Tarix o’tmishning ko’zgusi
“Harbiy kommunizm” siyosatining
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
“Harbiy kommunizm” siyosatining
oqibatlari va Yangi iqtisodiy siyosatga (НЭП) o’tish - 9 - inqilobga xiyonat qilishda, hokimiyatni zo'rlik bilan egallashda ayblab, rus xalqini kommunistlarning hukmronligiga qarshi bosh ko'tarishga chaqirdilar. Partiya ichida ham bo'linish ro'y berdi, markaziy komitet fraksiyalarga ajraldi. Bular ob'ektiv voqelik tomonidan bolsheviklarning xomxayoliga qarshi berilgan birinchi ayovsiz dars edi. Dehqon qo'zg'olonlari zolimona tarzda bostirildi, Kronshtadt isyoni tor-mor qilindi, ish tashlaganlar tinchitildi, isyonkor Turkistonning chet bilan aloqasi kesildi. Ammo bolsheviklar rahbariyati zo'ravonlik bilan vaziyatni yaxshilab bo'lmasligini, «harbiy kommunizm» vositasida mamlakatni to'ydirish, kiydirish va isitish mumkin emasligini yaxshi anglar edi. Bu totalitar tuzumning birinchi mag'lubiyati bo'lib, xususan, shiorlar va da'vatlardan ham kuchliroq narsalar borligini, chunonchi, bozor, erkin tijorat, ishlab chiqarish va iste'mol ekanligini yaqqol namoyish etdi. Shu munosabat bilan 1921-yil mart oyida Lenin bolsheviklar taktikasida keskin burilish yasadi. Mamlakatda yangi iqtisodiy siyosat (НЭП) joriy etildi. Bu siyosat iqtisodiyotning ko'p tarzli bo'lishini e'tirof etdi, erkin tijorat va xususiy mulkni qonunlashtirdi. Konsessiyalar berish vositasida xorijiy sarmoyaning mamlakatga kirish yo'li ochildi. Mayda tijoratchilarning katta armiyasi paydo bo'ldi. Millionlab kosiblar mamlakat iste'mol mollarining to'rtdan uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada ishchi va dehqonlar turmushi yaxshilandi, dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga joriy etildi. Konsessiya (lot. concessio -yon berish) -davlatga tegishli tabiiy boyliklar, korxonaiar va boshqa ob'ektlarni xorijiy davlatlarga, kompaniyalar va ayrim shaxslarga ma'lum muddatga foydalanishga berish. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling