Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish


Fan - muayyan yoʻnalish boʻyicha tevarak-atrof-dunyo haqidagi shakllangan oʼbektiv bilimlar tizimi (majmui). Fan


Download 279.5 Kb.
bet6/12
Sana05.01.2022
Hajmi279.5 Kb.
#204433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Муроджон Йўлдошев 1

Fan - muayyan yoʻnalish boʻyicha tevarak-atrof-dunyo haqidagi shakllangan oʼbektiv bilimlar tizimi (majmui).

Fan - dunyo hakidagi obyektiv bilimlar tizimi; ijtimoiy ong shakllaridan biri. Tarixiy tarakqiyot jarayonida, ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti davrida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanib boradi. Fan tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishdan to ularni amaliyotga joriy qilishgacha boʻlgan faoliyatni oʻz ichiga oladi. Kishi organizmi, atrof-muhit, bepoyon olam sirlari va rivojlanish mexanizmlarini oʻrganib, ulardan kishilik jamiyatining ravnaqi uchun foydalanish ilm-fanning bevosita maqsadidir; keng maʼnoda voqelikni nazariy aks ettirishidir.

Fanning paydo boʻlishi kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Insoniyat paydo boʻlibdiki, unda yashovchi kishilarda aql, ong, fikr, gʻoya, tafakkur, dunyoqarash, taʼlimot vashukabilar taraqqiy etib kelmokda va natijada bilimlar vujudga kelmokda. Bilimlar ham oʻz navbatida jamiyat va tabiat hodisalari va jarayonlariga moye ravishda takomillashib maʼlum tizimlarga ajratilmoqda. Ana shu bilimlar tizimlari (majmuasi) kishilarning aqliy (ijtimoiy ong) mahsuli boʻlib, ular fanni tashkil etmoqdalar.



Fan yoki fanlar, tarakqiyot jarayonidagi tajribalar asosida va ularga moye ravishda rivojlanib borgan. Bu tarixiy-taraqqiyot jarayonida va ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti davrida jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanib boraveradi.

Umuman olganda, fan-tabiat, jamiyat, tafakkur va ulardagi sifat oʻzgarishlarini beruvchi yangi bilimlar tizimini shakllantirish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish jarayonlarini oʻz ichiga oladi.



Fanning asosiy maqsadi insoniyatning dunyoga kelishidan boshlab, uning atrof-muhit haqidagi olam sir-asrorlarini ilmiy asoslash, tabiat va jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini yaratish hamda, ulardan kishilik jamiyati ravnaqi uchun foydalanishgacha boʻlgan jarayonni taʼminlashdir.

Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur tizimining kurtaklari mifologiya sifatida qadimgi Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshladi. Mifologiya fanga oʻtish boʻsagʻasida maʼlum bosqich rolini oʻynagan. Taraqqiyot davom etishi bilan mifologiya oʻrnini naturfilosofiya egalladi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim-ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Elinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolomey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki tizimlar yaratildi. Oʻrta ayerlarda fan rivojiga, Sharq va Oʻrta Osiyo olimlari ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Shuningdek, ular fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar.



Yangi davrda fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmogʻiga aylandi. XVI-XVII ayerlarda klassik fizikaning poydevori kurildi. Fanning nazariya darajasiga koʻtarilganligi fikrning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy maʼlumotlar Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan XVII-XDC ayerlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. J.Lagranj, K.F.Gauss, S.V.Kovalevskaya va boshqalar ijodi mexanikani moddiy nuqtalar tizimi tarzida shakllanishiga olib keldi. M.V.Lomonosov moddaning saqlanish qonunini kashf qildi. XIX ayerda moddaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi haqidagi qonun kashf etildi. Hujayralar nazariyasining bunyodga kelishi barcha jonli organizmlarning strukturasi bir xil ekanligini isbotladi. Ch.Darvinning biologiyadagi evolyutsiya nazariyasi jonli tabiatga rivojlanish gʻoyasini olib kirdi.

Geometriya sohasida ham Yevklid geometriyasi yagona emasligi, yani Noyevklid geometriya borligi aniqlandi. Bunda N.Lobachevskiyning buyuk xizmati bor. D.N.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy tizimi yaratildi va unda kimyoviy elementlar orasidagi ichki bogʻlanishlar ifodalandi.

XX asrning oʻrtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajaga yetdi. Fanlar taraqkiyotidagi inqiloblarning xarakteri oʻzgardi, yaʼni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uygʻunlashib ketdi. Fan-texnika inkilobi yuzaga keldi. 40-yillarning oxirlarida fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat oʻzgarishlar yuzaga keldi. Natijada har 10-1 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki barobar orta boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki, 70-yillarda olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 foizidan koʻprogʻini tashkil etdi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning oʻsish foizi aholining oʻsish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, yaʼni fan ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi. Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilm-fan rivojini boshqarish zaruratini keltirib chiqardi. Albatta, fanning rivoji ham uni optimal tashkillashtirish va boshqarishga bogʻliq.

Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniqlash ilmiy xodimlar va tashkilotlarni maqsadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb sohalariga koʻprok eʼtibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga koʻproq va unumliroq tadbiq etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yoʻnaltirish, obyektiv dunyo rivojining kelajagini aniklash masalalari fanni boshqarish masalalariga kirdi.

Oʻrta asrlardan boshlab Yevropada universitetlar ilm-fan rivojida muhim rol oʻynadi. Oʻrta Osiyoda vujudga kelgan madrasalarda diniy va dunyoviy bilimlar, chunonchi hadis ilmi, matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, tibbiyot, geografiya va shu kabi fanlarga baravariga eʼtibor berildi. Akademiya, ilmiy muassasa va jamiyatlar Sharq mamlakatlarida VIII-IX asrlarda vujudga kela boshladi. Maʼmun akademiyasi bu boradagi fikrimiz dalili boʻlib hisoblanadi.

Ilm-fan rivojiga nafaqat olimlarimiz, balki davlat rahbarlari ham katta hissa qoʻshganlar. Jumladan, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek va boshqalar ilmiy markazlar tashkil etib, ularga iqtidorli olimlarni toʻplaganlar hamda yozma manbalar bilan ularni taʼminlaganlar.



Fanning rivojlanishi uchun imkon yaratish va uni maksadli boshkarish jamiyat taraqqiyotiga samarali taʼsirni taʼminlash demakdir. Ilmiy muassasalarni bir joyga jamlash va markazlashtirish umummilliy hamda xalqaro ilmiy tashkilotlar, ilmiy markazlarning tashkil boʻlishiga olib keldi. Natijada XX asr¬larda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari boʻyicha va kompleks tarzdagi ilmiy muassasalar tashkil boʻla boshladi xamda yangi nomdagi fanlar yoʻnalishlari yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, biomed. kibernetika, texnika kibernetikasi), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nomlarni olgan fan yoʻnalishlaridir. Bularning barchasi fan sohalarini rivojlantirishda katta rol oʻynadi. Jumladan, Vatanimizda qadimdan matematika, falakiyot, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojlangan boʻlsa, bugungi kunda ham oʻz maʼlum va mashhurligini yoʻkotgan emas, yaʼni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qoʻlga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi boʻyicha “Toshkent maktabi” deb nom olgan ilmiy yoʻnalish dunyoga mashhur. Yadro fizikasi va geofizika, geliotexnika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xoʻjaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganik va fizik kimyo, oʻsimlik moddalari va yuqori molekulali birikmalar kimyosi koʻplab tabiiy va sunʼiy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va meditsina, biokimyo, biofizika va geokimyo, geologiya va seysmologiya boʻyicha katta muvaffaqiyatlarga erishildi.

Bugungi kunda yuksalib borayotgan fan va texnika bizga jamiyat konunlarini va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni oʻrab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Texnika tufayli inson atrof - muhit bilan faol hamkorlikda boʻladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. Demak, shunday ekan, fan va texnika bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq. Birini ikkinchisisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Ularning bogʻliqligi texnika va ishlab chiqarish oldiga yangi muammolar qoʻyishida, yaʼni texnika faninig rivojlanishi uchun kerak boʻlgan texnik vositalarni tayyorlab borishda yanada koʻzga yaqqol tashlanadi. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini takomillashuviga olib keluvchi fan, texnika va ishlab chiqarish hamkorligi fan-texnika tarakqiyotini yuzaga keltiradi. Bir necha yillar davomida fan-texnika bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqligi sezilmasdan rivojlangan. Texnika va texnologiya, asosan, tajriba, sezgiga asoslangan tasavvurlar va tasodifiy kashfiyotlar yaratilayotgan bir paytda, fan mantiqiy xulosalar va falsafiy umumlashmalarga ehtiyoj sezardi. Koʻp hollarda mahorat sirlari faqat meros sifatida berilar edi. Bu esa texnologik kashfiyotlzoni keng tarqalishiga halaqit berib, tabiiy jarayonlarni boshqaruvchi tabiat qonunlariga kirib borishiga yoʻl bermas edi. Fan insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan chambarchas bogʻliq.

Fan va texnika intensiv yuksalayotgan davrda elektr energiyasini ishlab chiqarishga bir nazar tashlaylik. Hozirgi kunda tabiiy energiya zaxiralari yuksak texnik ishlab chikarishimizga toʻliq javob bera olyapti va yangi energiya zaxiralari topish igu kunning vazifasidir. Tadqiqotchi olimlarning hisoblashlaricha, tabiiy energiya zaxirasi 20 yilga juda uzogʻi bilan 50 yilga yetishi mumkin.

Bu fikrga koʻra maʼlum bir vaqtga kelib energiya zaxirasi tugaydi, degan xulosaga kelish toʻgʻri emas. Hozirgi kunda energiya ishlab chiqarishning yangidan yangi turlari mavjudki, bu esa insoniyatni hamisha elektr energiyasidan bahramand boʻlishiga yaqindan yordam beradi. Bulardan tashqari, mamlakatning energiya balansida atom energiyasining ulushi ortib bormokda. Atom energiyasi, asosan, atom elektr stansiyalari (AES) da hosil qilinadi. Atom elektr stansiyalari boshqa turdagi elektr stansiyalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega.

Birinchidan, tabiiy energiya: kumir, neft, gaz zaxiralari saqlanadi, ikkinchidan, atom elektr energiyasini ishlab chiqarishga kam ishchi kuchi sarflanadi, yoqilgʻi tashiydigan temir yoʻl poyezdlardan boshqa sohalar uchun foydalaniladi. Atom elektr stansiyalarida hosil qilingan elektr energiyasi ham xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida; qishloq xoʻjaligida, sanoatda, aholi uy-joylarini, ishlab chiqarish korxonalarini bevosita isitishda foydalanilmokda. Bu borada Fransiyadagi jahonda eng katta kuyosh pechi, Angliyadagi hajmi 120 m3-lik suv isitilgan suzish basseyni, Turkmanistonning “Bahoriden” davlat xoʻjaligida suv koʻtargichlari kuyosh energiyasidan foydalanish maqsadida kurilgan gigant inshootlarni qayd qilish mumkin.

Olimlarimiz kuyosh energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirish borasida ham jiddiy muvaffaqiyatlarni qoʻlga kirit-mokdalar. Fanning bu yutuqlari ishlab chikarishni avtomatlash-tirishga imkoniyat yaratadi.

Ishlab chikarishni mexanizatsiyalashtirish, insonni ogʻir jismoniy mehnatdan xalos kilgan boʻlsa, avtomatik-boshkarish funksiyasini rostlash va nazorat qilishni benuqson bajarmoqda. Avtomatik boshqarish qisqa vaqt oraligida juda koʻp axborotlarni ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Bu borada fanlarning xizmati katta. Agar ishlab chiqariladigan buyumni yasash murakkab boʻlsa, bir necha avtomatlarni birlashtirib avtomatik liniyalar hosil qilinadi. Avtomatik liniyalar unta berilgan ishchi dastur boʻyicha mashina-sozlikda keng qoʻllaniladi va avtomatik rostlagich mashinalarning ishlash tartibini doim saqlab turadi. Masalan, gidroelektrostan-siyalardagi avtomatik rostlagichlar, talab qilingan chastotani, kuchlanishni, tokni, tok kuvvatini bir xilda saqlaydi. Avtomatik rostlagichlar faqatgina elektrostansiyalardagina emas, balki nasos kompressorlarning ishlash rejimini rostlashda, klapan va vintillarni ochish va yopishda ham ishlatiladi.

Poyezd va samolyotlarning harakati, transport hujjatlarini ishlab chikarishda, chiptalar sotishda avtomatik nazoratchilardan foydalaniladi. Avtomat nazorat kurilmasi elektr tarmoqlarini ortiqcha yuklamadan himoya qiladi, qisqa tutashuvdan saqlaydi, umuman yaroqsiz holatning oldini oladi.

Qishloq xoʻjaligini avtomatlashtirishga ham katta eotibor berilmokda. Hozirgacha agronomlar oʻsimliklarning oʻsishi kuyosh nuriga, havoga, yogʻingarchilik miqdoriga, tuproq holatinig oʻzgarishiga bogʻliqligini oʻzlarining tajriba va bilimlariga asoslanib izohlashar edi. Ular endilikda havo va tuproqning harakati va namligini taxminiy ravishda emas, balki aniq oʻlchash imkoniyatiga ega boʻlgan maxsus asboblar bilan aniklamoqdalar. Avtomatik asbob-uskunalar kelajakda oʻsimliklarning ʻsishi va rivojlanishini boshqarishga, hosildorlikni oldindan bilishga va uni koʻpaytirish uchun oʻz vaqtida choralar koʻrishga yordam beradi. Qishloq xoʻjaligi mashinalari ham avtomatik ravishda boshqariladi. Kelajakda traktorga maxsus radiokurilmalar oʻrnatiladi, ular kabina ichida shudgorning umumiy koʻrinishini televizor orqali kuzatib turgan operator-mexanizatorlardan boʻyruklar oladi. Ana shu punktlardan beriladigan boʻyruklar asosida bir yoki bir necha traktor zarur harakatlarni bajaradi.

Bunday fan-texnika yangiliklaridan tajribali oʻqituvchilar ham doim xabardor boʻlib, har bir darsda talabalarga yangiliklarni singdirib borish lozim. Demak, avtomatlashtirish sirlarini oʻrganish zamon talabi ekan. Bunda bir vaqtning oʻzida talabalarda avtomat qurilmalarni ishlash asosida yotuvchi datchik va ratsiyalarning fizikaviy imkoniyatlari haqida koʻnikma va malakalar hosil boʻla boshlaydi. Shunday qilib, hozirgi zamon fan-texnika tarakqiyoti har bir oʻqituvchining chukur bilimga ega boʻlishini, oʻzlari ustida qunt bilan ishlashini talab etmoqda.



Avtomatika XIX asrning boshlarida oʻzining rivojlanish bosqichiga koʻtarildi. Avtomatika faqatgina oʻzini-oʻzi boshqaradigan kurilma emas, balki u texnikani avtomatik boshqarish haqidagi fan hamdir. XIX asr oxiri XX asr boshlarida fan va texnika misli koʻrilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshka sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasi Kibernetika nomli yangi fan vujudga kelishiga asos boʻldi.

Yakindagina ichkariga va tashkzriga chiqib turuvchi termo-elementlar bilan taʼminlangan devor isitkichlar xonadagi hozirgi batareyalarimiz oʻrnini oldi. Bu tizim minifanning boʻyrugʻini bajarib, xonada kishin-yozin kerakli haroratni saqlab turadi. Yezda tok yoʻnalishi oʻzgartirilsa kifoya, isitgich sovutgich tarzida ishlab, issikni koʻchaga chiqarib, uyni salkinlashtiradi.

Mazkur tizim tokni odatdagi elektr pechlarga nisbatan kamroq isteʼmol qiladi, chunki u oʻziga xos issiqlik nasosi boʻlib, issiqni goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga haydab boraveradi. Havoning namligini dastur asosida boshqarish shu tizimning muhim tarkibiy kismi hisoblanadi.

Fan oʻzining ichki rivojlanish qonuniyatlariga ham boʻysinadi. Undagi har bir yangilik avvalgi yutuqlarni butunlay inkor etmasdan, unga yangi shakl va mazmun beradi hamda uni rivojlantiradi. Bilishning empirik darajasida tajriba, takkoslash, oʻlchash, kuzatish, tahlil va sintez qilish, induksiya va deduksiya tamoyillari yotadi. Nazariy darajasi uchun esa bilishning gipoteza, modellash, ideallashtirish, abstraksiya, umumlashtirish, sinflarga ajratish, xayoliy tajriba kabi tamoyillar taalluklidir.

Fandagi turli sohalarning oʻzaro aloqadorligini muayyan tamoyillar asosida yoritish va ularni maʼlum tartib bilan mantiqiy asoslangan holda joylashtirish muammosi qadim zamonlardan beri olimlarni qiziktirib kelgan. Fanlarning oʻzaro aloqadorligi, uning predmeti va turli sohalari oʻrtasida obyektiv munosabatlar orqali belgilanadi.

Fanlar ichki tamoyil tarkibida joylashadi: kamayib boruvchi umumiylik (umumiylikdan xususiylikka) va oʻsib boruvchi aniqlik (abstraktlikdan aniqlikka), oddiydan murakkabga, kuyidan yuqoriga rivojlanish tartibida joylashadi.

Hozirgi fanlarning umumiy tasnifi ilmiy bilishning uch asosiy qismi-tabiatshunoslik, ijtimoiy fanlar va filosofiyaning oʻzaro aloqadorligini ochib berishga asoslangan. Bularning har biri butun guruhni tashkil etadi. Fanning uch asosiy qismidan tashqari, uning boshqa yirik qismlari ham mavjud. Ular asosiy kismlar oʻrtasida turadi va butunicha bu qismlarning hech biriga kirmaydi. Masalan, tabiiy va ijtimoiy fanlar oʻrtasida texnika fanlari, shuningdek qishlok xoʻjaligi va tibbiyot fanlari ham. Tabiatshunoslik (xususan fizika) bilan falsafa (xususan logika) oʻrtasida matematika fanlari turadi. Barcha uch asosiy kismlar oʻrtasida mustaqil fan sifatida tabiiy-tarixiy va ijtimoiy jihatdan inson ruhiy faoliyatini oʻrganuvchi ruhshunoslik fani turadi. Fanlarning umumiy tasnifida tarix (asosan madaniyat turadi) va tabiatshunoslik oʻrtasida turuvchi fanlar alohida oʻrin tutadi. Bular tabiiy fanlar tarixidir. Ayni vaktda ham ijtimoiy-tarixiy fan, ham tabiiy fan hisoblangan filosofiya bilan bogʻliq.

Fanlar tizimi fundamental va amaliy fanlar tizimlariga boʻlinadi. Fundamental fanlar tabiat, jamiyat va tafakkur qonuniyatlarini oʻrgansa, amaliy fanlar natijalarini faqat bilish jarayoniga tadbik etib qolmay, balki ijtimoiy-amaliy muammolarni ham hal qilishga tadbiq etadi. Fundamental fanlar amaliy fanlardan oldinroq harakatda boʻlib, ularga nazariy imkon yaratadi.



Umuman fanni uchta katta guruhga (kichik fan tizimlariga) ajratish mumkin. Ular: tabiiy fanlar; ijtimoiy fanlar; texnika fanlari. Ular oʻz predmetlari va tadkiqot metodlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu guruhlar oʻrtasida qatiy chegara yoʻq va hattoki ayrim fanlar bir paytning oʻzida ikki guruhga ham kirishi mumkin. Masalan, texnika, texnik estetika, iqtisodiy geografiya shu jumladandir.

Fanlar sintezi hozirgi zamonda murakkab tizim sifatida qarashni taqazo etadi. Masalan, ekologik muammo biologiya, geografiya, meditsina, ekonomika, texnika, kimyo, kibernetika manbalari va metodlarini oʻz ichiga kamrab oladi.

Hozirgi zamon fani yuksak darajaga koʻtarilmokda. Elementar zarrachalar dunyosi, molekulalar biologiyasi, galaktikalar, kvazarlar, pulsarlar fanning boshqa koʻrinishlaridir.

Fanning kibernetika, atom va yadro energetikasi, kosmanavtika, elektronika, yarim oʻtkazgichlar fizikasi, genetik kod nazariyasi, ijtimoiy psixologiya, matematik lingvistika kabi nisbatan yangi sohalarda Vatanimiz olimlarining hissalari kattadir.

Mazkur darslikning ushbu kismi xotimasini qoʻyidagi fikrlar orqali ifodalashni lozim topdik.

Yurtboshimiz “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” asarida shunday degan edilar: “Umuman, men fanni ilgʻor, tarakqiyot, progress degan soʻzlar bilan yonma-yon kabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-tamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yoʻnalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday boʻlishini koʻrsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini mustaqil boʻlmagan millatning kelajagi yoʻqligini, bu tabiiy konuniyat ekanini isbotlab, tushintirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotning olgʻa siljituvchi kuchi, vositasi boʻlmogʻi lozim”.





Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling