Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua
Download 205.08 Kb.
|
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- FRANSIYA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN. R Ye J A: 2 soat. 1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda. SHarl.de Goll va gollizm.
AQSH DAVLATI HAQIDA MA'LUMOT.
Rasmiy nomi – Amerika Qo'shma SHtatlari Poytaxti – Vashington Hududi - 9 363 200 kvadrat km. Aholisi – 284 500 000 (2001 y) Davlat tili – ingliz Dini – protestantlar (53 %), katoliklar (26 %), yahudiylar (2 %) va b. Pul birligi – AQSH dollari Davlat tuzilishi va boshqaruv shakli – respublika FRANSIYA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN. R Ye J A: 2 soat. 1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda. SHarl.de Goll va gollizm. 2. Fransiya Muvaqqat rejim va To'rtinchi respublika davrida. 3. Fransiyada Beshinchi respublika. 1. Fransiyaning ikkinchi jahon urushidan keyingi tarixi 3 davrga ajraladi: 1) Muvaqqat rejim (1944-1946). 2) To'rtinchi respublika (1946-1958). 3) Beshinchi respublika (1958-yildan keyingi davr). Fransiya 2-jahon urushidan keyin juda og'ir iqtisodiy ahvolda edi. 100 mingdan ortiq kichik savdo va sanoat korxonalari bankrot bo'ldi. Urushdan oldingi davrga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish 50 %ga, ko'mir qazib olish 80 %ga, sanoat mahsuloti 20 %ga teng bo'ldi. 2 milliondan ortiq turur joy binolari va boshqa binolar vayron bo'ldi. Transportning ahvoli halokatli darajada bo'lib, 17 ming parovozdan atigi 3 mingtasi yaroqli holda qoldi, 1 mingdan ortiq ko'prik buzildi. Oziq-ovqat, keng iste'mol tovarlari, xom ashyo yetishmasdi. Ish haqi rasman 2 baravar oshgan bo'lsa ham, milliy valyuta frankning qiymati 80 %ga tushib ketganligi sababli aholining xarid quvvati 2,5 baravar pasaygan, katta shaharlarda ochlik hukm surardi. Fransiyaning chet ellardagi sarmoyasi 50 %ga kamaygan edi. Fransiya yana Angliya va AQSHdan qarz olishga majbur bo'ldi. Urush Fransiyaga 300 mlrd. frank moddiy zarar yetkazdi. Mamlakatning 80 departamenti urushdan turli darajada zarar ko'rdi. 1400 ming gektar yer ekilmasdan qolib ketdi. Mamlakat moliya tizimi izdan chiqdi, 1945 yilga kelib byudjet kamomadi deyarli 200 mlrd. frankga teng bo'ldi. Fransiya mustamlakalarida milliy-ozodlik kurashi kuchaydi. Fransiya 2-jahon urushidan keyin boshqa kapitalistik davlatlardan orqada qola boshladi. Urush va okkupasiyaning asosiy og'irliklari mehnatkash omma zimmasiga tushdi. Ularning turmush darajasi keskin yomonlashdi. Ishsizlar soni 600 ming kishidan oshib ketdi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini majburiy ravishda topshirish fransuz dehqonlarining ko'pchiligini xonavayron bo'lishiga olib keldi. SHu bilan birga yirik burjuaziya va yirik yer egalarining bir qismi nemislar buyurtmalarini bajarishdan, boshqa qismi esa inglizlar va amerikaliklar bilan hamkorlik qilish natijasida katta boyliklarni qo'lga kiritdilar. 1944 yil kuzida Fransiya fashistlar zulmidan ozod qilingandan to 1946 yil kuzida To'rtinchi respublika konstitusiyasi qabul qilingungacha o'tgan davrda Fransiyada Muvaqqat rejim nomli siyosiy tuzum o'rnatilgan edi. Mamlakat tarixida uncha uzoq cho'zilmagan bu davr juda muxim davr xisoblanadi, bu davrda demokratik va antifashistik kuchlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. 1940 yil iyunda Fransiya mag'lubiyatga uchrab, mamlakat janubida Vishining fashistparast rejimi (xukumati) o'rnatilgach, mamlakatda fashist bosqinchilariga qarshi ommaviy qarshilik xarakati avj oldi. Fransiya respublikasi mudofaa vazirining sobiq o'rinbosari general SHarl de Goll Londonda “Kurashayotgan Fransiya” nomli tashkilot tuzulganligini e'lon qildi, keyinchalik bu tashkilot “Ozod Fransiya” nomini oldi. Fransiyaning o'zida esa Fransiya Komunistik Partiyasi boshqa jamoatchilik va siyosiy vatanparvarlik tashkilotlari bilan birgalikda Milliy frontga birlashib, fashistlarga qarshi qurolli kurashni avj oldirdi. 1943 yil may oyida qarshilik xarakatining barcha oqimlari birlashib, Qarshilik Milliy kengashini (QMK) tuzdilar, general de Gollning vakili Jan Mulen uning raxbari qilib saylandi. 1943 yil 3 iyunda Jazoirda Fransiya Milliy -ozodlik qo'mitasi (FMOQ) tashkil topdi, u amalda muxojirlikdagi Fransiya muvaqqat xukumati bo'lib qoldi. 1943 yil avgustda bu hukumatni AQSH, SSSR va Angliya tan oldi. 1944 yil 6 iyunda, Normandiyaga desant tushuriladigan kuni general de Goll butun Fransiyani qurolli qo'zg'olon ko'tarishga chaqirdi. Bu vaqtga kelib Qarshilik jangchilarining umumiy soni 500 ming kishiga yetgan edi. Milliy qo'zg'olon Fransiya hududining yarmidan ko'prog'ini qamrab oldi. Kommunistlar tashabbusi bilan ommaviy xalq lashkari –vatanparvarlar milisiyasi tashkil etildi. Ular ittifoqchi qo'shinlar yo'lini tozaladilar. 1944 yil 18 avgustda Parijda ommaviy qo'zg'olon boshlandi. Qattiq janglardan keyin 1944 yil 24 avgustda Parijning asosiy qismi ozod qilindi. SHu kuni kech qurun general de Goll qo'shinlarining oldingi qismlari poytaxtga kirib keldi. 25 avgustda nemis garnizoni rasmiy ravishda taslim bo'ldi. Parij qurolli qo'zg'oloni g'alaba qozondi. Hokimyat general de Goll boshliq Fransiya Muvaqqat hukumat qo'liga o'tdi. 1944 yil noyabr-dekabrida Fransiya xududi fashistlardan batamom ozod qilindi. Fransiya qurolli kuchlari Germaniyaga qarshi yakunlovchi harbiy harakatlarda ishtirok etdilar. Fransiya vakillari AQSH,SSSR va Angliya vakillari bilan birgalikda Germaniya va YAponiyaning taslim bo'lganliklari to'g'risidagi aktga imzo chekdilar. Fransiyaga Germaniyada mustaqil okkupasiya zonasi ajratib berildi. Unga BMTning ta'sischi a'zosi va Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi maqomi berildi. O'sha vaqtda bunga hech qanday asosi bo'lmagan holda Fransiya buyuk davlatlar qatoriga qaytarildi. Bu bilan AQSH, SSSR va Angliya vakillari siyosiy donishmandlik va Fransiyaning buyuk tarixiy roliga chuqur xurmat izhor qildilar va uning urushdan keyingi adolatli va demokratik dunyo qurashdagi katta imkoniyatlariga ishonch bildirdilar. Fransiyaning siyosiy xayotida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Fransiyaning milliy manfaatlariga xoinlik qilib, fashistlar bilan hamkorlik qilgan va o'zini badnom etgan eski burjua siyosiy partiyalari siyosiy sahnadan tushib ketdilar. Fashistlarga qarshi fidokorona kurash olib borgan so'l antifashistik siyosiy tashkilotlar birinchilar qatoriga chiqib oldilar. Ayniqsa Kommunistik partiya katta obro'-e'tiborga ega bo'ldi. Uni “otib tashlaganlar partiyasi” deb atardilar. Urush davrida bu partiyaning 75 ming a'zosi, jumladan markaziy qo'mitaning deyarli barcha a'zosi, partiyaning eng yirik rahbarlari xalok bo'ldi. Kommunistik partiya fransuz Qarshiligining xaqiqiy rahbari edi va partizanlar otryadlariga kommunistlar rahbarlik qilishardi. 1945 yilga kelib FKP mamlakatdagi eng yirik siyosiy partiya bo'lib, uning saflarida 900 ming a'zo bor edi. [В ответ на УрДУ Атаева Дилфуза УрДУ] Qarshilik harakatida ishtirok qilishi va ishchilar bilan aolqa o'rnatishi Fransiya sosialistik partiyasi (SFIO) mavqeini ham mustahkamladi. 1946 yilga kelib bu partiya a'zolarining soni 350 mingga yetdi. Sosialistik partiya 1946 yilda e'lon qilgan “Tamoyillar Deklarasiyasi ”da o'zini inqilob va sinfiy kurash partiyasi deb e'lon qildi. Kasaba uyushmasi harakatida ham kommunistlar ta'siri kuchaydi. Urush yillarida 5,5 mln. dan ortiq mehnatkashlarni birlashtirgan Umummehnat konfederasiyasi tashkil topdi. UMKning bosh kotibi kommunist Benua Frashon edi. Burjuaziya siyosiy lagerida ham kuchlarni qaytadan tashkil etish amalga oshirildi. Millatga xoinlik qilgan eski burjua partiyalari tarqalib ketdi yoki tarqatib yuborildi. Ularning o'rniga yangi partiyalar keldi, ularning ichida eng yirigi 1944 yil noyabrda tashkil topgan xristian –demokratik tusdagi Xalq- respublika harakati (MRP) edi. Uning asoschilari yirik katolik arboblari va Qarshilik qatnashchilari: Qarshilik Milliy Kengashining sobiq raisi Jorj Bido (1899-1976) va “Ozod Fransiya” radiosining bosh direktori Moris SHuman (1886-1963) edi. Bu partiya sanoatni qisman milliylashtirish va iqtisodiyotga rahbarlikni davlatga berish orqali “qonun yo'li bilan inqilob”ni amalga oshirishga va'da berdi. Bu partiya ishchilarni ishlab chiqarishni boshqarishda “ishtirok etishi”ni ko'zda tutuvchi tizim yaratish maqsadida sinfiy hamkorlik ruhidagi “korxonalar islohoti”ni e'lon qildi. Xalq-respublika harakati partiyasi yirik sarmoya egalari va katolik cherkov bilan qalin aloqa o'rnatgan bo'lib, o'z saflarida 500 ming mehnatkashni birlashtirgan xristian kasaba uyushmalari konfederasiyasi bilan hamkorlik qilardi. Bu esa unga o'zining ijtimoiy bazasini kengaytirish va mehnatkashlar partiyasi sifatida ish olib borish imkoniyatini berardi. MRPning tashqi siyosatdagi roli Qarshilik harakatining ko'pchilik burjua partiyalari va burjua-vatanparvar guruhlariniki kabi bo'lib, G'arbiy Yevropa davlatlarini bir davlatga birlashish konsepsiyasiga asoslanardi. MRP milliy suverenitetdan voz kechishni va Amerika Qo'shma SHtatlari namunasidagi “Yevropa Qo'shma SHtatlari”ni tuzishni taklif etdi. Xalq respublikachilar harakati (MRP)ning tashkil topishi butun G'arbiy Yevropada mamlakatlarida bo'lgani kabi Fransiyada ham eski burjua partiyalarining inqirozga uchraganini bildirardi. MRP ijtimoiy islohotlar dasturini ilgari surgan va xalq ommasi bilan yaqin aloqada bo'lgan xristian partiyasi edi. Lekin urushdan keyingi Fransiyaning siyosiy hayotida ro'y bergan eng muhim voqealardan biri bu Fransiyada “kuchli shaxs”ning ya'ni Kurashayotgan Fransiya Qo'mitasining rahbari general SHarl de Goollning (1890-1970) paydo bo'lishi edi. Uning shaxsi, shaxsiy irodasi, siyosiy qarashlari va xarakteri mamlakatning urushdan keyingi tarixida va Fransiyaning buyuk davlat maqomini qayta tiklanishida hal qiluvchi rol o'ynadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi jahon tarixida hech bir shaxs o'z mamlakatining tarixiy taraqqiyotining borishiga de Goll kabi ta'sir o'tkaza olmadi. De Golll va gollizm. SHarlb de Goll 1890 yilda Lillda mashhur dvoryanlar oilasida tug'ildi. Uning ajdodlari barcha fransuz qirollari davrida davlatning eng yuqori lavozimlarida taxtga sadoqat va vatanparvarlik ruhida xizmat qilganlar. Oilada katolik dini an'analari va ahloqiy me'yorlarga juda qattiq rioya qilingan. Gollar oilasi Fransiyaning o'tmishdagi buyukligini tiklashni orzu qilgan. SHarl de Gollga tabiat tomonidan berilgan iqtidorga oilada katta e'tibor berilgan. U yoshligidan madaniyat va adabiyotga juda qiziqqan va u Fransiyaning eng ma'lumotli va madaniyatli shaxslaridan biri bo'lib yetishdi. SHarl kuchli xotiraga, tarix bo'yicha katta bilimga va juda kuchli o'qish, mutoola qilish ehtiyojiga ega edi. U hatto Fransiya prezidenti bo'lib turgan vaqtida ham kuniga yuz varaqlab siyosiy va badiiy adabiyotlarni o'qib chiqardi. SH. de Goll an'anaviy mumtoz adabiyot borasida katta bilim olib, mohir katolik missioner-voizi yoki mashhur adabiyotshunos bo'lishi mumkin edi. U hatto she'riy pesa yozib, milliy adabiyot konkursida birinchi mukofotni ham qo'lga kiritgan edi. Lekin u o'z hayotini harbiy xizmat bilan bog'ladi va bu yo'l uni keyinchalik siyosiy arbob darajasiga ko'tardi. U 1910 yilda harbiy bilim yurtini bitkazib, o'z harbiy xizmatini boshladi. De Goll birinchi jahon urushidagi ishtiroki uchun Fransiyaning oliy ordeni – Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi. U harbiy, harbiy-tarixiy mavzularda bir qancha asarlar yozib, ularda ommaviy ravishda bronetank, aviasiya va harbiy-havo desanti qo'shinlaridan foydalangan holda urush olib borishning yangi uslublarini asoslab berdi. De Goll 1940 yil iyunda, Fransiya taslim bo'lgan kuni Bi-Bi-Si radiosi orqali Fransiya askarlariga murojaat qilib, Fransiya jangda yengilgani bilan hali urushda yengilmaganligini e'lon qilib, askarlarni kurashni davom ettirishga chaqirdi. SHu kundan boshlab SHarl de Gollning harbiy zobit sifatidagi faoliyati tugab, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati boshlandi. SH. De Gollning “gollizm” deb nom olgan siyosiy konsepsiyasining asosiy maqsadi Fransiyani buyuk davlat sifatida qayta tiklashga qaratilgan bo'lib, u xalqaro munosabatlarda kata rol o'ynadi. Gollizmning mohiyatini 4 so'z bilan ifodalash mumkin edi, bular: “millat”, “kuchli davlat”, “Fransiyaning buyukligi” va “ijtimoiy islohotlar”. De Goll “ millat bir maqsad atrofida birlashsagina davlat qudratli bo'la oladi”,- deydi. Fransiyaning buyukligi g'oyasi ana shunday maqsad edi. U respublikachilik-demokratiya an'analaridan voz kechmadi, lekin umumxalq tomonidan saylanadigan davlat boshlig'i, prezidentning hokimyatini kuchaytirishni va unga katta vakolatlar berilishini yoqlab chiqdi. Mamlakat hayotining eng muhim masalalari bo'yicha esa referendum o'tkazilishini yoqladi. SH.de Gollning Fransiya tarixidagi ahamiyati shundan iborat bo'ldiki, u mamlakat hukmron doiralarida hukm surib kelgan an'anaviy ishonch-e'tiqoddan yuqori ko'ratila oldi va sinflarga ajralmagan ”millat” tuzishga harakat qildi. U jamiyatdagi ijtimoiy sinflarni emas, balki millatni tarixiy taraqqiyotning asosiy kuchi deb hisoblardi. Uning fikricha, sinfiy manfaatlar umummilliy manfaatlarga bo'ysunishi, davlat va davlat boshlig'i bu manfaatlarning ifodachisi bo'lib chiqishi kerak. SH.de Goll shu munosabat bilan jamiyatdagi ijtimoiy qutblanishdagi tafovutlarni tenglashtiruvchi va hamma uchun teng imkoniyatlarni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy islohotlar o'tkazish tarafdori bo'lib chiqdi. Sanoatni qisman milliylashtirish, iqtisodiyot ustidan davlat nazoratini o'rnatish, ijtimoiy sug'urta tizimini yaxshilash va mehnat sharoitlarini yaxshilash kabilarni u ana shunday islohotlar qatoriga kiritgan edi. SH.de Goll bu bilan ijtimoiy islohotlar va davlatning iqtisodiyotga aralashishiga dushman bo'lgan konservatorlar va burjua doiralari bilan munosabatlarni uzdi. Gollizmning vujudga kelishi urush davomida Fransiya burjuaziyasi ichida katta o'zgarishlar ro'y berganligini, an'anaviy konservativ qarashlardan burjua islohotchiligi g'oyalari tomonga burilish bo'lganligini ko'rsatdi. SHarl de Goll tashqi siyosatda Yevropani Fransiya rahbarligida yagona iqtisodiy va siyosiy ittifoqqa birlashtirish tarafdori edi. Xalq-respublikachilar harakati (MRP) de Goll siyosiy g'oyalarining asosiy tarafdori va targ'ibotchisi edi. Bu harakatning barcha yetakchilari de Gollning ikkinchi jahon urushi davridagi safdoshlari edilar. Download 205.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling