Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua


ANGLIYADA KONSERVATORLAR HUKUMATINING 1951-1964 YILLARDAGI FAOLIYATI


Download 205.08 Kb.
bet11/14
Sana15.03.2023
Hajmi205.08 Kb.
#1270665
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022

2. ANGLIYADA KONSERVATORLAR HUKUMATINING 1951-1964 YILLARDAGI FAOLIYATI.
1951 yildagi parlament saylovlarida konservatorlar partiyasi ozgina ustunlik bilan g'alaba qozonib, 1964 yilgacha hokimyat tepasida turdi. Anashu davr ichida U.CHerchill (1951-1955), A.Iden (1955-1957) va G.Makmillan (1957-1964) Bosh vazir lavozimida ish olib bordilar. 77 yoshli Bosh vazir U.CHerchillning hukumati asosan partiyaning eski gvardiyasidan tashkil topgan edi. Lekin davlat siyosatida juda kam o'zgarishlar amalga oshirildi. Bu hukumat tashqi siyosatda o'z o'tmishdoshining Atlantika tamoyiliga sodiqlik yo'lini davom ettirdi.konservatorlar hukumati po'lat quyish sanoatini denasionalizasiya qildi. Lekin saylovlarda katta ustunlikni qo'lga kirita olmagani uchun leyboristlar tomonidan joriy qilingan ijtimoiy ta'minot dasturini qisqartirishga jur'at eta olmadi va “farovonlik davlati”ni yaratish dasturini amalga oshirishni davom qildirib, uy-joy qurulishi sohasida juda kata ishlarni boshlab yubordi.
CHerchill hukumati monarxiya obro'sini ko'tarishga ham e'tiborni kuchaytirdi. 1952-yilda qirol Georg VI vafot etib, taxtga uning qizi Yelizaveta II o'tirishi munosabati bilan bir qator dabdabali tadbirlar amalga oshirildi. YAngi qirolicha chet davlatlarga rasmiy safarlari soni bo'yicha oldingi barcha hukmdorlardan o'zib ketdi. Yelizaveta II Britaniya Hamdo'stligi mamlakatlariga va Yevropadagi monarxiya tuzumidagi davlatlarga alohida e'tibor berdi.
50-yillarda Britaniya iqtisodiyoti G'arbda 2-o'rinda turgan bo'lsada uning rivojlanish sur'atlari pasayib bordi, uning kapitalistik davlatlar ishlab chiqarishidagi hissasi 12 % dan 10 % ga tushdi. Tashqi savdodagi defisit, xarbiy xarajatlar doimiy muammoga aylandi (50-yillar o'rtalarida harbiy xarajatlar davlat byudjetining 37 % ini tashkil qilardi). U.CHerchillning sog'ligi yomonlashishi munosabati bilan 1955-yilda Bosh vazir lavozimidan ketishi ham ahvolni yaxshilanishiga olib kelmadi.
Uning vorisi Antoni Iden ham ahvolni yaxshilay olmadi. Buning ustiga Iden hukumati mamlakatni yirik mustamlakachilik mojarosiga duchor qildi. Bu davrda Britaniya mustamlakachilik imperiyasining yemirilishi davom etdi. 50-yillar o'rtalaridan boshlab uning tarkibidan bir qator mustamlakalar chiqib keta boshladi. Angliya hukmron doiralarining 1956 yilda Misr ustidan o'z hukmronligini saqlab qolishga va Misr hukumatini kuch ishlatish yo'li bilan o'z talabiga bo'ysundirishga qilgan harakatlari to'la mag'lubiyatga uchradi. SSSR Misrni himoya qilib chiqdi, agressiyani tezda to'xtatishni va tinchlik o'rnatishni talab qilib, Angliya hukumatiga tahdidli telegramma yubordi. Telegrammada “Biz kuch ishlatib agressorni tor-mor etishga va YAqin SHarqda tinchlik o'rnatishga tayyormiz”,-deb ko'rsatilgan edi, bu telegramma jahon tarixida “raketa telegrammasi” deb ataldi. 1956 yil 6 noyabrda telegramma Angliya Bosh vaziri Idenga topshirildi. 22 soatdan keyin agressiya to'xtatildi. 1956 yil dekabrda ingliz-fransuz qo'shinlari Misrdan olib chiqildi.
Angliya og'ir harbiy mag'lubiyatga uchrab, uning obro'siga katta siyosiy zarba berildi. bu Angliya tarixida tashqi siyosat sohasida eng og'ir mag'lubiyat edi. Angliya o'zining Osiyodagi ta'siridan mahrum bo'ldi va xalqaro sohada yakkalanib qoldi. Hatto AQSH ham Angliyani qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi va bu bilan bu ikki mamlakat o'rtasida hech qanday “alohida munosabatlar” yo'qligini va bo'lishi ham mumkin emasligini ko'rsatdi.AQSH prezidenti D.Eyzenxauer Angliya Bosh vaziri Idenning Misrdagi majoro vaqtida ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi iltimosiga ”Avntyurangizni (ig'vogarlikni) bas qiling” deb qisqa telegramma bilan javob berdi.
Suvaysh ekspedisiyasining barbod bo'lishi va Britaniya tashqi siyosiy ahvolining yomonlashishi hukumat inqirozini keltirib chiqardi. Leyboristlar noroziligiga konservatorlar partiyasi ichidagi Garold Makmillan boshchiligidagi muxolifat ham qo'shildi. G.Makmillan torilar partiyasining an'anaviy siyosatini keskin o'zgartirishga chaqirib, davlatning tartibga solishdagi roli ancha kuchli bo'lgan aralash iqtisodiyot g'oyasini (“tartibga solingan kapitalizm”), davlatga ijtimoiy sohada cheklangan vakolatlar berish, mamlakat iqtisodiyotini modernizasiyalashga qodir bo'lgan davlat nazorati ostidagi yirik monopoliyalar faoliyatini rag'batlantirish, ijtimoiy demokratiya sharoitida partiyalar o'rtasidagi qarama-qarshilikdan voz kechish g'oyalarini yoqlab chiqdi.
Makmillan 1957 yilda Bosh vazir bo'lgach “o'zgarishlar shabadasi” shiorini ilgari surib, partiyani davlai monopolistik sosializmining hozirgi zamon voqeligini indamasdan tan olishdan voz kechib, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning o'sib boruvchi milliy modelini yaratishga chaqirdi. Jumladan iqtisodiy taraqqiyotni rejalashtirishni kuchaytirish, jahon bozoridan o'rin olishga qodir eng yirik monopoliyalarni moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash ko'zda tutildi. Makmillan hukumati tashqi siyosatda ham bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Britaniya AQSHga nisbatan ancha cheklangan mavqeda turdi. Angliya Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YeIH) ta'sischilari qatoriga qo'shilmadi va unga muqobil bo'lgan integrasion birlashma – Yevropa erkin savdo assosiasiyasini tuzish tashkilotchisi bo'ldi. Makmillan hukumati 1961 yilda rasmiy ravishda birinchi marta YeIHga kirishga harakat qilishini bildirdi. Sovet-Angliya davlatlari o'rtasida uzoq davom etgan sovuq munosabatlardan keyin Makmillan 1959 yilda rasmiy tashrif bilan Moskvada bo'ldi va urushdan keyin birinchi marta bu ikki davlat o'rtasida hamkorlik to'g'risida 5 yillik bitim tuzildi. “O'zgarishlar shabadasi” mustamlakachilik sohasiga ham ta'sir ko'rsatdi. Buyuk Britaniya bu yillarda Malayya, Singapur, G'arbiy Samoa, Kipr, Malta, Afrika va Vest-Indiyadagi ko'plab mustamlakalarning mustaqilligini, Iroq, Quvayt, YAmandagi inglizparast hukumatlarning ag'darilganligini tan oldi.
Makmillan hukumatining strategiyasi davr talablariga javob berardi va yaqin yillarda amalga oshirilishi kerak bo'lgan siyosatning ustun yo'nalishlarini aniqlab bergan edi. Lekin qisqa davr ichida mamlakat taraqqiyotida keskin o'zgarishga erishib bo'lmadi. Harbiy vazir Profyumoning korrupsiyada ayblanganligi 1963 yilda Makmillanni iste'foga chiqishiga olib keldi. Uning vorisi Alek Duglas-Xyum 1964 yildagi parlament saylovlarigacha hokimyat tepasida turdi. Muxolifat konservatorlar partiyasi hukmronlik qilgan davrni “bekorga sovurilgan 13 yil” deb atadi: Buyuk Britaniya borgan sari dunyo davlatlari ichida o'z mavqeini yo'qotib bormoqda edi.



Download 205.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling