Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua


Download 205.08 Kb.
bet13/14
Sana15.03.2023
Hajmi205.08 Kb.
#1270665
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022

4. M.TETCHER VA “TETCHERIZM”.
Margaret Xilda Tetcher (qizlik familyasi Roberts) 1925 yil oktabrda Linkolnshir grafligining Grantem shaharchasida baqqol oilasida tug'ilgan. Uydagi muhit – puritanlarsha xos urf-odatlarga qat'iy rioya qilish, otasining talabchanligi, oldinga qo'yilgan maqsadga intilsh Margaret xarakterining shakllanishida kata rol o'ynagan. Margaret Oksford universitetida organik kimyo va yurisprudensiyadan tahsil olgan. 1956-yilda tadbirkor Denis Tetcher bilan turmush qurib, egizak o'g'il va qiz ko'rishgan. Konservatorlar partiyasiga a'zo bo'ladi. 1959 yilda parlamentga сайланди, 1970-1974 yillarda maorif va fan vaziri, 1975 yildan konservatorlar partiyasining rahbari bo'lgan.
Margaret Tetcher o'zini qat'iy xarakter va ishonchga, aniq harakat dasturiga ega davlat arbobi sifatida namoyon etdi. Inglizlar uni temir xonim deb atadilar. U Angliyada va dunyoda katta obro'-e'tiborga ega bo'ldi, konservatorlar partiyasi uning rahbarligida 1983 va 1987 yillardagi saylovlarda g'alaba qozondi. Tetcherning o'zi qatorasiga 11 yil davomida Angliyani boshqardi. Tarixchilar bu 11 yilni “Tetcher davri” deb ataydilar, uning dasturi esa “tetcherizm” deb ataldi.
M.Tetcherning dasturi Angliya hukmron doiralarining mamlakatni dunyoning yetakchi davlati sifatida qayta tiklanishga bo'lgan intilishlarini aks ettirardi. Dasturning mohiyatini esa Britaniyada va butun kapitalistik dunyoda tez rivojlanib borayotgan neokonservatizm g'oyalari tashkil etardi. Ichki siyosatda “tetcherizm”ning asoslarini xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlik ruhi va tadbirkorlik demokratiyasini rivojlantirish tashkil etardi. Davlatning iqtisodiyotga aralashishi juda cheklangan bo'lishi kerak. Mehnatga layoqatli barcha fuqarolar o'zlarini-o'zlari ta'minlashlari kerak bo'lib, davlat ijtimoiy dasturlardan voz kechishi yoki ularni eng kam miqdorga tushirishi kerak edi.
Davlat byudjeti kamomadsiz bo'lishi kerak bo'lib, buning uchun soliqlarni ko'paytirish, xarajatlarni qisqartirish va tejash rejimiga qattiq rioya qilish zarur edi. Ish tashlash huquqini cheklash ko'zda tutildi.
Tetcher dasturi bo'yicha Angliya kuchli armiya va flotga ega bo'lishi, yadro qurollarini takomillashtirib borishi zarur edi. Tetcher tashqi siyosatda AQSH bilan “alohida” ittifoqchilik munosabatlarini va NATO bo'yicha majburiyatlarga rioya qilishni muhim vazifa deb bilardi.
M.Tetcherga tashqi siyosat sohasida kata shov-shuvga ega bo'lgan g'alaba kerak edi va u shunday g'alabaga erishdi. 1982 yil 2 aprelda Argentina qo'shinlari Angliyaning Janubiy Atlantikada joylashgan Folklend orollariga qo'shin tushirib, okkupasiya qildi. Folklend orollari Angliyadan 8 ming km. (12 ming km.) uzoqlikda joylashgan bo'lib, iqtisodiy, siyosiy va strategik jihatdan Angliya uchun hech qanday ahamiyatga ega emas edi. Lekin Angliya o'zining qo'ldan boy berilgan dunyo dengiz davlati shuhratini qaytarib olish uchun Argentinaga kuchni pesh qilish siyosatidan saboq berib qo'yishga qaror qildi.
Angliya tomoni orollarga 78 harbiy kema, 22 ming askar yubordi. Bu yerda 11 hafta davom etgan ziddiyat davrida M.Tetcherning o'zi harbiy operasiyaning siyosiy, moddiy va diplomatik jihatdan ta'minlashga shaxsan rahbarlik qildi va “temir xonim” nomini yana bir bor oqladi. Urushning kam qurbonlar bilan (mingga yaqin askar yo'qotdi) tez va muvaffaqiyatli tugashi torilar partiyasining va shaxsan M.Tetcherning reytingini oshirib yubordi. Qulay imkoniyatdan foydalangan M.Tetcher 1983 yilda navbatdan tashqari parlament saylovlarini o'tkazdi va yana g'alabaga erishdi.
M.Tetcher ichki siyosatda ishsizlik uchun nafaqalarni kamaytirish va boshqa ijtimoiy dasturlarni qisqartirish yo'lidan bordi.
80-yillar o'rtalarida M.Tetcher hukumati davlat sektoriga tegishli bo'lgan korxonalarni xususiylashtirishning keng dasturini amalga oshirdi. Telekommunikasiya, po'lat eritish, gaz sanoati, elektroenergetika korxonalari, havo transporti, aviakosmik va neft sanoatining ko'pchiligi xususiy mulkga aylantirildi. Davlat sektoriga qarashli bo'lgan korxonalarning uchdan ikki qismiidan ko'prog'i xususiy mulkdorlarga yoki korxona jamoalariga o'tdi. Bir milliondan ortiq munisipial uy-joylar sotib yuborildi, natijada mamlakat aholisining 60 %dan ko'prog'i o'z shaxsiy uy-joyiga ega bo'ldi. Bu tadbirlar mamlakatda mulkdorlar sonining o'sishiga va konservatorlar partiyasi ijtimoiy bazasining kengayishiga olib keldi.
SHimoliy dengizda neft konlarining topilishi Angliyada neft sanoatining rivojlanishiga yordam berdi. 1980-yilga kelib Angliya o'zining neft va gazga bo'lgan ehtiyojini to'la qondirdi.1981-yilda neft qazib olish 60 mln. tonnaga yetdi va u jahon bozoriga chiqarila boshlandi. Hozirgi vaqtda Angliya har yili 105 mln. tonna neft qazib oladi, bu Eronda qazib olinayotgan neft miqdoriga tengdir.
“Tetcherizm” real natijalar keltira boshladi. 1982-1987-yillarda Angliya G'arbiy Yevropada eng yuqori iqtisodiy o'sishga erishdi. Ishsizlik va inflyasiya kamaydi (ishsizlik 1979-yilda 2,6 mln. dan 1987-yilda 1,9 mln.ga tushdi).
Lekin iqtisodiy yuksalish ijtimoiy o'zgarishlar bilan birgalikda bordi. Aholining mulkiy jihatdan qutblanishi kuchaydi. Bu davrda ilgari surilgan “Vositalar(mablag')ga qarab yashash” (“Jit po sredstvam”) shiori “bircha uchun farovonlik davlati” davrining asosiy g'oyasi bo'lgan barcha uchun kafolatlangan farovon hayot yaratish g'oyasidan voz kechilganligini anglatardi. O'tgan yillar davomida sezilarli darajada o'sib, o'zining iqtisodiy mavqeini mustahkamlagan “o'rta qatlam” yangi siyosatning tayanchi bo'ldi. Ishchilar uchun ancha qiyin kechgan xususiylashtirish dasturlari ayni vaqtda mayda mulkdorlarning keng qatlamini tashkil topishiga olib keldi. Buyuk Britaniya aksionerlar soni bo'yicha dunyoda AQSHdan keyin 2-o'ringa chiqdi, mamlakatdagi saylovchilarning 20 % dan ko'prog'i aksiya egalariga aylandi.
“Tetcher davri” uzoq davom etadigan va unga hech nima tahdid solmaydigandek ko'rinardi. Konservatorlarning rahbarlari Angliyaning ilgarigi iqtisodiy qudrati va obro'sini qayta tiklanishi haqida gapirardilar.
Lekin tarixiy taraqqiyot bu bashoratlarni rad etdi. M.Tetcher Angliyaning Yevropadagi gegemonligini qayta tiklashga intildi. U Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatida barcha asosiy masalalar bo'yicha mustaqil mavqeda turdi, bu tashkilotning yagona valyutasi bo'lgan EKYUga qarshi chiqdi. 1989-yilda Hamjamiyat rahbarlarining Strasburgdagi sammitida Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi ishchilar to'g'risidagi qonunlarni unifikasiya qilishga qaratilgan «Ishchilarning asosiy huquqlari Xartiyasi”ni qo'llab-quvvatlashni rad etdi.
80-yillarning oxiri – 90-yillarning boshlarida Angliyada iqtisodiy ahvol yomonlasha boshladi: byudjet kamomadi ko'paydi, ishsizlik o'sdi, inflyasiya kuchaydi. Ahvolni yaxshilash uchun 18 yoshdan katta barcha aholi uchun yangi jon solig'i joriy qilindi. Bu esa jamiyatda norozilikni kuchaytirdi.
Olsterdagi vaziyat keskinlashdi. Ijtimoiy o'sish sur'atlari pasaydi. “Tetcherizm davri” tugadi.
Konservatorlar partiyasi ichida ham norozilik kuchaydi. M.Tetcherni Yevropa integrasiyasiga to'g'anoq bo'lishda aybladilar. M.Tetcherning qattiqqo'l rahbarligi, ilgarigi dasturiy ko'rsatmalardan zarracha ham chekinmaslik, uning o'z nuqtai nazarini o'tkazishga urnishi, avtoritaristik boshqaruv tamoyillari partiya ichida norozilikni kuchaytirdi. Natijada M.Tetcher 1990 yil noyabrda iste'foga chiqdi va partiya rahbarligidan ketdi.
1990-yil noyabrda Jon Meyjor Bosh vazir bo'ldi. (1943 yilda tug'ilgan). Meyjor Tetcher siyosatini davom ettirdi. Uning davrida xususiylashtirish davom etdi.
Tashqi siyosatda Angliyaning Yevropa Hamjamiyati bilan integrasiya jarayoni tarafdorlari ko'paydi. AQSH bilan hamkorlik kuchaydi. Meyjor M.Tetcher davrida joriy qilingan jon solig'ini bekor qildi.
1992 yildagi saylovlarda J.Meyjor g'alaba qozonib, Bosh vazir bo'ldi, bu bilan konservatorlar partiyasi saylovlvrda qatorasiga to'rt marta g'alaba qozondilar.
1997 yildagi saylovlarda leyboristlar partiyasi g'alaba qozonib, Toni Bler boshchiligida hukumat tuzildi.

ANGLIYA DAVLATI HAQIDA QISQACHA MA'LUMOT


Rasmiy nomi – Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi


Poytaxti – London
Hududi – 244, 100 kv.km. (SHotlandiya orollari bilan birga)
Aholisi – 60 000 000 kishi (2001 y)
Davlat tili – ingliz
Dini –protestantlik (90 %)
Pul birligi – funt sterling
Davlat tuzilishi va boshqaruv shakli – konstitusion monarxiya



Download 205.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling