Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua
Mavzu: Italiya 2-jahon urushidan keyin
Download 205.08 Kb.
|
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022
Mavzu: Italiya 2-jahon urushidan keyin.
Reja: 2soat 1. Italiyaning 2-jahon urushidan keyingi ahvoli. Respublika e'lon qilinishi. 2.Italiyada 50-yillardagi siyosiy kurash. 3.60-80-yillarda Italiya siyosiy hayotidagi o'zgarishlar. 4.Italiya 90-yillarda. 1.Italiyada Mussolini boshchiligidagi fashistlarning uzoq davom etgan hukmronligi va 2-jahon urushi mamlakatga juda katta iqtisodiy zarar yetkazdi.Urush davrida 500 mingga yaqin kishi xalok bo'ldi va bedarak yo'qoldi. Milliy boyliknining 1/3 qismi yo'q qilingan, sanoat korxonalarining 20% i, shosse va temir yo'llarining 40%i vayron qilingan edi. Urushdan oldingi davrga nisbatan sanoat maxsuloti ishlab chiqarish 50% ga, qishloq xo'jalik maxsulotlari ishlab chiqarishi 40% ga kamayib ketdi. Inflyasiya kuchaydi, oziq-ovqat yetishmasdi. Ishsizlar soni 2 milliondan oshib ketdi. Mamlakatda tartibsizlik va jinoyatchilik avj oldi. Iqtisodiyotda mafiyachi guruhlar hukmronlik qilardilar. 1947 yil 10 fevraldagi Parij tinchlik konferensiyasi qaroriga ko'ra Italiya demokratik va mustaqil davlat deb e'lon qilindi. U bosib olgan barcha hududlardan maxrum bo'ldi. U Albaniya va Efiopiya suverenitetini tan oldi va Afrikadagi sobiq mustamlakalari-Liviya, Eritreya va Italiya Somalisiga bo'lgan huquklaridan maxrum etildi. Italiya zimmasiga SSSR (100 mln. dollar), YUgaslaviya, Gresiya, Albaniyaga uncha katta bo'lmagan reparasiya to'lash majburiyati yuklatildi. Antifashistik partiyalar urush yillaridayoq fashistlar diktaturasiga qarshi faol kurashib, tinchlik va ozodlik qo'mitasini tuzib, joylarda hokimyatni o'z qo'llariga olgan edilar. 1944 yilda bu partiyalar YAngi antifashistik hukumat tuzdilar. SHuning uchun ham gitlerchilarga qarshi kaolisiya davlatlari Italiyaga taslim bo'lgan dushman sifatida qaramadilar. Italiyadagi hukumat ham okkupasiyachi qo'shin qo'liga o'tmadi. Fashizmga qarshi 23 yil davomida murosasiz va fidokorona kurash olib borgan Italiya kommunistik partiyasi (IKP)ning xalq ommasi oldida obro'si oshib, italyan mexnatkashlarining eng ommaviy partiyasiga aylandi. 1945 yilda uning a'zolari 1 mln kishidan oshib ketdi. Italiya sosialistik partiyasi (ISP)ning fashizmga qarshi kurashi uning IKP bilan ittifoqining mustaxkamlanishiga olib keldi, ISP saflarida 900 minga yaqin a'zo bor edi. 1946 yilda bu ikki partiya o'rtasida xarakat birligi to'g'risida pakt imzolandi. Kommunistlar va sosialistlar 1944 yilda tashkil topgan Italiya Umummehnat Konfederasiyasida (VIKT) asosiy rol o'ynar edilar, u 6 mln mehnatkashni birlashtirgan edi. IKP 1945 yil dekabrda ishchilar sinfi, shahar va qishloqlarning o'rta qatlamlariga va burjuaziyaning ba'zi qismlari ittifoqiga asoslangan «progressiv demokratiya» tuzumini o'rnatish dasturi bilan chiqdi. Ular mamlakatda tub demokratik islohotlar o'tkazish, respublika e'lon qilish, Ta'sis majlisini chaqirish va yangi Konstitusiya qabul qilish zarur deb hisoblardilar. Kommunistlar sanoat va moliya monopoliyalarini milliylashtirish, ishlab chiqarish ustidan mehnatkashlar nazoratini o'rnatish, yirik yer egaligini tugatish hisobiga yersiz dehqonlarga yer berilishini talab qilib chiqdilar. Kommunistlar progressiv demokratiya tuzumi rivojlanib sosializmga boradi deb ta'kidlardilar, lekin italyan kommunistlarining sosilizmi SSSR sosializmidan tubdan farq qilardi.Ularning sosializmi chuqur demokratik tamoyillarga, insonparvarlikka va yuksak darajadagi madaniyatli jamiyatga asoslangan bo'lib, proletariat diktaturasi o'zboshimchaligini, yakka partiya hukmronligini inkor etardi. Italiya kommunistlari haqiqiy demokratik davlat qurishni istardilar. Ularning rahbarlari juda bilimli va ziyoli odamlar bo'lib, italyan progressiv ziyolilari bilan yaqin aloqada edilar. Ular italyan xalqiga, uning demokratik an'analariga sodiq bo'lib, ashizmga qarshi kurashgan edilar.Ular bir diktaturani ikkinchisi bilan almashtirishni istamas edilar Palmiro Tolyatti (1893-1964) Italiya kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasi Bosh kotibi sifatida 1926-1964-yillarda faoliyat ko'rsatgan bo'lib, u 1936-1939-yillarda Ipaniyada respublikachilar tarafida turib jang qilgan. 1944 yilda tashkil topgan katolik Xristian-katolik partiyasi (XDP) eng yirik burjua partiyasi edi. Bu partiya o'zini sinfiy hamkorlik partiyasi deb e'lon qildi. Partiya agrar va sanoat sohasida qisman islohotlar o'tkazishni, ishchilarni aksiyalar sotib olish orqali korxonalarni boshqarishda ishtirok qilishilarni va shunga o'xshashlarni ko'zda tutardi. Katolik cherkov XDPni kommunistik mafkuraga qarshi kurashda o'zining asosiy tayanchi deb bilib, unga katta yordam ko'rsatardi. Barcha monopolistik guruhlar, yirik konsernlar, moliya oligarxiyasi ham bu partiyani qo'llab quvvatladilar. XDPning muttasil rahbari Alchido de Gasperi (1881-1954) edi.U 1925 yilda Mussolini tomonidan qamoqqa tashlandi, lekin 1929 yilda qamoqdan qochishga muvaffaq bo'ldi.1944 yilda XDPning tuzishda ishtirok etadi va uning rahbariga aylandi. 1945 yil dekabrdan 1953 yil iyulgacha hukumatni boshqardi.Uning agressiv antikommunistik siyosati AQSH tomonidan quvvatlanib kelindi. Italiyaning urushdan keyingi siyosiy taraqqiyotida xristian demokratlar, kommunistlar va sosialistlar yetakchi rol o'ynadilar. Lekin bu yerda eng katta ta'sir kuchiga ega bo'lgan partiya bu Xristian demokratik partiyasi (XDP) edi. Italiyaning 2-jahon urushidan keyingi tarixida bir-biriga qarama-qarshi turgan 2 ta siyosiy kuch(IKP va XDP) ana shulardan iborat edi. 1545-1947 yillar davomida de Gasperi boshchiligidagi hukumat tarkibiga 3 partiya -XDP, IKP va ISP kirgan edi. Bu hukumat yangi Italiya davlatini qurishi kerak edi. 1946 yil 2 iyunda respublika to'g'risida referendum va Ta'sis majlisiga saylovlar o'tkazildi. Unda 12,7 mln ovoz respublika uchun, 10,7 mln ovoz monarxiya uchun berildi. Italiya respublika deb e'lon qilindi. XDP-8,1 mln ovoz, ISP-4,7 mln, IKP-4,3 mln ovoz oldi va bu 3 partiya ishtirokida de Gasperi boshliq hukmat tuzildi. Bu hukumat yangi Italiya davlatini qurishi kerak edi. Ta'sis majlisi 1947 yilda mamlakat konsititusiyasini qabul qildi. Konstitusiyada Italiya demokratik, parlament respublikasi deb e'lon qilindi. Demokratik erkinliklar e'lon qilindi. Mamlakat tarixida birinchi marta umumiy saylov huquqi joriy qilindi. Fashistik tashkilotlar tuzish taqiklandi. Bu konstitusiya hozirgacha deyarli o'zgarishsiz amal qilib kelmoqda. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 5 yilga saylanadigan parlament hisoblanib, 2 palatadan-deputatlar palatasi va senatdan iborat. Hukumatni deputatlar palatasida ko'pchilik o'rin olgan partiya rahbari tuzadi. Respublika prezidenti 2 palataning umumiy yig'ilishida 7 yilga saylanadi. Uning vakolatlari cheklangan bo'lib, ijro hokimiyati amalda Vazirlar Mahkamasi qo'lida bo'ladi. Italiyada 9 ta umummilliy va bir qancha regional partiyalar mavjud bo'lib, bu hukumatning mustaxkam emasligiga, tez-tez bo'lib turadigan siyosiy inqrozlarga olib keladi. Konstitusiya 1947 yil 1 yanvardan kuchga kirdi, aprelda parlament saylovlari bo'ldi. ISP, IKP va boshqa so'l partiyalar va tashkilotlar Xalq demokratik frontiga (XDF) birlashib 8 mln ovoz oldilar. XDP esa 12,7 mln ovoz to'plab, de Gasperi boshliq bir partiyali hukumat tuzildi. Italiya respublikasining tashkil topishi yakunlandi. 1948 yildan 1994 yilgacha XDP respublika hukumatini u yoki bu partiya bilan koalisiya tuzib yoki yakka o'zi boshqarib keldi. XDP ning uzoq vaqt hokimyat tepasida turishining sababi bu partiya xavfsizlik xizmati, huquqni himoya qiluvchi organlar bilan til biriktirib ish olib borardi. Ikkinchi tomondan tez-tez hukumat almashinishi (1948-1993 yillar davomida 51 hukumat almashdi) va «sovuq urush»ning mavjudligi ham XDPga yordam berdi. XDP antikommunistik siyosat olib bordi, bunda u mamlakatdagi mafiya bilan ittifoq bo'ldi: mafiya kommunistlarga qarshi kurashi uchun XDPga kerak edi, mafiya hukumatga kommunistlar kelishidan qo'rqib XDP bilan hamkorlik qildi. 2. Hokimyat tepasiga kelgan XDP ichki va tashqi siyosat sohasida o'z rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Mamlakatni iqtisodiy jihatdan qayta tiklash va industrial davlatga aylantirish uchun xususiy kapital (sarmoya) ojizlik qilardi. Davlat industrlashtirishni amalga oshirishga faol kirisha boshladi. Davlat-monopolistik kapitalizmi rivojlandi. «Marshall rejasi» Italiya iqtisodiyotining rivojlanishiga yordam berdi. 1948-1950 yillarda AQSHdan 1,5 mlrd dollarlik mahsulot olindi. 50-yillar boshida agrar islohotlar o'tkazildi. De Gasperi G'arb bilan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va harbiy integrasiyaga e'tiborni kuchaytirdi. Italiya 1950 yilda NATOga a'zo bo'ldi. Aholi bunga qarshi edi, mamlakatni NATOga a'zo bo'lishi to'g'risidagi bitimni ratifikasiya qilmaslikni talab qilib, 8 million ovoz to'plandi, lekin hukumat buni inkor etdi. Mamlakat hududida AQSH harbiy bazalari joylashtirildi. De Gasperi Yevropa bilan integrasiya jarayonining tarafdori edi, shuning uchun ham Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatini tuzish to'g'risidagi bitim Rimda bejizga imzolanmagan edi. Gasperi Italiyaning urushdan keyingi tarixida katta rol o'ynagan siyosatchi edi. 1953 yil iyundagi parlament saylovlarida XDP 2 mln ovoz yo'qotdi va 40 % ovoz oldi, IKP- 22,7 %, ISP- 12,7 % ovoz oldi. Endilikda XDP hukumatni boshqarish uchun boshqa partiyalar bilan koalisiya tuzishi kerak edi. De Gasperi iste'foga chiqdi. 1958-1959 yillarda ishchilarning ish tashlashi o'sdi. 1959 yilda 40 ta umummilliy ish tashlashi bo'lib, unda 5 mlndan ortiq ishchi ishtirok etdi. Ish xaqi oshirildi. Italiya 1957 yilda YeIHga a'zo bo'ldi, bu esa uning iqtisodiy rivojlanishiga yordam berdi. 3. 50-yillar oxiri – 60 yillarning boshida Italiyaning iqtisodiy rivojlanishi kuchaydi. Fan-texnika taraqqiyoti o'sdi. Milliy daromad deyarli ikki marta ko'paydi, urushda mag'lubiyatga uchragan Italiya dunyoning yuqori darajada rivojlangan davlatlaridan biriga aylandi. Italiya 7 ta rivojlangan davlatlar qatoriga kirdi, u agrar-industrial davlatdan industrial-agrar davlatga aylandi. Italiyada cho'yan eritishning 94% i, rangli metallarning 95% i, tabiiy gaz qazib olishning 97% i davlat sektoriga to'g'ri keladi. Sanoatni moliyalashtirish uchun DJEPI davlatlar birlashmasi tashkil etilgan. Italiyaning iqtisodiy rivojlanishi aholining ijtimoiy tarkibiga ta'sir o'tkazib, u esa o'z navbatida mamlakatdagi siyosiy vaziyatga ta'sir ko'rsatdi. Sanoatning rivojlanishi ish kuchiga bo'lgan talabni oshirdi. Janub va Sisiliya qishloqlaridan ishchilar yetishib chiqa boshladi.Ularga katolik cherkovning ta'siri kamaydi. Ishchilar sinfi orasida XDPning ta'siri pasaydi. SHu bilan birga mamlakatda iqtisodiy taraqqiyotdagi notekislik, chet el sarmoyasiga qaramlik, qishloq xo'jaligining orqada qolishi, qishloq aholisining shaharlarga ko'chishi, ishsizlikning kuchayishi, uy-joy va transport muammosi, ish haqining nisbatan sekin sur'atlarda o'sishi, Janub muammosi kabilar saqlanib qoldi. Ayniqsa Italiyaning Janubidagi ahvol murakkabligicha qolmoqda edi (Italiyaning Janubiga Apennin yarim orolining janubiy qismidagi 6 viloyat, shuningdek Sisiliya va Sardiniya orollari kiradi.). Bu yerda Italiya aholisining uchdan bir qismi yashardi va ularning daromadi Italiyaning boshqa qismidagi aholi daromadining deyarli yarmiga teng edi. Hukumat 1950 yildan boshlab Janubni rivojlantirishga qaratilgan siyosat olib bordi. Bu yerdagi qoloq hududlarni rivojlantirishga qaratilgan Janub kassasi-maxsus davlat fondi tashkil etildi. Agrar islohot to'g'risida qonun qabul qilinib, yirik yer egalaridan ortiqcha yerlar haq to'lash evaziga kam yerli dehqonlarga olib berildi. Bu islohot barcha yersiz va kam yerli dehqonlar ehtiyojini qondira olmagan bo'lsada, dehqon oilalarining bir qismi o'z ahvolini yaxshilab oldi. 40 yil davomida sarflangan katta moliyaviy mablag'lar Janubni agrar hududdan industrial-agrar hududga aylanishiga yordam berdi. Lekin shunga qaramasdan Janub iqtisodiyoti SHimol iqtisodiyotiga qaram holda qolmoqda va aholi turmush darajasidagi tafovut hali ham katta. IKPning siyosiy obro'si oshib bordi. Deputatlar palatasining 1/3 qismi, senatorlarni 1/3 qismidan ko'prog'i kommunistlar edi. Demokratiya g'oyalariga va milliy suverenitetga sodiqlik IKPning o'ziga xos xususiyati edi. SHuning uchun ham IKP rahbarlari doimo sosializim qurilishining turli xil yo'llari mavjudligini ta'kidlab, sosializm qurilishining sovet usulini rad etdilar. IKP KPSS va Sovet davlatining siyosatini keskin tanqid qilib chiqdi. (1956 yil) Vengriyada, 1969 yil CHexiya, 1981 yilda Polshada ro'y bergan voqealar). 1982 yilda nazariy masalalar ustidagi munozaralar IKP bilan KPSS o'rtasidagi munosabatlarning uzilishiga olib keldi. Mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy vaziyatning o'zgarishi katolik cherkov siyosatida ham o'z aksini topdi.1958 yil noyabrda papa Piy XII vafot etgach, Ioann XXIII papa bo'ldi. U katolik cherkovni yangilashga chaqirib, kapitalizm adolatsizligini qattiq tanqid qildi va «ijtimoiy mulkchilik» zarurligini ta'kidladi. YAngi papa katoliklar bilan «o'zgacha fikrlovchilarning» o'zaro yaqinlashishlari mumkinligini e'tirof etdi. Vatikanning ijtimoiy va mafkura sohasidagi yangi ko'rsatmalari XDPdagi «so'l markaz» siyosatining, ya'ni so'l kuchlar bilan koalisiya tuzish tarafdorlari bo'lgan oqimning kuchayishiga olib keldi. 1963 yilda XDP sekretari Aldo Moro sosialistlarga hukumatda ishtirok qilishni taklif etdi. Sosialistlar ishchilar sinfi hoxishiga qarshi chiqib, hukumatda ishtirok etdilar. Sosialistik partiyada ajralish yuz berdi. Kommunistlar bilan bo'lgan ittifoqqa sodiq qolgan guruh bu partiyadan ajralib chiqib, yangi partiya - Italiya proletar birligi sosialistik partiyasini (IPBSP) tashkil qildilar. Sosialistik partiyaning o'zi 1966 yilda sosial-demakratik partiya bilan birlashib, Birlashgan sosialistik partiya (BSP) nomini oldi. 1968 yildagi saylovlar Sosialistik partiyaning (u yana avvalgi nomini oldi) XDP bilan murosaga kelish yo'li qanchalik xato ekanligini ko'rsatdi. U 1,5 mln ovoz yo'qotdi. Respublika prezidenti J. Leone 1972 yilda yangi parlament saylovlarini belgiladi. Saylovlar xalq ommasi so'lga qarab harakat qilayotganligini va keng xalq ommasi IKPning dasturini qo'llab quvvatlayotganligini, XDP boshliq hukmron doiralar esa o'ngga qarab intilayotganligini, ya'ni ijtimoiy islohotlarni to'xtatib qo'yish, progressiv demokratik kuchlarni hukumatga keltirmaslik yo'lidan borayotganini ko'rsatdi. Bu esa XDPning burjua-islohotchi partiya sifatidagi imkoniyati tugab borayotganini, uning siyosiy qudrati tugayotganini ko'rsatardi. Saylovlardan keyin J.Andreotti XDP, SDP va liberal partiya vakillaridan iborat hukumat tuzdi. Bu o'ng markaz hukumati bo'lib, islohotlar ko'zda tutilmagan edi. Mamlakatdagi barcha progressiv kuchlar hukumatga oppozisiyada bo'ldi. Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy inqiroz kuchaydi. Bu davrda Italiyada terrorizm kuchaydi. So'lchillik guruhlari-talaba-yoshlar, shaharning quyi qatlamlari, ishsizlar va boshqalar terrorchilik harakatlarini kuchaytirdilar. «Qizil brigadalar» tashkil topdi. SHu bilan birga neofashistik terrorchi guruhlar ham kuchaydi. Hokimiyatning zaifligi terrorchilikni rag'batlantirdi. 1977 yilda 79 ta terrorchilik guruhi, 1978 yilda 209 ta terrorchilik tashkiloti bor edi.1977 yilda 66 viloyatda (94 viloyatdan), 1978 yilda 85 viloyatda terrorchilik yoyilgan edi. Itayan yoshlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotda o'z o'rnini topa olmaganligi terrorizmning kuchayishiga olib keldi. YOshlar mavjud tuzumga qarshi real siyosiy muqobul topa olmay, unga qarshi kurash boshladilar. Bu kurash qo'pol va xunuk xarakterga ega bo'ldi va ular hukmron siyosiy guruhlar qo'lidagi qo'g'irchoqqa aylandilar. YOshlardan mamlakatdagi so'l kuchlarga, birinchi navbatda IKPga qarshi kurashda foydalanildi. Aldo Moroning o'ldirilishi «qizil brigadalar»ning dahshatli siyosiy qurolga aylanganligini, u mamlakatdagi siyosiy vaziyatni izdan chiqarishini ko'rsatdi. 1976 yildagi saylovlarda IKP saylovchilarning 34,4% ovozini olib, deputatlar palatasidagi 630 o'rindan 227 tasiga ega bo'ldi. Mamlakat jamoatchiligi kommunistlarni hukumat tarkibiga qo'shishni talab qilib chikdi, chunki shu yo'l bilan mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish mumkin edi. Xristian demokratlar ichida ham saylovchilar talabini bajarishni va kommunistlarni hukumat tarkibiga kiritilishini talab qiluvchi oqim paydo bo'ldi. XDPning so'l oqimiga partiyaning eng obro'li rahbarlaridan biri Aldo Moro yetakchilik qila boshlagach bunday hukumat tuzish amalga oshadigandek bo'lib qoldi. Aldo Moro (1916-1978) 1948 yildan deputatlar palatasining deputati, bir necha marta tashqi ishlar vaziri bo'lgan, 1963-1968, 1974-1976-yillarda bosh vazir bo'lgan. Aldo Moro 1978 yilda IKP bilan bitim tuzdi. Unga ko'ra hukumat 2 partiya tomonidan kelishib olingan dasturni amalga oshiradigan bo'lsa, kommunistlar hukumatni qo'llab quvvatlashlarini bildirdilar. Lekin bu bitim imzolangan kuni, ya'ni 1978 yil 17 martda «qizil brigadalar» dan bo'lgan terrorchi guruhlar Aldo Moroni o'g'irlab ketdilar. Ular Aldo Moroni ozod qilish evaziga o'z safdoshlarini turmadan ozod qilishlarini talab qildilar. Lekin XDP rahbariyati va hukumati bu talabni rad etdilar. 1978 yil 9-mayda XDP va IKPning binolari o'rtasida joylashgan maydondagi avtomobilda Aldo Moroning jasadi topildi. Bu partiyalar o'rtasida hamkorlik va yaqinlashish uchun o'ch olinganiga ishora edi. Aldo Moro vafotidan keyin XDP rahbariyati kommunistlar bilan hamkorlik qilishni istamadi. Aldo Moroning o'limi mamlakatda umumiy norozilikni kuchaytirdi. Mafiya va «qizil brigadalar»ga qarshi kurash kuchaydi. Sisiliyada jinoyatchi guruhlarning rahbarlari qamoqqa olindi, tergovda ularning XDP rahbarlari va hukumat bilan aloqasi borligi aniqlandi. 80-yillar o'rtasida mason lojasi rahbari Lichio Djelli qamoqqa olindi, keyinroq italyan mafiyasining bossi Tomas Buchetta AQSHda qamoqqa olindi. Bunga javoban mafiya bir qator terrorchilik harakatlarini amalga oshirdi. 1992 yilda XDP rahbarlaridan biri Salvator Lim o'ldirildi, tergovchilardan Jiovanni Falkone, Paolo Barselino o'ldirildi. 1981 yilda Italiya kommunistlari hozirgi zamonning eng muhim masalalari bo'yicha KPSS va Sovet Ittifoqi siyosatiga qarama-qarshi bo'lgan o'z dasturini qabul qildilar. Dasturda sosializm dunyosi o'zining harakatlantiruvchi kuchlarini tamom qilganini va uning kelajaki yo'qligi ko'rsatib o'tildi. Bu dasturda yevrokommunizm konsepsiyasining asosiy holatlari qayd etildi. U quyidagilardan iborat edi: 1. G'arbiy Yevropa sosializm uchun kurash markaziga aylanadi, G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi ishchilar va kommunistik harakatlar bu kurashning harakatlantiruvchi kuchi bo'ladi. 2. Sosializm uchun kurash sinfiy kurash asosida emas, balki jamiyatda o'zaro murosa va umumiy adolat asosida olib boriladi. Buning uchun jamoaviy milliy ongni tarbiyalash kerak 3. Sosializm hozirgi zamon davriga va hozirgi zamon ehtiyojlariga mos kelishi, eng avvalo mehnatkashlarning turmush farovonligini ta'minlashi kerak. Bunday sosializmga quyidagilar mos keladi: 1. Aholini ish bilan ta'minlash. 2. Sog'likni muhofaza qilish. 3. Bepul ta'lim. 4. Bolalar va qariyalar huquqini himoya qilish. 5. Xotin-qizlarni to'la ozod qilish. 6. Mehnatkashlarning kasaba uyushmalarida ishtirok etishlarining ishonchli huquqini yaratish. 7. Atrof-muhitni va tabiatni muhofaza qilish. 6. YUqori mehnat unumdorligi va iqtisodiyotning samaradorligi. 7. Siyosiy plyuralizm. 8. Axborot, madaniyat va badiiy faoliyat erkinligi. Yevrokommunizm «yangi internasionalizm»ni e'lon qildi - sinfiy pozisiyadan qat'iy nazar demokratik harakatdagi barcha siyosiy kuchlarning ittifoqini yaratish. «Proletar internasionalizmi»ni rad etadi. Italiya kommunistik partiyasida hamma yevrokommunizmni yoqlamadi. 1991 yilda IKPda ajralish yuz berdi. Italiya kommunistik partiyasining ko'pchilik a'zolari yevrokommunizm platformasi asosida So'l kuchlar Demokratik partiyasi (SKDP) nomli yangi partiya tarafdorlari bo'ldilar. 4). 90-yillarda mamlakatda saylov tizimidan norozilik kuchaydi. 1993 yilda hukumat tarkibida, deputatlar orasida poraxo'rlik, mafiya bilan aloqa borligi ma'lum bo'ldi. Sobiq Bosh Vazir Bettino Kraksi (Sosialistik partiya) o'zining partiyasi 1987-1991 yillarda har yili 33 mln. dollar pora olganligini bildirdi. 1991-1994 yillarda 4 mingga yaqin siyosiy arboblar, biznesmenlar, amaldorlar korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olindi. 1993 yil avgustda Italiyada yangi saylov tizimi qabul qilindi, parlamentdagi o'rinlarning 75 %i saylov okruglarida ko'p ovoz to'plagan nomzodlarga beriladigan bo'ldi, qolgan 25 % o'rin 4 %li to'siqni egallagan partiyalarga berilardi. Lekin yangi tizim ham kutilmagan natijalarga olib keldi. Har qanday demokratik saylov tizimi ham suiiste'molliklardan, korrupsiyadan, siyosiy jinoyatlardan, xazina o'g'irliklaridan kafolatlanishi mumkin emas ekan. Jinoyatchilik dunyosining pullari agarda jamoatchilik nazorati va qo'lida katta ta'sir kuchiga ega bo'lgan ommaviy axborot vositalari bo'lgan kuchli muxolifat bo'lmasa har qanday demokratik model va tizimni ham o'ziga bo'ysundirishi mumkin ekan. Buni yangi saylov qonuni qabul qilinganidan keyingi saylovdagi siyosiy kurash ko'rsatdi. Jinoyatchilikga qarshi samarali kurasha oladigan , sotilmaydigan qonunni muhofaza qiluvchi organlarning qo'llab-quvvatlashi yordamida jamoatchilik va muxolifatning qattiq nazorati ostidagina demokratik tizimning ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish mumkin. Italiyada yangi saylov qonunini qabul qilinganidan keyin yuzaga kelgan siyosiy kurash buni amalda tasdiqladi. 1994 yil martda Italiyada hokimyat tepasiga hammani lol qoldirgan hukumat keldi. 7 mlrd. dollarga ega bo'lgan Italiyadagi eng yirik kompaniyalardan biri bo'lgan Fininvest egasi Silvio Berluskoni hukumat boshlig'i bo'ldi. U 3 ta xususiy telekompaniyani sotib olib, davlat televideniesi ustidan nazorat o'rnatdi va kuchli targ'ibot olib bordi. Uning partiyasi «Forsa Italiya (“Olg'a, Italiya”)» 21 % ovoz to'pladi. U 13,5 % ovoz to'plagan neofashistlar, 8,4 % ovoz to'plagan SHimoliy Liga bilan birgalikda koalision hukumat tuzdi. S.Berluskonining jinoyatchilik dunyosi bilan aloqasi borligi Italiyada hammaga ma'lum edi. Uning tadbirkorlik faoliyati 1987 yildan boshlab sardiniyalik tadbirkor, Rimdagi uyushgan jinoyatchilik dunyosi bilan bog'langan Flavio Karbone bilan hamkorlikda boshlangan edi. Saylov kampaniyasi davrida mafiya rahbarlari uni 1992 yilda mafiyaga qarshi qabul qilingan qonunni bekor qilishga va'da bergani uchun qo'llab-quvvatladilar. Berluskoni hokimyat tepasiga kelgach, va'dasini bajarib, 1992 yilda qabul qilingan korrupsiyada shubha bilan dastlabki qamoqqa olish to'g'risidagi qonunni bekor qildi. Milan sudyasi Antonio de Pietro bunga norozilik bildirib, butun Milan sudi iste'foga chikdi. A.Pietro «Sof qo'llar» operasiyasi tufayli juda mashhur edi. Tez orada Fininvest soliq inspeksiyasi xodimlariga pora berishda ayblanib, tergov boshlandi. Berluskoni kompaniyasining ko'pchilik xodimlari vazir bo'ldilar. Parlamentda janjal kuchaydi. Deputatlar Berluskoni hukumatiga ishonchsizlik bildirdilar. Bular demokratik kuchlarning eski rejim ustidan qozongan katta g'alabasi edi. 1995 yildagi saylovlardan keyin Italiyada yangi hukumat, ikkinchi jahon urushidan keyingi ellik beshinchi hukumat tashkil topdi. U avvalgi barcha hukumatlardan farq qilardi. Vazirlar Mahkamasining 21 a'zosidan 9 tasi sobiq kommunistlar edi. Hukumat boshlig'i Romano Prodi mamlakatni boshqarishga kommunistlarni taklif qildi. Kommunistlar o'zlarining halolligi, sotilmasligi bilan xalq ichida katta obro'ga ega edilar. YAngi hukumat oldida ikkita katta muammoni hal qilish turardi. Bular juda katta byudjet kamomadi bo'lib, u 1995 yilda ?.? mlrd. dollarga yetdi. Ikkinchi katta muammo mamlakat shimolidagi separatchilik muammosi edi. Uning markazi 250 ming aholi yashaydigan Treviso shahri bo'lib, u Italiyaning eng rivojlangan va boy hududi hisoblanadi. Bu yerda 56 ming kichik firmalar, shuningdek yiliga 40 mln. jemper eksport qiluvchi ulkan Benetton kompaniyasi kabi kompaniyalar, kondisionerlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik Lonji kompaniyasi va boshqalar joylashgan. Bu firmalarning hammasi eng yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqadilar va mahsulotning barchasi eksportga ketadi. Treviso shahri 1995 yilda o'z tovarlarini eksport qilishdan 8 mlrd. dollar oldi. Bu summa butun Gresiya va butun Janubiy Italiya olgan summa miqdoriga tengdir. Italiyadagi siyosiy kurash tobora o'tkirlashib, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning yangidan yangi sohalarini qamrab olmoqda. ADABIYOTLAR: Asosiy : 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'k. T.1999. 2. Istoriya noveshsego vremeni stran Yevrop1 i Ameriki (1945 - 1990). Pod.red.prof.Ye.F.YAzkova. M. 1993. 3. Xidoyatov G.A.,Gulamov X.G. Vsemirnaya istoriya. Noveyodiy period.Yevropa i SSHA posle vtoroy mirovoy voynn. (1945-1995).T. 1999. 4. Abdurazzokova M.A. XX asr ikkinchi yarmi jaxon tarixi. T. 200. Ko'shimcha : 5. Istoriya Italii v 3-x tomax. M. Nauka. 1970-1971. 6. Istoriya diplomatii v 5-ti tomax. M.Nauka. 1959-1960. 7. Vasilev A.S. Istoriya Vostoka. T. 2. M. 1996. 8. Noveygsaya istoriya stran zarubejnoy Azii i Afriki.M. 1988. 9. Nuriddinov Z.R. Garb mamlakatlarining eng yangi tarixi.T.2. T. 1976. ITALIYA DAVLATI HAQIDA MA'LUMOT. Rasmiy nomi – Italiya Respublikasi Poytaxti – Rim Hududi - 3 011 230 kvadrat km. Aholisi – 57 800 000 (2001 y) Davlat tili – italyan Dini – aholining asosiy qismi (protestantlar?), qolganlari musulmonlar, yahudiylar. Pul birligi – yevro Davlat tuzilishi va boshqaruv shakli – respublika Download 205.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling