Tarix-7 2017.(Uzb). indd
-rasm. Bosqoq rus qishlog‘ida 110-rasm
Download 3.8 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf-Jahon-Tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV–XV asrlarda Oltin O‘rda.
- Saroy Botu va Saroy Berka
109-rasm. Bosqoq rus qishlog‘ida
110-rasm. Knyaz Aleksandr Oltin O‘rda xoni huzurida 131 V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI Eronda mustaqil davlat tuzgan Xuloku va uning voris- lari esa Oltin O‘rda bilan Kavkazortiga egalik qi lish ma- salasida raqobat qila bosh lagan. Bu ikki Mo‘g‘ul davlati qo‘ shinlari qator janglarda to‘qnashib, goh u tomon, goh bu tomonning qo‘li baland kelgan. Bu janglardan biri- da 1266-yilda Botuxonning ukasi Berka xon ham halok bo‘lgan. Xuloku ulu siga qarshi kurashda Oltin O‘rda hatto Misr sultonlari bilan ittifoq tuzgan. XIV–XV asrlarda Oltin O‘rda. XIV asrning birinchi yarmida Oltin O‘rda davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishadi. Bu jarayon O‘zbekxon (1312–1342) va uning og‘li Jonibek (1342–1357) nomi bilan bog‘liqdir. Oltin O‘rda qudratini mustahkamlagan omillardan biri islom dinining qabul qilinishi bo‘ldi. O‘zbekxon 1314-yilda is- lomni davlat dini deb e’lon qiladi. Unga qarshilik ko‘rsat- moqchi bo‘lgan zodagonlar va hatto qarindoshlari qatl etiladi. Mo‘g‘ullar davlati asoschisi Chingizxon barcha diniy e’tiqodlarga birday munosabatda bo‘lishni vasiyat qilgan edi. Uning avlodlari bu vasiyatni bajarishga harakat qil- ganlar. Oltin O‘rda poytaxti Saroy shahrida turli diniy ibodat xonalar qurilgan. Botuxon davrida shahar Saroy Botu deyilgan. O‘zbekxon va Jonibek davrida Oltin O‘rda shaharlari gullab-yashnagan. Ular iqtisodiy va madaniy hayot markaz lariga aylangan. Saroy Botu va Saroy Berka dun- yoning eng katta shaharlari qato rida bo‘lgan. Jonibekning vafotidan so‘ng Oltin O‘rda taxti uchun ku rash boshlangan. To‘xtamishxon XIV asrning oxirida uni o‘n besh yilga yana birlashtirgan. Lekin davlat tarixining fojiali sahifalari aynan uning hukmdorligi bilan bog‘liqdir. Bunga To‘xtamishning Movarounnahr hukmdori Amir Temur bi lan raqobati sabab bo‘lgan. Amir Temur Jo‘ji ulu siga qarshi uch marta yu rish qilgan. Shimoliy Kavkaz- da 1395-yilda To‘xtamishning Amir Temurdan mag‘ lubiyati Saroy, Saroy Berka, Astraxan shaharlarining vayron etil- ishiga sabab bo‘ lgan. Shundan keyin savdo yo‘llari janub tomonga siljigan. Amir Temurning yurishlari Oltin O‘rdani 132 V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI uzil-kesil zaiflashtirgan. Oltin O‘rda XV asrning birinchi yarmidan qator xonliklarga bo‘linib ketgan. Ulardan eng yiriklari Qrim, Qozon, Sibir, Qozoq xonliklari va No‘g‘ay O‘rdasi bo‘lgan. 1. Darslikdagi 108, 109, 110-rasmlarni diqqat bilan kuzatib, ularni qanday umumiy mazmun birlash- tirishini sî‘zlab bering. 2. Oltin Αrdaning boshqaruv tizimida Chig‘atoy ulusiniki bilan qanday î‘xshashlik va farqlar bor- ligini tahlil qiling. 3. Oltin O‘rda xonligida qanday soliq va majburi- yatlar joriy etilgan? 4. Oltin O‘rda qanday tashqi siyosat yuritgan? 5. Oltin O‘rda xonligining Amir Temurdan mag‘- lubiyatga uchrashi qanday oqibatlarga olib keldi? Download 3.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling