrof-muhit va inson salomatligining o’zaro bog’liqligini ifoda etuvchi hikmatli so’zlar, maqollar yozilgan lavhalar, “Tabiat va inson” nomli devoriy gazeta, mavzu yuzasidan yaratilgan ilmiy, ilmiy-ommabop va pedagogik asarlar, ommaviy axborot vositalari materiallaridan iborat jamlanma (to’plam). “Atrof-muhit va inson salomatligi” mavzudagi nazariy-amaliy tashviqotning tarkibiy tuzilmasi bir necha qismlardan tarkib topadi. CHunonchi; “Tabiiy muhitning inson hayotidagi o’rni va roli” – tadbir ishtirokchilari ishtirokidagi dialog. “Inson faoliyati va ekologik muammolar” – qisqacha ma’lumotnoma. “Atrof-muhit ifloslanishining inson salomatligiga ta’siri” – mutaxassis (ekolog, tibbiyot xodimi, pedagog)larning maslahatlari (tavsiyalari). “Ekologik muammolarning oldini olish uchun nimalarga amal qilish lozim?” – ekoviktorina. “Gigienik qoidalar mohiyatidan qay darajada xabardorsiz?” – savol-javoblar. Aytish joizki, tadbir jarayonida amalga oshirilgan ishlar mohiyatida mumkin qadar ko’proq o’quvchilar ishtirokidagi jonli muloqot, amaliy xatti-harakatlarning bo’lishiga alohida e’tibor beriladi. Zero, tadbirlarning standart ko’rinishda, faqatgina pand-nasihatlar yoki ilmiy g’oyalarga asolanib qolmasligi, aksincha, oddiy tushunchalar, ishtirokchilarni faollikka da’vat etuvchi iboralar, amaliy xatti- harakatlar bilan boyitilishi tadbir ishtirokchilarining salbiy munosabatda bo’lishlarining oldini olishda eng muhim omili ekanligi nazardan chetda qoldirilmaydi. “Atrof-muhit va inson salomatligi” mavzudagi amaliy tashviqot xarakteridagi tadbirning dastlabki bosqichida o’quvchilarga “Tabiiy muhit - mening hayotimda” mavzusida shaxsiy fikr-mulohaza hamda harashlarini bayon etish taklif etiladi. Bundan ko’zda tutilgan maqsad qisqa muddat bo’lsada o’quvchilarni tabiiy muhitning ular hayotidagi muhim ahamiyati to’g’risida fikrlash va mulohaza yuritishga undashdir. Tadbir jarayonida o’quvchilarga ular istiqomat qilayotgan hududlardagi ekologik va sanitariya qolatni tahlil etish asosida atrof-muhit musaffoligining inson hayotidagi muhim o’rni borasida tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir. Xususan, maishiy chiqindilarni to’plash, ularni birlamchi saqlash, tashish va ko’mib tashlash jarayonidagi mas’uliyatsizlik, qoidabuzarlik holatlarining sodir etilishi aholi salomatligi va atrof-muhit barharorligiga jiddiy xavf tug’dirishiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. SHuningdek, o’quvchilarning diqqatini xonadonlarda maishiy oqovalarni zararlantirish ishlarining olib borilishiga nisbatan beparvo bo’layotganligimiz, shuningdek, shahar sharoitida ularni qayta tozalashda mavjud talablarga yetarli darajada amal qilinmayotganligi bois oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida inson organizmi uchun zararli bo’lgan kimyoviy moddalar miqdorining ortib borayotganligi, buning natijasida ichburug’, gepatit va boshqa oshqozon-ichak kasalliklari keng tarqalmoqdaki, bu albatta mazkur muammoga bo’lgan e’tiborni kuchaytirishni taqozo etishiga alohida urg’u berish ijobiy natijalar beradi. Atrof-muhit ifloslanishi, shuningdek, inson salomatligini saqlashga quyidagi oddiy ekogigienik talablarga og’ishmay amal qilish zarur ekanligi o’quvchilarga uqtirilib borilishi lozim: Doimo ozoda yurishga odatlaning. Ertalab hamda kechqurun uyquga yotishdan oldin yaxshilab yuvining, ayniqsa, og’iz bo’shlig’i chayish va tishlarni yuvishni yoddan chiqarmang. Haftada ikki marta (kamida bir marta) ichki kiyimlarni almashtiring. CHoyshab, yostiq jildlarining haftada bir marta yaxshilab yuvilishiga e’tibor bering. Qish faslida haftada bir marta, yozda esa haftada ikki marta hammom (vanna, dush) qabul qiling. Qo’l va oyoq tirnoqlarini tez-tez olib turing. Xonalar (ayniqsa, yotoqxona)ni ertalab yaxshilab shamollatishni yoddan chiharmang. Tanangizni suv va havo yordamida chiniqtirib borishga harakat qiling. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishdan avval qo’lingizni sovun yordamida yuving, mevalarni avval iliq, so’ngra sovuq suvda chayigandan so’ng iste’mol qiling. Uzoq muddat saqlangan (ayniqsa, tez buziladigan, garchi ular sovitgichda saqlangan bo’lsada) ovqatlarni iste’mol qilishdan saqlaning. Go’sht mahsulotlarini ishlatishda avval ularning yaxshilab chayilishi, so’ngra toza qovirilishi (bug’lanishi, dimlanishi)ga e’tibor bering. Yoz mavsumida faqat muzlatgichlardagina saqlanayotgan go’sht mahsulotlarini xarid qiling. SES (sanitariya-epidemiya stantsiyasi) doirasida faoliyat yurituvchi laboratoriyalarda nazoratdan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumot mavjudligidagina tez buziluvchi oziq-ovqat (shu jumladan, go’sht, baliq va sut mahsulotlari) mahsulotlarini xarid qiling. Ichimlik suvini qaynatilgandan so’ng iste’mol qiling. Xonadonlarda turli yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi hashoratlar (pashsha, chivin, suvarak, bit, burga, kalamush, sichqon va hokazolar)ning bo’lmasligi uchun kurashing. Buning uchun xonadonlar yoki turar-joylarda vaqti-vaqti bilan dizenfektsiya tadbirlarining o’tkazib turilishiga e’tibor bering. Qushlarning - tabiat sanitarlari, yashil o’simliklarning esa hayot uchun muhim modda - kislorod manbai ekanligini yodda tutib, ularning nobud bo’lishini oldini olish borasida faollik ko’rsating. Suv havzalarining toza bo’lishi va ularni turli axlat chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olishga harakat qiling. Atmosferani zaharli gaz (chunonchi, avtomobil, traktor, mototsikl, shuningdek, turli chiqindi (shu jumladan, xazon)larni yoqish natijasida hosil bo’luvchi tutunlar bilan ifloslanishiga yo’l qo’ymang. Jonli tabiatga ziyon yetkazayotgan tengdoshingizni bu yo’ldan qaytaring. Har kuni uyquga yotishidan oldin o’zingizga quyidagi savolni bering: “Men tabiat muhofazasi yo’lida qanday harakatlarni amalga oshirdim?”. “Atrof-muhit va inson salomatligi” mavzusidagi amaliy tashviqot jarayonida yuqorida qayd etilgan eslatmalarning tadbir tashkilotchilari, mutaxassislar, shuningdek, boshlovchi tomonidan vaqti-vaqti bilan lavhalar vositasidan takrorlanib turilishiga alohida e’tibor berilishi ularning o’quvchilar tomonidan ijobiy qabul qilinishini ta’minlaydi. SHuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilarining tadbirdan olgan taassurotlarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan ishtirokchilarini rag’batlantirish o’quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning uyushtirilishiga nisbatan hizihishni yuzaga kelishini ta’minlaydi. Taqdirlash uchun ajratilgan sovg’alarning ma’naviy qimmatga ega bo’lishi e’tiborga loyiqdir. Bunday sovg’alar sirasidan o’quvchilar ko’magida tabiiy o’simliklardan tayyorlangan buklet va gerbariylar, ular tomonidan ekologik mazmunda yaratilgan ijodiy ishlarning o’rin olishi muhim ahamiyatga egadir. Download 214.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling