Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

To„rtinchidan, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarni ayni 
demokratik jarayonlarning faol ishtirokchisi, uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash. Bu o‗ta 
murakkab, vaqt talab etadigan hodisa. Chunki mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish azobini, 
fikrlab yashash, aql-idrok yo‗rig‗i bilan kun ko‗rish mashaqqatini engish uchun insonda ichki iroda, 
ma‘naviy qudrat kerak. Ana shu iroda va qudratni uyg‗otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish 
oson ish emas. 
O‗zbekiston fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‗lini tanlagan ekan, ana shu inson ongi va qalbi 
bilan bog‗liq bo‗lgan, uni isloh qilish, tirik, mavjud insonni «yangi»lash, ma‘naviy-ruhiy 
«ta‘mirlash» kabi sermashaqqat yo‗ldan bordi. Bu har qanday davlatdan juda katta siyosiy qudrat, 
siyosiy madaniyat va siyosiy iroda talab etadigan buyuk hodisadir. 
Siyosiy madaniyat, siyosiy ong va tushunchalar darajasi jamiyat hayotida inson ishtirokining 
qandayligini belgilaydi. Zotan, siyosiy madaniyat va siyosiy ong yuksak bo‗lgan joyda odamlar 
hokimiyat ishida faolroq ishtirok etishadi. Qarorlar qanday qabul qilinishi, uning ijrosi qanday 
nazorat qilinayotganligini kuzatib borishadi, munosabat bildirishadi. O‗z hayotlariga daxldor 
bo‗lgan ma‘muriy tadbirlarga befarq qarashmaydi. Aksincha, ularni tayyorlashda ishtirok etishadi, 
natijada qarorlar ijrosi uchun o‗zlari manfaatdor sifatida mas‘uliyatni his qilishadi. 
Islom Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-
qarshi kuchlar o‗rtasida muvozanatni ta‘minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish 
zarurligiga alohida e‘tibor beradi. Bu mexanizm eng avvalo jamiyatni erkinlashtirish orqali 
odamlarning saylovlarga munosabatini o‗zgartirishni, yaqin o‗tmishimizda dunyoqarashimizda 
o‗rnashib qolgan soxta saylovbozlik va siyosiy o‗yinlardan voz kechishni taqozo etadi. Odamlar o‗z 
manfaatlarini va maqsadlarini amalga oshirish, haq-huquqlarini himoya qilish uchun saylovlarda 
ishtirok etish zarurligini anglamog‗i lozim. Saylash va saylanish huquqi ayni har bir fuqaro siyosiy 
faolligini, jamiyat taraqqiyotiga daxldorligini belgilovchi omil sifatida o‗zini ko‗rsatmog‗i darkor. 
O‗zbekistonda saylovlar o‗tkazishning demokratik tamoyillari mavjud. Bu tamoyillar jahon 
saylov o‗tkazish tajribalari asosvda dunyoga keldi va shakllanmoqda. Fuqarolar esa uni to‗la-to‗kis 
qo‗llab-quvvatlamoqda. 


145 
Inson haq-huquqlarini himoya qilish, uning ehtiyojlarini qondirishda davlat qurilishi, 
boshqaruv tizimi va jamiyatni erkinlashtirish alohida ahamiyatga ega. Bunday siyosat xalq taqdirini, 
turmushi va kelajagini kafolatlagan, uning yashash erki va butun ozodligini ta‘minlagan bo‗ladi. 
Zotan, uning zamirida sof umuminsoniy qadriyatlar va shaxs barkamol turmush tarzining to‗la 
kafolati mavjuddir. 
Taniqli davlat va siyosat arbobi Cherchill demokratiya «hokimiyat boshqaruvining eng 
yaroqsiz shakli, lekin insoniyat hozircha undan maqbulroq shaklini topa olganicha yo‗q», deb 
aytgan edi. 
Siyosatshunoslarning ayrimlari buni paradoks sifatida tushunishadi. Biroq, demokratiyaning 
bunday – Cherchillcha talqinining ham mantig‗i bor. 
Xalqimizda «qars ikki qo‗ldan chiqadi» degan naql bor. Yoki odatda ikki va undan ko‗p 
g‗oyalar mavjud joydagina o‗zaro kurash, fikrlar xilma-xilligi va qarama-qarshiligi yuz beradi. 
Deylik, er yuzidan sotsialazmning emirilishi bilan kapitalizm o‗z qiymatini yo‗qotdi. U umrini o‗tab 
bo‗lgan eski mafkuraga aylanib qoldi. Ikki qarama-qarshi tomonning biri yo‗qolsa, ikkinchi tomon 
o‗z muvozanatini yo‗qotishi tabiiy hodisa. Ana shu mantiqan kelib chiqib ham aytish mumkinki, 
hozir hech qanday «izm»larning qiymati qolmadi. 
Xo‗sh, totalitarizm ham, diktatura ham butunlay barbod etilgach, inson ozodligi va yashash 
erki to‗la ta‘min etilgach, u qonunlar bilan kafolatlangach, demokratiyaga ehtiyoj qoladimi? 
Demokratiya bunday sharoitda odamlarning ham, jamiyatning ham qon-qoniga singib ketgan 
bo‗ladiku. Ana shu xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, demokratiya bu – umuminsoniy 
qadriyatlar tantanasining ostonasidir! 
AQShda demokratiya milliy, an‘anaviy ramzga aylangan. Bu haqdagi munozaralar tor ilmiy 
doiralardagina dunyoning boshqa mintaqalari bilan qiyosiy tarzda o‗rganiladi, xolos. 
Shunday hayotiy haqiqat borki, faqat toza havoga muhtoj odamgina toza havo etishmasligini 
muammo qilib ko‗taradi. Olamga jar soladi. O‗ziga o‗xshagan odamlar orasidagina munozaralar, 
asabiy tortishuvlar avj oladi. Unga etishgach, kishini hayratga soluvchi osoyishtalik paydo bo‗ladi 
va u kundalik turmushning oddiy holatiga aylanib qoladi. 
Eskicha fikr yuritish, eskicha tafakkur tarzi hamma vaqg yangilikning yo‗lini to‗sadi, unga 
g‗ov bo‗ladi. Islom Karimov «Eski sarqitlardan judo bo‗lish dunyoqarashlar, psixologiyalar, turli 
da‘volar o‗rtasidagi ko‗zga ko‗rinmaydigan, lekin tinkani quritadigan kurashlar bilan birga 
bormoqda. Hayotning o‗zi ana shu dunyoqarashlar, psixologiyalar, da‘volar orasidan o‗tishga 
majbur qilmoqda», – deydi. Darhaqiqat, bugun O‗zbekiston ana shunday murakkab, ziddiyatli bir 
davrni kechirmoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin bo‗lmasin, eskicha tafakkurni sindirish, 
yangilikni qabul qilish qanchalik mashaqqatli bo‗lmasin, ayni paytda u millionlab kishilarni o‗ziga 
ergashtirib olmoqda. Kelajakka qatiy ishonch bilan qaralmoqda. 
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi holatga o‗tkazishdek tub islohotlar hech qachon oson 
kechmagan. Ana shunday tarixiy jarayonlarda O‗zbekistonda demokratik jarayonlarni 
chuqurlashtirish va jahon tajribasini boyitishda yangi «o‗zbek modeli» vujudga kelmoqda. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling