Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


ILM FAN RIVOJI VA INTELLEKTUAL AVLOD


Download 279.5 Kb.
bet3/12
Sana05.01.2022
Hajmi279.5 Kb.
#204433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Муроджон Йўлдошев 1

1.ILM FAN RIVOJI VA INTELLEKTUAL AVLOD

XX asrning oʻrtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inkiloblarning xarakteri oʻzgardi, yaʼni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uygʻunlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40 -yillarining oxirlaridagi ilmiy-texnika inkilobi fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning oʻzida, texnikada va ishlab chikarishda katta sifat oʻzgarishlariga olib keldi. Natijada har 10-15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan kayd etish mumkinki XX asrning 70 -yillardagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan tarakqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan koʻprogʻini tashkil etdi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni kayd etish mumkinki, jahon mikyoʻsida ilmiy xodimlarning oʻsish foizi aholining oʻsish foiziga Karaganda bir necha marta ortik, yaʼni fan ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.

Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilm-fan rivojini boshqarish lozimligini taʼkidladi. Albatta fanning rivoji ham uni optimal tashkillishtirish va boshqarishga bogʻlik.

Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniklash ilmiy xodimlar va tashkilotlarni maksadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb sohalariga koʻproq eʼtibor berish, fanning yutuklarini amaliy hayotga koʻprok va unumlirok tadbik etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yoʻnaltirish, obyektiv dunyo rivojining kelajagini aniklash masalalari fanni bopщarish masalalariga kirdi.

Oʻrta asrlardan boshlab Yevropada universitetlar ilm-fanni rivojida muhim rol oʻynadi. Oʻrta Osiyoda vujudga kelgan madrasalarda diniy va dunyoviy bilimlar, chunonchi hadis ilmi, matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, tibbiyot, geografiya va shu kabi fanlarga baravariga eʼtibor berildi. Akademiya Sharq mamlakatlarida VIII-IX asrlarda vujudga kela boshladi.

Maʼmun akademiyasi bu boradagi fikrimiz dalillaridan biri boʻlib ҳисобланади. Bu hakda mazkur ishning akademiya kismida batafsil toʻxtalamiz.

Bu borada nafakat olimlarimiz ilm-maʼrifatni tarqatishga jonbozlik koʻrsatgan, balki davlat rahbarlarimiz ham bu sohaga xomiylik kilib ilm-fan ravnakiga katta hissa koʻshgan. Jumladan, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek va boshqalar ilmiy markazlar tashkil etib, ularga iktidorli olimlarni toʻplaganlar hamda yozma manbalar bilan ularni taʼminlaganlar.



Fanning rivojlanishi uchun imkon yaratish va uni maksadli boshqarish jamiyat taraqkiyotiga samarali taʼsirni taʼminlash demakdir. Ilmiy muassasalarni bir joyga jamlash va markazlashtirish umummilliy hamda xalqaro ilmiy tashkilotlar, ilmiy markazlarning tashkil boʻlishiga olib keldi. Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari boʻyicha ilmiy muassasalar tashkil boʻla boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yoʻnalishlari yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, bio-med. kibernetika, texnika kibernetikasi), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nomlarni olgan fan yoʻnalishlaridir. Boʻlarning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katta rol oʻynadi. Jumladan, ona vatanimizda kadimdan matematika, falakiyot ilmi, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uygʻonish davrlari, yaʼni Sharq maʼdaniy yuksalishining “Oltin davri” deb atalgan boʻlsa, bugungi kunda ham oʻz maʼlum va mashhurligini yoʻqotgan emas, yaʼni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuklar qoʻlga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi boʻyicha “Toshkent maktabi” deb nom olgan ilmiy yoʻnalish dunyoga mashxur. Yadro fizikasi va geofizika, geliotexnika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xoʻjaligining turli sohalariga tadbiq qilinmokda. Bioorganik va fizik kimyo, oʻsimlik moddalari va yuqori molekulali birikmalar kimyosi koʻplab tabiiy va sunʼiy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va meditsina, bioximiya, biofizika va geoximiya, geologiya va seysmologiya yirik muvaffakiyatlarga erishdi.

Filosofiya va xukuk, til va adabiyot, tarix va sharqshunoslik sohalarida ham yirik ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Keyingi chorak asr davomidagi ilmiy - texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu davr ichida koʻpgina, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega boʻlgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligini shohidi boʻlamiz. Fanlarning oʻzaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo boʻla boshladi. Bular esa oʻz navbatida texnika taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniksa, hozirgi davrda xalq xoʻjaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng koʻlamda amalga oshirilmokda. Bu borada fan va texnika yutuklarini oʻz navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslariga qoʻyilgan talablardan biridir.

Fan va texnika ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borish bu davr takozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari hakida maʼlum tasavvurlarga ega boʻlishlari lozim.




Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling