Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
1917-yil 4-iyulda ommaviy namoyishga chiqdi. Unda 500 mingdan ortiq kishi 
qatnashdi. Namoyishchilar Muvaqqat burjua hukumatning iste'foga chiqishini va 
hokimiyatning Sovetlar qo'liga berilishini talab qildilar. Namoyish hukumat qo'shinlari 
tomonidan bostirildi. Ikki hokrmiyatchilik tugatildi, hokimiyat to'laligicha Muvaqqat 
burjua hukumat qo'liga o'tdi. Hukumatda o'zgarishlar qilindi, mehnatchilar fraksiyasi 
rahbari A. Kerenskiy (1881—1970) Bosh vazir qilib saylandi. 


- 6 - 
Iyul namoyishi bostirilganidan so'ng bolsheviklar partiyasining e'tibori va ta'siri 
anchagina o'sdi. 1917-yil sentabr oyida partiyaning a'zolari soni 300 mingdan ortib 
ketdi. Bu paytda mamlakat siyosiy hayotining ikki asosiy markazi -Petrograd va 
Moskva Sovetlari bolsheviklar nazorati ostiga o'tgandi. Amalda mamlakat hokimiyati 
ularning qo'lida edi. Faqatgina inqilobni yakunlash, Muvaqqat burjua hukumat 
hokimiyatini ag'darish lozim edi. 
1917-yil 25-oktabrda bolsheviklar hokimiyatni o'z qo'llariga oldilar. Amalda 
Peterburgda to'ntarishga qarshi turadigan kuch qolmagan, hech kimning Muvaqqat 
burjua hukumatni himoya qilish niyati ham yo'q edi. Sovetlarning ikkinchi s'ezdi 
to'ntarish yakunlanganidan keyin hokimiyatga bolsheviklar partiyasi kelganligini 
tasdiqladi, yer haqida, tinchlik haqida dekretlar va «Rossiya xalqlari huquqlari 
deklaratsiyasi»ni qabul qildi. 
Ayni paytda Rossiyaning eng asosiy 
nuqsoni 
iqtisodiyotning 
xorijiy 
sarmoyaga qaram bo'lib qolganligi edi. 
Buyuk imperiya so'nggi Romanovlar 
hukmronligi davrida yarim mustamlaka 
edi, deyish mumkin. Rossiya ko'mir konlarining 90 foizi, kimyo sanoatining 50 foizi, 
mashinasozlik korxonalarining 40 foizi, bank jamg'armalarining 42 foizi G'arb 
davlatlariga tegishli edi. Milliy sarmoya juda oz, milliy daromad mamlakat 
ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiy taraqqiyot uchun kamlik qilardi. Milliy 
daromadning yarimidan ko'pini aholining eng faqir qismi bo'lgan dehqonlardan 
olinadigan soliqlar tashkil etardi. 
XIX asr oxiri -XX asr boshlarida barpo etilgan Rossiya temir yo'llari xorijiy 
sarmoya hisobiga qurilgan edi. 1917-yil oktabr voqealaridan keyin Yevropa 
sanoatchilari o'z daromadlarini yana Rossiya sanoatiga qayta olib kirishdan manfaatdor 
emas edilar. Rossiya faqatgina sarmoya to'plash bo'yicha favqulodda choralar ko'rish, 
qishloq xo'jaligidagi barcha imkoniyatlarni safarbar etish, o'z ishchilarini ekspluatatsiya 
qilish evaziga sanoat ravnaqiga erishishi mumkin edi. Bolsheviklarning dasturiga ko'ra, 
iqtisodiy tadbirlarning asosini xorijiy mulklarni natsionalizatsiya qilish, podshoh 
hukumatining qarzlarini to'lashdan voz kechish va majburiy mehnat tashkil etardi. 
Tabiiyki, burjua-demokratik hukumat bularning birortasini ham amalga oshirmagan 
bo'lur edi. 
Bolsheviklar taktik harakatlar uchun keng imkoniyatga ega bo'ldilar. 1918-yil 3-
martda Brest-Litovsk shahrida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Shu 
tariqa inqilobning asosiy ―Tinchlik‖ haqidagi shiori «bajarildi». Brest-Litovskdagi 
tinchlik shartnomasi aslida Germaniyaga taslim bo'lish bilan barobar edi. Ammo 
Rossiya og'ir va tahqirlovchi bo'lsada, uzoq kutilgan tinchlikka erishgan edi. 
Shartnomaga ko'ra, Rossiyadan Litva, Kurlyandiya, Liflyandiya, Estlyandiya, 
Belorussiyaning bir qismi ajratib olindi, Kars, Ardaxan va Batumi Turkiyaga berildi. 
Ukraina va Finlyandiya mustaqil davlatlar deb e'tirof etildi. Rossiya o'zining 780 ming 
kv. km. hududini yo'qotdi. Rossiya, shuningdek, butun armiyasini darhol tarqatib 
yuborishi, flotini portlarga qaytarishi va qurolsizlanishi zarur edi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling