Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
Leninning o’limidan 
so’ng hokimiyat uchun 
kurash. Mamlakatni 
sanoatlashti-rish 
siyosati. 


- 25 - 
markazlashtirilishiga qarshi turdi va iqtisodiyot ustidan bunday zo'rlik ijtimoiy 
taraqqiyot qonunlari hamda iqtisodiyotdagi tabiiy aloqalarning buzilishiga olib kelishi 
haqida ogohlantirdi. 1929-yili Stalin N. Buxarin va uning tarafdorlarini o'z 
g'oyalarining xato ekanini tan olish va tavba qilishga majbur qildi. 
Partiyaning atoqli arbobi, taniqli nazariyotchi, publitsist sanalgan Buxarinning 
taslim bo'lishi Stalin uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega edi - bu Stalinning 
mamlakatda mutlaq hokimiyatni qo'lga kiritganidan dalolat berardi. Partiyada endi har 
qanday mustaqil siyosiy fikr bo'g'ilgan, bahslarga, dohiyning qarorlari muhokama 
qilinishiga yo'l qo'yilmas, uning daholigi va uzoqni ko'ra bilishiga shubha qilish ham 
mumkin emas edi. Partiya yig'ilishlari Stalinning xalq va jahon proletariati oldidagi 
xizmatlarini ko'kka ko'tarib maqtashdan iborat bo'lib qoldi, partiyaning o'zi esa unga 
madhiyalar kuylovchi yakdil va jo'r ovoz xorga aylandi. 
Sovet davlati rahbarlari qoloq Rossiyani sanoatsiz qudratli zamonaviy davlatga 
aylantirib bo'lmasligini yaxshi tushunardilar. 1925-yil dekabrda yalpi iqtisodiyotni 
rivojlantirishning hal qiluvchi vositasi sifatida sanoatlashtirishga o'tish to'g'risida e'lon 
qilindi. Mamlakatda yangi zamonaviy sanoatni barpo etish bo'yicha ulkan ishlar 
boshlandi. Qisqa vaqt ichida o'nlab yangi elektr stansiyalari barpo etildi, Kerch, Krivoy 
Rog, Magnitogorsk, Kuznetsk va Sibirda dunyoda eng yirik metallurgiya korxonalari 
qurilishi boshlandi. Kimyo sanoati, mashinasozlik, traktor va avtomobilsozlik 
sanoatlarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. 1926-1927-yillarda jami 582 ta yangi 
korxona barpo etildi. 
Sovet davlati xalq xo'jaligidagi asosiy kamchilik turli sohalarning mutanosib 
rivojlanishi bo'ldi. Xalq xo'jaligida asosiy e'tibor sanoat mahsulotlarini oshirishga 
qaratilib, bu 30-yillardayoq kartochka tizimining joriy etilishi va inflyatsiyaning 
kuchayishiga olib keldi. Iste'mol mollarini ishlab chiqaruvchi yengil sanoatning hissasi 
dunyo miqyosida eng oz bo'lib qoldi. Yengil sanoatni rivojlantirishga faqat bir foiz 
sarmoya jalb qilindi. Mamlakatda keng ehtiyoj mollari-kiyim-kechak, mebel, uy 
jihozlari, poyafzalning doimiy taqchilligi kuzatildi. 
Sanoatlashtirish yangi texnikaga bo'lgan ulkan talabni paydo qildi. Xarajatli 
iqtisodiyot texnika va yangi texnologiyalarning rivojlanishi, fan-texnika yutuqlarining 
tadbiq qilinishiga imkon bermasdi, shu sababli yangi texnikaning asosiy oqimi faqat 
rivojlangan G'arb davlatlaridan kelishi mumkin edi. Buning uchun davlatda pul yo'qligi 
uni texnika uskunalarini rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan oltin, o'rmon, g'alla va 
shu kabilarni sotish evaziga xarid qilishga majbur qildi. Ermitaj xazinasidagi 
Rembrandt, Rubens, Van Deyk kabi musavvirlarning bebaho asarlari sotilib, ular 
xususiy kolleksiyalardan o'rin oldi. Hukumat cherkov ta'siriga qarshi kurash va 
ateizmni joriy qilish bahonasida rus pravoslav cherkovining ulkan boyliklarini 
musodara qildi. Cherkovlar talandi, oltin va kumush buyumlar -oltin krestlar, ikonalar 
qoplamalari, shamdonlar musodara qilindi. Mamlakat hukumati aholidan ham oltin 
buyumlarni ola boshladi, maxsus tashkil qilingan «Torgsin» (Xorijiy davlatlar bilan 
savdo) do'konlari oziq-ovqat mahsulotlari va keng iste'mol mollari (kiyim-kechak, 
poyafzal, uy jihozlari)ni faqat oltin va tilla buyumlar evaziga sota boshladi. Bu yo'l 
bilan xalqdan olingan tilla buyumlarning umumiy miqdori qariyb 3 ming tonnani 
tashkil qildi. Ularning barchasi G'arbdan mol va uskunalar sotib olishga sarflandi. 


- 26 - 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling