Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua
Download 205.08 Kb.
|
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANGLIYA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN YILLARDA R Ye J A: 2 soat. 1. Angliya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda.
FRANSIYA DAVLATI HAQIDA MA'LUMOT.
Rasmiy nomi – Fransiya Respublikasi Poytaxti – Parij Hududi - 551 000 kvadrat km. Aholisi – 59 200 000 (2001 y) Davlat tili – fransuz Dini – katolik (90 %) Pul birligi - yevro Davlat tuzilishi va boshqaruv shakli – respublika ANGLIYA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN YILLARDA R Ye J A: 2 soat. 1. Angliya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda. 2. Angliyada konservatorlar hukumatining 1951-1964 yillardagi faoliyati. 3. Angliyaning 60-yillar 2-yarmi – 70-yillardagi taraqqiyoti 3. M.Tetcher va “tetcherizm”. 1). Angliyada ikkinchi jahon urushida halok bo'lganlar soni 370 ming kishini tashkil etdi (bu birinchi jahon urushi davridagidan qariyib 3 marta kam edi). Uning hududi urushda Yevropa mamlakatlariga nisbatan kam darajada vayron qilingan edi. Urush yillarida ishlab chiqarishning pasayishi 10 % ga teng bo'ldi. SHu bilan birga mamlakatning tashqi qarzi 7 marta o'sib, 21 mlrd. f.sterlingga yetdi. Angliya o'z savdo flotining ancha qismidan mahrum bo'ldi, urush davrida halok bo'lgan fuqaro aholining uchdan bir qismini baliqchilar va savdo floti dengizchilari tashkil qilardi. Mamlakatning urushdan ko'rgan zarari 25 mlrd. funt sterlingdan oshib ketdi. U o'zining tashqi moliya bozorlarining ancha qismidan ajraldi. Angliya urushdan keyin qarz beruvchi davlatdan qarz oluvchi davlatga aylandi. Angliya o'z dominionlaraidan 3,5 mlrd. f.sterling va AQSHdan 10 mlar f.sterling qarzdor bo'lib qoldi. Urush davrida konservatorlar partiyasi boshqargan koalisiya hukumati tarkibiga leyboristlar va liberal partiya vakillari kirgan edi. Urush tugashi bilanoq bu partiya tarqalib ketdi va 1945 yil iyulidagi parlament saylovlarida konservatorlar bilan leyboristlar o'rtasida hokimyat uchun kurash yana boshlandi. 1945 yil iyulda bo'lib o'tgan saylovlarda saylovchilar konservatorlar partiyasidan va 2-jahon urushining qahramonlaridan biri bo'lgan Uinston CHerchilldan yuz o'girdilar va leyboristlar partiyasi uchun ovoz berdilar. Aslida inglizlar urush davrining rahbaridan emas, 1931 yildan beri hokimyat tepasida turgan, ichki va tashqi siyosat sohasida mamlakatni halokat yoqasiga olib kelgan konservatorlar partiyasining konservativ siyosatidan yuz o'girgan edilar. Konservatorlar partiyasi saylovoldi kampaniyasida aniq belgilangan harakat dasturiga ega bo'lmay, partiyaning Germaniya ustidan qozonilgan g'alabaning tashkilotchisi ekanligiga va Angliyaning buyukligini saqlab qolishga asosiy e'tiborni qaratgan edi. Leyboristlar partiyasi esa o'zining asosiy vazifasi Angliyada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi rolini kuchaytirgan holda ”farovonlik davlati” ijtimoiy tizimini barpo qilish ekanligini e'lon qilgan edi. Saylovlarda leyboristlar partiyasi umum palatada mutlaq ko'pchilik o'rin – 393 o'ringa ega bo'ldilar, konservatorlar 189 o'ringa ega bo'ldilar. Leyboristlar partiyasi rahbari Klement Ettli (1883-1967) Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri qilib saylandi (1945-1951 yy). Leyboristlarning hokimyatga kelishi davlat siyosatining barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirilishiga olib keldi. Ettli partiyaning yaxlitligini saqlab qola oldi. Hukumat iste'dodli tashkilotchilar va boshqaruvchilardan tuzilgan edi. Bosh vazirning o'zi esa o'zining vazifasi ularni boshqarib turish emas, balki ular faoliyatini uyg'unlashtirib turishdan iborat deb bilardi. Ettli hukumati iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda bir qator radikal islohotlarni amalga oshirib, o'zlari saylov oldi davrida xalqqa va'da qilgan “farovonlik davlati”ni qurish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni vujudga keltirdilar. Ko'mir sanoati, energetika, transport, fuqaro aviasiyasi, Angliya banki va po'lat eritish sanoati milliylashtirildi. Hukumat aholini arzon uy-joy bilan ta'minlash uchun uy-joy qurulishi dasturini amalga oshirishga kirishdi. 1948 yil oxiriga borib 852 mingta bir xonali uylar qurildi. Mamlakatda ijtimoiy ta'minot tizimini yaratish yakuniga yetkazildi va aholiga bepul medisina xizmati ko'rsatish joriy qilindi. Ishsizlik va kasallik bo'yicha, mehnat qobilyatini yo'qotganda, bola tug'ilganda va uni tarbiyalashga davlat nafaqasi, qariyalar, bevalar, bolalikdan nogironlarga pensiya beriladigan bo'ldi. 23 milliondan ko'proq kishi ijtimoiy sug'urtalash tizimi bilan qamrab olingan edi. Hukumat parlamentning Britaniya vorisiy perlari ko'pchilikni tashkil qiluvchi lordlar palatasining vakolatlarini cheklashga erishdi. Endilikda lordlar palatasi umum palata tomonidan qabul qilingan qonunni rad etish huquqidan mahrum qilindi, u bu qonunni kuchga kirishini 1 yilga kechiktirishi mumkin edi. Milliylashtirilgan korxonalarning ko'plari zarar bilan ishlardi. Davlat tasarrufiga o'tgan barcha korxonalarning egalari hukumatdan ko'tarma haq olishdi. Bu haq miqdori korxona qiymatidan ancha yuqori bo'lardi. Sobiq mulkdorlar davlatdan 2,5 mlrd. f.sterling miqdorda obligasiya va boshqa qimmatbaho qog'ozlarni olishdi, bu esa ular uchun yiliga 80 mln. f. Sterling miqdorida daromad olish imkonini berardi. Leyboristlar hukumati davlatning iqtisodiyotni tartibga solib turadigan sohasini kengaytiruvchi qator tadbirlarni amalga oshirdi. Bu esa ishlab chiqarish va sarmoyaning markazlashuviga imkon berdi. Hukumat 50-yillar boshlarida korporasiyalarga harbiy buyurtmalar berib turdi, taraqqiyot va ilmiy tadqiqotlarga oid dasturlarni mablag' bilan ta'minladi, import, eksport va chetga sarmoya chiqarish sohalarini boshqarib turishga harakat qildi. 1947-yilda iqtisodiy rejalashtirish maslahat kengashi tuzildi, parlament sanoat ustidan nazorat o'rnatish to'g'risida qonun qabul qildi, bu bilan ish kuchi bozorini tartibga solishda hukumatga keng huquq berildi. SHu tariqa urush davridan tinchlik davriga o'tishda Angliyada iqtisodiyotning davlat sektori kuchayib, xususiy-kapitalistik xo'jalikni davlat tomonidan tartibga solish darajasi oshdi. Turli davrlarda Angliya sanoatining 20-25 % i davlat sektoriga tegishli bo'lgan. Bunday katta ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish katta mablag'larni talab qilardi. Natijada 40-yillarning ikkinchi yarmida mamlakatda moliyaviy-iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bu esa 1948 yilda islohotlarni to'xtab qolishiga olib keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Angliyaning iqtisodiy ahvoli og'ir edi. Bundan tashqari harbiy xarajatlar uning moliyasini yemirib borayotgan edi. AQSH Angliyani o'zining Yevropadagi ittifoqchisidan o'ziga tobe davlatga aylantirish va uni mustamlakalaridan siqib chiqarish uchun uning iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi. 1945 yil avgustida AQSH hech kutilmagan holda Angliyaga lend-liz bo'yicha mahsulot yetkazib berishni to'xtatishini e'lon qildi. Endi Angliya AQSHdan olayotgan barcha tovarlari uchun naqd pul to'lashi kerak edi, lekin unda mablag' yo'q edi. Angliya moliyasi busiz ham halokat yoqasiga kelib qolgan edi. AQSH o'zining sobiq ittifoqchisini batamom halokatga uchrashidan saqlab qolish uchun 1945 yil dekabrda unga kata miqdorda zayom berdi. Angliya buning evaziga AQSH tovarlaridan olinadigan bojlarni kamaytirishi kerak edi. AQSH korporasiyalari Angliyaning ulkan mustamlakalari va dominionlari bozorlariga kirib kela boshladilar. Bu Britaniya mustamlakachilik imperiyasi halokatining boshlanishi edi. Tez orada Angliyaning xalqaro mavqesiga bir qator qattiq zarbalar berildi. Gresiya va Turkiya mudofaasiga nisbatan 1947 yilda e'lon qilingan Trumen doktrinasi Angliyaning bu mamlakatlar mudofaasi kafili bo'la olmasligini va o'z o'rnini AQSHga bo'shatib berishga majburligini ko'rsatdi. Angliya o'zining Bolqondagi va SHarqiy O'rtaer dengizidagi mavqeidan mahrum bo'ldi. SHu yili Angliya Hindistonga mustaqillik berishga va u yerdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Bu davrda iqtisodiyot ham tanazzulga uchradi. Eksportdan kelgan mablag'lar import tovarlari to'lovini qoplay olmasda va funt sterlingni devalvasiya qilishga to'g'ri keldi. Bir vaqtlar eng mustahkam hisoblangan funt sterling endilikda dollarga moslashishi kerak edi. 1949-yilga kelib uning kursi 4 dollardan 2,8 dollarga tushib qoldi. Leyboristlar hukumati AQSHdan yangi kreditlar so'rashga tayyorlana boshladi. “Marshal rejasi”ning paydo bo'lishi Angliyaga YAngi kreditlar olish imkonini berdi. Angliya Yevropa mamlakatlarida “Marshal rejasi”ni amalga oshirish uchun o'z faoliyatini kuchaytirdi. Angliya o'zining AQSH bilan “alohida munosabatlari” borligini pesh qilib, AQSH bilan Yevropa o'rtasida vositachi bo'lishga harakat qildi. Angliya 1948-1059-yillar davomida “Marshal rejasi” bo'yicha 2,3 mlrd dollar oldi. Lekin bu mablag'lar mamlakatning iqtisodiy ahvolini yaxshilamadi. SHu bilan birga Angliyaning AQSHga qaramligi kuchaydi, AQSH sarmoyasining Angliya mustamlakalariga kirib kelishi uchun keng yo'l ochildi, AQSH konsernlari bilan raqobat olib borayotgan Angliya iqtisodiyoti tarmoqlariga zarar yetkazdi, Angliyaning SHarqiy Yevropa va SSSR bilan bo'lgan iqtisodiy aloqalariga ham zarar yetkazdi. Bundan tashqari “Marshal rejasi” Angliya iqtisodiyotini militarlashtirishni kuchaytirib, chuqur moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi. “Marshal rejasi” amalga oshirila boshlagach, 1949-yilga kelib Angliya moliyaviy bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. Moliyaviy inqiroz mamlakatning oltin dollar zahiralarining kamayib ketishiga olib keldi. AQSH bilan o'zining «alohida munosabatlari” borligiga umid qilgan leyboristlar hukumatining iqtisodiy siyosati inqirozga uchradi. Qachonlardir dengizlarda va Yevropa qit'asida hukmronlik qilgan Buyuk Britaniya tanazzulga yuz tutdi va bu jarayon deyarli o'ttiz yilga cho'zildi. Download 205.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling