Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish
ZAMONAVIY ILM FAN VA UNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI OʻRNI
Download 279.5 Kb.
|
Муроджон Йўлдошев 1
3. ZAMONAVIY ILM FAN VA UNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI OʻRNI.
Maʼlumki, jamiyat tarakkiyotining barcha bosqichlarida oʻsha davrning fan-texnika rivoji hamda ularning natijalarini muntazam isteʼmolda boʻlishi muhim rol oʻynagan va hattoki baʼzan ular fan-texnika taraqqiyotida inqilobiy tusda ham roʻy bergan. Bu hakda “Tosh asri”, “Bronza asri”, “Energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi”, “Atom asri”, “Axborotlashgan jamiyat sari asri”, “Intellektual asr” va h.k. koʻrinishdagi dalillarning guvohimiz. Ilm-fandagi bunday inkilobiy jarayonlar ishlab chiqarish kuchlari va ilm-fanning rivoji bilan bevosita bogʻliq boʻlgan tarixiy jarayon boʻlib, u oʻzida ilm-fan yutuklarini, zamonaviy texnikani ishlab chiqarish usullarini integratsiyalagan murakkab dinamik tizimdir. Mazkur jarayonni tashkil etuvchi omillarning oʻziga xos vazifalari bor. Ular: Ilm-fan - Muammo yechimidagi, yaʼni ushbu jarayondagi asosiy faoliyatni yurituvchi ilmiy manba (nazariya, algoritm, model, uslub, uslubiyat va h.k.) vazifasini bajaradi; Zamonaviy texnika - ilm-fan yutuklarini moddiy qoʻllani-lishini bajaradi (vositalar: mashina va mexanizmlar, kurilmalar, asboblar hamda telekommunikatsiya elementalari); Ishlab chiqarish usullari - ilm-fan yutuqlari hamda ular asosida paydo boʻlgan texnika va texnologiyalarni amalda joriy etish sohasi. Zamonaviy ilm-fanning asosiy xususiyatlaridan eng asosiysi, uning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishidir. Hech kimga sir emaski, Yer yuzida yashayotgan odamlar tashqi qiyofasi jihatidan (rangi va shakli) ham, yashash tarzi va urf-odati boʻyicha ham, tafakkur va mafkura doirasi boʻyicha ham, tili va lili boʻyicha ham, millati va irqi boʻyicha ham, kasb-kori va mansabi boʻyicha ham, milliy qadriyatlari va boshka xislatlari bilan ham farq qiladi. Ammo, dunyoviy ishlar, umumbashariy qadriyatlar insonlarni bir-biriga yaqinlashtirib turadi. Bu borada, ayniqsa, ilm-fan va uning yutuqlari ahamiyati bekiyosdir. Buning dalili sifatida olov, gugurt, gʻildirak, yozuvning paydo boʻlishi, kitobning yaratilishi, metallarga ishlov berish texnologiyasining yaratilishi, bugʻ va ichki yonuv dvigatella rining yaratilishi, atomning tinchlik maqsadlarida foydalanilishi, elektrning hosil qilinishi, elektronika soxasi yutuqlarining keng tarqalishi, fanlarning yaratilishi va keng tarqalishi, telefonlarning keng koʻlamdagi variantlari va h.k.larni keltirish mumkin. Bu borada Abu Rayhon Beruniy bobomiz “Ilm-fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan paydo boʻladi”, deb bejiz aytmagan. Umuman olganda ilm-fan kishilarning jamiyat oldiga koʻygan vazifalari asosida rivoj topadi. Bu hakda koʻplab misollar keltirish mumkin. Jumladan, kishilarning “Oynai jahon” ni istashi natijasida televedeniyeni bugungi tarakkiyotiga erishildi yoki “Uchar gilam” ni orzu kilish orqali samolyotlarni yaratishga va hattoki kosmonavtika rivojiga ham katta hissa koʻshildi. Shuningdek, bugungi kunda avtomobillar rivoji koʻrsatkichlari har bir jamiyat aʼzosini qiziqtirishi shubhasiz. Hisoblash texnikasi rivojiga eʼtibor beraylik, oddiy sanok choʻplaridan yoki abaklardan boshlangan hisoblash texnikasi taraqqiyoti bugungi kunda sekundiga bir necha million amal bajaradigan fanlar paydo boʻlishiga olib keldi va h.k. Bularning hammasi ilm-fanning jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga moye talablari asosida takomillashib, rivojlanib boraveradi, chunki oʻsha davr shuni talab qiladi, aks holda jamiyat taraqqiyotida salbiy taʼsirlar paydo boʻladi. Shu sababli ham ilm-fanning asosiy xususiyatlaridan biri ham shundan iboratki, u bevosita ishlab chiqarish kuchiga, isteʼmolga tayyor texnika - texnologiyaga, metodologiyaga aylanadi. Bundan tashqari ilm-fanning yana bir xususiyati umumiy ijodiyot ishlarining anchagina qismini xususiy ilmiy tadqiqot ishlari ham egallaydi. Bu esa ilm-fanning keng kamrovliligiga xos xususiyatdir. Shu orqali ilmiy tadqiqot ishining koʻlami, sohasi, ahamiyati va yoʻnalishi aniqlanadi. Maʼlumki, bugungi kun jamiyatni axborotlashtirish bilan baholanmokda. Bu zamonaviy ilm-fan rivoji saviyasiga keskin taʼsir qilmokda. Ayniqsa, fan texnologiyasi rivoji va ularning amaliyotda foydalanilishga keng yoʻl ochilishi bilan loyiha konstruktorlik ishlarini bajarishda, lugʻatlar tuzishda, ilmiy tadqiqot ishlarida tajriba-sinov ishlarini oʻtkazishda, jarayon va hodisalarni modellashtirishda, boshqarishni algoritmlashda yaqqol sezilmokda. Ilm-fanda bugungi kunda “Ilmiy tadqikot ishlarini avtomatlashtirilgan tizimi” nomli mustakil yoʻnalish ham paydo boʻldi. Bunda yigʻiladigan bilimlar hajmining keskin oshishiga toʻgʻri keladi, natijada ilmiy maʼlumot olishning yangi koʻlami va tizimi vujudga keldi. Zamonaviy ilm-fanda xususiy sohalar bilan birgalikda, ularning integratsiyasi ham paydo boʻlmokda. Jumladan, bionika, matematik logika, kibernetika, informatika, ergonomika, iqgisodiyot, mashina-traktor parkidan foydalanish, ishlab chikarishni avtomatlash-tirish va h.k. Bunday yoʻnalishlarning vujudga kelib, juda tez rivojlanishiga asosiy sabablardan biri matematika fani yutuklarining turli fan yoʻnalishlarida va hattoki ijtimoiy fan sohalarida ham samarali foydalanayotganligidadir. Xususan, ijtimoiy tadqiqotlarda matematik metodlar, lingvistik kibernetika va h.k. yoʻnalishlarning bugungi kundagi rivoji fikrimizning dalilidir. Shuning uchun ham “Har qanday fan matematika fani yutuqlaridan samarali foydalana olgan taqsirdagina oʻzining yuqori chuqqilariga erisha oladi”, degan fikrni olimlarimiz doimo tan olib kelganlar. Bunday xususiyatlarni oʻzida mujassam qila olgan har kanday fan oʻzi oʻrganishi lozim boʻlgan manba (hodisa, jarayon, predmet, qonun-koida va h.k.)ga kompleks va tizimiy yondashuv tadkiqot usullarini samarali koʻllay oladi. Demak, yuqorida taʼkidlanganidek, ilm-fan rivoji kishilar, jamiyat, qolaversa davlat taraqqiyoti va xalq farovonligi, yurt tinchligi uchun ham xizmat qila olmogʻi lozim. Ulardagi keng kamrovlilik va maxsuslik (tor maʼnodagi muhim muammolariga moʻljallanganligi), taraqqiyoti saviyasi, sohalar integratsiyasi hamda manbaga nisbatan tizimiy yondashuv tadkiqot usullarining barcha-barchasi jamiyat tarakqiyotida oʻzining moye oʻrinlariga ega va oʻsha sohalar rivojiga samarali taʼsiri bilan ham ular koʻprok ahamiyatlidir. Shu sababli ham “Ilm-fanning oliy maqsadi kishilar farovon-ligiga va ularning muntazam rivojiga xizmat qilsin”, degan fikrni shior qilib ijod qilinsa, ilm-fanning jamiyat taraqqiyotidagi roli va oʻrni yanada oshar edi. Tasavvur qilinga, bir paytlar oddiy omoch bilan yerni shudgor kilgan paytimiz ham boʻlgan. Bugungi kunda kabinalari yuksak saviyada jihozlangan (kondensioner, radio, magnitofon, tovush yutgich va h.k.), ishchi organlari universal ravishda ishlaydigan, zamon talabi asosida jihozlangan kudratli texnikalar yordamida shudgor qilinmoqda va haydovchi esa boshqarish pultida oʻtirib olib, bemalol bu texnikani boshqarmoqda. Yoki odamning oyda yurishi va Marsning oʻzlashtira boshlanishi bularning hammasi ilm-fanning kudratli kuchi emasmi? Shuning uchun ham ilm-fan taraqqiyoti jamiyat tarakqiyotining asosiy poydevorlaridan biri boʻlib hisoblanadi va u iqtisodimizni rivojlantirishda, maʼnaviyatimizni yuksaltirishda, maʼrifatimiz ning saviyasini oshirishda, maorifimizni gullab-yashnashida ham kudratli kuchdir. Download 279.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling