Tarix o’tmishning ko’zgusi


Rossiyada “harbiy kommunizm”


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Rossiyada “harbiy kommunizm” 
siyosati va fuqarolar 
urushining boshlanishi 


- 8 - 
lagerlar bosh boshqarmasi) atamasining buzib aytilishidir. Chunki mol-mulki tortib 
olingan aksariyat boy xonodon vakillari mehnat lagerlari boshqarmasiga - ya’ni 
GULAG ixtiyoriga topshirilgan). 1918-yil may oyida don topish uchun qurolli guruhlar 
tashkil etildi. Proletar davlati o'z xalqiga zo'ravonlik qildi, mehnat bilan yetishtirgan 
donini tortib ola boshladi. Ayrim qurolli guruhlar bosqinchilik bilan shug'ullandilar. 
Ular qishloqlardagi donni tamomila olar, har qanday qarshilikni isyon deb baholab, 
ayovsiz shaklda bostirar edilar. 
Lenin bir qator qat'iy chora-tadbirlar vositasida xususiy tijoratni tugatish, ishlab 
chiqaruvchilar bilan iste'mol kommunalari o'rtasida rejali oziq-ovqat almashuvini 
yo'lga qo'yishni mo'ljallagan edi. Tijoratni rejali, daviat miqyosida tashkil etilgan oziq-
ovqat taqsimoti bilan almashtirish ko'zda tutilgandi. Pulni yo'qotish, uning o'rniga 
omonat daftarchalari, cheklar, jamoat oziq-ovqatini olish huquqini beruvchi qisqa 
muddatli biletlar joriy etish rejalashtirilgan edi. Shu munosabat bilan mazkur 
siyosatning o'zi ham kommunizm deb ataldi -pulni bekor qilish, xizmatlar, transportda 
yurish, uy-joyni tekin qilishga urinish uning asosiy belgilari edi. 
Ta'sis majlisining tarqatilishi va Brest sulhi shartlari mamlakatdagi siyosiy 
kuchlarning katta qismida norozilik uyg'otdi. Oziq-ovqat muammosi paydo bo'ldi. 
Mamlakatdagi bozor munosabatlari izdan chiqqanligi sababli bu muammo ayniqsa 
shaharlarda ko'zga keskin tashlandi. Bundan tashqari, 1918-yil bahorida qishloqdan 
donni majburiy olish boshlandi. Favqulodda oziq-ovqat guruhlari qishloqlarga 
yuborilib, ortiqcha don davlat ixtiyoriga olina boshlandi. Bularning hammasi fuqarolar 
urushiga sabab bo'ldi. U 1918-yildan 1920-yilgacha davom etdi. Don (Kaledin, 
Krasnov), Kuban (Denikin), Janubiy Ural (Dutov), Sibir (Semyonov), Qrim (general 
Vrangel), mamlakat shimoli-g'arbi (general Yudenich) ichki aksilinqilobning asosiy 
markazlari edi. 
Fuqarolar urushi jarayonida Rossiyaning kelgusi taraqqiyot yo'li uchun kurash 
borardi. Dehqonlarning barcha talablari pirovardida shu shiorlarga borib taqalardi: 
«Kommunistlarsiz Sovetlar uchun» va «Tijorat erkinligi uchun». Yirik burjuaziya, 
dvoryanlar va oq armiya rahbariyati cheklangan monarxiyani tiklashga intilardi. 
«Inqilobiy demokratiya» yo'nalishidagi partiyalar (mensheviklar, eserlar) Rossiyaning 
demokratiya va erkin ishbilarmonlik yo'lidan rivojlanishi tarafdori edilar. Bolsheviklar 
esa proletariat diktaturasi asosiga qurilgan «sotsialistik» davlat barpo etishni o'ylardilar.
Fuqarolar urushi bolsheviklar g'alabasi bilan yakunlandi. Chunki ular sovet 
hokimiyatini himoya qilish uchun ommani birlashtiradigan yangi mafkurani (jahon 
urushidan chiqish, yer haqidagi Dekretni amalga oshirish, 8 soatli ish ku'ni joriy etish 
va hokazo) shakllantirishga muvaffaq bo'ldilar. 
Harbiy 
kommunizm 
siyosati 
iqtisodiyotda va davlat siyosatida salbiy 
oqibatlarga olib keldi. Buning natijasida 
sovet hukumati 1921-yil bahorida chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozga duch keldi.
Qishloqda boshlangan dehqon qo'zg'olonlari chinakam dehqonlar urushiga 
aylanib ketdi, uni bostirish uchun yirik harbiy qo'shinlar tashlandi. Turkiston milliy-
ozodlik harakati alangasi ichida edi. 1921-yil 2-martda bir paytlar bolsheviklarning 
tayanch nuqtasi bo'lgan Kronshtadt qo'zg'oldi. Isyonchi dengizchilar partiyani 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling