Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua


Download 205.08 Kb.
bet1/14
Sana15.03.2023
Hajmi205.08 Kb.
#1270665
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM
VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix” kafedrasi

Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi”
FANIDAN
O`QUV- USLUBIY MAJMUA

Ta’lim yo’nalishi: 5120300 – tarix



URGANCH-2021
Atayeva D., “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. Urganch, Urganch davlat universiteti, 2021 yil, _ b.
O’quv-uslubiy majmua “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanini o’qitadigan oliy o’quv yurtlari tarix mutaxassisligi bakalavriat yo’nalishidagi o’quv muassalarining professor-o’qituvchilari va talabalari uchun mo’ljallangan.


Taqrizchilar: t.f.n. dots. Navro`zov S.
t.f.n. dots. Jumaniyozova M.

O’quv-uslubiy majmua “Tarix” kafedrasining 2021 yil _____ majlisida muhokama qilingan.


Kafedra mudiri: DsC. U.Abdullayev

O’quv-uslubiy majmua Tarix fakulteti ilmiy kengashining 2021 yil ____ majlisida muhokama qilingan.


Ilmiy kengash raisi: t.f.n.dos O. Shixov
© Urganch davlat universiteti, 2021.
MUNDARIJA:

Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi fanining namunaviy dasturi ……….......................................................................................................


Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi fanining ishchi dasturi.............................................................................................................
Ma`ruzalar matni…………………………………………………………...….
Glossariy……………………………………………………………………….

MA’RUZA MATNI
1-Mavzu. Ikkinchi jahon urushidan keying yillarda Amerika va Yevropa davlatlari.
GFR II-jahon urushidan keyingi yillarda.
Р Е Ж А: 2 соат.
1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro munosabatlarning vujudga kelishi.
2.“Sovuq urush”. 1950 yillarda G‘arbiy Yevropada tuzilgan iqtisodiy birlashmalar va “Yevropa iqtisodiy hamkorligi” (Umumiy bozor).
3. 1950-1970 yillardagi ikki lager o‘rtasidagi qarama-qarshilik, qurollanish poygasi.
4. 1980-1990 yillarida xalqaro vaziyat va g‘arb mamlakatlari.

1. Ikkinchi jahon urushi natijasida kelib chiqqan iqtisodiy va siyosiy inqiroz Yevropa davlatlarining jahon xalqaro munosabatlardagi roli va ahamiyatining pasayishiga olib keldi. Bir vaqtlar dunyoning buyuk davlatlari sanalgan Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya davlatlari 50-yillar oxirlariga kelib ikki buyuk davlat soyasida qolib, to'la mustaqil bo'lmagan “oddiy” Yevropa davlatlariga aylandilar. “Marshall rejasi”, NATO va atom quroli AQSHni Yevropa iqtisodiyoti va siyosatini belgilashda uzoq davrlar mobaynida yetakchi rol o'ynashini belgilab berdi. Yevropa, xususan Germaniya SSSR bilan AQSH o'rtasida uzoq davom etadigan qarama-qarshilik sahnasiga aylandi va Yevropa davlatlarining taqdiri bu ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar ahvoliga bog'liq bo'lib qoldi.


SHuning uchun ham Yevropa davlatlari rahbarlari o'zaro nizolarni chetga surib, birgalikda integrasiya jarayonini amalga oshirishga harakat qila boshladilar. O'nta Yevropa davlati 1949 yilda tashqi ishlar vazirlari darajasida Yevropa Sovetini va a'zo davlatlar parlamentlari tomonidan tuziladigan konsultativ assambleyani tashkil etdilar. Ba'zi davlatlarning rahbarlari vaqti kelib Yevropa Soveti umumevropa parlamentiga aylanishiga ishonardilar, lekin hech bir davlat o'z suverenitetini yo'qotishni istamasdi.
Yevropa qit'asidagi asosiy muammo Germaniya masalasi edi. Koreya urushi boshlanib ketgach AQSH Germaniya qurolli kuchlarini qayta tiklash uchun faol harakat qila boshladi. Amerikalik strateglarning fikricha AQSH Uzoq SHarqda urush olib borayotgan bir vaqtda Germaniya Yevropani himoya qilishi kerak edi. Angliya AQSH rejasini qo'llab-quvvatladi, lekin Germaniyaning qaytadan qurollanishi Fransiyani qoniqtirmas edi.
Yevropadagi hamkorlikni asosan iqtisodiy sohada amalga oshirish imkoniyati mavjud edi. Bunday hamkorlik milliy suverenitetdan voz kechishni ko'zda tutmasdi va hamkorlik natijasida olinadigan foyda bu hamkorlikni amalga oshirgan barcha hukumatlarni xalq tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga olib kelardi. Yevropa davlatlari rahbarlari va amaldorlari ichida iqtisodiy cheklanishlardan voz kechish orqaligina iqtisodiy qiyinchiliklardan qutulish mumkin degan fikr mavjud edi. Iqtisodiy hamkorlik sanoat rivojlanishida katta samarodorlikga erishish, iqtisodiy rivojlanish va aholini ish bilan ta'minlashda katta imkoniyatlarga ega edi. Yevropa uchun yangi bo'lgan bu harakatda Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert SHuman, FRG kansleri Konrad Adenauer, Italiya Bosh vaziri Alchide De Gasperi, Belgiya Bosh vaziri Pol-Anri Spaak katta rol o'ynadilar.
SHuman 1950 yilda G'arbiy Yevropada temir va ko'mir ishlab chiqarish birlashmasini tuzishni taklif etdi. 1951 yilda Fransiya, Italiya, G'arbiy Germaniya, Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg Yevropa ko'mir va temir hamjamiyatini tashkil qildilar. Natijada ishlab chiqarish sur'ati tezlashdi. 1955 yilga kelib, ya'ni to'rt yil davomida ko'mir ishlab chiqarish 23 % ga, temir va po'lat ishlab chiqarish 150 % ga o'sdi. Bu muvaffaqiyat iqtisodiy integrasiyaga shubha bilan qarashga sezilarli darajada zarba berdi.
1956 yil Yevropa mamlakatlarida urushdan keyingi voqelikni qayta baholash yili bo'ldi. Yevropa davlatlari rahbarlari AQSH va SSSR davlatlariga qarshi turish uchun shart-sharoitlar yaratish va o'z tashqi siyosatlari asoslarini shakllantirish uchun birlashishga kuchli ehtiyoj sezdilar. 1956 yil iyulida Misr prezidenti K.A.Nosir Suvaysh kanalini milliylashtirdi. Angliya va Fransiya buni o'z manfaatlariga qilingan xuruj deb tushundilar va Abdul Nosirga hamda arablar dunyosining boshqa rahbarlariga ko'rgazmali saboq berib qo'ymoqchi bo'ldilar. Bu an'anaviy mustamlakachilik siyosatining davomi edi. 1956 yil oktabrida Misrga Isroil qo'shinlari bostirib kirdi, ulardan keyin Suvaysh kanali hududiga ingliz-fransuz desanti tushirildi.
Ingliz-fransuz harbiy operasiyasi mag'lubiyatga uchrab, ikki davlat ham o'z qo'shinini Misrdan olib chiqishga majbur bo'ldi. Angliya va Fransiya diplomatik jihatdan ham mag'lubiyatga uchradi. Sovet Ittifoqi o'zining qurol kuchi bilan Misrni himoya qilishga tayyor ekanligini qat'iy ravishda bildirib, bu davlatlarning mag'lubiyatida asosiy rolni o'ynadi. Sovet hukumatining o'z tahdidini amalga oshirishiga ishonmaganlar deyarli yo'q edi. Sovetlarning aralashuvi arab mamlakatlarida Sovet harbiy kuchlarining kelib o'rnashishiga olib keladi deb xavfsiragan AQSH o'zining NATO bo'yicha ittifoqchilarini qo'llab-quvvatlamadi va hatto ulardan o'z qo'shinlarini kanal hududidan chiqarishlarini talab qildi.
Bu achchiq va sharmandali saboq Yevropaning birlashishi uchun turtki bo'ldi. AQSH diplomatiyasi o'zning Yevropadagi ittifoqchilari bilan bo'lgan munosabatlarini qanday baholashini ularga ko'rsatib qo'ydi. Yevropa davlatlari o'zaro nizolarni unutishga, o'z muammolarini hal qilish va shu bilan birga jahon siyosatida o'z mavqelarini mustahkamlash uchun birlashishga qaror qildilar.
1957 yilda Yevropa ko'mir va temir birlashmasining 6 a'zosi yangi tashkilot tuzishga qaror qildilar. SHu tariqa Rim protokollari nomli hujjat imzolanib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga (YeIH) asos solindi, uning ikkinchi nomi “Umumiy bozor” deb ham ataladi. Bu tashkilot erkin savdo uchun tuzilgan ittifoqqa nisbatan ancha keng tashkilot edi. Uning a'zolari 12 yil davomida bojxona tariflarini asta-sekinlik bilan batamom yo'q qilish, sarmoya va ishchi kuchining erkin ko'chib yurishini ta'minlash, barcha mamlakatlarda ish haqi darajalarini va ijtimoiy qonunchilikni bir xilda bo'lishini ta'minlash majburiyatlarini oldilar. Tashqi ishlar vazirlaridan iborat vazirlar Kengashi va texnokratlardan iborat Oliy komissiya bu tashkilotning asosiy organlari hisoblanadi.
“Umumiy bozor” dastlabki yillardanoq ijobiy yutuqlarga erisha boshladi.muddatidan oldin, 1968 yilda barcha bojxona to'siqlari bekor qilindi. A'zo davlatlar o'rtasidagi savdo va mehnat munosabatlari o'sdi. Bundan tashqari bu tashkilotga a'zo bo'lmagan davlatlar uning tajribasini o'rganishga va bu tashkilotga a'zo bo'lishga intila boshladilar. 1959 yilda Angliya, Daniya, Norvegiya, SHvesiya, SHveysariya, Avstriya va Portugaliya Yevropa erkin savdo zonasini tashkil qildilar. Lekin 1961 yildan boshlaboq Angliya o'zini Yevropa iqtisldiy hamjamiyatiga a'zo qilib olinishini so'rab murojaat qila boshladi. 1963 va 1967 yillarda ikki marta Angliyaning iltimosi rad qilindi va 2 marta ham uning taklifiga Fransiya prezidenti SHarl de Goll veto qo'ydi. De Goll Angliyani AQSH bilan va uning siyosati yaqin aloqada deb hisoblab, u Angliya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini to'la holda qo'llab-quvvatlamaydi derdi. YeIH ichida ham katta siyosiy qiyinchiliklar yuzaga kelgan edi, chunki de Goll Fransiya suvereniteti borasida yon berishni istamasdi.
SHunga qaramasdan Hamjamiyat rivojlanib bordi.
2. Qurollanish poygasi jahon bo'ylab keng yoyildi, unga yangi qit'alar va mamlakatlar tortilardi. 70-yillarning birinchi yarmida dunyo bo'ylab harbiy xarajatlar uchun har yili 350 milliard dollar sarflangan bo'lsa, shu o'n yillikning oxiriga borib bu ko'rsatkiya 400 mlrd. dollarga yetdi. 80-yillarda insoniyat qurollanish uchun har yili 600 mlrd. dollar sarflardi. Qurollanish poygasi jahon xo'jaligining rivojlanishiga va insonlar sog'ligiga katta zarar yetkazdi. Har yili yadro quroli bo'yicha yuzlab sinovlar o'tkazilar va atmosferaning yuqori qatlamlaridagi yadro changi butun yer yuziga tarqalardi. Bu esa xavfli kasalliklarning ko'payishiga, Yer tuzilishi tarkibining buzilishiga olib kelardi.
G'arb davlatlari sovuq urush davrida G'arb davlatlari bilan SSSR o'rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirish, xalqaro munosabatlarda keskinlikni kuchaytirish, butun dunyoda ishonchsizlik va shubha-gumonni avj oldirish maqsadida bir qator tadbirlarni amalga oshirdilar. AQSH tomonidan bu sohadagi dastlabki qadam 1947 yilda qo'yilgan bo'lib, u kongress tomonidan “Trumen doktrinasi” sifatida tasdiqlandi. Bu doktrina 1947 yil 12 martda qabul qilinib, unda AQSH prezidentiga “qurolli ozchilikning o'zgalarni qul qilish yo'lidagi urinishlariga va tashqi taziyqqa qarshilik ko'rsatayotgan erkin xalqlarga yordam berish” huquqini berdi. Bu doktrina bo'yicha Gresiya va Turkiyaga iqtisodiy va harbiy yordam berish ko'zda tutilgan edi.
“Trumen doktrinasi”ni 40-yillar o'rtasida AQSHning SSSR tashqi siyosatiga qarshi olib borgan “kommunizmni tiyib qo'yish” siyosatining rasmiy nomi deb atash mumkin. “Kommunizmni tiyib qo'yish” siyosatini AQSH prezidenti G.Trumen boshchiligida davlat departamenti ishlab chiqqan bo'lib, tarix fanida “Trumen doktrinasi” nomi bilan ko'proq mashhurdir.
Bu AQSH siyosatidagi xavfli burilish edi. Kongress qarori AQSHga boshqa davlatlar ichki ishlariga o'zboshimchalik bilan aralashish huquqini berib, u xalqaro munosabatlarda o'z hohish irodasini o'tkazish va o'z tartib qoidalarini o'rnatish, halqaro munosabatlar tamoyillarini o'zicha talqin qilish yo'lidan bordi.
Gresiyada 1944 yildan beri Angliya qo'llab-quvvatlab turgan monarxiya tarafdorlari bilan demokratik respublika o'rnatish tarafdorlari bo'lgan isyonchilar o'rtasida fuqarolar urushi borardi. Turkiyada esa 1938 yilda M.K.Otaturk vafotidan keyin mamlakatni demokratlashtirish tarafdorlari bilan harbiy diktatura o'rnatish tarafdorlari bo'lgan harbiy doiralar o'rtasida qattiq kurash borardi. Mamlakat iqtisodiyoti boshi berk ko'chaga kirib qolgan edi. Ish tashlashlar, namoyishlar avj olib, polisiya bilan to'qnashuvlar sodir bo'lmoqda edi. Turkiya halokat yoqasiga kelib qolgan edi.
“Trumen doktrinasi” Gresiya va Turkiyadagi inqilobiy kuchlarga yordamga keldi. Bu davlatlarga iqtisodiy va harbiy yordam (400 mln. dollarlik) berildi. Bu ikki davlat AQSH strategiyasida muhim rol o'ynashlari ko'zda tutilgan edi. Gresiya SHarqiy O'rtaer dengizi va Bolqondagi muhim marra hisoblansa, Turkiya bo'lg'usi harbiy tashkilotning o'ng qanoti hisoblanardi. Bularning hammasi SSSRga va Bolqondagi xalq demokratiyasi mamlakatlariga qarshi qaratilgan bo'lib, G'arb qadriyatlarini himoya qilish bilan hech qanday umumiy tomoni yo'q edi.
AQSH o'z mavqeini kuchaytirish yo'lidan bordi. 1947 yil 5 iyunda AQSH davlat kotibi Jorj Marshall Garvard universitetida so'zlagan nutqida G'arbiy Yevropa davlatlari iqtisodiyotini tiklash uchun moliyaviy yordam taklif etdi. AQSHning hukmron doiralari Yevropa kapitalizmi urushdan keyin iqtisodiy jihatdan og'ir ahvolda qolgan, iqtisodiyotni tiklash uchun mablag' yetishmayotgan, ommaviy chiqishlar kuchayib borayotgan, Fransiya va Italiyada kommunistik partiyalar yetuk siyosiy kuchga aylanayotgan bir sharoitda G'arbiy Yevropani kommunizmga qarshi kurashda o'zining asosiy ittifoqchisi sifatida saqlab qolish uchun uni og'ir, xavfli vaziyatdan chiqarib olishga qaror qildilar.
3. Yevropaning yagona valyutasini joriy qilish 1999 yilgacha 3 bosqichda amalga oshirilishi ko'zda tutildi, bu valyuta EKYU (“Yevropa pul birligi” so'zining qisqartirilgani) deb atalishi kerak edi. SHu vaqtdan boshlab Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YeIH) o'z nomini Yevropa hamjamiyati (YeH) deb o'zgartirdi. YeH mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqini (Yevroittifoq) tuzish orqali o'zlarining tashqi siyosat va mudofaa ishlarini muvofiqlashtirish va shu yo'nalishdagi yagona yo'nalishni ishlab chiqishga harakat qildilar. Kelgusida yagona tashqi siyosat va umumiy harbiy siyosat shakllanishi ko'zda tutildi. Maastrixt bitimlarining uchinchi guruhi Yevropa komissiyasini tuzish masalasiga bag'ishlangan edi. Bu komissiya Bryusselda joylashib, Yevropa Hamjamiyatiga a'zo davlatlarga oid sog'liqni saqlash, xalq ta'limi, qishloq xo'jaligi va ekologiyaga oid siyosatni tartibga solib borishi kerak edi. Yevropa komissiyasi davlatlardan ustun turuvchi hukumat boshqaruvi funksiyasiga ega bo'lib, Yevropa hamjamiyati mamlakatlarining barchasi unga o'z vakolatlarini berishlari kerak edi. Bu milliy suverenitet huquqini buzilishini bildirardi, YeH mamlakatlari rahbarlari Yevropa birligini mustahkamlash uchun shu yo'ldan borishga qaror qildilar.
Lekin Maastrixt bitimlari tuzilganidan keyin o'tgan yillar Yevropa Hamjamiyati uchun muvaffaqiyatli bo'lmadi. Tuzilgan bitimlarning birortasi ham amalga oshmadi, lekin o'tgan davr ichida Yevropa Hamjamiyati yangi a'zolar soni hisobiga kengayib, ularning soni 15 taga yetdi, yana bir necha davlat bu tashkilotga a'zo bo'lish uchun navbat kutib turibdi.
Yevropa siyosiy Ittifoqini tuzish bo'yicha birmuncha muvaffaqiyatlarga erishildi. Yevrosoyuzning 1999 yilda Xelsinkida bo'lib o'tgan sammitida unga a'zo bo'lgan 15 ta davlat inqirozli hududlarda tinchlikni saqlash maqsadida Yevropaning o'z qurolli kuchlarini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qildilar.
Yevropaning birlashish jarayoni boshqa yo'nalishga ham ega bo'lib, u Yevropa Kengashi bilan bog'liqdir. Bu xalqaro va hukumatlararo tashkilotning nizomi 1949 yil avgustda kuchga kirgan. Dastlab bu tashkilotga G'arbiy Yevropaning 10 davlati a'zo edi, 1978 yilda ularning soni 21 ga yetdi.90 yillarda butun SHarqiy Yevropa mamlakatlari bu tashkilotga a'zo bo'ldilar. 1996 yilda unga Rossiya ham qo'shildi. Hozirgi vaqtda Yevropa Kengashi deyarli butun Yevropani (40 dan ortiq mamlakat) birlashtirgan.
Tashqi ishlar vazirlari qo'mitasi va parlament assambleyasi Yevropa Kengashining oliy organlari hisoblanadi. Yevropa Kengashi demokratiya, qonunchilik va inson huquqlarini himoya qilish va rivojlantirish uchun xizmat qiladi.vazirlar qo'mitasi va Parlament assambleyasi davlatlarning o'z ustlariga olgan majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilib boradi. Ular tegishli hukumatlarga takliflar bilan murojaat qilishlari, qo'pol buzilishlarga yo'l qo'yilganda bu davlatni tashkilotdan chiqarish masalasini qo'yishlari mumkin. Yevropa Kengashining rahbar organlari Strasburgda (Fransiya) joylashgan.
Ikki davlat o'rtasida turli delegasiyalarning uchrashuvlari, savdo bitimlari, texnologiya va fan sohalarida hamkorlik qilish kuchaydi. Qarama-qarshi turishdan qochish va o'zaro manfaatli bitimlar tuzish yo'llari izlandi. 1973 yilda L.I.Brejnevning Vashingtonga safari chog'ida qishloq xo'jalik, savdo va yadro qurollarini qisqartirish to'g'risidagi bitimlar imzolandi.
Detant jarayoning eng yuqori cho'qqisi 1975 yildagi Xelsinkida Yevropada xavfsizlik bo'yicha bitimlar imzolanishi bo'ldi. 1975 yil 21 iyulda AQSH. Kanada va Yevropa davlatlarining 35 nafar rahbari konferensiyaning qarama-qarshi tomonlar o'rtasida to'qnashuvlarga yo'l qo'ymaslik, xalqlar o'rtasida hamkorlik qilishni kengaytirish, inson huquqlarini hurmat qilish to'g'risidagi YAkunlovchi aktni imzoladilar.
Detant jarayoni ikki ijtimoiy tizim va ikki davlat o'rtasida kelishmovchiliklar va hatto jahon siyosati masalalarida bir-biriga qarama-qarshi pozisiyalarda turgan bo'lishlariga qaramasdan umumiy tinchlik manfaatlari yo'lida ular o'zaro birlashishlari mumkin va zarurligi ma'lum bo'ldi.
Lekin xalqaro munosabatlarning yumshashi bu ikki davlatning o'z ta'sir doiralarini kengaytirish uchun olib borayotgan kurashlarini to'xtata olgani yo'q. Endi bu kurash lokal (alohida) darajaga o'tib, yer yuzining turli hududlarini qamrab oldi. Har ikki davlatning diplomatiyasi o'z dushmaning xatosidan foydalanib, unga zarba berishga, uning ittifoqchilarini ajratib, o'z tomoniga tortishga harakat qilardi. Bu borada barcha vositalar – iqtisodiy va harbiy yordam, davlat to'ntarishi va inqiloblarni amalga oshirish, isyonchi tashkilotlarga yordam berish va boshqalar qo'llanildi.
1972 yilda AQSH prezidenti R.Nikson Xitoyga rasmiy ravishda safar qilib, bu davlatlar o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatildi. AQSH Xitoy bilan SSSR o'rtasidagi kelishmovchilikdan foydalanib, Xitoyni Sovet Ittifoqiga qarshi kurashda o'z quroliga aylantirmoqchi edi. SSSRga Yevropadan va Xitoydan hal qiluvchi ta'sir ko'rsatish orqali Amerika diplomatiyasi kuchni pesh qilish siyosatini amalga oshirishga harakat qildi.
AQSHning sosialistik lager davlatlariga nisbatan olib borayotgan siyosatida ham o'zgarishlar ro'y berdi. Amerika hukumatining tavsiyasi bilan AQSH va Yevropa banklari bu davlatlarga katta miqdorda kreditlar berish orqali ularning iqtisodiy tizimini izdan chiqarish, ularning Sovet Ittifoqi bilan bo'lgan aloqalarini buzish va ularni asoratga solish yo'lidan bordilar. Bu eng avvalo Polsha va Vengriyada o'z ta'sirini ko'rsatdi.
AQSH Sovet Ittifoqini YAqin va O'rta SHarqdan quvib chiqarish tadbirlarini ko'rdi. Bu borada Isroil va Eron uning asosiy hamkorlari edi. 1970 yilda Isroilga 700 million dollarlik kredit berildi, Eron shohi esa Fors ko'rfazida jandarm rolini o'ynashi kerak edi. Eron AQSH uchun eng qulay hamkor edi. SHoh bu mintaqada AQSH manfaatlarini himoya qilishga tayyorligini bildirdi. Eronning ko'p sonli armiyasi Amerikaning zamonaviy qurollari bilan qurollantirildi. Eron tarafi qurollar uchun qattiq valyutada haq to'lab, AQSHning to'lov balansini ijobiy holda bo'lishiga yordam berdi. Eronning AQSH banklarida 12 mlrd. dollari joylashtirilgan bo'lib, u qurollar uchun o'z vaqtida to'lovlarni amalga oshirib turardi. Ikkinchi tarafdan Eron SSSRning Markaziy Osiyodagi respublikalari bilan chegaradosh bo'lib, kelgusida bu region uchun olib boriladigan kurashda muhim strategik ahamiyatga ega bo'lishi mumkin edi.
Sovet Ittifoqi ham bu zarbalarga qarshi zarbalar bilan javob berdi. Kubada suv osti kemalari bazasi yaratilgan bo'lib, bu yerdan kemalar AQSH qirg'oqlari bo'ylab ko'p oylab davom etadigan jangovar navbatchilikga ketardilar. Bu amalda har ikki davlatning raketa yadro qudratining o'zaro tengligiga olib keldi. Bundan tashqari Kubada Sovet armiyasining harbiy-o'quv brigadasi joylashtirilgan bo'lib, u orolni himoya qilishda ishonchli vosita edi. AQSH Kubani Sovet siyosatining Lotin Amerikasidagi muhim tayanch punktiga aylanishiga qarshilik ko'rsata olmadi.



Download 205.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling