Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish
FAN VA UNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
Download 279.5 Kb.
|
Муроджон Йўлдошев 1
2. FAN VA UNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
Fan inson va jamiyat faoliyatining muhim mahsuli boʻlib, narsa va hodisalarning xossalari, munosabatlari hamda qonuniyatlarini oʻrganishga qaratilgan tizimlar yigʻindisidir. Shu bilan bir qatorda fan ijtimoiy ong shakllarining biridir. Aytish lozimki, fan soʻzining aynan maʼnosi – bilim demakdir. Lekin har qanday bilim ilmiy boʻla olmaydi. Odatdagi yoki turmush tajribasi deb atalgan har qanday soha, aniqrogʻi, oddiy kuzatish va amaliy faoliyat asosida olingan dalillar va jarayonlarni oddiygina tavsiflanishdan, ularning oddiy tomonlarini aniqlashdan nariga oʻtmaydigan bilim fanni ifodalamaydi. Shu sababli fanning vazifalarini ham toʻgʻri tushunish talab etiladi. Bu vazifalar quyidagilar: 1. Fan inson faolligini oshirishga xizmat qiladi. Tevarak-atrofni mukammalroq bilishga yordam beradi. 2. Insonlar faoliyati bilan obyektlarning oʻzaro aloqasini ifodalaydi va moslashtiradi. 3. Narsa va hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini ochishga koʻmaklashadi. 4. Fan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, maʼnaviy - axloqiy qadriyatlarni oʻzida mujassamlashtiradi va avloddan-avlodga yetkazishga xizmat qiladi. 5. Fan monitoring vazifani bajaradi. Tabiat va jamiyat hodisalarining global holatlarini nazorat qilishga hamda turli yangi sohalarni barpo qilishga oʻz hissasini qoʻshadi. 6. Axborotlar toʻplaydi va axborotlar bilan insonlarni taʼminlaydi.Fan oddiy dalillar va turli qonunlar haqidagi bilimlarning oddiy yigʻindisidan iborat emas, balki tizimlarga solingan ilmiy bilimlar yigʻindisidan iboratdir. Har bir fanda aks ettiriladigan muammolar oʻzaro bogʻlangandir. Ularni ajratish mumkin emas. Ammo har bir fan maʼlum bir meʼyorga yetib borganda oʻzidan maʼlum bir sohalarini ajratib mustaqil fan boʻlishga asos boʻladi. Buni biz yuqorida fan shajarasida koʻrdik. Fanning rivojlanishi dalillarni oddiy toʻplashdan, dalillar orqali maxsus qonuniyatlarni oʻrganish va ochib berishgacha boʻlgan qiyin, lekin sharafli vazifani ham zimmasiga oladiki, bu jamiyat vakillarini har biriga taalluqli boʻladi. Shu yoʻsinda nazariyalar yaratildi. Fan nazariyalarni amaliyotga tatbiq etish yoʻllarini ham koʻrsatib beradi. Fan insonga tabiat va jamiyatning haqiqiy manzarasini yorqin ifodalab beradi. Ushbu manzara esa fan taraqqiy qilgan sari tobora toʻlaroq inson ongida aks etaveradi. Fan sanʼatdan tubdan farq qiladi. Sanʼatda fantaziya, badiiy siymolar, biror hodisani oʻylab chiqish kabilar mavjud. Fanda esa bunday holatlarga oʻrin yoʻq. Chunki fan borliqni qonuniyatlar asosida aniq tizimlarga asoslangan holda ifodalaydi. Fan ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi. Oʻz navbatida ishlab chiqarishning rivojlanishi fan taraqqiyotiga turtki beradi. Ishlab chiqarishda va jamiyat hayotida fanning rolini oshib borishi tabiiy hol boʻlib, u toʻxtovsiz rivojlanish xususiyatiga ega. yemak, fan boʻlmasa, dehqonchilik va chorvachilik, sanoat, transport va energetika, informatsion jarayonlar va madaniy vositalar boʻlmas edi. Bundan tashqari fanning rivojlanishi analiz sohalarini boyitadi, kengaytiradi. Turli xil jarayonlarni har tomonlama oʻrganishga boʻlgan ehtiyoj maʼlum tarzdagi hisoblash operatsiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarini modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Tezkor hisoblash texnikasiga boʻlgan keskin talab, ayniqsa, ikkinchi jahon urishining oxirida Angliya va AQSHning havo raketalariga qarshi mudofaa tashkil etishiga olib keldi. Bu esa XX asrning 40-50- yillarida ayrim jarayonlarni tez boshqarish talabi bilan inson imkoni orasidagi integratsiyaning yaqqol misolidir. Bu borada fan-texnika tarakqiyoti darajasidagi qator tez oʻtuvchi jarayonlarni samarali boshqarishni insonning psixofizi-ologik imkoniyatlari taʼmin eta olmay qolgan edi. Insonni ishlab chiqarishning ayrim sohalarida tezkor texnikaviy kurilmalar bilan almashtirish taqozo ztilgan edi. Avtomatlashtirishning eng yuqori pogʻonasi faqat jismoniy emas, balki aqliy mehnatni yengillashtirish va avtomatlashtirishga qobil boʻlgan tamoyil yangi texnikaviy tizimni talab etar edi. Shu boisdan ham ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida olimlarimiz tomonidan fanning yangi-yangi sohalari kashf etilmoqda. Bu esa faqat hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir. Maʼlumki, hozirgi fanda odam miyasining “modeli” mavjuddir. Bumodellar yordamida aqliy faoliyatning ayrim turlari belgi-langan. Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini eʼtiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga moye ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirib “Sunʼiy odam” yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan-texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday boʻlishi hozirgi davr takrzosi. 4-rasm: Eksperimentning kuzatuv bosqichi (naliz va sintez) Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi intellektual avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmogʻi lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish boʻlish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy taʼlim, “Internet” tarmogʻiga ulanish, elektron dareliklar, elektron oʻquv qoʻllanmalar va hokazolardir. Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri boʻlmish “XXI asr-intellektual asr”ining faol ishtirokchisi boʻlishi uchun ular mazkur davrning taʼlim-tarbiya sivilizatsiyasining faol ishtirokchisi boʻlmogʻi lozim. Umuman olganda, insoniyat aqliy faoliyatiga eʼtibor beradigan boʻlsak, ular hayoti axborot bilan chambarchas bogʻliq, yaʼni insonning har bir harakati axborot olish, uzatish, undan foydalanish, oʻzlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat, desak xato boʻlmaydi. Shuning uchun ham intellektual ayerni axborot sivilizatsiyasi asri, deb ham atalmoqda. Maʼlumki, bunda taʼlim-tarbiya sivilizatsiyasi talablariga javob beruvchi intellektual avlodni shakllantirishni taʼlim-tarbiyada innovatsion yondashuvlarni keng qoʻllash orqaligina amalga oshirish mumkin. Tadqiqotlarimiz natijalarining koʻrsati-shicha intellektual avlodni shakllantirishni kuyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻlar ekan: - xalqimizning boy maʼnaviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy kadriyatlariga suyangan holda taʼlim-tarbiyani rivojlantirishning jahon talablarini hisobga olib davlat taʼlim standartini takomillashtirish; - shakllanishi lozim boʻlgan intellektual avlodning maʼnaviy maʼrifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy-tarixiy anʼanalari, xalq urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish; - uzluksiz taʼlim tizimida oʻkuv-axborot muhitini yaratish; - uzluksiz taʼlim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va fan tarmoqlari bazasida taʼlim jarayonining axborotli taʼminotini rivojlantirish; - uzluksiz taʼlim tizimi fan-kommunikatsiyasi tarmoqlari (fanlar, fanli tizimlar, kasbiy fanli oʻyinlar, elektron pochta, internetning xalqaro tarmogʻiga ulanish, telekon-ferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish; - uzluksiz taʼlim tizimidagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini soslash; - yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish; - uzluksiz taʼlim tizimida yangi axborot texnologiya va yangi pedagogik texnologiyani yoʻnaltirilgan ilmiy tadkiqot ishi salmogʻini kengaytirish, “taʼlim fan amaliyot” integratsiyasining uzluksiz taʼlim tizimiga samarasini aniklab borish; - uzluksiz taʼlim tizimiga ilgʻor rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadkikot ishini olib borish va h.k. Demak, XXI asrga moye intellektual avlodni shakllantirish mutaxassis olimlarimiz oldiga kator muammolar yechimini topishdek muhim vazifalarni qoʻyar ekan. Shu sababli ham mazkur ishimizning keyingi qismida intellektual asr taʼlim-tarbiyasi haqida toʻxtalamiz. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimizni bilim darajasiga koʻtarish uchun bilgan maʼlumotlarimizning voqelikka munosibligi, maʼlumotlar ishonchliligi va maʼlumotlarning anik dalillarga asoslanganligi kabi shartlarning bajarilishi lozim. Ana shundagina bunday maʼlumotlar bilimga aylanadi.
Download 279.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling