Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
1922-yil dekabrda yagona ittifoqdosh davlat -Sovet
Sotsialistik Respublikalar Ittifoqining tashkil topishi mamlakat rahbariyatida Stalin boshchiligidagi o'ta ekstremist ulug' davlatchi kuchlarning g'alabasi bo'ldi. Sovet Ittifoqining butun hududida ma'muriy-buyruqbozlik tizimi qaror topdi. Shu bilan birga milliy respublikalarning xom ashyo manbalarini sanoatlashtirish ehtiyojlari uchun istagancha va deyarli bepul olib chiqib ketish imkonini beruvchi yagona xo'jalik tizimi vujudga keldi. O'zbekistonda paxtachilikning rivojlantirilishi mamlakatdagi barcha to'qimachilik fabrikalarini paxta, kimyo sanoatini esa maxsus komponentlar bilan ta'minlash hamda iste'mol mollari ishlab chiqarishni oshirish imkonini berdi. Donbass ko'miri, Ozarbayjon nefti, Ukraina g'allasi va shakari, Qozog'istonning chorvachilik mahsulotlari, Qirg'iziston bergan jun sanoatlashtirishning rivojlanishida hal qiluvchi omil bo'ldi. SSSRni tashkil qilish to'g'risidagi shartnoma o'ta markazlashgan qo'shma davlatni vujudga keltirdi. Unda markaziy hukumat qo'liga imkon qadar ko'proq hokimiyatni olishga urindi, milUy respublikalarning huquqlari esa juda ozchilikni tashkil qildi. Byudjet markaz tomonidan belgilandi, pul markazdan turib taqsimlandi, respublikalardagi xalq komissarliklari markaziy xalq komissarliklariga bo'ysundi, markaz armiya, ichki ishlar xalq komissarligi, tashqi siyosat va tashqi savdo, aloqa va aloqa yo'llarini o'z qo'liga oldi. To'g'ri, Shartnomaning 26-moddasi har bir respublika Ittifoqdan chiqish huquqiga egaligini ko'zda tutardi. Biroq, hech bir respublika hech qachon bu «huquq»dan foydalana olmadi. Jinoiy huquq Ittifoqning yaxlitligiga qarshi har qanday daxlni og'ir jinoyat deb hisoblab, uni sodir etganlik uchun o'lim jazosini ko'zda tutdi. Markazning ixtiyorida armiya va OGPUning jazo idoralari bo'lib, ular mustaqillikka bo'lgan har qanday intilishni shafqatsiz jazolardi. Xullas, shunday tizim ishlab chiqildiki, undan bironta xalq, biron respublika o'zining xohishicha chiqib ketolmasdi, mustaqil holda ish yurita ohnas edi. Sovet totalitarizmi xalqni yangi sanoatlashgan davlatni qurishga safarbar qila oldi. U qoloq davlatning iqtisodiy rivojlanishida samarali vosita bo'ldi. 1929-1932- yillarda, Yevropadagi barcha mamlakatlar va AQSH jahon iqtisodiy inqirozini boshdan kechirayotgan bir paytda, SSSR tashabbuskorlik va majburiy mehnatga asoslangan ulkan qurihsh maydoniga aylandi. SSSR 20-30-yillarda madaniyat va ta'lim sohasida erishgan natijalar madaniy inqilob deb nomlandi. 1939-yilga kelib SSSRda yoshi katta aholi o'rtasida savodsizlik deyarli tugatildi, 13 mln. dan ortiq kishi o'rta ma'lumotga ega bo'ldi. Bepul oliy ta'lim tizimining joriy qilinishi ishchi va dehqonlarning farzandlariga texnikum va oliy o'quv yurtlarida o'qish imkonini berdi. 20-30-yillarda Belorussiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon va O'rta Osiyo respublikalarida texnikum va oliy o'quv yurtlari ochildi. Biroq, aholining turmush darajasi Yevropa standartlaridan ancha past bo'lib qoldi. Aholining turar joy, oziq-ovqatga ehtiyoji katta edi. Tantanali e'lon qilingan inson huquqlari moddiy ta'minlanmadi, ularning shunchaki quruq shior ekani ko'rinib qoldi. Insonning kundalik hayoti ko'plab taqiqlar bilan chegaralangan edi: barcha Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling