Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Millatlar ligasining
tuzilishi. Tinchlik shartnomalari - 14 - deyiladi, degan savolga aniq javob yo'q. Bu esa har bir davlatga xalqaro nizomlar xarakterini o'zicha talqin etish imkonini beradi. Millatlar Ittifoqi o'zi faoliyat ko'rsatgan 1946-yilgacha amalda biror marta ham jazo choralarini qo'llay olmadi. Bunga Ittifoqning amalda Buyuk Britaniya va Fransiya siyosatining quroliga aylanib qolganligi sabab bo'ldi, (AQSH kongressi Versal shartnomasini tasdiqlamaganligi uchun Ittifoq a'zoligidan chiqqan edi.) Nizomda uning a'zolari zimmasiga «barcha a'zolarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish va asrash» vazifasi ham yuklatilgan edi. Biroq amaldagi Ittifoqning hech bir a'zosi bu vazifani bajarishga astoydil intilgan emas. Millatlar Ittifoqining Nizomida ―Mandat tizimi‖ deb atalgan xalqaro huquqning yangi bir normasi belgilab qo'yildi. Unga ko'ra, Millatlar Ittifoqi mustamlaka bo'lib kelgan yoki bo'lib qolayotgan hududni boshqarish huquqini u yoki bu davlatga topshirishi mumkin edi. Bunday huquqni olgan davlat o'sha mustamlakani ―mustaqillikka tayyorlashi‖ lozim edi. Aslida bu ayyorona tizim mustamlakalarni bo'lib olish siyosatini niqoblovchi mash'um vosita vazifasini o'tadi. Fransiyada, Germaniyadan tashqari, urushda mag'lub bo'lgan boshqa davlatlar bilan ham alohida-alohida shartnomalar imzolandi. Chunonchi, Avstriya bilan bunday shartnoma 1919-yilning 10-sentabr kuni Parij yaqinidagi Sen-Jermen saroyida imzolandi. Shartnoma sobiq Avstriya-Vengriya imperiyasi tugatilganligini e'lon qildi. Avstriya hududi esa sezilarli darajada o'zgartirildi. Xususan, Janubiy Tirolning bir qismi Italiya ixtiyoriga o'tkazildi. Chexiya va Moraviya yangi tuzilgan Chexoslovakiya davlatiga qo'shildi. Bukovina esa Ruminiyaga nasib etdi. Avstriya qo'shinlarining soni 30 ming kishidan oshmasligi belgilab qo'yildi. Floti esa Antanta ixtiyoriga o'tkaziladigan bo'ldi. Bundan tashqari Avstriyaning Germaniya bilan qo'shilishi batamom taqiqlab qo'yildi. 1919-yilning 27-oktabrida Parijga yaqin Neyi shahrida Bolgariya bilan shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko'ra, Bolgariya hududining katta qismi Yugoslaviya, Gretsiya va Ruminiyaga o'tdi. Ayni paytda unga 2,5 mlrd. oltin frank kontributsiya to'lash majburiyati yuklandi. Bolgariya qurolli kuchlarining soni 20000 kishidan oshmasligi belgilandi. 1920-yilning 4-iyulida Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko'ra, Vengriya o'z hududining ancha qismidan mahrum etildi. Chunonchi, Xorvatiya, Bachka va Banatning g'arbiy qismi Yugoslaviyaga o'tdi. Ruminiyaga Transilvaniya va Banatning sharqiy qismi berildi. Chexoslovakiyaga Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi nasib etdi. Vengriyaga berilgan og'ir zarbadan biri - bu uning dengizga chiqish imkoniyatidan mahrum etilganligi bo'ldi. Vengriya 30 ming kishidan ortiq qurolli kuchga ega bo'Ia olmas edi. Antanta davlatlari 1920-yilning 10-avgustida Fransiyaning Sevr shaharchasida Turkiya bilan shartnoma imzolashdi. Shartnomaga ko'ra, Turkiyaga 1914-yilning 1- avgustigacha qaram bo'lgan hududlar to'rtdan uch qismga kamaydi. Turkiya hududi Kichik Osiyo va Istambul shahrini o'z ichiga oigan Yevropadagi ozgina joy bilan cheklab qo'yildi. Istambul shahri poytaxt sifatida qoldirildi. Biroq g'olib davlatlar, agar Turkiya Sevr shartnomasi talablarini bajarishdan bosh torta boshlasa, bu qarorni qayta ko'rib chiqish huquqiga ega edilar. Qora dengiz bo'g'ozlarining barcha davlatlar savdo - 15 - va harbiy kemalari uchun ochiq ekanligi belgilab qo'yildi. Turkiyani bo'g'ozlardan o'z harbiy kuchlarini olib chiqib ketishga majbur etishdi. Aslida bu shartlar bo'g'ozlar ustidan Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya nazorati o'rnatilishiga imkon berdi. Turkiya o'z flotini Antanta ixtiyoriga topshirishi zarur edi. Bu ham yetmaganidek, Sevr shartnomasi g'olib davlatlarga Turkiyaning moliyasi va butun iqtisodiyoti ustidan nazorat o'rnatish huquqini berdi. Turkiya armiyasining soni 50 ming kishidan oshmasligi belgilandi. Sevr shartnomasi Turkiyaga Antanta davlatlarining yarim mustamlaka tartibini o'rnatdi. Birinchi jahon urushi tugagandan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi nisbati belgilangan Versal tizimi shu tariqa shakllandi. Bu tizim Yevropa siyosiy xaritasini qayta qurish va dunyoni qayta bo'lib olishni huquqiy jihatdan rasmiylashtirishning o'ziga xos shakli edi. AQSH Kongressining yuqori palatasi (Senat) Versal shartnomasida AQSHning manfaatlari hisobga olinmagan, degan vaj bilan bu shartnomani ratifikatsiya (tasdiqlash) qilmadi. Jahon urushidan qudratli bo'lib chiqqan AQSH Osiyo - Tinch okean mintaqasida yangi tartiblar o'rnatilishidan eng ko'p darajada manfaatdor davlat edi. Tabiiyki, o'rnatiladigan bu yangi tartiblar AQSHning manfaatlariga to'la mos kelishi shart edi. Chunki yer kurasining bu mintaqasidagi davlatlararo munosabatlar Buyuk Britaniya va Yaponiya o'rtasida 1902-yilda imzolangan shartnomaga asoslanib kelmoqda edi. Birinchi jahon urushi yillarida qudratli harbiy-dengiz floti yarata olgan va flotning katta qismini Tinch okeanga joylashtirgan AQSHni bu holat mutlaqo qoniqtirmas edi. Endi, AQSH bu qudratli floti yordamida ushbu mintaqaning yetakchi davlati bo'lib olishni astoydil xohlar edi. Buyuk Britaniya -Yaponiya mavqeiga shu yo'l bilangina putur yetkazishi va ularning ittifoqini yo'qqa chiqarishi mumkin edi. Shu niyatni ro'yobga chiqarish maqsadida AQSH yangi konferensiya chaqirilishiga erishdi. Bu konferensiya Vashington shahrida 1921-yilning 12-noyabridan 1922-yilning 6- fevraligacha ish olib bordi. Konferensiya ishida Tinch okean havzasida shakllantiriladigan yangi tartiblar bevosita o'z manfaatlariga daxldor bo'lgan 9 davlat (AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya va Xitoy) vakillari qatnashdi. Sovet Rossiyasi bu konferensiyaga ham taklif etilmadi. Vashington konferensiyasida 3 ta muhim shartnoma imzolandi. Ularning birinchisi 1921-yil 13-dekabrda imzolangan «To'rtlar shartnomasi» (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya) edi. Bu shartnoma Tinch okeandagi qaram orollar va mulklar xavfsizligining kafolati hamda bu joylarga nisbatan manfaatlarni birgalikda himoya qilish masalasiga oid edi. 1922-yilning 6-fevralida ―Beshlar shartnomasi‖(AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiya) deb nomlangan shartnoma imzolangan. Bu shartnoma xalqaro munosabatlar tarixida qurollanishni cheklovchi birinchi shartnoma edi. Shartnoma bo'yicha AQSH va Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining umumiy suv sig'imi 525 ming, Yaponiya flotiniki 315 ming, Fransiya va Italiya flotlariniki (har biriniki) 175 ming tonnadan oshmasligi kerak edi. Bundan tashqari, tomonlar suv Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling