Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish
“Suv - hayot manbai” nomli ekologik ekskursiya
Download 214.5 Kb.
|
Nuralieva O‘miya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbir maqsadi
- Ekologik ekskursiya uchun tanlangan ob’ektlar
“Suv - hayot manbai” nomli ekologik ekskursiyaSuv tirik tabiat hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Ekologik muammolar doirasida suvning ifloslanishi, toza chuchuk suvning yetishmasligi, uning sho’rlanishi muammosi o’ta dolzarb muammo hisoblanadi. Zero, suv-hayot garovi, tiriklik, mavjudlik kafolatidir. Ayni vaqtda suvni eqtiyot qilish, undan tejab-tergab foydalanish – har birimiz uchun tabiiy refleks darajasidagi odatga aylanishi zarur. Mazkur holat ijtimoiy zaruriyat bo’lishi bilan birga yashash sharti hamdir. SHu bois o’quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish ularda suvga, undan foydalanishga nisbatan mas’uliyatli yondoshuvni qaror toptirish negizida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Tadbir maqsadi – o’quvchilarni o’zlari istiqomat qilayotgan hududda joylashgan suv havzalari va ularning holati bilan yaqindan tanishtirish. Mazkur tadbirni o’tkazish jarayonida quyidagi pedagogik vazifalar hal etiladi: O’quvchilarni o’zlari yashab turgan hududdan oqib o’tadigan suv havzalari bilan yaqindan tanishtirish. Mazkur suv havzalarining qishloq xo’jaligi va sanoat sohalari, shuningdek, maishiy turmushdagi ahamiyatini o’rganish. Suv havzalarining sanitariya holatini tahlil qilish. Suv sifatini (oddiy usullar yordamida) aniqlash. Suv havzalarining sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy faoliyatni tashkil etish. Ekologik ekskursiya uchun tanlangan ob’ektlar: mazkur tadbir o’tkazilayotgan ta’lim muassasasi joylashgan hududlarda joylashgan suv havzalari. “Suv-hayot manbai” nomli ekologik ekskursiyaning davomiyligi: 1 hafta. Dastlabki ikki kunda o’rganilayotgan hududdan oqib o’tadigan suv havzalari, ularning joylashuv o’rni, holati o’rganiladi, keyingi ikki kunda mazkur suv havzalarining sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan olib boriladigan amaliy faoliyat rejasi tuziladi va faoliyat bevosita amalga oshiriladi. Navbatdagi ikki kunda “Mening shahrim (qishlog’im)da joylashgan suv havzalari” nomli ekologik karta hamda “Siz uchun tanish, biroq mohiyati anglanmagan manzara” nomli stend tayyorlanadi. Ekologik karta va stendlarda o’quvchilar yashaydigan hududdan oqib o’tadigan suv havzalarining mavjud holati, mazkur suv havzalarining ifloslanishiga sabab bo’layotgan omillar xususidagi lavhalar, dalillarning ifoda etilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ekologik ekskursiyaning yettinchi kunida “Suv zahiralari - milliy boyligimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi. Davra suhbatida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadbir yakunida ishtirokchilar diqqatiga o’quvchilar tomonidan tayyorlangan ekologik karta va stend havola qilinadi. Tadbir yakunida yakuniy xulosaga kelinadi va suv havzalarining sanitariya holati ustidan nazoratni tashkil etish borasidagi ishchi reja ishlab chiqiladi va u mahallalarning Fuqarolar Kengashiga taqdim etiladi. Download 214.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling