Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand – 2017 - 2 - Mualliflar: Ergashev Baxtiyor Ergashevich
- Rajabova Dilora Nazarovna
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI SAMARQAND TURIZM KOLLEJI B. E. Ergashev, D.N.Rajabova, M. A. Yunusov JAHON TARIXI I-qism 1918-1939 yillar va ikkinchi jahon urushi davri tarixi O‟quv-uslubiy qo‟llanma Samarqand – 2017 - 2 - Mualliflar: Ergashev Baxtiyor Ergashevich – SamDU Tarixshunoslik- manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari kafedrasi o’qituvchisi, tarix fanlari nomzodi, dosent. Rajabova Dilora Nazarovna - SamDU Tarixshunoslik- manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari kafedrasi o’qituvchisi, tarix fanlari nomzodi Yunusov Maxmudxon Asatullayevich – Samarqand Turizm kolleji tarix fani o’qituvchisi, SamDU magistranti. Mas’ul muharrirlar: Ғойибов Б. - - SamDU O’zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi, tarix fanlari nomzodi Taqrizchilar: Rahmatullayev M.R. – SamDU Umumiy tarix kafedrasi o’qituvchisi, t.f.n. dosent. Handamova M.A. – SamDCHTI o’qituvchisi, t.f.n. dosent Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma SamDU o’quv-uslubiy kengashining 2017 yil 27 yanvar kunidagi ____-sonli yig’ilish qaroriga asosan chop qilishga tavsiya etilgan. - 3 - Tarix o‟tmishning ko‟zgusi, kelajakning ustozidir. SO’Z BOSHI Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma ―Jahon tarixi‖ning eng yangi davrini o’z ichiga oladi. Eng yangi davr tarixi insoniyat taraqqiyotining eng muhim, ziddiyatlarga to’la davri bo’lib, uni o’rganmasdan, bilmasdan turib, bugungi qarama-qarshilikka to’lib- toshgan dunyo rivojlanish yo’nalishini anglash qiyin. O’quv-uslubiy qo’llanma ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismi 1918-1939 yillardagi dunyo davlatlari tarixi va ikkinchi jahon urushi davri tarixini o’z ichiga oladi. o’quv-uslubiy qo’llanma Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun yaratilgan maxsus dastur asosida ishlab chiqilgan. O’quv-uslubiy qo’llanmani yaratishda G. Hidoyatovning o’rta maktablar uchun nashr etilgan darsliklari, shuningdek, M. Lafasov hamda U. Jo’rayevlarning hammualliflikda yaratgan darsliklari asos qilib olindi. O’rganilayotgan davrda, jahon tarixida muhim o’rin tutgan siyosiy shaxslar va davlat arboblarining tarjimai hollari, davlatlarning birinchi jahon urushigacha bo’lgan tarixiga umumiy tasnif yangilik sifatida kiritildi. Darslikning ikkinchi qismi davlatlarning xaritalari bilan boyitildi. Mualliflarning fikricha, biror davlatning tarixini o’rganishdan oldin albatta o’sha davlatning geografik ornini aniqlash lozim bo’ladi. Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma mualliflarning ilk izlanishlari natijasi bo’lib, ayrim xatoliklardan ham holi bo’lmasligi tabiiy. O’quv-uslubiy qo’llanmaga oid fikr va mulohazalaringizni maxmudxonyunusov@rambler.ru elektron pochtasiga yuborsangiz, biz sizdan behad minnatdor bo’lamiz. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling