Tarix o’tmishning ko’zgusi


yilning 2-martidan 4-iyuligacha


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
yilning 2-martidan 4-iyuligacha davom etdi. Muvaqqat burjua hukumat parlamentar 
monarxiyani e'lon qilish tarafdori edi. (Muvaqqat burjua hukumatini 1917 yil 2-
martdan 4-iyulgacha knyaz Lvov boshqargan).Ishchi va askar deputatlari proletariat va 
dehqonlarning inqilobiy-demokratik diktaturasiga tayanib, demokratik respublika 
o'rnatish uchun kurash olib borardilar. 1917-yil 4-iyulda Petrogradda ishchilar 
namoyishining o'qqa tutilishi bilan ikki hokimiyatchilik barham topdi va Muvaqqat 
burjua hukumat hokimiyati o'rnatildi. 
Muvaqqat burjua hukumat asosan o'rta va yirik burjuaziya manfaatlari ifodachisi 
bo'lgan konstitutsiyaviy demokratlar (kadetlar) partiyasi a'zolaridan tuzilgan edi. 
Ikkinchi hokimiyat hisoblanmish Petrograd Soveti sotsialist-inqilobchilar (eserlar) va 
Rossiya sotsial-demokrat ishchilar partiyasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, o'sha 
davrda rahbarlik mensheviklar qo'lida edi. RSDRP 1903-yilda Londonda tashkil etilgan 
bo’lib, partiya ikki, ya’ni bolsheviklar va mensheviklar fraktsiyasidan iborat edi. 
Birinchi fraktsiyaning ―Bolshevik‖ deb atalishiga sabab partiyaning nizomi va matbuot 
organi hamda markaziy boshqaruv organlarini tashkil etish uchun o’tkazilgan 
Rossiyada totalitar 
tuzimning qaror topishi. 
Muvaqqat burjua 
hukumatning ag’darilishi 


- 5 - 
saylovdagi ovoz berish natijasiga ko’ra bolsheviklarning rahbari V. I. Ulyanov (Lenin) 
tarafdorlari ko’p ovoz olgan. Shu sababli ularning ―bolshevik‖- ―ko’p‖, yoki 
―ko’pchlik‖ ma’nosini anglatuvchi qismi paydo bo’ladi. O’sha saylovda kam ovoz 
olganlar ―menshevik‖, yani ―kam‖ ovoz olganlar deb atala boshlandi. Bu partiya 
ichidagi kurash bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelguniga qadar davom etdi. 
Mensheviklar asosan burjua islohatlari tarafdorlari edi, bolsheviklar esa tuzumni 
tubdan o’zgartirish tarafdorlari bo’lib, o’zlarini ―revolyutsionerlar‖ - inqilobchilar deb 
atashdi. 1917-yilning fevralida bolsheviklar RSDRP ichida kichik bir guruhni tashkil 
etardi. Rossiya bolsheviklari dohiysi V. Lenin Shveysariyada muhojirlikda yashar
Rossiyadagi inqilobiy voqealar xususida ham gazetalar orqali xabar topgan edi. 
Germaniya hukumati uni o'z mamlakati va Finlyandiya orqali Petrogradga jo'natishga 
rozilik berdi. (1980-yillarning ikkinchi yarimidan boshlangan ―Qayta qurish‖ davridagi 
oshkoralik siyosati natijasida tarixning ayrim noma’lum hodisalari o’rganilib, ko’plab 
nashr etildi. Xususan ―Oganyok‖ jurnali, ―Literaturnaya gazeta‖, Markaziy 
televideniyaning ―Vzglyad‖ ko’rsatuvlarida sobiq sho’rolar dohiysi V. I. Leninning 
1917-yil fevral burjua inqilobidan keyin Rossiyaga qaytishi to’g’risidagi ayrim faktlar 
berildi. Ularga binoan V. I. Lenin 12 yillik muhojirlik yillarida Germaniya maxsus 
xizmati va konturrazvedkasi tomonidan Germaniya foydasiga og’dirib olinadi. Buning 
uchun unga 100 milliondan ortiq nemis markasi beriladi. Maqsad V. I. Leninning 
bolsheviklar partiyasining rahbari sifatida Rossiyaga kelishi bilan hokimiyatni qo’lga 
olishi va Rossiyani imperialistik jahon ururshidan chiqib ketishini ta’minlashi edi. 
Natijada Antantaning a’zosi hisoblangan Rossiyaning urushdan chiqishi Germaniya 
uchun asosiy raqib hisoblangan Angliya va Fransiyaga tegishli bo’lgan koloniyalarni 
tortib olish uchun imkoniyat yaratardi.) 1917-yilning 3-aprel kuni kechqurun V. Lenin 
Petrogradga yetib keldi. Rossiyaga kelgan zahoti u mavjud tuzumni «sotsialistik 
inqilob» yo'li bilan ag'darish dasturini ilgari surdi. Lenin tomonidan qo'yilgan vazifa 
inqilob yo'li bilan yangi hokimiyat o'rnatish va bu hokimiyat vositasida cheklanmagan 
huquqlarga ega bo'lgan proletariat diktaturasini qaror toptirish edi. 
Bolsheviklarning asosiy shiori –―Xalqlarga tinchlik‖ - mamlakat aholisining 
katta qismi tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Xalq urushdan charchagan va boshqa 
urushishni istamas edi. Muvaqqat burjua hukumat esa o’z bayonotida urushni 
oxirigacha etkazish va ittifoqchilar oldidagi majburiyatni ado etishini bildirgan edi. 
Mamlakatda Muvaqqat burjua hukumatni ag'darishga qaratilgan harakat boshlandi. 
Ana shunday targ'ibot ishlari natijasida askarlar frontdan ommaviy shaklda qochib kela 
boshladilar, ularni to'xtatishning iloji yo'q edi 
Muvaqqat burjua hukumat o'z ishlarini harbiy muvaffaqiyatlar bilan tuzatib olish 
umidi bilan 1917-yil iyun oyi boshida qo'shinlarga hujumga o'tish haqida buyruq berdi. 
Hujum yirik harbiy mag'lubiyat bilan yakunlandi. Petrogradning g'azablangan aholisi 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling