Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua


Download 205.08 Kb.
bet2/14
Sana15.03.2023
Hajmi205.08 Kb.
#1270665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022

2-MAVZU: AQSH 1945-2000 YILLARDA.
Reja:
1. AQSH ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda. G.Trumen ma'muriyatining faoliyati
2. AQSH D.Eyzenxauer prezidentligi davrida.
3. Demokratlarning 1960 yilda hokimyatga qaytishlari.
4. 1968 yildagi saylovlar. Respublikachilarning hokimyatga qaytishi.
5. AQSH XX asrning 80-90-yillarida.
1. АQSH ikkinchi jahon urushida Yevropadagi mamlakatlar singari katta talofat va vayronagarchiliklarni boshdan kechirmadi. Butun urush davomida AQSH qurolli kuchlarida halok bo'lganlar soni 300 ming kishiga yetdi, urushdan ko'rilgan bevosita moddiy zarar esa 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi, bu urushda qatnashgan barcha mamlakatlar umumiy talofatining 0,4 foizini tashkil etardi. SHu bilan birga urush AQSH monopoliyalariga juda katta boylik keltirdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida AKSH kapitalizmi iqtisodiy inqiroz holatidan chiqib, ishlab chiqarish quvvatini ancha oshirdi. O'sishning yillik hajmi 15% ni tashkil etdi. AKSHning urush maydonlaridan uzoqda bo'lishi hamda harbiy buyumlarni va qurollarni fashizmga qarshi davlatlarga ko'plab sotishi uning shunday o'sishini ta'minladi. Sanoat ishlab chiqarishi 2 martadan ko'proq o'sdi. Amerika biznesining sof daromadi 47 milliard dollarni tashkil etdi, bundan tashqari boshqa kapitalistik davlatlar AQSHdan 41 milliard dollar qarzdor bo'lib, amerikalik bankirlar foiz hisobidan juda katta foyda olayotgan edilar. AQSH hukumati gitlerchilar Germaniyasi oltin zahiralarini qo'lga kiritgan edi.
AQSH oltin spekulyasiyasi va G'arb davlatlarining oltinlarini saqlash hisobiga dunyodagi oltin zahirasining 65 (73) foizini o'z qo'llarida to'plagan edilar. Xalqaro to'lovlar va hisob-kitoblarda dollar asosiy valyutaga aylandi, bu esa dollarning butun dunyoda mavqeini oshishiga olib keldi. Harbiy buyurtmalar Amerika sanoati va flotini tez rivojlanishini ta'minladi. 1947-yilda dunyodagi kapitalistik davlatlar sanoat ishlab chiqarishi hajmining 54 foizi AQSH hisobiga to'g'ri kelardi. Urush yillarida AQSH dengiz flotining tonnaji 5 marta o'sib, eksport ham 5 marta ko'paydi. AQSH dunyoning birinchi dengiz davlatiga aylandi.
AQSH harbiy jihatdan ham qudratli davlatga aylandi. Uning qurolli kuchlari 1945 yilda 12 million kishidan iborat bo'lib, ular butun dunyo bo'ylab qurilgan 2300 harbiy bazalarda joylashgan edi. Faqat AQSH qurolli kuchlari atom bombasiga ega edi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida AQSHda qudratli harbiy sanoat majmuasi (HSM) shakllangan edi. AQSHning qulay geosiyosiy joylashuvi, urushdan keyingi davrda yuzaga kelgan alohida vaziyat tufayli AQSHning hukmron guruhlari jahon bo'ylab tashqi siyosiy yo'lni amalga oshirishda asosan harbiy kuchga tayanib ish ko'rdilar. Prezident F.Ruzvelt 1945 yil 12 aprelda vafot kilgandan keyin vise-prezident G.Trumen prezidentlik lavozimini egalladi. Monopolist doiralarning vakillaridan biri sifatida Trumen hukumat tarkibini monopolist va harbiy korchalonlar bilan to'ldirdi. Reaksion unsurlar burjua partiyalarida, hukumat va kongressda tobora ko'prok joylashib oldi. Trumen oshkora reaksion siyosat yo'liga o'tdi. 1947 yilda prezident huzurida oliy maslahat organi – Milliy Xavfsizlik kengashi tuzildi. Kengash ichki va tashqi siyosat bo'yicha prezidentga tavsiyalar berib turdi. Harbiy idoralar harbiy ministrlikka tobe qilindi. 1947 yildan Markaziy Razvedka boshqarmasi barpo etildi. Jahon hukmronligi uchun kurashni kuchaytirib yuborish, mamlakat ichkarisidagi inqilobiy va demokratik harakatlarni bostirish, ommani urush siyosatiga itoat ettirish uchun AQSH xukmron doiralari siyosatida o'ta ketgan reaksion qarashlarni kuchaytirdilar.
Trumen ma'muriyati ichki siyosatda F.Ruzveltning «yangi yo'l”ini davom ettirdi va hatto aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida undan ham o'zib ketdi. Trumen kongressga aholi turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilashni ko'zda tutgan 21 moddadan iborat dasturni taklif etdi. Trumenning dasturi “YAngi yo'l”dan farq qilgan holda «adolatli yo'l” deb nomlandi.
Bu dasturning amalga oshirilishi natijasida eng kam ish haqi ko'paytirildi, davlat tomonidan beriladigan sug'urta to'lovlari oshirildi, ilgari nafaqa olmaydigan 10 million aholiga nafaqalat beriladigan bo'ldi. Ayniqsa uy-joy qurish bo'yicha katta ishlar amalga oshirildi, bir necha yil davomida kam ta'minlangan oilalar uchun 800 ming uy-joy qurib berildi.
Bu tadbirlar Amerika xalqining xarid qilish qobilyatini oshirdi va AQSH sanoati uchun ichki bozorni kengaytirdi. AQSH sanoati ommaviy iste'molchilar uchun zarur bo'lgan arzon mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qayta tuzildi. Amerikaning har bir oilasi avtomobil, xolodilnik, Kir yuvish mashinasi, televizor sotib olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Tovarlarning kreditga berilishi sotib olish hajmini ko'paytirib, ommabop tovarlarni ishlab chiqarishni ko'paytirishga imkoniyat yaratdi. AQSHda hali boshqa mamlakatlarda bo'lmagan yangi tovar – televizor ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Har bir oila o'z telefoniga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Mamlakatda to'kin-sochinlik va farovonlik yuzaga keldi.
SHu bilan birga urushdan keyingi davrda ko'pgina Yevropa mamlakatlari xalq ommasining keng qatlamlari kayfiyatida so'lga og'ish yuz bergan bir davrda AQSHda konservatorlar va o'ng kuchlarning xuruji kuchayishi kuzatildi. Bu eng avvalo 30-yillarda qabul qilingan progressiv ijtimoiy qonunlarni qayta ko'rib chiqishga bo'lgan urinishlarda ko'rindi. 1947-yilda qabul qilingan Taft-Xartli qonuni ishchilar harakatiga qarshi qaratilgan bo'lib, kasaba uyushmalari faoliyatini cheklash va ular ustidan nazorat o'rnatishga qaratilgan edi. Bu qonun davlat xizmatchilariga ish tashlashni taqiqlar, siyosiy yo'nalishdagi ish tashlashlar taqiqlangan edi. 1959-yilda qabul qilingan Lendrem-Griffin qonuni Mehnat vazirligiga kasaba uyushmalari ichki ishlarini nazorat qilish, ularning moliyasi va rahbarlarni saylash mexanizmini nazorat qilish huquqini berdi. Bu bilan mehnat munosabatlarini tartibga solishda davlatning roli kuchaydi.
Jamiyat tafakkurida sovetlarga va kommunistlarga qarshi kayfiyatning kuchaytirilishi ham o'ngga burilishning yorqin namunasi bo'ldi. 1947 yil martida prezident Trumen davlat xizmatchilarining «loyalligini» (sodiqligini) tekshirib chiqish to'g'risida inson sha'niga xilof bo'lgan buyruq chiqardi va maxsus boshqarma, komissiyalar tuzila boshlandi. Kommunizm yoki SSSRga xayrihoh deb gumon qilinganlar ishdan bo'shatildi. 1949 yil yanvarida o'ng doiralar tashabbusi bilan kam sonli AQSH Kommunistik partiyasi rahbarlari ustidan sud jarayoni boshlandi. Ular SSSRga hayrihohlikda va hatto SSSR foydasiga josuslikda ayblandilar. To'qqiz oy davom etgan sud jarayoni natijasida kommunistik partiya milliy qo'mitasining 11 a'zosi turli muddatga qamoq jazosiga va jarimalarga hukm qilindi.
O'ng konservatizmning eng yuqori cho'qqisi 1950-1953-yillardagi makkartizm kampaniyasida o'zini ko'rsatdi. Kommunistlarga qarshi kurash kampaniyasining rahbari hisoblangan senator Jozef Makkarti o'zining 1950-yil 9 fevraldagi nutqida AQSH davlat departamentida 205 nafar kommunist borligini e'lon qildi. Kommunistlar va kommunizm AQSHning asosiy dushmani hisoblandi. Makkartizm faqat kommunizmga emas, balki AQSHdagi barcha taraqqiyparvar kuchlarga, radikal kasaba ittifoqiga, ilg'or ziyolilarga qarshi qaratilgan kurash edi. Kishilarni qamash, jarima solish, ishdan bo'shatish avj oldi. Kommunistik partiya amalda taqiqlandi, progressiv matbuot yopildi, demokratik tashkilotlar tor-mor etildi. Aslida esa bu AQSHdagi vaziyatni keskinlashtirish va shu yo'l bilan kommunistlarga va boshqa progressiv kuchlarga qarshi kurashni avj oldirish uchun qilingan aksiya edi.
Makkartizm tarafdorlari islohotchi prezident F.D.Ruzvelt davrini “yigirma yillik sotqinlik davri” deb atadilar. YUqori lavozimli davlat amaldorlari, ziyolilar vakillari, taniqli olimlar va jamoat arboblari shubha ostiga olindi. ularning ba'zilariga nisbatan sud jarayoni o'tkazildi. Juda ko'plab taniqli amerikaliklar, shu jumladan taniqlikinoaktyor va kinorejissyor CHarli CHaplin mamlakatni tashlab chiqdilar. Makkarti hatto Xitoy bilan savdo-iqtisodiy aloqada bo'lgan Angliyaga iqtisodiy yordam berganligi uchun Eyzenxauer ma'muriyatini ham oshkora ravishda qoralab chiqdi. Qo'poruvchi elementlar va muhojirlarga qarshi qonunlar qabul qilindi. AQSH kongressi 1954-yilda kommunistlar ustidan nazorat to'g'risida qonun qabul qildi, unga ko'ra kompartiya a'zolari “chet el agentlari” sifatida har yili adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tib borishlari kerak edi.
Lekin AQSHning hukmron doiralari oxir oqibatda Makkarti va uning safdoshlari olib borayotgan faoliyat barcha chegaralardan chiqib ketayotganligini va mamlakat obro'siga putur yetkazayotganligini tushunib yetdilar. AQSH senati 1954-yilda mamlakat oliy qonunchilik organini haqorat qilganligi va ”kommunizmga qarshi kurash” uchun ajratilgan davlat mablag'larini noqonuniy sarflagani uchun J.Makkartini javlbgarlikga tortdi. Senat a'zolarining ko'pchiligi uning faoliyatini qoralab chiqdi, oradan ko'p o'tmasdan Makkarti siyosiy sahnadan tushib ketdi.
SHu bilan birga G.Trumen va uning ma'muriyati AQSH tashqi siyosatida keskin burilishni amalga oshirdilar. Fashistik Germaniya va militaristik YAponiya tor-mor etilgandan keyin ko'p o'tmasdan AQSHda SSSRga nisbatan siyosiy munosabat qayta ko'rib chiqila boshlandi. Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri U.CHerchill Fulton shahrida (AQSH) so'zlagan nutqida “sharqiy kommunizm” dunyoning erkinligiga xavf solayotganligini aniq misollar bilan ko'rsatib, unga qarshi turish uchun Angliya – Amerika harbiy ittifoqini tuzishga da'vat etdi, bu esa “sovuq urush”ning boshlanishi edi. Deyarli bir necha oy ichida SSSR davlati AQSHning ittifoqchisidan uning birinchi nomerli dushmaniga aylandi. AQSHning hukmron doiralari “sovet xavfi” to'g'risidagi afsonani ishga solib, SSSRni “tiyib qo'yish” dasturini ishlab chiqdilar. Bu bilan SSSRni AQSH talablariga bo'ysundirish, SSSR chegaralari bo'ylab AQSH harbiy bazalarini qurish, Amerikacha “erkinlik” mezonlariga talab bermaydigan har qanday mamlakatga kirib borish huquqini berilishini, SSSR esa xalqaro siyosatda AQSHning o'zboshimchaligi bilan murosa qilishi kerak edi.
Quyidagilar Amerikaning dunyoda o'z ustunligini ta'minlash sohasidagi tashqi siyosiy strategiyasining vositasi bo'lib qoldi:
- yadro quroliga yakka o'zining egaligi
- 2-jahon urushidan keyin dunyoda AQSHning iqtisodiy va texnologik jihatdan ustunligi
- “kommunizmni tiyib qo'yish” siyosati.
G.Trumen ma'muriyatining “kommunizmni tiyib qo'yish” doktrinasi deb atalgan tashqi siyosiy yo'li AQSHning Moskvadagi elchixonasi maslahatchisi Jorj Kennan tomonidan taklif etilgan edi. Unga ko'ra AQSH “ruslar barqarorlik va tinchlikparvarlik manfaatlariga tajovuz etishga qasd qilgan har qanday joyda ularga doimiy qarshilik ko'rsatuvchi kuchni qarama-qarshi qo'yish zarur”. Kennan fikricha, 2-jahon urushidan keyin SSSRga nisbatan AQSH siyosatining asosiy unsuri uzoq muddat davomida chidam, qat'iyat va xushyorlik bilan ruslarning bosqinchilik intilishlarini tiyib turishdan iborat bo'lishi shart.
AQSH prezidenti 1947 yil 12 martda “Trumen doktrinasi”ni e'lon qildi. Bu AQSH bilan SSSRning o'zaro qarshi turishiga asoslangan tashqi siyosiy yo'lning bevosita ifodasi edi. AQSH kongressi bu doktrinaga muvofiq AQSH prezidentiga istalgan bir mamlakatdagi “demokratik tartiblarga qarshi chiqqan kuchlarga” qarshi kurashish uchun harbiy va iqtisodiy yordam ko'rsatish huquqini berdi. Bu doktrinaga asosan shu yili Gresiya va Turkiyaga tahdid qilmokda deb ko'rsatib, bu mamlakatlarga kechiktirmay harbiy – iqtisodiy yordam berish uchun 400 million dollar ajratishni va bu mamlakatlarga harbiy maslaxatchilarni yuborish haqida qaror qabul qilindi. Bu doktrinaga binoan AQSH Gresiya va Turkiyaga yordam ko'rsatish niqobi ostida bu mamlakatlarni Amerika imperializmining O'rtaer dengizining sharqiy qismidagi SSSRga va boshka sosialistik mamlakatlarga qarshi o'zining harbiy plasdarmiga aylantirishga kirishdi. Amerika imperializmi jahon afkor ommasining jiddiy noroziligiga uchrab, «Trumen doktorinasi»ni bir oz niqoblashga majbur bo'ldi. 1947 yil 5 iyunda AQSH davlat sekretari general D.Marshall Garvard Universitetida nutq so'zlab, Yevropa mamlakatlarining iqtisodiyotini tiklash to'g'risida gapirdi. Marshall nutqi asosida yangi «Marshall reja»si dunyoga keldi. 1948 yil aprelida AQSH kongressi bu planni rasmiy ravishda qabul qildi.
AQSH “Marshall rejasi” orqali quyidagi maqsadlarni ko'zlagan edi:
a) G'arbiy Yevropa mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti asoslarini mustahkamlash niyatida ular iqtisodiyotini tiklashga ko'maklashish;
b) ikkinchi jahon urushidan keyin bu mintaqada kommunistik partiyalar va SSSRning o'sib borayotgan tashqi siyosiy ta'sirini pasaytirish;
v) dunyoda AQSHning siyosiy gegemonligini qaror toptirish;
g) iqtisodiy yordam ko'rsatish vositasida bu davlatlar bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzish uchun zamin tayyorlash.
AQSH «Marshall rejasi” bo'yicha 1948-1953 yillar davomida Garb mamlakatlariga urushda vayron bo'lgan iqtisodiyotini tiklash uchun o'sha davr uchun juda katta bo'lgan mablag' 12,5 milliard dollar miqdorida yordam berdi. Albatt, AQSHning hukmron doiralari bu yordamni bekorga bergan emasdilar. Ular Yevropada vaziyatning mustahkamlanishidan juda manfaatdor edilar va bunday yordam ko'rsatilmasa bu mamlakatlarda ijtimoiy va boshqa larzalar ro'y berishi, sosialistik o'zgarishlar amalga oshishi mumkinligini bilardilar.
1949 yilda AQSH tashabbusi va rahbarligida sanoat jihatidan rivojlangan G'arb davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi – SHimoliy Atlantika bitimi tashkiloti (NATO) tuzildi. Dastdab bu ittifoqqa 12 davlat birlashgan edi, 1983 yilga kelib uning a'zolari soni 15 taga yetdi. AQSH 1950 yilda Koreyadagi urushda Janubiy Koreyadagi Li Si Manning qo'g'irchoq tartiboti tarafida turib urushda qatnashdi. 1951 yilda YAponiyaga “o'zaro hamkorlik” to'g'risidagi bitimni qabul qildirib, bu yerda Amerika harbiy qismlarini saqlab turish huquqini oldi.
AQSH «tiyib qo'yish” siyosatining eng yuqori cho'qqisi Koreyadagi urush bo'ldi. Bu urush 1950-yil 25 iyunda Koreya Xalq Respublikasi (KXDR, SHimoliy Koreya) bilan Janubiy Koreya, ya'ni Koreya Respublikasi o'rtasida boshlanib ketdi. Dastlab SHimoliy Koreya tomoni ustun keldi, keyinchalik ustunlik BMT bayrog'i ostida jang qilayotgan AQSH va uning ittifoqchilari tomoniga o'tdi. urush Xitoy chegaralariga xavf sola boshlagach, Xitoy qurolli kuchlari SHimoliy Koreya tarafida turib urushga kirdi va bu holat urushda hal qiluvchi rol o'ynadi. 1951 yil noyabrga kelib urushda muvozanat tiklandi va urushayotgan tomonlar eski chegaralarga qaytishdi.1953 yil iyulda Panminjonda ikki Koreya o'rtasida sulh tuzildi. Unga ko'ra 38-parallel bo'ylab eski chegara tiklandi va urush durang bilan yakunlandi. Lekin bu durang AQSHning “tiyib qo'yish” siyosatining mag'lubiyatini bildirar edi. AQSHning xalqaro obro'siga katta siyosiy zarar yetdi. Bu siyosatning zaifligi yaqqol ko'rindi.
1949-yilda Xitoy inqilobining g'alabasi va Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi Amerika strategiyasi uchun katta zarba bo'ldi. AQSH Uzoq SHarqda CHan Kayshi timsolidagi muhim strategik tayanchidan mahrum bo'ldi.
Oxir oqibatda 1949 yilda Sovet Ittifoqida atom bombasining muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazilishi AQSHning “kuchni pesh qilish” siyosatini barbod bo'lganini ko'rsatdi. Dune o'zgargan edi va endilikda atom bombasi bilan do'q qilish davri o'tib ketgan edi. Atom diplomatiyasi barbod bo'ldi. Endilikda prezidentni va uning komandasini o'zgartirish davri keldi.

Download 205.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling