Tarix o’tmishning ko’zgusi
Rossiyada “harbiy kommunizm”
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1918-yildan 1920-yilgacha
Rossiyada “harbiy kommunizm”
siyosati va fuqarolar urushining boshlanishi - 8 - lagerlar bosh boshqarmasi) atamasining buzib aytilishidir. Chunki mol-mulki tortib olingan aksariyat boy xonodon vakillari mehnat lagerlari boshqarmasiga - ya’ni GULAG ixtiyoriga topshirilgan). 1918-yil may oyida don topish uchun qurolli guruhlar tashkil etildi. Proletar davlati o'z xalqiga zo'ravonlik qildi, mehnat bilan yetishtirgan donini tortib ola boshladi. Ayrim qurolli guruhlar bosqinchilik bilan shug'ullandilar. Ular qishloqlardagi donni tamomila olar, har qanday qarshilikni isyon deb baholab, ayovsiz shaklda bostirar edilar. Lenin bir qator qat'iy chora-tadbirlar vositasida xususiy tijoratni tugatish, ishlab chiqaruvchilar bilan iste'mol kommunalari o'rtasida rejali oziq-ovqat almashuvini yo'lga qo'yishni mo'ljallagan edi. Tijoratni rejali, daviat miqyosida tashkil etilgan oziq- ovqat taqsimoti bilan almashtirish ko'zda tutilgandi. Pulni yo'qotish, uning o'rniga omonat daftarchalari, cheklar, jamoat oziq-ovqatini olish huquqini beruvchi qisqa muddatli biletlar joriy etish rejalashtirilgan edi. Shu munosabat bilan mazkur siyosatning o'zi ham kommunizm deb ataldi -pulni bekor qilish, xizmatlar, transportda yurish, uy-joyni tekin qilishga urinish uning asosiy belgilari edi. Ta'sis majlisining tarqatilishi va Brest sulhi shartlari mamlakatdagi siyosiy kuchlarning katta qismida norozilik uyg'otdi. Oziq-ovqat muammosi paydo bo'ldi. Mamlakatdagi bozor munosabatlari izdan chiqqanligi sababli bu muammo ayniqsa shaharlarda ko'zga keskin tashlandi. Bundan tashqari, 1918-yil bahorida qishloqdan donni majburiy olish boshlandi. Favqulodda oziq-ovqat guruhlari qishloqlarga yuborilib, ortiqcha don davlat ixtiyoriga olina boshlandi. Bularning hammasi fuqarolar urushiga sabab bo'ldi. U 1918-yildan 1920-yilgacha davom etdi. Don (Kaledin, Krasnov), Kuban (Denikin), Janubiy Ural (Dutov), Sibir (Semyonov), Qrim (general Vrangel), mamlakat shimoli-g'arbi (general Yudenich) ichki aksilinqilobning asosiy markazlari edi. Fuqarolar urushi jarayonida Rossiyaning kelgusi taraqqiyot yo'li uchun kurash borardi. Dehqonlarning barcha talablari pirovardida shu shiorlarga borib taqalardi: «Kommunistlarsiz Sovetlar uchun» va «Tijorat erkinligi uchun». Yirik burjuaziya, dvoryanlar va oq armiya rahbariyati cheklangan monarxiyani tiklashga intilardi. «Inqilobiy demokratiya» yo'nalishidagi partiyalar (mensheviklar, eserlar) Rossiyaning demokratiya va erkin ishbilarmonlik yo'lidan rivojlanishi tarafdori edilar. Bolsheviklar esa proletariat diktaturasi asosiga qurilgan «sotsialistik» davlat barpo etishni o'ylardilar. Fuqarolar urushi bolsheviklar g'alabasi bilan yakunlandi. Chunki ular sovet hokimiyatini himoya qilish uchun ommani birlashtiradigan yangi mafkurani (jahon urushidan chiqish, yer haqidagi Dekretni amalga oshirish, 8 soatli ish ku'ni joriy etish va hokazo) shakllantirishga muvaffaq bo'ldilar. Harbiy kommunizm siyosati iqtisodiyotda va davlat siyosatida salbiy oqibatlarga olib keldi. Buning natijasida sovet hukumati 1921-yil bahorida chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozga duch keldi. Qishloqda boshlangan dehqon qo'zg'olonlari chinakam dehqonlar urushiga aylanib ketdi, uni bostirish uchun yirik harbiy qo'shinlar tashlandi. Turkiston milliy- ozodlik harakati alangasi ichida edi. 1921-yil 2-martda bir paytlar bolsheviklarning tayanch nuqtasi bo'lgan Kronshtadt qo'zg'oldi. Isyonchi dengizchilar partiyani Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling