130
V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI
Rus knyazlari Oltin O‘rda qudratini to‘g‘ri anglab,
bosqinchilar bilan tinch yashashga harakat qilishgan. Bu
tadbir mavjud sharoitda knyazlar o‘z xalqini saqlab qo-
lishi, ularni qullikka olib ketmasligining yagona yo‘li edi.
Tinchlik siyosatini Vladimir knya-
zi Yaroslav boshlab, uning o‘g‘li
Aleksandr Nevskiy da
vom ettirgan.
Knyaz Aleksandr Ol
tin O‘rdaga
bir necha bor tashrif buyurgan.
Mo‘g‘ulistonda ham bo‘lib, mahal-
liy amaldorlarning hurmat-e’tibori-
ga sazovor bo‘lgan.
Bu tadbirlar-
ning barchasi ke
yinchalik mo‘g‘ul-
lar bosqoqlarni tasdiqlamasdan rus
yerlaridan boj yig‘ishni knyazlardan
biriga topshirishiga olib kelgan.
Tashqi siyosat. Tashqi
siyosat masalalari bilan xon,
uning yaqin maslahatchilari, shuningdek, beklarbegi shu-
g‘ullangan. Oltin O‘rda Sharqiy Yevropaning kuchli bir
davlati bo‘l
ganidan
Yevropa qirollari, Rim papalari, Vi-
zantiya imperatorlari va Turk sultonlari xon saroyi bilan
do‘stona munosabatda bo‘lishga intilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: