Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar. Tarixiy manbalarni to’plash va saqlash


Download 0.99 Mb.
bet64/113
Sana23.09.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1686462
TuriReferat
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113
Bog'liq
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar. Tarixiy manbalarni to’plash va saqlash
Mustaqil O’zbekiston davlatining tashkil topishiga oid materiallar. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov asarlari mustaqil O’zbekiston tarixi bo’yicha asosiy manba. O’zbekistonda demokratik davlat tizimini barpo etishga doir hujjatlar tarixiy manba sifatida. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni nashrlari, O’zbekiston Oliy Majlis hujjatlari muhim tarixiy manba. Mustaqillik davri turli hujjatlari, statistik ma’lumotlar, nashr materiallari, matbuot materiallari va boshqa ma’lumotlar tarixiy manba sifatida.


O’QUV MATERIALLARI

1 Mavzu: Manbalarni turkumlash
Tarixiy tadqiqot uchun manbalarni turkumlashning ahamiyati. Turkumlashdagi asosiy tamoyillar: manbalarni mazmuniga, kelib chiqishiga va yo’nalishiga qarab ajratish. Tarixiy manba. Manbalarning asosiy turlari: moddiy yodgorliklar, ma’naviy yodgorliklar. Tarixiy manbalarning shakl va mazmuniga qarab guruhlarga bo’linishi: moddiy (ashyoviy) manbalar; etnografik manbalar; lingvistik manbalar; og’zaki manbalar (folklor). O’zma manbalar. O’zma manbalarning asosiy xillari. Adabiy manbalar (yilnomalar, xronikalar va h.k.). Epik yodgorliklar. Aktlarga oid hujjatlar (yorliqlar, aktlar, xatlar, yuridik-qozixona hujjatlari va b.). Arxiv manbalar. Normativ va ijroiya Hujjatlari; statistik materiallar-tarixiy manba. Jamoat tashkilotlari hujjatlari tarixiy manba sifatida. Diplomatik hujjatlar; memuarlar; davriy matbuot.

Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad
Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad talabalarda ushbu fan sohasi to’g’risida umumiy tushuncha hosil qilish va ularda qiziqish uyg’otish va O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil o’rganishga harakat qildirishdan iborat.
Tarixiy fakt va voqealar bayoni inson xarakteri, ma’lumot beruvchi shaxs, guruh, firqa, sulola, mazhab va mamlakatlar manfaati yo’lida turlicha talqin qilinishi mumkin.
Masalan, O’zbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siyosiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular o’z davrida yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va solnomalarda qanday bayon qilingan? Sho’ro davrida qanday tushuntirildi?
Va nihoyati mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va ob’ektiv bo’lib o’tgan voqealarni bilishimiz mumkin va kerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki, o’sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir qismi rus tilida ham bitilgan va o’sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega.
Xulosa, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi to’g’risida xolis va ob’ektiv bilim olishga, o’zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat qiluvchi tarix fanining muhim sohalaridan biridir.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling