Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1924-yilda
- Nikolay Ivanovich Buxarin
20-yillardagi ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy tizim, iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtiri-lishi va YISning natijalari - 23 - ishlab chiqarish vositalariga davlatning egalik qilishiga asoslangan ulkan xo'jalik birlashmalarining tuzilishiga olib keldi. Bunday iqtisodiyot barcha korxona, zavod, fabrika, yer, savdo va moliya tashkilotlarining to'liq natsionalizatsiya qilinishini ko'zda tutardi. Yangi iqtisodiy siyosatning birinchi yiliyoq katta falokat - qurg'oqchilik ro'y berdi. Rossiyaning ulkan hududi ochhk sirtmog'ida qoldi. Ocharchilik ro'y bergan hududlarda 20 mln. ga yaqin aholi yashardi. Falokat bu yerda salkam bir yil davom etdi. Yuz minglab odamlar ochlikdan, to'yib ovqat yemaslik oqibatida paydo bo'lgan kasalliklardan halok bo'ldilar. Ko'plab odamlar oziq-ovqat serob o'lkalar, xususan, O'rta Osiyoga ko'chdi. G'arb davlatlarining sovet davlatiga munosabati bu beqarorlikni yanada chuqurlashtirdi. Angliya va Fransiya Rossiyani 1924-yilgacha tan olmadi, AQSH esa uni faqat 1934-yildagina tan oldi. Mamlakat iqtisodiy qamal iskanjasida edi. O'zaro hisob-kitob qoidalari yo'qligi' sababli valyuta-pul munosabatlari o'rnatilmagandi. Sovet hukumatining savdo aloqalarini rivojlantirish to'g'risidagi barcha takliflariga G'arb podsho davridagi qarzlarni to'lash va natsionalizatsiya qilingan mulkni qaytarish talabi bilan javob berardi. 1924-yilgacha savdo-sotiq faqat Germaniya va qator Skandinaviya davlatlari bilan olib borildi. Hatto o'ta foydali shartlar asosiga qurilgan takliflar ham G'arbning munosabatini o'zgartirmadi. Sovet davlati ijtimoiy ta'minot sohasida muhim islohotlarni amalga oshira boshladi. 8 soatlik ish kuni joriy etildi, ayollarning mehnatiga erkaklar mehnati bilan teng haq to'lash belgilandi, nafaqalar, haq to'lanuvchi ta'tillar, mehnat qobiliyatini yo'qotganlar uchun kasallik varaqalari, ishchi va xizmatchilarga bepul tibbiy xizmat joriy qilindi. Qrimdagi sobiq shoh saroylari, Kavkazda, Qora dengiz bo'yida, Moskva va Petrograd tevaragida kurortlar, sanatoriylar, ishchilarning dam olish uylari ochildi. Yuz minglab ishchi va xizmatchilar birinchi marta o'z yozgi ta'tillarini oromgohlarda o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ko'pchilik dam oluvchilarga yo'llanmalar bepul berildi. Xo'jalikni boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik usullari qiymatni belgilashda tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Sanoat mahsulotlari narxlari sun'iy ravishda oshirildi, qishloq xo'jalik mahsulotlarining narxlari esa sun'iy ravishda pasaytirildi. Natijada qishloq aholisi sanoat mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatidan mahrum bo'ldi, sanoat mahsulotlari omborlarda qolib keta boshladi, korxonalar ishchilarga hatto maosh ham to'lay olmasdilar. Bolsheviklar iqtisodiy konsepsiyasining barbod bo'lgani ko'zga aniq tashlanib qoldi. «Davlat sotsializmi»ning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi iqtisodiy yuksalishni ta'minlay olmadi. Amaldorlarning o'zboshimchaligi, chayqov bozori, korrupsiya, intizomsizlik, rejani bajarish yo'lida ishlab chiqarish texnologiyasini buzish va shu kabi boshqa qator illatlar ko'zga tashlanib qoldi. Ishchilar orasida ishsizlikning paydo bo'lishi eng jiddiy hodisa bo'ldi. Qishloq aholisi tirikchilik ilinjida shaharga ko'chib kela boshladi. Bu yerda esa ish yo'q edi. 1923-yili mamlakatda ishsizlar soni 641 ming kishini tashkil qildi, 1924-yilda bu son 1240 ming kishiga yetdi. Uy-joy tanqisligi sezildi. Yangi qurilishlar deyarli olib borilmasdi. Aksariyat ishchilar suv, elektr va boshqa hayotiy zarur sharoitlar bo'lmagan - 24 - barak va yerto'lalarda kun kechirardilar. Oziq-ovqat mahsulotlari muttasil yetishmasdi. Davlat shahar aholisini oziq-ovqat bilan yetarli miqdorda ta'minlay olmasdi. Tashqi savdoga davlat yakka hokimligi 1917-yildayoq joriy etilgan bo'lib, unga doir masalalar Moskvadagi amaldorlarning qisqa doirasi tomonidan ko'rilishi, juda ko'pchilik bilan kelishilishi lozim edi. Bu tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga to'sqinlik qildi. G'arb bilan aloqa qilishdan, G'arb taraqqiyoti va madaniyatining ta'siridan qo'rqish, keng avj olgan josuslik vasvasasi sovet iqtisodiyotini dunyo miqyosida rivojlantirish yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 1925-1926-yillarda xususiy, shu jumladan, mayda va hunarmandchilik ishlab chiqarishi jami ishlab chiqarishning bor- yo'g'i 23% ini, xususiy sektorning umumiy ishlab chiqarishdagi hissasi esa atigi 15%ni tashkil qildi. Hukumatning yuqori doiralarida hokimiyat uchun muntazam kurash ketardi. Biroq, Leninning obro'si katta bo'lgani sababli uning tirikligida ichki ixtiloflar yashirin kechdi. 1922- yilda Lenin og'ir betobligi tufayli faol siyosiy hayotdan deyarli ketdi. 1924-yilda Leninning o'limi hokimiyat uchun kurashning boshlanishiga turtki bo'ldi. Partiya rahbariyatida ikki bosh guruh yuzaga keldi. Birini Trotskiy (L. Bronshteyn, 1879-1940), ikkinchisini esa 1922-yilda partiya Bosh kotibi qilib tayinlanib, partiyada va mamlakatda ulkan hokimiyatni qo'lga kiritgan Stalin (I. Jugashvili, 1879-1953) boshqardi. Qizil armiyaga bosh qo'mondonlik qilgan Trotskiy tinch aholiga qarshi ommaviy terror uyushtirish, harbiy asirlarni yo'q qilish, o'ziga yoqmagan komandirlarni otib tashlash kabi ayblarni sodir etgan edi. U eng qat'iy choralarni qo'llash -«kasaba uyushmalarini davlatga bo'ysundirish» tarafdori hisoblanardi. Shuningdek, Trotskiy «harbiy kommunizm» dasturi mualliflaridan biri bo'lib, «mehnat armiyalari»ni tashkil qilish va davlatni harbiy lagerga aylan-tirishni talab qilardi. U ayniqsa dehqonlarga nisbatan shafqatsiz edi. O'sha paytda mashhur bo'lgan «dehqonning yelkasida kommunizmga qadam qo'yish» iborasi Trotskiyga tegishli bo'lib, u dehqondan sotsializm qurish uchun zarur barcha narsani tortib olish lozimligini anglatardi. Birinchi zarba Trotskiyga qarshi qaratildi. 1927-yilda u egallagan barcha lavozimlaridan bo'shatildi, partiyadan haydaldi va mamlakatdan badarg'a qilindi. Trotskiy bilan birga yana 98 kishi trotskizmda ayblanib, partiyadan haydaldi. Trotskiyga qarshi kurashda Stalin atoqli partiya arbobi Nikolay Ivanovich Buxarin (1888-1937) va uning tarafdorlaridan ustalik bilan foydalandi. Buxarin «Pravda» gazetasining bosh muharriri, Siyosiy byuro a'zosi bo'lib, partiyada katta mavqega ega edi. Uning Trotskiy va trotskizmga qarshi o'tkir maqolalari Stalinga Trotskiy va uning ta'limotini nazariy va g'oyaviy jihatdan obro'sizlantirib, uning atrofida siyosiy bo'shliqni paydo qilishga ko'maklashdi. Biroq, Trotskiydan so'ng boshqalarga ham navbat keldi. Ularning birinchisi Buxarin bo'ldi. Buxarin aqlli, nazariy jihatdan kuchli siyosatchi bo'lib, erkin dunyoqarashi bilan ajralib turardi. U Rossiyada «sotsializm qurish» rejalari borasida erkin fikr bildirdi. Buxarin sanoatlashtirish va jamoalashtirish bilan bog'liq avantyuristik rejalar, iqtisodiyot, transport va moliya sohasining haddan ortiq Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling