Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Rossiya 1917-yil oktyabr
to’ntarishi-dan keyin. Brest tinchlik shartno-masining imzolanishi va g’arb davlatlarining Rossiyaga qarshi intervensiyasi - 7 - 1916-yilda Rossiya bilan ittifoqchi mamlakatlarning siyosiy doiralarida g'alati bir hujjat paydo bo'ldi. Ittifoqchilar urushdan keyin Rossiyani bo'lib olish haqida yashirincha shartnoma tuzdilar. Reja quyidagicha edi: Rossiya Germaniya bilan urushda mag'lub bo'ladi, armiya va flotini yo'qotadi va siyosiy jihatdan kuchsizlanadi. Shundan keyin Germaniya bilan yarashish va birgalikda Rossiyani bo'lib olish mumkin. Bu paytda Rossiya Germaniya armiyasining katta qismini o'ziga jalb etish uchun so'nggi kuchlarini safarbar etgan, ittifoqchilarni qo'llab-quvvatlash uchun nemislarga qarshi yomon qurollangan, yomon tayyorgarlik ko'rgan polklarni hujumga tashlamoqda edi. Ittifoqchilar esa Rossiyani mag'lub qilish va uni davlat sifatida yo'qotishni mo'ljallamoqda edilar. Rejaga ko’ra Ukraina Fransiyaning protektoratiga aylanishi, Kavkaz va Turkiston esa Angliya protektorati bo'lishi ko'zda tutilgandi. Uzoq Sharqqa yaponlar da'vogarlik qilar, amerikaliklar esa Rossiya temir yo'llarini egallab olish ishtiyoqida edilar. Biroq oradan 8 oy o'tgach, Germaniyada inqilob ro'y berdi (1918 yil 11-noyabr) va mazkur shartnoma bekor qilindi. G'arb davlatlari Rossiyani kuch bilan jangda ushlab turishga ahd qildilar. 1918- yil mart oyida Rossiyaga qarshi intervensiya (Intervensiya - bir yoki bir necha davlatning boshqa daviat ichki ishlariga zo'ravonlik bilan aralashuvi, uning suverenitetini buzishi) boshlandi. Murmansk, Arxangelsk, Vladivostok, Sevastopol, Krasnovodsk shaharlariga, Turkiston hududiga desant tushirildi. Interventlar tartibli va shiddat bilan ishga kirishdi. G'arb davlatlarining Rossiyadagi harakatlari mustamlakachilik, bosqinchilik yo'nalishiga ega edi. Ammo qanchalik mantiqqa zid tuyulmasin, mazkur intervensiya bolsheviklarning g'alabasini ta'minladi. Interventlar bilan birga mamlakatga yirik mulkdorlar, fabrika va zavodlarning egalari ham qaytib keldi. Xalq ularning hokimiyatga qaytishini istamas edi. Bolsheviklar xalqni ularga qarshi kurashga chaqirdi va ko'pchilik bolsheviklarni qo'llab-quvvatladi. Siyosat iqtisodiyotdan ustun chiqdi -xalq bolsheviklarning mantiqsiz iqtisodiy yangiliklarini kechirish va ular bilan birga interventlarga qarshi jang qilishga tayyor edi. Urushdan tinkasi qurigan xalq yana qo'liga qurol oldi. G'arb davlatlari o'zlari istamagan holda bolsheviklar tuzumini mustahkamladilar va kuchaytirdilar. AQSH, Angliya, Fransiya va Yaponiya ishtirok etgan chet el intervensiyasi Rossiyada ichki va tashqi qamalni vujudga keltirdi. Mamlakat nonsiz, yoqilg'i va xom ashyosiz qoldi. Bolsheviklar o'z faoliyatlarini hayot uchun ayovsiz kurashdan boshlashga majbur bo'ldilar. Intervensiyaga «harbiy kommunizm» siyosatida namoyon bo'lgan keskin inqilobiy harakatlar bilan javob berdilar. (Harbiy kommunizm -sovet davlatining fuqarolar urushi sharoitidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidir. Aholining boy qismi mol-mulkini olishni, yalpi mehnat majburiyati joriy etishni, yirik, o'rta va qisman kichik sanoatni tez sur'atlar bilan daviat ixtiyoriga o'tkazishni nazarda tutardi. Tijorat taqiqlandi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ortiqchasini davlatga topshirish majburiy qilib qo'yildi.) ―Harbiy kommunizm‖ konsepsiyasi asosida mamlakatda don uchun «harbiy yurish» e'lon qilindi. «Temir proletar intizomi» joriy etildi, donni davlatga berishdan yashirgan «kulaklar» ayovsiz jazolandi (―kulak‖ yoki ―quloq‖ atamasi GULAG (ya’ni Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling