Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Rossiya 1917-yil oktyabr 
to’ntarishi-dan keyin. Brest 
tinchlik shartno-masining 
imzolanishi va g’arb 
davlatlarining Rossiyaga qarshi 
intervensiyasi 
 


- 7 - 
1916-yilda Rossiya bilan ittifoqchi mamlakatlarning siyosiy doiralarida g'alati 
bir hujjat paydo bo'ldi. Ittifoqchilar urushdan keyin Rossiyani bo'lib olish haqida 
yashirincha shartnoma tuzdilar. Reja quyidagicha edi: Rossiya Germaniya bilan 
urushda mag'lub bo'ladi, armiya va flotini yo'qotadi va siyosiy jihatdan kuchsizlanadi. 
Shundan keyin Germaniya bilan yarashish va birgalikda Rossiyani bo'lib olish 
mumkin. 
Bu paytda Rossiya Germaniya armiyasining katta qismini o'ziga jalb etish uchun 
so'nggi kuchlarini safarbar etgan, ittifoqchilarni qo'llab-quvvatlash uchun nemislarga 
qarshi yomon qurollangan, yomon tayyorgarlik ko'rgan polklarni hujumga tashlamoqda 
edi. Ittifoqchilar esa Rossiyani mag'lub qilish va uni davlat sifatida yo'qotishni 
mo'ljallamoqda edilar. Rejaga ko’ra Ukraina Fransiyaning protektoratiga aylanishi
Kavkaz va Turkiston esa Angliya protektorati bo'lishi ko'zda tutilgandi. Uzoq Sharqqa 
yaponlar da'vogarlik qilar, amerikaliklar esa Rossiya temir yo'llarini egallab olish 
ishtiyoqida edilar. Biroq oradan 8 oy o'tgach, Germaniyada inqilob ro'y berdi (1918 yil 
11-noyabr) va mazkur shartnoma bekor qilindi. 
G'arb davlatlari Rossiyani kuch bilan jangda ushlab turishga ahd qildilar. 1918-
yil mart oyida Rossiyaga qarshi intervensiya (Intervensiya - bir yoki bir necha 
davlatning boshqa daviat ichki ishlariga zo'ravonlik bilan aralashuvi, uning 
suverenitetini buzishi) boshlandi. Murmansk, Arxangelsk, Vladivostok, Sevastopol, 
Krasnovodsk shaharlariga, Turkiston hududiga desant tushirildi. Interventlar tartibli va 
shiddat bilan ishga kirishdi. G'arb davlatlarining Rossiyadagi harakatlari 
mustamlakachilik, bosqinchilik yo'nalishiga ega edi. Ammo qanchalik mantiqqa zid 
tuyulmasin, mazkur intervensiya bolsheviklarning g'alabasini ta'minladi. Interventlar 
bilan birga mamlakatga yirik mulkdorlar, fabrika va zavodlarning egalari ham qaytib 
keldi. Xalq ularning hokimiyatga qaytishini istamas edi. Bolsheviklar xalqni ularga 
qarshi kurashga chaqirdi va ko'pchilik bolsheviklarni qo'llab-quvvatladi. Siyosat 
iqtisodiyotdan ustun chiqdi -xalq bolsheviklarning mantiqsiz iqtisodiy yangiliklarini 
kechirish va ular bilan birga interventlarga qarshi jang qilishga tayyor edi. Urushdan 
tinkasi qurigan xalq yana qo'liga qurol oldi. 
G'arb davlatlari o'zlari istamagan holda 
bolsheviklar tuzumini mustahkamladilar va 
kuchaytirdilar. AQSH, Angliya, Fransiya va 
Yaponiya ishtirok etgan chet el intervensiyasi Rossiyada ichki va tashqi qamalni 
vujudga keltirdi. Mamlakat nonsiz, yoqilg'i va xom ashyosiz qoldi. Bolsheviklar o'z 
faoliyatlarini hayot uchun ayovsiz kurashdan boshlashga majbur bo'ldilar. 
Intervensiyaga «harbiy kommunizm» siyosatida namoyon bo'lgan keskin inqilobiy 
harakatlar bilan javob berdilar. (Harbiy kommunizm -sovet davlatining fuqarolar urushi 
sharoitidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidir. Aholining boy qismi mol-mulkini olishni
yalpi mehnat majburiyati joriy etishni, yirik, o'rta va qisman kichik sanoatni tez 
sur'atlar bilan daviat ixtiyoriga o'tkazishni nazarda tutardi. Tijorat taqiqlandi, qishloq 
xo'jaligi mahsulotlarining ortiqchasini davlatga topshirish majburiy qilib qo'yildi.) 
―Harbiy kommunizm‖ konsepsiyasi asosida mamlakatda don uchun «harbiy 
yurish» e'lon qilindi. «Temir proletar intizomi» joriy etildi, donni davlatga berishdan 
yashirgan «kulaklar» ayovsiz jazolandi (―kulak‖ yoki ―quloq‖ atamasi GULAG (ya’ni 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling