Tarix o’tmishning ko’zgusi


“Harbiy kommunizm” siyosatining


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
“Harbiy kommunizm” siyosatining 
oqibatlari va Yangi iqtisodiy 
siyosatga (НЭП) o’tish 


- 9 - 
inqilobga xiyonat qilishda, hokimiyatni zo'rlik bilan egallashda ayblab, rus xalqini 
kommunistlarning hukmronligiga qarshi bosh ko'tarishga chaqirdilar. Partiya ichida 
ham bo'linish ro'y berdi, markaziy komitet fraksiyalarga ajraldi. 
Bular ob'ektiv voqelik tomonidan bolsheviklarning xomxayoliga qarshi berilgan 
birinchi ayovsiz dars edi. Dehqon qo'zg'olonlari zolimona tarzda bostirildi, Kronshtadt 
isyoni tor-mor qilindi, ish tashlaganlar tinchitildi, isyonkor Turkistonning chet bilan 
aloqasi kesildi. Ammo bolsheviklar rahbariyati zo'ravonlik bilan vaziyatni yaxshilab 
bo'lmasligini, «harbiy kommunizm» vositasida mamlakatni to'ydirish, kiydirish va 
isitish mumkin emasligini yaxshi anglar edi. Bu totalitar tuzumning birinchi 
mag'lubiyati bo'lib, xususan, shiorlar va da'vatlardan ham kuchliroq narsalar borligini, 
chunonchi, bozor, erkin tijorat, ishlab chiqarish va iste'mol ekanligini yaqqol namoyish 
etdi. 
Shu munosabat bilan 1921-yil mart oyida Lenin bolsheviklar taktikasida keskin 
burilish yasadi. Mamlakatda yangi iqtisodiy siyosat (НЭП) joriy etildi. Bu siyosat 
iqtisodiyotning ko'p tarzli bo'lishini e'tirof etdi, erkin tijorat va xususiy mulkni 
qonunlashtirdi. Konsessiyalar berish vositasida xorijiy sarmoyaning mamlakatga kirish 
yo'li ochildi. Mayda tijoratchilarning katta armiyasi paydo bo'ldi. Millionlab kosiblar 
mamlakat iste'mol mollarining to'rtdan uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada 
ishchi va dehqonlar turmushi yaxshilandi, dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga 
joriy etildi. 
Konsessiya (lot. concessio -yon berish) -davlatga tegishli tabiiy boyliklar, 
korxonaiar va boshqa ob'ektlarni xorijiy davlatlarga, kompaniyalar va ayrim shaxslarga 
ma'lum muddatga foydalanishga berish. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling